Aybga buyurmaysiz, kuraş yöli beşafqat
Dunyo siyosat maydonida hammaning nigohini bir nuqtada jam qilgan Amerika Qöşma Ştatlaridagi siyosiy jarayonlar hali-hamon nihoya topmadi. Donald Tramp Oq uyni öziga yana yotoqxona qilmoqçimidi, nega yutqazganligini tan olgisi kelmadi? Yoki rostan ham Jo Bayden saylovda ğirromlik qildimi? Donald Tramp bir neça bor OAVlariga bergan intervyusida saylovda nohaqlik bölgani haqida gapirdi. Ammo qayta tekşiruv natijalari Jo Baydenning ğirromlik qilmaganini körsatdi. Qiziq…
Çökayotgan odam, sohil esa yiroq
Jo Bayden prezidentlik qasamyodini hali qabul qilmadi. AQŞ prezidenti bölib turgan Donald Tramp esa öz sözida qatʼiy turmoqda. U AQŞ Kongressi tomonidan tasdiqlangan ikki kunlik byudjetni ham işonç bilan imzoladi. Bu haqda TASS Oq uyga asoslanib xabar berdi.
Hozirgi kunda barça davlatlarni taşvişga solib turgan Covid-19 taslim bölişni istamayapti. Şu bois, Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga bildiriladigan munosabatlar hammaning eʼtiborida turibdi. Ayni kunlarda AQŞda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq holatlar soni 19,1 milliondan oşgan, 330,6 ming kişi vafot etgan.
Donald Tramp bunday vaziyatdan unumli foydalanayapti. U ayrim (demokratlarning taʼsiri köproq) ştatlarda koronavirus tarqalişiga qarşi kuraşiş uçun joriy etilgan karantin çoralari virusning özidan ham yomonroq ekanligini bot-bot taʼkidlamoqda.
“Demokratlar boşqarayotgan ştatlardagi karantin köplab insonlar hayotini izdan çiqaradi. Bu Xitoy virusi keltirgan zarardan ham yomonroq. Karantinga qaramasdan, Kaliforniyada kasallik yuqtirişlar ösdi, Florida va boşqa ştatlar karantinga yopilmadi, ahvol yaxşilanmoqda”, deb yozdi Tramp “Twitter” sahifasida. “Yiqilgan kuraşga töymas”, deb şunga aytsalar kerak…
Hozirça AQŞ prezidenti bölib turgan Donald Tramp özining “Twitter” sahifasida AQŞ Federal qidiruv byurosi va Adliya vazirligini prezident saylovlarida sodir etilgan “mamlakat tarixidagi eng yirik firibgarlik”ka nisbatan harakatsizlikda aybladi.
Tramp: “Ovoz beriş jarayonida sodir etilgan qonunbuzarliklar böyiça rad etib bölmas dalillar bor”ligini va buning uçun yuqorida nomlari zikr etilgan idoralar “uyalişi kerak”ligini taʼkidlagan.
“Tarix eslab qoladi. Heç qaçon taslim bölmaslik kerak. 6 yanvar kuni Kolumbiya okrugida uçraşamiz”, deb yozgan Tramp “Twitter” sahifasida.
AQŞda bölib ötgan prezidentlik saylovi natijalariga köra, Jo Bayden ğolib deb topilganligi maʼlum. Tramp esa hamon mağlubiyatini tan olgisi yöq.
Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda AQŞ prezidentlik saylovlaridagi yutqaziş Donald Trampning ruhiyatiga jiddiy şikast yetkazganligi töğrisida xabarlar tarqaldi. Bu haqda italiyalik psixolog va psixoterapevt Sara Reginella xabar bergan.
Uning sözlariga köra, Tramp özini kamsitilgandek his qilgani sababli juda oğir ruhiy zarba qabul qilib olgan va bu yara hali beri tuzalmaydi.
Maʼlumot uçun, aynan 17 dekabr kuni Tramp ğazablanib, Oq uyni tark etişni rad etgani haqida xabar tarqalgandi.
Vaziyat ular öylagandek bölmadi
Dunyo okean ustida qalqib turgan ulkan kemaga öxşaydi. Kemani boşqarişga talaş davlatlar içida Fransiya ham borligi dunyo ommaviy axborot vositalarida aytilmoqda. Faranglar mamlakatida çiqadigan “Charlie Hebdo” satirik jurnali payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassallamni hajv qiluvçi beş yil avval çop etgan karikaturalarni yana takroran çop etib, göyo Fransiya davlatining obrösini oşirib qöymoqçi bölgandi. Ammo…
Vaziyat ular öylagandek bölmadi. Balki xalqlar örtasida şusiz ham nihoya topmayotgan dahanaki nizolarning yana avj olişiga sabab böldi.
Bu borada, avvaliga, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Charlie Hebdo” satirik jurnali tarafini oldi. Dunyo hamjamiyati esa payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassallamning tarafdorlarini qöllab-quvvatladi. Buni darrov anglab qolgan Makron öylanmay bosilgan qadam va aytilgan gap boşga balo keltirişini bilib qoldi va yana betaraflik tizginini qöliga oldi.
Bunday holatlar, ayniqsa, Fransiya davlati tarixida uçrab turadi. Ijtimoiy tarmoqlarda doimiy xabar tarqatuvçilari Fransiya prezidenti nojöya harakati bois Covid-19ga çalinganini başorat qila boşlaşdi.
Ammo, eng açinarlisi, “Charlie Hebdo” satirik jurnali direktori Loran Surisso: “Biz heç qaçon yengilmaymiz, heç qaçon taslim bölmaymiz”, deb yozdi. Aslida, u tinçlik, özaro hamjihatlikni mustahkamlaş, şusiz ham çayqalib turgan dunyoni junbuşga keltirmaslik tarafida bölsa, maqsadga muvofiq bölar edi. Har qanday keskin harakatlar xalqlar örtasida kelişmovçilik, bir-biriga işonçsizlikni yuzaga keltirişini jahon ahli tuşunib qolgan.
Paşinyan kimningdir kömagiga işonayaptimi?
Şu kungaça, minglab arman xalqining talabiga böysunmay, öz kreslosiga mahkam yopişib olgan Armaniston boş vaziri N.Paşinyan endilikda xalq uning isteʼfosini istasa, bunga tayyorligini qörqmasdan maʼlum qildi. Ammo u özining “Facebook”dagi sahifasida buning uçun navbatdan taşqari parlament saylovlari ötkaziş zarurligini aytgan.
“Men xalq qaror qilsa, boş vazir lavozimidan ketişga tayyorman. Faqat bu lavozimdan xalq qarori bilangina keta olaman”, deb yozgan Paşinyan.
Şuningdek, u xalq xohiş bildirsa, mana şu murakkab vaziyatda Armanistonga rahbarlik qilişni davom ettirişga tayyorligini ham aytgan.
Qiziği, Armaniston boş vaziri saylovlarni 2021 yilda ötkazişni taklif qilganu, ammo qaysi sanada ekanini qayd etmagan.
Sanʼatsevar prezident nimadan norozi?
Kutilmaganda ijtimoiy tarmoqlarda, xuddi xavf yuqoridek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy: “Agar Rossiya Ukrainaga hujum qilsa, ayollar ham armiyaga çaqiriladi”, degan xabari tarqaldi.
Prezidentning xavfsiraşiga sabab, avvalroq “Qrim-tatar xalqi majlisi” jamoatçilik birlaşmasi rahbari Refat Çubarov: “Rossiya Dneprning suv resurslarini yarim orol (Qrim nazarda tutilgan. Tah.) ehtiyoji uçun yönaltiriş maqsadida Qrim tarafdan hujum uyuştirişi mumkin”, degan edi.
Albatta, xalqlar örtasida notinçlik bekorga sodir bölmaydi. Bunday mojarolardan yaxşigina foyda köradiganlar uruş öçoğini alangalatib turişadi.
Zelenskiy voqealarning bunday tarzda rivojlanişini dahşatli, deb atadi va bu yuz bermasligiga umid bildirdi.
“Aks holda katta uruş böladi. Biz heç qayerga ketmaymiz, hammamiz jang qilamiz, barça — erkaklar ham, ayollar ham safarbar qilinadi. Bu Ukraina xalqi uçun yomon böladi. Rossiya buni juda yaxşi tuşunadi deb öylayman”, degan Ukraina prezidenti.
Mojaroga yangi sabab şuki, Qrim Rossiya tarkibiga qöşilganidan norozi bölgan Xerson viloyati hukumati yarim orolning suv taʼminotini tösib qöyuvçi töğon qurgandi.
Ukrainaning “tonna”lab quroli belarusdami?
Belarus prezidenti Adeksandr Lukaşenkoning taʼkidlaşiça, endi Ukraina bilan çegarasidan siçqon ham ötolmaydi. Bunday deyişiga sabab, Belarus hududiga Ukraina orqali “tonna”lab qurol olib kirgan terrorçilar qölga olingani aytilmoqda.
Şusiz ham prezidentlik saylovlari belarusliklarni qoniqtirmagani tufayli maydoga Olga Tixonovskaya çiqib kelib, A.Lukaşenkoni va Belarus parlamentini ança dovdiratib qöygandi. Yaxşi ham O.Tixonovskayaning bir emas, balki bir neçta pasporti bölib, ularning biri Isroil, yana biri Litva fuqarosi ekanligini tasdiqlagani masalani ança oydinlaştirgan edi.
Endi mamlakat içkarisiga qirğin qurollarining olib kirilişi yana A.Lukaşenkoga taşviş keltirayapti. Ayniqsa, qurol-yaroğ Ukraina çegarasi orqali olib ötilayotgani xavf burnining tagida ekanini bildirmoqda. Prezidentning sözlariga köra, Belarus maxsus xizmati vakillari “terrorçi guruhi”ni qölga olgan. Ular butun Belarus böylab qonli töqnaşuvlar, teraktlarga tayyorlanişgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda keltirilişiça, “Yaqinda Avtuxoviçning guruhini qölga tuşirdik. Ablahlar. Ular Ukraina orqali “tonna”lab qurol taşigan. Butun mamlakat böylab teraktlar tayyorlagan va amalga oşirişni boşlagan. Özlari yonişdi. Çekistlar bu operatsiyani militsiya bilan birgalikda ötkazdi. Barakalla! Xudoga şukr, ular uşlandi”, degan Lukaşenko.
Putin Baydendan örnak oladimi?
Maʼlumotlarga köra, yaqinda AQŞning yangi prezidenti Jo Bayden özini Covid-19ga qarşi emlatgan. Garçi, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov: “Biz özini özi taʼminlaydigan mamlakatmiz, bizda Baydendan kam bölmagan tajribaga ega, özini özi taʼminlaydigan mutlaq prezident bor”, deya Rossiya prezidenti Baydenga qarab iş yuritmasligini aytgan bölişiga qaramay, sönggi paytlarda, Vladimir Putin ham Covid-19ga qarşi özini emlatmoqçi ekanligi töğrisida xabarlar tarqaldi.
Şunga qaramay, Dmitriy Peskov jurnalistlarning savollariga qatʼiy yöq, deb javob bergan. “Putin doimiy ravişda Covid-19ga qarşi emlaş bilan şuğullanadi va bu borada boşqalarga turtki beradigan “motor”, degan Peskov.
Internet materiallari asosida Yusuf Jörayev tayyorladi.




