Sönggi ilinj

(Hikoya)

 

Bu qanday gap böldi, döstim Oltinboy?! Men seni özimga yaqin olib doim yordam sörasam-u, har gal bir oğizgina gapingniyam ayaysan-a?! Bu safar unday qilma! Unaqada dardimni kimga aytay?.. Menga qolsa bu yerlarga ölaqolsamam oyoq bosmasdim. Majburlab, uning ustiga hammayoğimni şu savil çilvir ölgur bilan çirmab sudrab kelişdi. Öziyam lofmas-ku, naq devday keladigan ikki barzangi yarim kun olişib arang eplaşdi-da. Bunaqangi qattiq qarşilik körsatişimni heç kim kutmagan çoği, avvaliga şundoqqina bolalarça xörozqand bilan aldab, qölimdan yetaklab ketişmoqçi bölişdi. Qaraşsa, anoyimasman. Kuçlari zörğa yetdi baççağarlarni. Özimdan-özim faxrlanib ketdim – tarbiyalab, katta qilgan rahmatli otamga taşakkur devordim öşa çoq. Agar şu kasbga qiziqişim bölmaganda edi, aniq dunyo polvonlari orasida eng maşhuri bölardim. Faqat kulma Oltinboy! Gapim rost.

Lekin Boş muharrir nega menga işonç bildirib şu işni topşira qoldi, haligaça tuşunolmayman. Boş­qa odam qurib ketganmidi?! Özi-ku mayli. Fikrlaş u yoqda tursin, qoğoz qoralaşdan boşqasiga qurbi yetmaydi. Lekin şunça tajribali, özi tengqur ustoz yozgiçlar köp edi-ku! Tinçgina çoriğimni sudrab, kunimni körib yuruvdim-da. Oldiga çaqirib “Qalaming ötkirlaşib qoldi şogird. Endi jiddiy mavzularga ham qöl uriş vaqti keldi. Qaçongaça mayda-çuydalarga öralaşib yurasan”, demaganida bu maşmaşalar boşimda yöq edi, döstim Oltinboy.

– Nima qilay? – debman menam har işni döndirvoradiganday gerdayib. Yoşman. Uning ustiga qiziqqonmasmanmi.

– Senga alohida topşiriq bor. Bugundan katta mavzu ustida işlaysan. Yaʼni mamlakatda bölayotgan özgarişlarga ulkan hissa qöşayotgan, umrini vatanimiz ravnaqi yöliga tikkan, tuğilgan yurti, xalqi uçun jonini ayamaydigan, qisqasi ana şunaqa fidoyi kasb egalari haqida badiiy obraz yaratasan. Qalam haqiyam şunga yaraşa – fildek!.. Xudo yarlaqab omading çopib qolsa, butun mamlakatga noming çiqadi. Yana “kattakon” nazariga tuşib qoliş ehtimoling ham yöq emas. Unda naq köksing törida biron nişonni özing tasavvur qilaver!

Ha-a! Yo biron orden taqasan yoki naq zarba yeysan, degandek böldi öziyam. Oçiğini aytsam, boşliqning özi ham takabbur, öta ayyor odam-da bilsang. Agar aytganlari rost bölsa, özidan oşarmidi şunça obrö-eʼtibor, mukofot deganlari.

Alal-oqibatini öylab ham ötirmay baribir köndim. Men uçun topşiriqning oxiri muhim edi. Rözğordagi kamçiliklarni yopişga çol vaʼda qilgan “fil”dek mablağ öta zarur böp turgandi-da. Qolaversa, xotinimning “u kam-bu kam” singari minğir-minğirlaridan ham quloğim ança payt tinardi. Qolganini uddalasa böladi. Yaşirib nima qildim, yana kattakon bilan şaxsan uçraşib, hayotdagi muammolarim, yaşaş qiyinçiliklarim haqida quloğiga şipşib qöyiş niyatim ham bor edi.

Xullasikalom yo donğim, yo çangim çiqar. Bugunning qahramonimi, marhamat! Yorvoramiz-ku yozib!..

Lekin bu oson iş emasligini juda yaxşi tuşunardim. Bönakni olib çöntakka urişga uribman-ku, boşliqdan qahramonni mamlakatning qaysi burçagidan izlaşni söramabman. Hartugul, kattalarning aql doirasi siğimi keng­roq bölardi. Na iloj. Qidiramiz endi. Dunyo keng. Mamlakat sarhadlariyam çeksiz.

* * *

Öh-hö, çegaragaça yölda qança balogardon qahramon uçramaydi deysan, döstginam Oltinboy! Yöl quyum şiğillab, pişib yotibdi-ku ular! Daraxtni tepsang, bas. Yerga yoğiladi.

Qisqasi özimça şaharning manaman degan idora va davlat muassasalariga boriş böyiça taxminiy yöl xaritasi tuzib, ixçamgina reja qilvoldim. Birinçi tanlovim öz-özidan maʼlum – tibbiy maskan edi. Buning ustiga boşim ham oz-moz oğrib turgandi. Keçagi “qittay-qittay”ning asoratida, deb işşayma birodar. Kasb kasalligi bu. Özing yaxşi tuşunasan. Naq kallam yorilayozayotgandi. Yaşirib nima qildim. Kiçikkina maqsadim aralaşmasi orasida dardimga davo topiş istagi ham barq urib, böy körsatib turardi. Şifo ilinjida poytaxtning eng katta şifoxonasiga ravona böldim. Borib töğri rahbarning öziga uçraşdim.

Kasbimni eşitgan zahoti boş şifokor avval biroz dovdirab, qovoq-tumşuq qilvoldi. (Jurnalistlardan bunça çöçişmasa bular!) Bunisiyam hamma qahramonlarim qatori gaplaşyapti-yu çehrasi yorişmaydi. Keyin maqsadim yaxşiligini bilgaç, maqtanişdan töxtatib bölmadi bu Xudo bexabarni. Jaği lang oçildi-qoldi. Qani biroz jim tursa-yu, fikrlarimni jamlab olsam. Kallam yorilib ketay deyapti-yu şifoxona hududidagi daraxtlarni kestirib, saranjomlaganigaça vaysadi öziyam. Ammo sotib gumdon qilgan pullari haqida lom-mim demadi. Bularning hammasi şu-ku! Oçiği, jiğildonidan boşqa heç narsani öylamaydigan, bunaqangi yuz xil turlanuvçi nusxani öquvçilarga qahramon qilib körsatişni ep bilmadim. Rosa sayratib, juftakni urdim. Unga quloq soladigan bölsam özidan boş­qa yaxşi odam yöq edi dunyoda. Menga esa oddiy odamlar kerak. Kişi bilmas davolovçi şifokor qabuliga yozila qoldim.

Şu desang issiqning kunida nav­batda turişning özi jasorat. Bu fikrga salkam ikki soatlar çamasi terlab-pişib, yoqalarim böynimga çippa yopişgandan keyin keldim, hoynahoy. Biroz eriş tuyulsa-da, xuddi şu gap özimgayam yoqib qoldi. Şifokorning muzdek xonasiga kirib, terlarim qotgandan keyin esa fikrimdan aynidim. Dim havodan noxuş bölib, esim oğişiga sal qopti-ya! Şifokor juda muloyim, öta mehribon odam ekan. Tili ham şirin, bir söz bilan dardingni olarkan. Kasalimniyam aniq topdi. Sabablarini birma-bir sanaganda yanayam ixlosim tuşib qoldi. Boş oğriğim ham tarqadi-qöydi. Şifokor degani şunday bölsa-da. Öz kasbining ustasi. Tajribali!.. Bunaqasini özimizning yurtdan boşqa yana qayerdan topasan, döstim Oltinboy?!

Biroq… Ha-ha şu biroq bölmaganida qahramonim naq edi… Davo yozib berişini kutgandim, qölimga bir manzil bitilgan taşrif qoğozini uzatdi. Öta muloyimlik bilan keçki payt xususiy şifoxonasiga ötişimni söradi. Öziyam manzili körsatilgan joy dunyoning çekkasida ekan-da. Amal-taqal sörab-suriştirib, topib bordim. Ne köz bilan körayki muloyim şifokor qabulidagi bemorlarning bari öşa yerda – avvalgidek ketma-ket tizilişib, tumonat içida navbatda turişardi. Xuddi tuş paytidagidek yana kutdim. Ammo u joydagi şaroitlar boşqaça edi. Kutuvçilar uçun çiroyli örindiqlardan tortib, salqin içimlik suvlargaça muhayyo qilingan ekan. Hamşiralarning şirinsuxanligini aytmaysanmi?! Tillaridan bol tomadi. Ularning muomalasiga angrayib, yigirmançi bölib navbatga yozilganimniyam sezmabman. Bularning barisi uçun olgan bönak pulimdan bir kilogramm göştning haqini töladim. Noiloj nav­batga turdim. Salomatlik – tuman boylik axir.

* * *

Odam degani bir joyda ikki-uç soat ötirsa oyoqlari taraşadek tortişib, uvişib qolarkan, döstim Oltinboy! Kuta-kuta çarçadim. Endi boş oğriğiga oyoqnikiyam qöşilib, ikkovlaşib jigarni ezğilaşa boşlaşgandi, bir payt tili şiringina hamşira qiz nav­batim kelganini eʼlon qilib qoldi. Bu şifokor deganlari bemor deganni obdon kasal qilvolib, keyin davolaşarkan-da. Oyoğimni sudrab arang kirib bordim. Körişişga majol yöq edi. Şifokor ahvolimga qarab suv tutdi. Içib olganimdan söng, biroz özimga kelganday böldim. Keyin öşa muloyimlik bilan qayerim bezovta qilayotganini söradi. Imo bilan boşimni körsatdim. U bir nimalarni yoza boşladi. Kuzatib turdim. Bir lahzaga boşini kötarmadi. Ançadan keyin qölimga bir uyum qoğoz tutqizdi. Biri dorixonaga, biri boş­­qa şifokorlar qabuliga. Yana biri tibbiy tahlillar uçun. Xullas, ertasigayam kunim şu yerda ötadigan böldi. Kallayi sahardan peşob, najas, qon tahlillarini topşirdim. Hammasiga yana bir-ikki kilo göştning puli ketdi. Keyin aytilganidek asab kasalliklari şifokoriga uçraşdim. U ham boşlarimga qanaqadir matohlarini ilib tekşirgan böldi-da, xulosalarini yozib berdi. Bularning bariga yana bir kilo göştning pulini töladim. Tibbiy texnik uskunalar körigidan ötişim zarur ekan. Ular kökragim suratidan tortib, içki aʼzolarimni hammasining rasmini çiqarib berişdi. Tekingamas, albatta. Bularni barçasiga uç-tört kilo göştning puli ketarkan, xolos. Mana senga zamonaviy tibbiyot, dös­tim Oltinboy. Mullajiring bölsa, bas. Istagan narsang­ni mahayyo qilişarkan. Bunaqa rivojlanişda ertaga şifokorlarning ham keragi bölmay qoladi-yov. Temir odamlarning özi davolaydi kasalniyam. Nihoyat, bari tahlil natijalarini olib, tuşdan keyin qayta tölov qilib, muloyim şifokor oldiga kirdim. U jami natijalarni körib, hammasi joyidaligini aytdi.

– Xavotirlanişga örin yöq. Bari asabdan. Jiddiy xasta emassiz. Bu yoğiga doim nazoratimizda bölasiz. Hozir dori yozib beraman, – dedi xotirjamgina.

– Kerakmas, – deb baqirvoribman u muloyim döxtirga qarab. Axir özing öylab kör! Qahramon uçun olgan bönagimning yarmini uning mana şu bir oğizgina gapini eşitiş uçun sarflab bölgandim. Şu vaziyatda yana nima deya olişim mumkin edi.

Yo Tangrim! Özing sabr-u qanoat ber. Jahlimni tiy, jilovla va uni yomonlik­lardan qaytar. Sendan ötinib sörayman, şuurimni şu noinsof şörtumşuqning xotiralaridan tozalab taşla. Boşqa bu muloyim supurgiga duçor qilmagin, deb iltijo qilganimni bilaman, özimni idorada körib turibman-u. Ha-a, döstim Oltinboy. Hammasi anglaganingday yuz berdi. Jahl kelsa aql qoçarkan-da, birodar. Qaçon va qanday u yerga olib kelişganini eslolmayman ham. Aytganlarimni bari tuşdek, bir zumda sodir böldi-qöydi. Tergovçilarga harçand tuşuntirişga harakat qilmay, eşitişni ham istaşmadi. Qilgan işimni bezorilik deb malakalaşibdi. Bahonada ularni ham qahramonlik rejamdan öçirib taşladim. Birdan-bir qölimdan keladigani, vakolatim doirasidagi iş mana şu edi, xolos. Şu imkoniyatimdan foydalanmaslik ham körnamaklikning özi edi asli. Bu xodimlar bunçalar galvars va uquvsiz bölmasa. Mahkamada u yanayam muloyim­laşganini körsang. Jabrdiydaga aylandi-qoldi. Hayotda yaşaş uçun odam degani har köyga tuşarkan-da. Bironta fikrim inobatga olinmadi. Hatto quloq solişmadiyam. Suddagi tuturuqsiz savollarini eşitib kör!

– Nimaga şifoxonaga bostirib kirdingiz?

– Nima?!

– Şifokorning xonasiga nima uçun bostirib kirdingiz, deb sörayapman?

– Qanaqasiga bostirib. Uning oldiga ikki qayta tölov tölab kirdim. Taşrif qoğozini berib, şifoxonasiga ötişimni özi iltimos qildi.

– Jabrlanuvçi bilan avvaldan tanişmisizlar?

– Qayoqdan bilay uni. Tuşunmadingizmi deyman. Men “qahramon” izlab davlat şifoxonasiga borgandim. Tasodifan şu muttahamga duç keldim. U meni özining xususiy korxonasiga yubordi. Ana öşa yerda işxonadan olgan bönak pulimning yarmini şilvolişdi.

– U yer korxonamas, şifoxona! – qöşildi öşa muloyim nusxa.

– Şifoxonada odamlarni davolaydi. Siz bölsa u yerga hammani oborib yo kasal qilasiz, yo jinni! – böş kelmadim menam.

– Bu haqorat. Mijozim faoliyatini maxsus ruxsatnoma bilan yuritadi. Taj­ribali şifokor, – qöşildi himoya­­çi.

– Tajribali firibgar.

Bu gapimni heç kimga eşittirmay, piçirlab gapirdim, Oltinboy! Nimaga desang hamma dalillar özimga qarşi işlarkan. Qonun faqatgina u tarafda edi. Hafa bölib turgandim, mahkama raisining ovozi jarangladi. Quloqlarim ostida xuddi onamning mehribon allasi aytilganday quvonib ketdim. Adolatni qaraki, baribir söngsözni menga berişarkan. Köp gaplarni gapirib taşlamoqçiydim, öylab qoldim. Kimga kerak bular? “Hoy insof bergurlar oldindan qanaqadir bölar-bölmas rejalar, dasturlar tuzib, özi şunday ham oğir hayotimizni qiyinlaştirmanglar”, deganimda, nima özgarardi? Özimga jabr qilganim qoladi-ku! Indamay turib, çuqur uf tortdim-u, qaytib joyimga ötirdim. Hammagayam şu maʼqul keldi. Yaşaş qançalar oğir böp ketipti-ya, döstim Oltinboy! Xullas, aybsiz aybdorga aylandim-qoldim. Bönak pullari esa, davlatimiz qonun-qoidalariga köra havoga uçdi-ketdi. Töğriroği, qolganini jarimaga töladim. Yana qolgan yarim yortisiga bozordan piça kortoşka bilan u-bu kökatlar sotib oldim, xolos. Alam qilgani bir şapaloq etga arzimadi. Buni körib xotinimning yana diydiyosi boş­landi.

Öylab-öylab şularning orasida hokisor bölib yaşayotgan özimdan boş­qa heç kimni qahramonlikka nomzod, deb bilmadim. Boşliqqa şu yozganlarim maʼqul kelmagan çoği majburan kasalxonaga – ruhiy körikka jönatvordi. Uni ham tuşunaman. Öz xohişiga qarab qilmagan bu işni. Kimlarningdir taz­yiqlaridan xavotir olgan bölişi ham mumkin. Mana endi tibbiy xulosalarimni kutib ötiribman. Qalam haqiyam rasvo böldi. Şu işni, deb qarzgayam botdim. Ammo har tugul biroz yupançim bor. Agar tahlillarim ijobiy çiqib, bu yerda olib qolişsayam, şov-şuv bölib, kattakonlar quloğiga yetadi, degan umiddaman. Ana şunda bir beçora fuqarosiga rahmi kelib, bu yerdan qutulişimga yordami tegar heç qursa. Şu xayolda har kuni şiftga termulib, najot kutib yotibman, qadrdon döstginam. Axir biz feodal jamiyatda yaşamayapmiz-ku, töğrimi?

Baxtiyor Nuriddin

 

Muallif haqida:

Baxtiyor Nuriddin — 1972 yil Jalaquduq tumanida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

Ança yillardan buyon Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritadi. 2016 yilda “Şarq” naşriyotida “Şudring gullari” nomli ilk hikoyalar töp­lami naşr qilingan. Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan çiqarilgan “Onajon Kaʼbam özing” (2016 yil ), “Muhab­batning mangu ertagi” (2017 yil) kabi hikoyalar töplamlarida ijodidan namunalar kiritilgan.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan