“Otamdan qolgan dalalar” ekranga qaytadimi?
“Hurriyat” gazetasining 2021 yil 3 fevral 5-sonida çop etilgan Şerzod Mahmudovning: “Otamdan qol(ma)gan dalalar!” maqolasini öqib…
Toğay Murod haqida gap ketganda, köpinça yozuvçining “Men özbek xalqiga haykal qöyaman”, degan sözlari yodga tuşadi. Asarlarini öqigan, unda adibning yurak urişini, keçinmalarini köra bilganlar yozuvçining öz vaʼdasini bajara olganini his qilişi tabiiy hol.
Ayrim kitobni varaqlab-varaqlamay hukm öqiydiganlar yoki “lupa” bilan kurmak izlovçilar esa baland ovozda aytişga jurʼat qila olmaydigan iddaolarini piçirlaşadi. Toğay Murod yaratgan haykallar esa allaqaçonlar piçinglardan balandda, adabiyotning abadiyat böstonida munosib örnini egallab bölgan. Buni anglaş uçun na adabiyotşunoslik ilmi, na dorilfunun diplomi kerak, nazarimda. Adibni anglamoq uçun, şu xalqning bir vakili sifatida, heç bölmasa bitta asarini, misol uçun, “Otamdan qolgan dalalar”ni öqiş, kifoya.
Aslida Toğay Murodning öquvçilar mehrini qozonişiga asosiy omil bu — uning öz millatini yaxşi körgani bölgan desak, xato bölmasa kerak. Adib şu elning gadosiyu amaldorini, ğaribu ğurobosini birdek körib, öziniki, qondoşi, jigardoşi deb bildi. Barçasini ardoqlab tilga oladi. Yaxşi köradi. Şu mehr tafti tufayli ham yozuvçining asarlari kitobxonni sehrlaydi göyo.
Baʼzan öylab qolaman: Toğay Murod qanday yurak bilan xalqiga haykal qöyişdek katta vaʼdani berdi ekan? Bu fikr, bu qatʼiy maqsad unda qaçon paydo bölgan? Javobni esa adibning “Men” nomli özi yozgan tarjimai holidan topgandek bölaman: “Ana şu vaqt qatağon avj oldi. Işdan hayda-hayda avj oldi. Firqadan öçir-öçir avj oldi. Sur-sur avj oldi. Nihoyat… qama-qama avj oldi. Özbek ziyolilari kişanband böldi. Özbek ziyolilari mahbus böldi… Ana şunda polvonlik qonim qaynadi!..
— Men özbek xalqiga haykal qöyaman!
Men ana şunday şahd bilan olamjahon ğanimlarim sari şaylandim. Adabiyot institutida öqiş uçun yöl oldim. Barça hayron bölib qoldi. Boisi — men endigina uylanib edim.
— Savodning mazasi yöq, Moskvada öqib kelmasak bölmadi, — dedim.
Dardim öqiş bölmadi. Dardim prokuraturalar böldi, dardim sudlar böldi”.
Qiziq, bu qanday dard ekan? Bu dardning otini yozuvçining 1988 yil 29 yanvarda “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida çop etilgan intervyusidan bilib olamiz: “Menmi? Men “Otamdan qolgan dalalar” degan bir asar dardida yuribman. Ehtimol roman bölar, ehtimol qissa bölar? Bilmadim. Işqilib, könglimda borini tökib solaman”.
Guvohi bölamizki, Toğay Murod “Otamdan qolgan dalalar” romanining ilk uruği köngliga tuşganda xalqiga haykal qöya olişini his qilgan. Çindan ham, bu asar Dehqonqul obrazida butun boşli xalq qiyofasi, dardu ğurbati, oriyatiyu nomusi, muteʼligiyu bukilmasligini, qöyingki, inson xulq-atvorini bor böy-basti bilan körsata oldi. Şu boisdir kitobxon uni qayta-qayta öqisa-da, yana öqigisi keladi, asarning heç ohori tökilmaydi. Roman öz munosib bahosini allaqaçon olgan bölsa-da, bundan keyin ham muştariylar eʼtirofiga sazovor bölaveradi.
