Turkiston muxtoriyatining hukumat ğaznaçisi Saidnosirboy va Germaniyada taʼlim olgan talabalar

Qatağon qurbonlari mavzusi xalqimiz qalbining tub-tublarida jon saqlab kelayotgan yuz yillik oğriq, har eslaganda söngakkaça zirqiratadigan jarohat, hali ham öz sir-asrorlarini töla-tökis oçmagan katta jumboqdir. Istiqlolga erişganimizdan söng, bu borada keng qamrovli izlaniş va tadqiqotlar amalga oşirilganini aytiş joiz, albatta. Zero, jadidlar nomi oqlanib, ularning ezgu amallari, orzu öylari haqida keng jamoatçilikka imkon qadar maʼlumot berilmoqda. Ammo bu hali hammasi emas. Millatning ertasini öylab molidan, kerak bölsa jonidan ham voz keçib, har qanday xatarga köksini qalqon qilgan bu insonlar haqida hali aytilmagan gap­lar, maʼlum qilinmagan, töliq örganilmagan jihatlar bisyor.

Xususan, Sobiq şörolar tuzumi davrida fikri uyğoq özbek yoşlarini xorijga jönatiş, ularga moddiy va maʼnaviy yordam yuboriş uçun ölimni böyniga olib, millatning ertasi, yoruğ kelajagi uçun jon kuydirgan jadidlarimiz köp bölgan! Quyida jadidlardan biri, atoqli taraqqiyparvar, “xodimi millat” Saidnosir Mirjalilov hamda Germaniya davlatiga öqişga ketib, ne-ne qiyinçiliklar girdobida taʼlim olgan talabalar, ularning ustoz va ota-onalariga bitgan maktublari, öy-xayollari haqida suhbatlaşamiz.

Saidnosir Mirjalilov (özbek adabiyotining zabardast vakili Oybekning turmuş örtoği Zarifa Saidnosirovaning otasi edi) — 1884 yili Turkiston şahrida tuğilgan. Avval eski maktabda, söng rus-tuzem maktabida öqidi, madrasa taʼlimini oladi. Yoşligidan tadbirkor va mehnatkaş bölgan Saidnosir Mirjalilov tujjorlik faoliyatini kiçik bir gazlama dökonini oçişdan boşlaydi. U savdo işlari bilan bir paytda jadid taraqqiyparvarlari ğoyalari bilan tanişadi va Turkiston şahridagi ilk jadid maktabini taşkil etadi. 1914 yil 25 desyatina yeri, 40-50 ming rubl puli bilan xususiy paxta tozalaş zavodini quradi. 1914-17 yillar davomida u Turkiston şahrining taniqli savdogari va boylaridan biri sifatida şuhrat qozongan. Hatto, 1914 yil Sankt-Peterburg şahrida ötkazilgan musulmon vakillar sʼyezdida iştirok etadi.

S.Mirjalilov 1917 yil Turkiston şahar dumasiga saylanadi va siyosiy faoliyatga kirişadi. Fevral inqilobidan söng Toşkentda taşkil etilgan “Şöroyi islomiya” taşkilotining faol aʼzolaridan biriga aylanadi. Turkis­tondagi milliy ozodlik harakatining taniqli namoyandalaridan biri Saidnosir Mirjalilov Turkiston mustaqillikka erişişi orzusida 200 000 rubldan ortiq bor sarmoyasini Turkis­ton Muxtoriyati hukumati uçun hadya qiladi. Özi uçun qançalik xavfli bölişini anglagani holda Turkiston Muxtoriyatiga kirib, muvaqqat millat majlisi moliya komis­siyasining raisi, hukumat ğaznaçisi lavozimida iş olib boradi.

Muxtoriyat qonga botirilib, uning rahbarlari taʼqib ostiga olingaç, S.Mirjalilov Qöqondan çiqib ketişga majbur böladi. Bolşeviklarning Turkiston Muxtoriyati rahbarlariga nisbatan qidiruv va taʼqibi kundan kunga ortib borardi. 1918 yil mart oyida Toşkentdan Moskva şahriga yetib borib, Turkistonda röy berayotgan xunrezliklarga çek qöyiş yöllarini axtaradi. Şundan söng 1918 yil yozida Kavkaz orqali Turkiyaga borib, Turkistonda keçayotgan dahşatlar haqida jahon hamjamiyatini ogohlantirişga qaror qiladi. Bu vaqtda Toşkentdan Turkiyaga Munavvar qori Abduraşidxonov tavsiyasi bilan mufti Sadriddinxon Şarifxöjayev, “Ulamo” jamiyatidan Nuriddinbek Xudoyorxonov va Ğozi Olim Yunusovlar kelgan edi. Rasmiy Turkiya bu vaqtda özining ahvolini nazarga olib, Turkiston muxtoriyati uçun bevosita yordam bera olmasligini, agar Turkistondan maxsus hayʼat taşkil etilsa, “Antanta” hukumati rahbarlari bilan uçraşişiga imkoniyat yaratib berişi mumkinligini maʼlum qiladi.

“Ulamo” jamiyati vakillari bu yordamni rad etib, Toşkentga qaytadi. S.Mirjalilov Istanbulda qolib, Turkiyada yaşayotgan Şohid Ehson Musayev, Nuriddin hoji Musoboyev kabi köplab vatandoşlar bilan uçraşadi. Söngra Toşkentga kelib, Turkiyada olib borgan işlari haqida Turkiston taraqqiyparvarlariga xabar beradi. Ikki hafta Toşkentda bölib, maxsus hayʼat masalasini muhokama qiladilar. Söng Krasnovodsk-Karki-Taxtabozor orqali Bokuga yöl oladi va u yerda Turkistondan keladigan maxsus hayʼatni kuta boş­laydi. Biroq Mahmudxöja Behbudiy va uning hamrohlarining Qarşida sirli ölimi barça rejalarni çipakka çiqaradi.

S.Mirjalilov 1919 yil yozida Tiflisga keladi va ikki yil davomida Tiflisda yaşaydi. 1921 yil yozida Botumi orqali yana Istanbul şahriga borib, Turkistonning kelgusi masalasida muzokaralar olib boradi. Biroq vaziyat çigalligiça qolaveradi. S.Mirjalilov hayotini Vatandan va oilasidan uzoqda tasavvur eta olmasdi. Şu bois, u qolgan umrini ham milliy istiqlol va ittihod uçun kuraşda ötkazişga qaror qiladi. 1921 yil söngida bolşeviklar eʼlon qilgan umumiy afv tufayli Turkistonga qaytib, 1921 yil dekabrida Toşkentga kirib keladi.

1922 yil boşida S.Mirjalilov Turkiston hukumatidagi mahalliy rahbarlar, jumladan, Abduqodir Quşbegiyev, Ali Rasulevlar bilan maslahatlaşgan holda, sobiq hamkorlari toşkentlik boylar Najmiddin Şerahmadboyev, Mirodil Mirzaahmedov, Tolibjon Musaboyevlar bilan “Turkiston” savdo-sanoat şirkatini taşkil etadi. Şirkat daromadining asosiy qismini ölkada maorif va madaniyatni yuksaltiriş sohasiga qaratadi. Jumladan, “Kömak” jamiyati orqali isteʼdodli yoşlarni Germaniya va boşqa mamlakatlarga öqişga yuborişga homiylik qiladi. 1923 yil yanvar oyida Toşkentda “Naşri maorif” jamiyati oçilganida S.Mirjalilov, T.Musaboyevlar uning taʼsisçilariga aylanadilar.

1925 yilning 12 dekabr kuni Saidnosir Mirjalilov aksilinqilobiy faoliyatda ayblanib qamoqqa olinadi va 1926 yil 16 iyulda 3 yilga dahşatli Solovets konslageriga hukm qilinadi. Bir neça marotaba qöşib berişlar oqibatida Toşkentga farzandlari huzuriga faqat 1936 yildagina qaytib kelişga erişadi. Biroq 1937 yil 18 iyulida yana qamoqqa olinib, heç bir aybi isbotlanmagani holda 1937 yil 9 oktyabr kuni maşʼum “uçlik” tomonidan oliy jazoga hukm etiladi…

* * *

Saidnosir Mirjalilov saxiy va bağrikeng inson edi. U köplab turkistonlik yoşlarni ilm-fanga, sanʼat va hunarga ilhomlantirdi. Ularga keragida homiylik, ustozlik qildi. Uning “jinoiy işi”da bir qator turkistonlik talabalarning Berlindan yöllagan maktublari mavjud. Xatlar S.Mirjalilovga yuksak ehtirom bilan, ayni paytda, döstona ohangda yozilgan. Talabalar, avvalo, Germaniyadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvol, özlarining ilm yölidagi harakatlari va faoliyatlari, iqtisodiy holati haqida axborot beradi. Qiziq jihati, şörolar hukumati talabalarni iqtisodiy siquvga olib, ularga pul yuborişning barça yöllariga tösiq qöygan edi. Şunday bir şaroitda S.Mirjalilov Mos­k­­­­­­­­vaga borib, u yerda faoliyat olib borayotgan olmon kompa­niyalari bilan kelişib, pul yuboriş yöllarini topadi. Maktublarda maxfiy qilib yozilgan “Man” afandi aynan öşa kişidir.

Saidaxonim Şerahmedova (1905-1992)ning 1925 yil 20 yanvar Berlindan yozgan xatida u özbegoyimlarga xos şaddodlik bilan boy otaga “dakki” bergani közga taşlanadi: “Qizlaringiz haqqindagi fikringiz bir qadar konservativ fikr körindiğidin men bu fikrga bus-butun qarşiyim va har çanida heç ölmazsa asarini anglaya bilajak bir daraja qadar öqitmoğiniza tarafdoram. Turkistonda bölunduği zamonda söyladingiz moneʼlar Toşkenta keldiğidin söngra qolmas deb ideya qildim” deydi. Şubhasiz, Germaniyada tahsil olgan ilk özbek qizlari Xayriniso, Maryam va Saidaxonimlar öşa vaqtlarda barça Turkiston ayollarining faxri edi.

Aytiş joizki, bu xatlar S.Mirjalilovga yetib ham borgan emas. Aksinça, poçtadan töğri maxsus “idora”ga kelib tuşavergan. Keyinçalik öz ustozlarining qamoqqa olinib, mahv etilganini eşitgan şogirdlar şörolar mamlakatiga qaytişdan boş tortganlar…

Quyida Germaniyada öqigan ayrim talabalarning Saidnosir Mirjalilovga Berlindan yuborgan xatlaridan maʼlum qisqartirişlar bilan namunalar keltiramiz:

* * *

Aziz döstim!

Ovröpoda bölib turğon qiziq hodisalarni ğazetalarda öqimoqda bölsangiz ham, bir qança nuqtalarini qayd etub ketayin. Bu gap Ovröponing eng qiziqub bahs etmoqda bölğoni bir masala bor esa, ul ham Löndara (London) qönfironsidir. Bu qönfironsda iştirok qilğon davlatlarning raqobati va Amriqoning bunga doxila qiluvçi osmonlarina isteʼfoda maydoni oçmişki keladir. Köraylik nima bölar.

Ovröponing har tarafida bosimina botganlarda boşlangan qorişiqliqlardan olim mutafakkir va siyosiylari dunyo osmonining yanada qora bulutlar bilan töla bölinganin taxmin qiladirlar.

Amaliy sohaga kelsak, tabiblar insonning umrini uzantu çorasini izlar, bu yölda muvaffaqiyat nişonalarini topmişlardir. Uning çun oz zamon söng­­ra bu yöldan qattiq manfaat böluvlariga inonub turodurlar. Bir olmon kim­yo­­­­­garining simobdan oltin çiqorğonini yozmişdi. Tamom, Ovröpo va Amriqo kimyogarlari barobar yemak moddalarini daladan boğçadan emas, kimyo xonalardan topuv çoralarini axtara olar.

Xulosa olam va irfonning hayot va mamotning bir qismida uyinda ölturğon dunyoning qaysi bir yerinda çolinğon musiqiyni eşituv, teatruni köruv çoralarina tuşmuş. Va bu kun Ovröpoda har buyuk binoda, har zanginak, har mahallada, uyinda bir mislsiz telefon makinasi — istadik yerdan musiqa olir, eşitir, istadik yer bilan söylaşir. Istadiki yerdagi konferensni eşitadir. Berlindagi bir odam heç bir malolsiz Londun, Parij, hatto Nuyu Yorkdagida teatruni körar, musiqiyni eşitar.

Bizda esa quruq söz bozori. Yaxşi-yaxşi qarorlar. Har sana bir turli maorif taşkiloti, har sana bir imlo, har sana bir alifbo, har sana bir sira eski va yangi maktab masalasi muzokara qilinadir. Bir yil “Kömak”, ikkinçi yil “Naşri maorif”, uçinçi yil…. bir yil yangi imlo, ikkinçi yil örta imlo, uçinçi yil lotin imlosi… törtinçi yil…

Hurmat ila, iningiz Tohir.

Adresim: Heidelberg, Handschuhsheimerlend str. 40. 4/ b gulden. T Ychaku

* * *

Darmshtadt 1924/

Muhtaram Saidnosir akam huzurlarina.

Bundan bir qoç avval, taxminan Sizning Maskovdan Turkistonga ketajagingiz siralarida bir maktub yozmiştim va javobina noil ölabilmadim. Uning javobina intizoram, söngra bir doha siza maktub yozmamiştim. Şimdi balki maktubim olmamişingiz zanila va yozamen.

Berlinning tumanli havosi va tahsila moneʼ öla bilajak qadar ğuriltupi va dabdabali ölmasi va digar masiya sababli bizim tabdil makoma etmoqa vador etdi. Yoziya döqtirlarning tavsiyasila sihatimi etmom uçun Tohirlar barobar Öqtoyning (kiçik Abdulvahhobi Öqtoy deydilar) bölundiği şaharda 1,5 oy qadar qoldim, yoz siyosati boşlanar-boşlanmas unlarning yoqininda bölunadi. Şu Darmştadt maktabina köçdim. Bu amalda Berlin maktabindan farqi ölmayan oliy muhandis maktabidir. Buroyada kimyo şöʼbasindayam. Faqat buroya kimyo laborotoriyasinda kelanlar uçun birinçi semestrda yer verilmayajak. Maktabga qadar xususiy laborotoriyalarda tajriba göryuram…

May oyi bitdi. Pora kelmadi. Vaʼda etdigim yerlarni porasi mutlaqo berilmagan edi. Ammo buroda heç kimsada pora yöqdirki, qarz olsam. Talabalarda-da yöq edi. Tohirda-da yöq. Şu orada saforot oyiga 28 dollardan beradir, dedilar. Şundan söng Tohirdan 40 dollar olib, laborotoriyaga töladim. Tohir va Öqtoy-da yotoqqa töladi, hozirda qarzlarim bor. Bu xarjlarimni köpligi şulardandir.

Bendin Tolibxöja akama, Salimxona, Çölpon afandilara va jumla birodarlara salomlar söylamakiza iltimos etaman.

Boqiy saodatla: salomat va ofiyatingiz duo etar iningiz Ibrohim öğli Sobir.

Darmshtadt, Am Erlenberg 19

* * *

Darmştadt. 15 avgust 1924 yil.

Muhtaram afandim, maktubingizda menim taʼminotim haqqinda çolişa joğinğizni eşitib köp mamnun böldim. Bizning 6 oyliq taʼminotimiz berilgan deb eşitganingizni bayon qilmişsiz. Bu haqda avvalgi maktubimda yozgandirman, deb öylagan edim, körinurki yozmağonmen. Bizning 6 oylik taʼminotimiz berilgan emas. Faqat 4 oyğa qadar 28 dollardan berilib turilişi teleğrom ila bildirilgan edi. Şundan kelib, har oyda 28 dollardan olib, bu qadar oz pul ila qast etgan işlarimizning qaysi birini akmol (tugal) etişimizni bilmaymiz. U vaqt pulsizlik davriga tasodif etgan maktab pullarimizni bermak uçun mundan olingan qarzlarimizni beray desak, yaşaşga pul qolmaydir. Digar tarafdan olğon burjlarimizni bergan odamlarda öz talabalarimizdan bölgani uçun unida har holda tez beruv majburiyati his etiladir.

Saidnosir aka, afv etingiz. Bu qurğur pul masalasi şunday asablarğa qadar ör­naşğonki, inson beixtiyor yana şu haqida yozmaq majburiyatinda qolar…

Bu yoz laborotoriyada işlamak manim uçun juda yaxşi fursatdir. Qişda esa dars­larim köp böladir…

Tolibjon akamga, Salimxona, Asadullaxona va sevikli şoirimiz Çölpona, qar­doşlarimiza yurakdan salomlar! Ortiq joningiz uçun duo idaram!

Buyuk ehtirom ila, iningiz Sobir Ibrohim öğli.

* * *

6 oktyabr, 1925.

Sevikli valaddinim va qardoşlarim:

Bundan bir qança vaqt avval bir maktubingizni olmişdim. U maktubda-da bu kundan söngra tez-tez yozuşub turaman, deb vaʼda etganingiz meni ançagina suyuntirgan edi. Taassufki bu ham oğizda vaʼda bölib qoldi. Heç xabar yöq. Öşal maktubingizda man afandina yuz dollar yuborajaklari yozilgan edi. Men ham yozub ayta qoldim. Ul kişi Muhammad Zohir akam ila pul ila aloqam yöq. Uningçun bu pulni bera olmayman. Avvalgi maktubimda bir qadar xasta bölğonimni yozmiştim. Bir ön beş kun qadar yotib turdim. Emdi yaxşiman. Işlarimni qilib turarman.

Ota:

bir vaqtlar men sizga Bokuda bir muallimimning hamşirasi bilan vaʼdali nişonli bölğonimni yozmiş erdim. Ul zamonda men ul tarafa borib, uylanib kelmak fikrinda edim. Siz esa kelmay turuvimni tavsiya etgan edingiz. U tarafdan muallimimdan ham şunday tavsiyalar bölgan edi. Şu oxir vaqtlarda oldiğim bir maktubda, öşal muallim xastalanib, davolaniş uçun Olmoniyaga keladurgan bölib qolgan. Hamşirasini ham barobar keltirmakçi böladir. Unlarning yozuviga qaraganda, bu yerga kelib, bizlarni nikohimizni istaydirlar…

Men bir javob bermadim va sizdan sörab yozajağimni yozub edim. Emdi meni tuşinçamça bu masalaga Sizni nazaringiz qanday böladir. Burda uylangan taqdirimizda, burda benim tahsilim bitgunça bir yarim-ikki yil uning-da menim yonimda yaşamasi uçun bir qadar taʼminot lozim böladur. Özim bu kun bir öquvçi bölganim uçun, bir oilani taʼmin eta olmayman. Şuning çun bu nikoh sizning va oğamning raylaringizga qoladir…

Bu haqidagi fikrlaringizni yozsangiz. Men ham xatti harakatlarimini unga körar tuzar edim. Jon ota, fikringizga nima kelsa, oçuq aytub mumkin qadar tez yozub yuboringki, birdan manim boşim çiqilmas bir baloğa kirib qolmasun. Fik­ringizga kelgan duşunçani mumkin qadar tez yozsangiz, har holki bir suratda bölsa ham mani bir balodan qutqarğon va xursand qilğon bölar edingiz. Çunki, manim xabarim bormasidan birdan unlar kelub qolsa, oriyatdan manim ölmişim demakdir.

Hurmatlar bilan, Tohir.

Adresim şudir: Heidelberg Sehroders str 6/II b kratz.

* * *

Yuqoridagi monand maktublardan ham körinadiki, xalqimizning asl ziyo­­li va saxovatli kişilaridan bölgan Saidnosir Mirjalilov öşa vaqtda xorijga öqişga ketgan vatandoşlarimizni imkon qadar moddiy va maʼnaviy jihatdan qöllab-quvvatlab turgan. Ming afsuski, 1937 yil va undan keyingi qatağonlar ana şunday xurfikrli bobolarimizni yöq qilib yuborgan edi…

Bahrom IRZAYEV,

Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

katta ilmiy xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan