Xotira mehrigiyosi
Biz tengilarning maktab yillarida, şubhasiz, sevimli şoirlarimiz qatorida Hamid Olimjonning bölgani aniq. Jöşqin ehtiros bilan yozilgan ertaklar, ularning ohanraboli satrlari – “bolalik kunlarimda, uyqusiz tunlarimda…” yoki ösmir qalbining musaffo qöşiğidek yangrovçi “Vodiylarni yayov kezganda… çappar urib gullagan boğin… odamlardan tinglab hikoya…” misralarini yozgan muallifni sevmaslik mumkin emasdi.
Bu xotiralar çekka qişloq manzaralari kabi noparmon bölsa-da, “Öqituvçi ham non yeydimi?” — deya pörim odamlarga ilohiy nazar bilan qaraşdan şakllangan mahdud tuyğular qatorida şeʼrga oşuftalik taassurotlarning olamşumuli edi. Surati kitob sahifasidan muloyim boqib turgan zotga ixlos qiliş, uni öziga yaqin oliş ança maʼnaviy ulğayiş alomati hisoblanardi. Şunday norasida tasavvurlar bilan şoirning şaxsiy hayotiga qiziqiş, unga yaqinlaşiş qançalik xayoliy gap edi?
Mabodo bu hol röy berganda ham Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim munosabatlarini bor böy-basti bilan idrok etiş qiyin keçardi. Hatto hozir ham bu hol töla amalga oşmayapti. Zamondoşlarning sohir köngillar inja asrorini anglaşi, “muhabbat saroyida qolganlar” siymosini butun böy-basti bilan inkişof etişi qiyin keçmoqda. Hozir ham haqiqatdan yiroq tasavvurlar, ğiybatlar, miş-mişlar… Bu hol qonuniyga ham öxşaydi. Biror buyuklikni qabul qiliş uçun qalbda öşanga yaraşa joy bölişi lozim, botindagi teranlikni anglaş uçun ğuborsiz nazar talab etiladi. Şu maʼnoda, şoira Muhtarama Uluğovaning “Muhabbat saroyida qolganlar” kitobi köp masalada, ayniqsa, tasavvurlarning tiniqlaşişida yordam berişi mumkin.
…Adabiyot muhiblari maktabda Hamid Olimjon ijodiga bağişlab adabiy keça tayyorlaşgan va u muallimning şoirga bağişlangan şeʼri bilan boşlangandi: “Bovurçi toğlarining orombaxş şamollari, Uşbu sözlarim olib Toşkent sari uçingiz… Jannataro diyorning uzoq bir qişloğidan, Bir töp ahli ilmlar dildan salom yöllaymiz… El bunda “Özbekiston” ohangiga eş bölib, “Öriklar gullaganda” masrur kulib yuradi… Nazmingga sayqal berar köplab yoşlar ovozi…”. Mabodo bu “şiğir” (vaholanki, bunday dil izhorlari öşanda minglab yozilardi!) şoirning umr yöldoşi, “Saodat” jurnali boş muharriri Zulfiyaga yetib kelganda nima bölardi? (Nimadir bölardi, rost).
Bu hol röy bermadi, ammo Marğilon şahridan boş muharrirga köplab xatlar kelardi va uning muallifi Muhtarama Uluğova Zulfiya opaning çinakam eʼtibori va iltifotiga sazovor böldi (yirik jamoat arbobi va madaniyat taşkilotçisi sifatida Zulfiya yilt etgan şuʼlani ham ilğagan, uning alangaga aylanişi uçun kömaklaşgan). Şunday qilib, Muhtarama opa yigirma yilga yaqin atoqli şoira va davlat arbobi Zulfiya bilan hamnafas böldi, bu uluğ insonning teran olamiga nazar soliş imkoni, baxti nasib etdi.
Odatda, köplar özlarini buyuklarga yaqin oladilar, ular bilan tanişligidan, hamkorliklaridan faxrlanadilar. Bu tabiiy hol, negaki, har bir qalb ezgulikka taşna, yaxşilikdan yayraydi, yomonlikdan iztirobga tuşadi. Ammo masalaning bir nozik tomoni bor – keyinçalik bu “yaqinlik” sof, halol talqin etilsa, madaniyat tadrijiga xizmat qiladi, mabodo biror manfaat tufayli bu iş amalga oşirilsa, buyuklikning ham qadri jönlaşib qoladi. Önlab şeʼriy töplamlar va publitsistik töplamlar muallifi Muhtarama Uluğovaning kitobidagi lavhalar esa yuksak mezonlardan turib, özi hayratlangan va iloh darajasida qabul qilgan inson haqida halol munosabat va yoruğ niyat bilan qoğozga tuşgan.
Bugun Zulfiya fenomini milliy ibrat, namuna timsoli sifatida uluğlanmoqda. Men uşbu kitobni mutolla qilib, bu hol qonuniy va zarur ekanligiga qatʼiy işondim. Hayot hukmfarmosi bandalarga ana şunday timsollarni ato etar ekan va bu bilan özining buyuk ijodi nimalarga qodir ekanini körsatib qöyarkan.
“Muhabbat saroyida qolganlar” kitobi muallif Muhtarama Uluğova, Zulfiyaxonim xonadoniga yaqin bölgan Yulduz Begaliyeva va Sayyora Mamirovaning xotiralaridan tuzilgan. Umumiy jihat şuki, undagi har bir satr samimiyat bilan qoğozga tuşgan, qahramonga çuqur muhabbat varaqlardan silqib turibdi. Bu hol aslo bitikçilarning şunçaki iltifoti emas, balki tiriklikdan hikmat izlagan har qanday odam taşnalik bilan xotiralarni öqisa va hayot hadisini özaro taqqoslab mulohaza yuritsa, şaxsning çinakam benazirligini his etadi, maqtovlar, eʼtiroflarga tan beradi. Axir dalillar öjar böladi-ku. “Oyni etak bilan yopib bölmaydi” deyişadi. Şunga jahd qilinsa, etak kötarilib, tizza körinib qolar ekan.
Hamid Olimjon va Zulfiya ön yil birga yaşaşgan. Şu yillar bir umrga tatirlik bölgan. Maşʼum ayriliqdan keyin opaga turmuşga çiqiş taklifini hatto qaynonasi ham bildirgan, “Yoşsiz, umringizni xazon qilmang”, degan Komila aya. Kelinga bu gap oğir botgan, ehtimol, ilk bora taqdirning maşʼum bitigi örtab ötgan, hududsiz olamda yolğiz qolganini his etgan. Biroq qalbida abadiy işq alangasi lovullab turgan ayolning tillarida şu sözlar qotgan edi: “Meni sevgilimdan ayirmanglar, u mening qalbimda tirik yaşayapti. Yagona yuragimning yagona sultonini heç kimga almaştira olmayman. Meni tinç qöyinglar!” Qayta turmuş quriş haqidagi takliflar aytilmadi, omonat dunyo hoyu havaslari işq va iztirob olovida kuyib, kulga aylanib ketdi, ötning tafti esa şeʼrlarga köçdi, xolos. Qarang, şu iqrorlar ham qay darajadadir balandparvozdek tuyuladi. Holbuki, bu ikki qalb örtasidagi munosabat kapalak qanotidan ham nozik, gul tabassumidan ham maʼsum bölgan. Ifodalaşga “qora söz” ojiz.
Gul umrning sönggi kunlarida şunday holat röy bergan ekan, buni Zulfiya opa eslaganlar: “Hovlimizning orqasida kartoşka ekilgan yer bor edi. Hamid Olimjon keçki ovqatdan keyin öşa joyda işlayotgan edilar. Oy nurida suv jimirlaydi. Çoy olib çiqdim.
— Taşna bölib turganingda çoy olib çiqqan xotiningning sadağasi ketsang arziydi, — dedilar.
— Taşna bölganingizni bildim-da!
Şundan keyin qarşilariga, maysa ustiga ötirdim.
