“Endi bir umr kutiş ekan-da…” yoki banklarda 280-navbat qaçon keladi?

Töğrisi, “Hurriyat” gazetasining 2021 yil 17 fevraldagi 7-sonida çiqqan “Banklarda kredit foizlari nega yuqori?” sarlavhali maqolani öqib, öğlim Maʼrufjonning taşvişlarini yozibdi-da, deb yubordim!

Tunov hafta öğlimga “Mana uyni ham qarz-havola qilib bölsa-da, taʼmirlab oldik. Endi röza oyigaça bankdan mik­roqarz olib töyni boşlaylik”, dedim. Oradan 2-3 hafta ötdi. Bu orada öğlimning poytaxtdagi kirmagan banki qolmadi, hisob. Nihoyat, “Asaka bank” maʼqul ekani, foizini öylamasa, ortiqça qoğozbozlik bölmasligini aytdi. Faqat fuqarolik pasporti va kafil bölsa, bas ekan. “Mayli öğlim, sen işlaysan, men işlayman, olaver, birovimizning oyligimiz kreditga ketaveradi”, dedim xotamtoylik qilib…

Ötgan yilning kuzi edi. Çiroqçi tumanining lalmikor yeridan, yaʼni Dilla Safarov nomli xöjaligidan amakimning öğli Obid Ahmedov 12 gektar joy olib, “Obid Ahmedoviç boğdorçilik va ğallaçilik” fermer xöjaligini taşkil qildi. U lalmi yerga quduq qazib suv çiqariş maqsadida “Agrobank”ning Çiroqçi tuman filialidan kredit söragan ekan, “kredit berolmaymiz”, deyişibdi. Amakivaççamning mendan najot istab qilgan qönğiroğidan söng, bank xodimlari bilan gaplaşdim:

“Axir, çöntagingizdan bermayapsiz-ku! Ğalla ekkan, ğalladan söng lalmi tarvuz ekadi. Qarzdor bölib qolmaydi. 33 million söm kredit olib, quduq qazimoqçi. Ğalla orasiga bodom, mevali daraxt köçatlarini ekmoqçi…” deganimdan sönggina, töğri tuşundi şekilli, Obidga: “Kafil olib keling, kredit beramiz”, deyişibdi.

Endi buyoğini eşiting. Kuni keça fermer ukamiz yana qönğiroq qilib qoldi. Kredit uçun töplagan barça hujjatlarini “Agrobank”ning Çiroqçi   tuman filialiga olib boribdi, bankning vaqtinça boşqaruvçisi Otabek Röziboyev topşiriği bilan uning işi Bahrom degan bank xodimiga topşirilibdi. Kredit bölimidagi yakka tadbirkorlarga masʼul Bahrom esa: “Uka, sizning hujjatingiz 280-örinda qabul qilindi”, deganmiş. Bank kuniga neçta mijozga kredit çiqarayapti, mening nav­batim qaçon keladi, degan savollarimga esa heç kimdan javob ololmadim”, dey­di u hafsalasi pir bölib.

Demak, ukamizning kutişdan özga çorasi yöq. Natija bölsa, höp-höp, bölmasa-çi? Olov bölib, yonib işlayman, degan yigit kredit kutib yuraveradi. Ololmasa, tanlagan sohasidan köngli soviydi, sinadi. Qiziği şundaki, Prezidentimizga qöş qanot bölişga intilgan Obidjonga öxşagan yigitlar ONA YER bilan kelgusida tillaşmay qöyadi…

Eng açinarlisi, bir yoqda davlatimiz rahbari tomonidan moliya muassasalari zimmasiga qançadan-qança vazifalar qöyilmoqda. Yer bilan tillaşaman degan yoşlarga kerakli yordam berilayotgani haqidagi qançadan-qança gap-sözlaru, vaʼdalar… Bir yoqda esa banklarda mijozga “çiroqçiça” munosabat!

Darvoqe, öğlingiz Maʼrufjonning işi nima böldi, deysizmi?! Öğlim 28 yoşda. Ota sifatida uning töyini bu yildan keçiktirsam, harholda, yaxşi emas. Uylaniş-ku, nasib qilsa, albatta, böladi, lekin bu ketişda u qaçon UYlanarkan, bilmadim…

“Hurriyat” gazetasining 7-sonini öqib, maza qildim. Negaki, bironta palağda maqola yöq. Vazir Şermatovning “siylangani” deysizmi, Qutlibeka opa bilan suhbat yoki ustoz Ahmadjon Meliboyevning ögitlarimi, xullas, hammasi zör! Qolganini aytmayman, özingiz bir öqib, uqib çiqqaningiz maʼqul.

Erkin ESIRGADIYEV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan