Nayrang yoxud şifokorning ölimiga oid xulosalar nega turliça?

Soğliqni saqlaş vazirligi diqqatiga!

 

Tahririyatimizga, Samarqand şahar, Buyuk ipak yöli köçasida yaşovçi Nigora Ismoilovadan şikoyat xati kelganida, avvaliga, “nahotki şunday bölsa”, degan öy bilan işonqiramay turdik. Ammo örganişlar natijasida rostan ham N.Ismoilovaning 1967 yilda tuğilgan, tibbiyot fanlari nomzodi bölgan turmuş örtoği Öktam Tojiyeviç Rahmonqulovning 2020 yil 29 iyunda koronavirus kasalligi sabab vafot etganligi maʼlum böldi. Lekin…

— Boşimizga tuşgan bu musibatdan keyin, yanada oğir kunlarga duç keldik. — deydi N.Ismoilova. — Turmuş örtoğim “Covid-19” karantini davrida 2020 yil apreldan 2020 yil 19 iyungaça “SamAvto” MÇJ korxonasida karantin holatida işlab, şifokor sifatida öz burçini sadoqat bilan bajarib kelayotgandi.

U 2020 yil 19 iyun kuni uyga betob ahvolda keldi. Issiği baland edi. Tinmay yötalardi. 2 kun uyda muolaja qildik, ahvoli yaxşilanmadi, 22 iyun kuni özimizning 7-sonli oilaviy poliklinikaga murojaat qildik.

Poliklinikadan kelib, burnidan surtma olib ketişdi. 2020 yil 23 iyun kuni esa “Koronavirus aniqlandi”, deb uni Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib ketişdi. Oilamizni ham uy şaroitida qattiq karantinga olişdi. Turmuş örtoğimni şifoxonaga borib köra olmadik, telefon orqali muloqot qilib turdik.

Har gal gaplaşganimizda, “Men yaxşiman, analizlarim yaxşi çiqdi, havotir olmanglar”, deb bizni xotirjam qilib turardi. Ammo kutilmaganda 2020 yil 29 iyun kuni turmuş örtoğimning vafot etganligi töğrisidagi xabar keldi.

Öşa paytda oilamiz qattiq karantinda edi. Karantin sababli turmuş örtoğimning bironta taʼziya maʼrakasini ötkaziş u yoqda tursin, uni vafotidan keyin oxirgi marta körişga ham ruxsat berişmadi. Qattiq qayğuda qoldik. Qaynopam, qarindoş-uruğlarimiz va qöni-qöşnilar: “Yurtga kelgan balo ekanda, nima qila olardik”, deb meni va bolalarimni yupatişdi. El qatori biz ham çidadik, nailoj, osmon yiroq, yer qattiq ekan-da. Yiğlab-yiğlab bor alamimizni köz yoşimizdan oldik…

Men ham bu balo-qazo sabab turmuş örtoğimdan bevaqt ayrilib, bolalarim otasiz bözlab qolgaç, qiynalib, moddiy yordam oliş uçun hujjat yiğa boşladim va Samarqand viloyat yuqumli kasallik­lar şifoxonasiga turmuş örtoğimning vafoti bilan boğliq tibbiy xulosasini oliş uçun bordim.

Lekin turmuş örtoğimni davolagan şifokor Ilhom Hamidov xulosani “7-sonli oilaviy poliklinika beradi”, dedi. Men 7-sonli oilaviy poliklinikaga qönğiroq qilib, turmuş örtoğimning vafoti bilan boğliq tibbiy xulosasini sizlar berar ekansizlar deb söraganimda ular: “Sizga qanday qilib biz xulosa beramiz, axir u kişi viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida vafot etgan-ku”, deyişdi.

Men 2020 yil 7 iyul kuni turmuş örtoğimni davolagan şifokor Ilhom Hamidovga qönğiroq qilib, yana öşa xulosani söradim, u kişi yana qatʼiy ohangda: “7-sonli oilaviy poliklinikadan sörang, sizga aniq javob berişadi”, dedi.

Men majbur bölib yana 7-sonli oilaviy poliklinikaga qönğiroq qildim. Ular dabdurustan: “turmuş örtoği oğir ahvolda uyga olib ketilgan va uyda vafot etgan”, degan xulosa bera olamiz, de­yişdi. Bu gapdan söng qon bosimim oşib, miyamga çiqib ketdi. Bu nima degani edi? Heç tuşunolmasdim.

Axir, karantinda ekanligimiz sabab, oilamizning egasi, turmuş örtoğimning hatto dafn marosimlarini ötkaza olmay istirobda qolganimiz yetmaganidik, 7-sonli oilaviy poliklinika menga qanday qilib “turmuş örtoği oğir ahvolda uyga olib ketilgan va uyda vafot etgan”, degan xulosa berişi mumkin? Qani bu yerda mantiq, odamgarçilik va haqiqat?

2020 yil 10 iyul kuni qaynonam Tojiyeva Malohat bilan sud tibbiy ekspertiza byurosiga bordik. U yerda bizga: “biz mayitni yormadik,   faqat muzlatgiçda saqladik, tibbiy xulosani Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan olasizlar”, deyişdi. Biz bu nayranglardan yurak bağrimiz ezilgani sabab turmuş örtoğim davolangan şifoxonaga yana qaytib bordik.

Şifoxona boş şifokoriga turmuş örtoğimning vafoti bilan boğliq tibbiy xulosasiga kelganligimni aytdim. U kişi: “Hozir viloyat soğliqni saqlaş boş­qarmasi boşliği Davron Jumaniyozov keladi va işlaringizni hal qilib beradi”, dedi. Davron Jumaniyozov keliboq: “Sizlar uyga ketaveringlar, özim keçgaça xulosani yetkazaman”, deb aytdi.

Töğrisi, nima deyişga ham tilim aylanmaydi. D.Jumaniyozov oradan 4 kun ötgaç, yaʼni 2020 yil 13 iyul kuni soat 16 lar oraliğida 7-sonli Oilaviy poliklinikadan turmuş örtoğimning vafoti bilan boğliq tibbiy xulosani yetkazdi. Netongki, xulosada: “Oğir ahvolda uyi­­ga javob berilgan”,   deb yozilgan ekan…

Kimga dod deyişni bilmay qoldim. Agar turmuş örtoğim işsiz, bekorçi bölib vafot etganida ham çidardim, u tibbiyot fanlari nomzodi, “Covid-19” tufayli karantin şaroitida korxonada işlayotgan ediku! Kasalxonada jon taslim qilgan insonga: “Oğir ahvolda uyiga javob berildi”, deb yolğon maʼlumot beriş kimga va nimaga kerak bölib qoldi?

Men uşbu şikoyat xatimga maxsus komissiya “turmuş örtoğimni qay holatda kömişgani haqidagi suratlarni va tibbiy bayonnomasidan köçirmani” taqdim eta­yapman. Birgina ilinjim tahririyatdan, haqiqatni oydinlaştirişda kömak sörayman…

Uşbu bir ojiza ayolning yozgan şikoyat xatini öqigan har qanday odam “Samarqand tibbiyot muassasalarida nimalar sodir bölgan özi?” — deb öziga özi savol berişi tabiiy. Keling, avvaliga gospital boş şifokori Z.Bulayev va şifokor I.Hamidovlar imzolagan “Bemorning №5075-sonli tibbiy bayonnomasidan köçirma”sidan qöyilgan taşxisni töliq keltiramiz:

“Rahmonqulov Öktam. Yoşi: 1967 yilda tuğilgan. Kelgan kuni: 23.06.2020 y. Ketgan kuni: 30.06.2020 y.. Bemor 23. 06.2020 yil tez yordam maşinasida keltirildi, bemorda tana harorati oşişi, tomoq oğrişi va koronavirus birlamçi tahlili musbat çiqqanligi, musbat natija olinganligi tufayli töliq tekşiriş va davolaş maqsadida VYUKK Samarqand viloyat SEOM maʼlumotnomasi asosida yotqizilgan. Körikda: bemorning umumiy ahvoli örta oğir bölib turgan, oxirgi kuni 23.30 da tösatdan uxlagan vaqti talvasa kuzatilib, çap tomonlama qöl oyoqda harakat va seziş yöqolgan, ahvoli oğirlaşgan. Es-huşi koma, köz qoraçiqlari kengaygan, fotoreaksiya sust…

Yakuniy taşxis: Boş miya qon aylanişining öng örta miya arteriyasi havzasida   işemik insult (tromboembolik turi) tipda buzilişi. Çap tomonlama gemiplegiya.   Boş miya komasi. Tutqanoq sindromi…

Bemorga maʼmuriyat va masʼul mutaxassislarning tavsiyasi bilan oğir ahvolda javob berildi”, deyilsa,

“5-sonli Ölim haqidagi tibbiy guvohnoma”da:

“Ölgan vaqti: 01.07.2020 yil, Ölim sodir bölgan joy. Samarqand viloyati Samarqand şahri” va “Ölimga olib kelgan kasallik: tutqanoq sindromi, COVID-19 bilan muloqot” deyiladi.

Ajabo, buni qanday tuşuniş mumkin? Nega xulosalar bunday turliça?

— Mening uç nafar farzandim bor, — deydi N.Ismoilova, — katta qizim Samarqand davlat tibbiyot institutida kontrakt asosida tahsil oladi, 2 tasi hali voyaga yetmagan, yana poliartirit kasali bilan oğrib, harakatlanişi qiyin bölgan 72 yoşli qaynopam, yolğiz ayol Hosiyat Tojiyeva qaramoğimda yaşaydi. Haligaça heç joydan moddiy yordam ololganim yöq…

Ötgan yili pandemiya sabab juda köp oğir kunlarni boşdan keçirganimiz haqiqat. Bu ofat nafaqat yurtimizni, balki butun dunyo ahlini qattiq sarosimaga solib qöydi. Talafotlarni, körilgan zararlarni hali dunyo töliq hisoblab çiqolmayapti. Çunki bu ofat hanuz batamom yöq bölgan emas. Tan oliş kerak, tibbiyot xodimlari qahramonona faoliyat körsatişdi. Şu bois, ularga davlatimiz tomonidan katta eʼtibor qaratildi. Moddiy jihatdan qöllab-quvvatlandi.

Ammo yuqoridagi holatga aqlbovar qilmaydi. Qanday qilib va nima uçun pandemiya şaroitida vafot etgan şifokor ölimi haqidagi maʼlumotlar sirli ravişda haqiqatga zid rasmiylaştirilgan? Axir, bemor “uyiga oğir ahvolda” javob berilganida, öz uyida vafot etgan bölmasmidi?!

Ammo berilayotgan maʼlumotlar, xulosalar bu yerda nayrangbozlik qilinganidan dalolat. Biz uşbu sirli jumboqni Respublika Soğliqni saqlaş vazirligi hamda tegişli huquq idoralari eʼtiboriga havola etişni lozim topdik.

Çunki tibbiyot fanlari nomzodi Öktam Rahmonqulov COVID-19 tufayli vafot etgan. Agar şunday bölmaganida marhumning oila aʼzolari ham töliq karantinga olinmas edi, töğrimi?

Şunday qilib, ariza muallifi qon yiğlab bizga öz dardini bayon etişiga va tahririyatga taqdim qilgan hujjatlarga köra, Ö.Rahmonqulov öz uyida bu dunyoni tark etmagani aniq bölsa-da, Samarqand şahridagi 7-son oilaviy polik­linika sox­­ta maʼlumotnomani taqdim qilgan. Umuman, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasi hamda Samarqand viloyat SSBdagi mutasaddilarning bu qiliğiga qanday baho beriş mumkin?

Ubaydullo XÖJANIYOZOV,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan