Yoş jurnalistlar viloyat naşrlarida nega kam?
Jizzax viloyatida jurnalistika sohasiga qiziqqan yoşlarning bilim va malakasini oşiriş, isteʼdodlarini namoyon etişlariga kömaklaşiş, ommaviy axborot vositalarida yoş kadrlar zaxirasini şakllantiriş, yoş jurnalistlarning yuksak madaniyat egasi bölişga çorlaş maqsadida amalga oşirilayotgan loyiha öz faoliyatini boşladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondining granti asosida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Jizzax viloyati bölimi qoşida “Yoş jurnalistlar” maktabi taşkil etildi. Şuningdek, 8 oyga möljallangan loyiha doirasida uyuşma bölimining “jurnalistika.uz” rasmiy sayti yaratildi.
Şuni ham aytiş kerakki, ayrim hollarda yoş jurnalistlar öz materiallarini qaysi OAVda çop ettirişni bilmaydi. Ularga zamonaviy axborot texnologiyalaridan, markaziy davriy naşrlar saytidan foydalanib iş yuritişni örgatiş va boşqa ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirişlari uçun şart-şaroit yaratiş ham muammo bölib qolmoqda edi.
Endilikda maktab tinglovçilariga matbuot, televideniye, radio, internet jurnalistika va fotojurnalistika yönalişlari böyiça yetuk mutaxassislar tomonidan bilim va mahorat darslarini ötkaziş belgilangan bölib, dastlabki maşğulotlar Özbekiston jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti dotsenti, Özbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi treneri Nargis Qosimova tomonidan ötkazildi.
Şuningdek, maşğulotlarni viloyatdagi matbuot tizimida işlayotgan tajribali jurnalistlar — “Özbekiston 24” telekanalining viloyat böyiça muxbiri Dilmurod Abdurahimov, viloyat teleradiokompaniyasi, radio guruhi boş muharriri Sayyora Töxtayevalar til va uslublar, axborot va tahliliy materiallar tayyorlaş böyiça tinglovçilarning bilim va mahoratini oşirmoqdalar.
Mazkur loyihani amalga oşirişda viloyatning şahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan, jurnalistika va blogerlik sohasiga qiziqqan yoşlar maʼlumotlar bazasi ham yaratiladi.
Loyiha doirasida yaratilgan “jurnalistika.uz” rasmiy sayti va telegram ijtimoiy tarmoğidagi kanali orqali boşlovçi muxbirlarning barça yönalişdagi materiallari muntazam yoritib borilişi taʼminlanadi.
Bundan taşqari, yoş jurnalistlarning “Eng yaxşi material” yönalişida tanlov ötkaziş tartibi ham belgilab olindi. 27 iyun — Matbuot va OAV xodimlari kuni bayrami arafasida barça yönalişlar böyiça tanlov ğolib va iştirokçilari qimmatbaho sovğalar bilan rağbatlantiriladi.
Bugungi kunda viloyatda 27ta bosma ommaviy axborot vositalari, 1ta viloyat televideniyesi, 1ta viloyat radiosi, 1ta nodavlat telekanali, şuningdek, tuman hokimliklari, boşqarmalar tasarrufidagi Axborot va matbuot xizmatlari faoliyat körsatmoqda.
Ötkazilgan tahlil natijasi şuni körsatmoqdaki, bugungi kunda eng muhim sohalardan biri bölgan jurnalistika sohasida yoş kadrlar yetarli emas. Viloyatdagi OAVlarda hozirda 25 yoşgaça bölgan qalam tebratayotgan yoşlar atigi 6 nafarni taşkil etib, şulardan 1 nafarigina matbuot yönalişida, qolgan 5 nafari televideniye va radioda işlaydi.
Şunday ekan, viloyat OAVlarida asosan yoşi katta avlod jurnalistlari qalam tebratayotganini eʼtiborga olganda, yoşlarni bu sohaga köproq qiziqtiriş hamda bilim va tajriba egallaşida, eng muhimi, barça qulay şart-şaroitlarni yaratişda loyiha doirasida qilinayotgan işlar beiz ketmaydi, albatta.
Nodira ALIMOVA,
loyiha rahbari