Qolaversa, şu roman asosida suratga olingan film ham öz davrida olqişlarga munosib körilganini sanʼatşunoslar tasdiqlaşadi. Film taniqli rejissyor Şuhrat Abbosov tomonidan suratga olingandi. Bu kinoasar tomoşabin mehru muhabbatiga sazovor bölganini rejissyorning özi Toğay Murod haqidagi xotiralarida şunday yodga oladi: “Esimda, Buxoroda ötkazilgan kino kunlarida havo 20 daraja sovuq edi. Zalda tumonat odam. Men qalin kiyinib olgan bölsam-da, muzlab qolayotgandek bölganimdan, sovuqda ön daqiqa ham ötirolmadim. Hattoki, kiçkina bolalargaça tört soatlik kinoni oxirigaça kördi, heç kim zaldan çiqib ketmadi. Bunga sabab nima edi? Tomoşabinni qanday joziba tört soatlik kinoni körişga majbur etdi? Axir “Otamdan qolgan dalalar” filmi Amerika kinolariga öxşab detektiv bölmasa yoki Meksika seriallariga öxşab bir ilmoq bilan tomoşabinni aldab ötirmasa… Yöq! Tomoşabinni film oxirigaça ötirişga majbur etgan sabab — ekranda ayovsiz, haqqoniy hayot keçmoqda edi”.
Çindan ham, yaxşi asardan yaxşi kinolar yaraladi. “Otamdan qolgan dalalar” filmi aminmizki, bugun ham tomoşabinning yurak urişini maromdan çiqarib yuborişga qodir. Çunki unda badiiylik jozibasiaro tirik tarix haqiqati yaşaydi. Xalq esa hamişa haqiqatga çanqoq. Ammo…
Ammo film bir namoyiş etildi-yu mana bir neça ön yildirki, qayta namoyiş qilinmayapti.
Köplab sara filmlarimizning arralanib, qayçilanib efirga uzatilganini kördik. Hatto “Ötgan kunlar”day nodir asarning ham qirqilganiga guvoh böldik. Şukrki, bu röyxatning “oqarganiga” ham, ança vaqt böldi. Yurtimizdagi oçiqlik siyosatini jahon afkor ommasi-da eʼtirof etayapti. Lekin negadir “Otamdan qolgan dalalar” ekranga qaytmayotir…
Axir, şaxsan Prezidentimizning taşabbusi va qöllab-quvvatlaşlari tufayli tarixiy kinolar yaratişga bel boğlandi. Bu yönalişda bir neça filmlar suratga olindi ham. “Otamdan qolgan dalalar” yaqin ötmişimiz haqidagi bebaho asar emasmi?! Unga hanuz munosib eʼtibor qaratilmayotganini qanday tuşuniş mumkin?
Şuhrat Abbosovning biz yuqorida tilga olgan xotira-maqolasida yana şunday jumlalar bor: “Otamdan qolgan dalalar” filmining davomiyligi tört soatni taşkil etadi. Şunday qilib, kino qöyildi. Tomoşabin şunaqayam yaxşi qabul qildiki… qarsaklar, olqişlar zalni tutdi. Biz şu orada Toğay Murodni yöqotib qöydik. Axir, odatga köra, premyeradan keyin ziyofat berilişi kerak edi-da. Biz, film ijodkorlari birga ötirişib, bir-birimizni tabriklamoqçi edik. Şu qidiramiz, Toğay Murod yöq, birdan ğoyib bölib qolibdi.
Qiziq odam edi-da Toğay Murod! Unga “Otamdan qolgan dalalar” asarining film varianti yoqdimi yöqmi, bilolmadim. Toğay bu dunyodan ötib ketdi… Lekin bir narsaga xursandman: u meni sökmadi, ha, sökmadi. Çunki rahmatlik şunday halol, prinsipial odam ediki… Birinçidan, Toğay Murod öz asarini sahnaga, ekranga qöyişlariga hamişa ham rozi bölavermasdi. Ikkinçidan, uning ijozatisiz asarini sahnaga olib çiqqan bepisand sanʼatkorlarning tanobini tortib qöyardi. Muqimiy teatrida şunday voqea bölgan, deb eşitganman”.
Bu fikrlardan anglaşiladiki, asar muallifiga ham film maʼqul kelgan edi. Xalqimiz ham bu kinofilm qaytişini istaydi. Yaqin ötmişimizdagi turli sabablar bois, taʼqiqga uçragan qança kinolar ekranga qaytdi. Masalan, “Şaytanat” filmi ham qaytdi. Endi navbat — “Otamdan qolgan dalalar”ga bölsa, ajab emas!
Sitora TOJIDDINOVA,
jurnalist
