Qadrini topmagan geolog
Mirmajid Zokirov nomi bugun faqat ayrim geologlargagina taniş bölişi mumkin. Ha, faqat keksaroq geologlarga yoki ayrim tadqiqotçilarga. Zero, köpçilik geologlar öz sohalariga katta hissa qöşgan marhum hamkasbini yaxşi bilganlarida bu yil Mirmajid Zokirovning tavallud sanasi nişonlangan bölardi. Zero, u şunga arzirli iş qilib ketgan — fan sohasidagi xizmatlari uçun Özbekistonda xizmat körsatgan geolog unvoniga sazovor bölgan, geologiya va mineralogiya fanlari doktori, professor ham edi.
Bundan taşqari, Mirmajid Zokirov qatağon davr dahşatlarini boşidan keçirib Sibirdan omon-eson qaytgan ziyoli, köplab dolzarb mavzularda çiqişlar qilgan publitsist, “Muzdan çiqqan çaqmoqlar” qissasi va boşqa voqeiy hikoyalar, badihalar yozgan adib ham bölgan. Demak, öz sohasidan taşqari şunçalik xizmatlar qilgan Mirmajid Zokirov xotirlaşga, nomini abadiylaştirişga arzigulik şaxs bölgan. Afsuski, ommaviy befarqlik, hatto ziyolilar orasidagi loqaydlik bois ham bugun köpçilik marhum geologning vatanimiz oldidagi tarixiy xizmatlarini bilmaydi.
Şunday ekan Mirmajid Zokirovning tarixiy xizmatlari haqida dastlab eʼtibor qarataylik: 1997 yilda 74 yoşida vafot etgan marhum geolog öz sohasiga oid 6 ta monografiya, 26 ta ilmiy-ommabop risola, 250 ga yaqin ilmiy maqolalar, 30 dan köp ilmiy tavsiyalar, ikkita patent va 3 ta mualliflik guvohnomasining sohibi edi. Bundan taşqari, Mirmajid akaning faoliyatidagi tavsiyalari asosida 3 ta zavod qurilgan, bitta şağal kareri va 3 ta barxan qum karerlari asosida 3 ta silikat ğişt çiqaruvçi zavod bunyod qilingan edi.
Tabiiyki şunçalik fidokorona işlarni u 1950-54 yillarda Sibir qamoqxonalaridan qaytib kelib amalga oşirdi. Maʼlumki, 1950 yillardagi qatağon davr haqida söz ketganda faqatgina Said Ahmad, Şukurillo, Maqsud Şayxzoda, Hamid Sulaymon va boşqa baʼzi ijodkorlar tilga olinadi. Biroq bu safdagi qatağon azoblarini boşidan keçirgan ziyolilar orasida Mirmajid aka ham bor edi. M.Zokirov istiqlolga erişilgandanoq qatağon davr jabrini öz tanasidan keçirganligi bois bu haqda köplab maqolalar, voqeiy hikoyalar va taqdirdoşlari haqidagi qissasini çop qildi. Biroq özini qatağon jabrdiydasi deya biron mukofot oliş ilinjida mahkamalarga borib yurmadi. Faqatgina davr dahşatlarini öz asarlarida körsatib berdi va bu işi orqali yoşlarni ogohlikka undadi, tarixiy haqiqatni öz holiça körsatib tasvirladi.
Olim bilan bir mahallada yaşagan taniqli adabiyotşunos Abduğafur Rasulov (oxiratlari obod bölsin!) bu haqda şunday xotirlagandilar:
— Mirmajid aka neça yillar mobaynida ertalabki soat 6 dan 8 gaça jismoniy tarbiya bilan şuğullanar, Dömbiroboddan Çilonzor metrosigaça yayov kelib, piyoda ketardilar. Şunga qarab u kişini soğliqlari zör ekanda deb öylaşingiz mumkin. Lekin Mirmajid akaning oğizlarida bitta ham öz tişlari yöq edi. Közlariga linzasi qalin oynak taqardilar. Quloq tom bitgan — maxsus apparatsiz heç narsani eşitmas edilar. Ustiga- ustak har yili ikki-uç bor kasalxonaning yurak xastaligi bölimida davolanar edilar.