— Şunaqa ham şoira bölarkanmi, — dedilar. — Tap etib yerga ötirdingiz, — dedilar-u, köylaklarini yeçib, töşab berdilar. Men ularning oyoqlarini yuvmoqçi böldim. Şartta qölimdan uşlab:
— Bu qöllar mening oyoqlarimni yuvişi emas, soçlarimni silaşi kerak, — dedilar.
Bu — 1941 yilning 31 may oqşomi edi…”.
Tong otganda zulmat keça unutiladi. Yoruğlik barça sinoatlarni yutib yuboradi. Jumladan, lahzalarning qaytarilmas suratini ham. Abadiy hijron oldidan visolning sönggi damlari ekan, afsuski, buni har ikki tomon xayoliga ham keltirmagan. Muhabbat arşida baxtiyor juftlikning öşa onlarini tasavvur qiling, uning taʼrifida heç qanday sunʼiylik aralaşmagan, hammasi quyma, tabiiy: oşiqlikning çin surati şu darajada yorqin böladimi? “Köylaklarini… töşab berdilar. …soçlarimni silaşi kerak!” Bunçalik oşuftalik, hurmat-muhabbatga falak ham raşk qilgan bölsa kerak: köp ötmay baxtiyor juftlik abadiy ajraldi, biri Yaratganning huzuriga ravona böldi, ikkinçisi esa bu sinoatni avlodlarga to umr böyi hikoya qilib beriş uçun tirik qoldi. Zulfiya öşa kundan boşlab ikki kişi uçun yaşaşga mahkum qilingandi göyo. Va şunday böldi. Oxirida şoiraning iqrori: “Men ötgan umrimga açinmay qöydim… Şu-da bir yaşaş!”
Zulfiyaning hayoti köp qirrali sinovlarga töla bölganini zamonaviy özbek adabiyoti tarixi ham, zamondoşlarning jonli xotiralari ham tasdiqlaydi. Bugungi eng yangi taassurotlar ham bu sinovdan şaraf bilan ötilganiga guvohdirlar. Bunday purviqorlikka Zulfiyani voyaga yetkazgan muhit, döstlarning maʼnaviy qöllab-quvvatlaşi va, asosan, şoira tiynati va fitratidagi yuksak maʼnaviyat yöl oçgan. Mazkur holni kitobda jamlangan xotiralar orqali butun böy-basti bilan tasavvur qiliş mumkin. Muallif suhbatlarida “Opaning har bir harakatida, qiliğida öziga xos pokizalik, gözallik bor edi. Hatto qoşiqni tutiş yoki şeʼr tinglaşi, umuman, biron holati boşqalarga öxşamas, faqat öziga xos edi, — deydi. — Ammo bu benazirlikni özi sezmasdi”. Kitobda bir lavha bor: bir kişi özini yaqin olib, şoiraga dala-hovlini qanday yuritiş haqida uzun vaʼzni boşlaydi. Opaning vaqti ziqligini sezgan şogirdlardan biri: “Sizni telefonga çaqirişayapti” deb suhbatni töxtatişga majbur böladi. Şu holni opa bot-bot eslab, “Öşanda bir yolğon işlatgan edik-a. Yomon bölgandi” deb qöyar ekan. Davr tarbiyalaganmi yoki tabiatida bor bölganmi, bunday fazilatli kişilar bilan hayot mazmunli, ularning “pokiza umri”ning özi köplab balolarga daf böla oladilar. Taqdir Zulfiyani şunday yaratgandi.
Şoira sakson yoşlarida “Xotira siniqlari” nomli doston yozdi. Asar ğoyaviylik va badiiylik jihatdan har qanday talabga javob beradi. Ayniqsa, unda katta va mazmunli hayotni keçirgan möʼtabar yoşli ijodkorning umr hikmatini jöşqin ruh bilan, teran falsafiy ohanglarda aks ettira olgani bu ijodning çinakamiga çöng va asil bölganini tasdiqlaydi. Bir paytlar “Muşoira” şeʼri jahoniy eʼtirofga sazovor bölgan, butun Osiyoni kuylatgan edi. Ha, Zulfiya özi tan olganidek, ikki inson uçun yaşadi va ijod qildi. Bahosi şuki, vazifani şaraf bilan uddaladi.
Uluğ ijodkorning şaxsiyati ham yorqin. Boşiga turli savdolar tuşdi: goh hammaning nazarida böldi, goh butunlay unutildi, biroq Zulfiya özgarmay qolaverdi. Balki u tiriklikning bahosini va unda öz örnini aniq bilgandir. Kitobda keltirilgan mana bu lavhaga diqqat qiling: “…suhbatlardan birida: “Onangizga aytsangiz, erkaklar aza kunlari kiyadigan beqasam çopon tiktirib bersalar”, dedilar. Tuşundimki, öğillari yoki katta nabiralari kelişi mutlaq bölgan ayriliq kunida çopon kiyişini nazarda tutyaptilar”… Bu gaplar şoira hali yetmişga yetmagan kunlarda aytilayotganini hisobga olsak, bunday öktamlik va mardonalikka tan bermay iloj yöq. Oxiratini unutmagan muslimada imon basalomat böladi-da. Zulfiya qismat yozuğidan qoçmagan, unga yoruğ yuz bilan peşvoz çiqişga har on tayyor turgan. Yana öşa kunlarda, “azadorlarning çoponu döppi kiyişlari siyosatga töğri kelmaydigan” zamonlarda bu gaplar aytilayotganini hisobga tortsak, şoirada milliylik, qadriyatlarga fidoyilik naqadar yuksak bölganini his etamiz.
Kitobda Zulfiyaning oila davrasidagi maftunkor hayoti ham jonli lavhalarda quyuq aks ettirilgan. U ona, buvi, qaynona sifatida ham özi kabi namoyon böladi va jonli lavhalar öqiganlarda uning timsolini yana ham körkamlaştirişda kömaklaşadi. M.Uluğova keyingi yillarda bu mavzuda ketma-ket kitoblar yaratilayotgani, şubhasiz, ular davrimizning yirik bir siymosi haqida bor haqiqatni anglaşda asqotişini taʼkidlab, Zulfiyaxonimning insoniy fazilatlarini yoşlarga, ayniqsa, yorqin örnak qilib körsatiş maqsadga muvofiq ekanini eslatadi. “Zulfiya mukofotiga talabgorlar birinçi navbatda şu asarlarni qoldirmay öqişi lozim”, deydi u.
Şuningdek, kitobda zamondoşlarning, tadqiqotçi-olimlarning ham fikr-mulohazalari mavridi bilan keltirib ötilgan, bunday usul şoira ijodi va şaxsiyatini yana ham teranroq idrok etişni taʼminlaydi. Zulfiyani öz davrida katta siyosatçilar, buyuk ijodkorlar, davlat arboblari ham şaxs sifatida, ham şoira sifatida eʼtirof etganlar.
Umuman, “Muhabbat saroyida qolganlar” kitobi XX asrning yirik şaxslaridan biri, özbek ayolining mukammal namunasi, sevgi va vafo timsoli Zulfiya hayoti lavhalari voqealarning bevosita iştirokçisi va jonli guvohi bölgan söz rassomi qalami bilan çizilgan tiniq suratdir. Şubhasiz, bu mavzuda hali köplab asarlar yaratiladi, mavzuga turli nuqtalardan qarab baho beriş davom etadi. Şunday paytda şaxs siyratiga ehtiyotkorlik, hurmat bilan yondaşiş lozimligi kitob lavhalari orqali maʼlum bölib qolmoqda. Zero, “Gözallik va xunuklik orasi — bir çiziq” deganlaridek, ardoqli şoira şaxsiyatiga doir har qanday izlaniş, tadqiqot, badiiy asar asosiy tamoyillardan çekinmasligi, yorqin timsolga zaxa yetmasligi lozim, buyuk ibrat doim ohanraboligini yöqotmay, asliça saqlanişi şart. Albatta, bu qadriyatni uluğlaganlar, özini şu safda bölişini istaganlar bunday kitoblarni öqişlari kerak.
Hakim SATTORIY