Abduğafur aka aytgan voqelikning sababi tabiiyki qatağon davrlarida Sibir sovuqlarini öz tanasida sinab körganligi, Magadan turmasining azoblariga bardoş berganligida edi. Mirmajid aka bu azoblar haqida bir qator maqolalarida, “Muzdan çiqqan çaqmoqlar” qissasida batafsil yozib ötgandi.
Afsuski, turma azoblaridan qutulib kelgani, oqlangani bilan qadrdon şahri Toşkentga kelib osoyişta hayot keçirib ketolmadi. Zero, 1954-55 yillardayam qamoqdan kelganlarga işonçsizlik bilan qarovçilar ançagina edi. Şu bois, Mirmajid aka kun köriş, rözğorini sudraş maqsadida hatto turli yumuşlar qilib yurişga majbur böladi. Vaholanki u Örta Osiyo davlat universitetini bitirgan geolog mutaxassisligiga ega edi.
Lekin öşa zamonlarda sobiq ittifoq davri bölganligi bois, Moskvaga yozgan murojaatlari eʼtiborga olinib, unga Toşkentdagi mahkamalar eʼtibor qaratadi va sevgan kasbi geologlik bilan şuğullanişga ruxsat qilinadi. Şu tarzda Mirmajid Zokirov “Sredaazgeolnerud” trestida, söngra geologiya qidiruv otryadida kiçik geolog, bölinma boşliği bölib işlaydi. Amaliyotni nazariya bilan uyğunlaştirib aspiranturada tahsil oladi. ToşDU (hozirgi ÖzMU)da “umumiy geologiya” fanidan talabalarga saboq beradi. Söngra, ÖzFA geologiya va geofizika institutlarida tadqiqotlarini davom ettiradi. 1962 yilda nomzodlik, 1970 yili doktorlik dissertatsiyasini yoqlaşga muvaffaq böladi.
Xullas, 1997 yil vafot etguniça nafaqat öz sohasi istiqboli uçun katta xizmatlar qildi. Buni olimning nazariyalari amaliyot bilan uyğunlaşganida, yaʼni innovatsiyasini keng yölga qöyganligidan biliş mumkin. Biroq Mirmajid Zokirov fan istiqboli, yurtimiz taraqqiyoti uçun katta xizmatlar qilgan, yuksak unvonlar bilan taqdirlangan bölsa-da, oddiy odamlardek kamsuqum yaşab ötdi.
Maʼlumki, yurtimiz istiqlolga erişgan dastlabki yillardagi iqtisodiyotdagi tanglik, ötiş davri qiyinçiliklari olimlarning yaşaş darajasiga ham taʼsir qildi. Şöro davrida yetarliça maoş bilan taʼminlangan aksariyat olimlar singari Mirmajid akayam bozor iqtisodiyoti davrida qiynalib umr keçirgan. Bu haqda qöşnilaridan biri A.Rasulov şunday xotirlagandilar:
— “Oltin Meros” xalqaro jamğarmasi buyurtmasi bilan taqdirida 20 asrning muhri öçmas iz qoldirgan sanʼat, ilm, badiiy adabiyot namoyandalari haqida videomonolog-filmlar yarata boşladig-u, men Mirmajid akani videotasmaga yozib olişni yuragimga tugib qöydim. Maqsadimni Mirmajid akaga aytdim. Qaçon, qanday “yozib” olişimizni kelişib oldik. Ertaga “yozamiz” deb tayyorgarlik körayotganimizda, Mirmajid aka biznikiga öta kayfiyatsiz holda çiqib keldilar.
— Ukajon, meni “yozib” olmay qöya qoling. Uyimda şaroit yöq: bunaqa işlar osoyişta vaziyatda bir piyola çoy ustida qilinadi. Men özbekman, axir. Odamning hurmati uçun dasturxon yozişim kerak. Meni maʼzur tuting, – dedilarda bitta-bitta qadam taşlab ğamgin keta boşladilar.
Ha, Abduğafur aka aytganidek Mirmajid akaning hayoti “röşnoligi tansiq umr qissasi”dan iborat böldi. Qatağon davr azoblarini tortgani keksayganida kuçaydi — xastalik kuçayib, yurak xuruji bilan qayta-qayta şifoxonada davolanişga majbur böldi.
— Mirmajid aka hayotda yayrab yaşnamadi. Işonçsizlikmi, kamsitişmi, işqilib nimadir, uning doimiy yöldoşi böldi. Domlaning bitta ulkan zavqi bor edi: ilmiy iş qiliş, ilmiy-tarğibotçilik faoliyati bilan şuğullaniş. U yuzlab ommaviy maqolalar yozdi: ona-yurt bağridagi boyliklarni tarğib qildi. Geolog kasbiga yoşlarda mehr-muhabbat uyğotişga intildi, toğu toşlarni, çölu biyobonlarni kezib yerosti boyliklarini izlayotganlar haqida köp yozdi. Mirmajid aka bozor iqtisodi zamonining kişisi, istiqlolning fidoyisi edi. U “Gilmoya va sarmoya”, “Şuvoq oltinga guvoh” singari maqolalarida gilmoyadan olinadigan foydalar haqida, şuvoq bor yerda oltin böliş ehtimoli haqida yozadi. Mirmajid aka gilmoyadan sanoat mahsulotlari barpo etiş usullarini kaşf etdi, qator iqtisodiy manfaati bor takliflar bilan tegişli taşkilotlarga çiqdi, — deya xotirlagandi A.Rasulov.
Afsuski şunday tinib-tinçimas olim vafot etib ketganiga ham bugun 21 yil bölibdi. Xöş, yurtimiz taraqqiyotiga öz hissasini qöşgan Mirmajid akani ötgan davrda nega xotirlamayapmiz?
Ehtimol şiddatkor davrdagi befarqlik tufayli eʼtiborsizlik qilgandirmiz. Biroq bugungi islohotlar davridagi yurtimiz taraqqiyotiga mehnatlari singan insonlarni qadrlaş davom etayotgan jarayonda, Mirmajid Zokirovning ham xizmatlarini eʼtirof etiş zarur.
Menimça, u kişi tahsil olgan va işlagan ÖzMUning geologiya fakultetida olimning 100 yillik sanasini inşonlaş va bu marosimni har yili anʼanaviy tarzda ötkazilsa adolatdan bölar edi. Şuningdek, “Muzdan çiqqan çaqmoqlar” qissasini (“Şarq yulduzi” jurnalining 1998 yilning 1-sonida çop etilgan) ham naşriyotlarimiz qaytadan kitob holida çop qilsalar savob iş bölardi. Bundan taşqari, olimning matbuot sahifalarida çop etilganiça qolib ketgan yuzlab maqolalari asosida saylanma asarlarini naşr etişni ham öylab köriş lozim.
Negaki, Mirmajid akaning maqolalari orasida aynan bugungi davr uçun ğoyatda zarur bölgan, işlab çiqarişga tatbiq etsa böladigan innovatsion ğoyalar köp. Masalan, “Milliy tiklaniş” gazetasining 1996 yil 26 noyabr sonidagi maqolasida “Soğ tuproqdan pişiq ğişt yasaş qançaga tuşadi?” savolini örtaga qöyib, Vatan tuproğini ayaşni örganaylik degan daʼvat bilan çiqqan, ming yilda bir mm sof tuproq hosil bölişini taʼkidlab ötgandi. Şu bilan birga qurilişda xorijiy davlatlar tajribasidan kelib çiqib, mahalliy şaroitimizni eʼtiborga olib, öziga yaraşa takliflar bilan çiqqandi. Bugungi bunyodkorliklar davrida balki olimning şu va şu singari takliflarini örganib çiqiş foydadan xoli bölmas?!
Eng asosiysi yurtimiz istiqboliga öz hissasini qöşgan olim nomini abadiylaştirişni, asarlarini geologlar uçun qöllanma sifatida naşr etişni, “Mirmajid Zokirov zamondoşlari xotirasida” yodnomasini çop etişni, hayoti va faoliyati haqida hujjatli film işlaşni ham taklif qilgan bölardik. Şuningdek, Yunusoboddagi “Qatağon qurbonlari” muzeyiga Mirmajid Zokirovning surati, faoliyati aks etgan maʼlumotnoma ham qöyilsa, qatağon davri jabrini çekkan olim ruhi şod bölardi.
Umid BEKMUHAMMAD
