Urganjiy qişloqlar

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning hududlarga taşrifi islohotlarning hayotdagi samarasini körsatibgina qolmasdan, tarixiy xotirani uyğotişga ham xizmat qilmoqda. Masalan, yaqinda Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi “Urganjiy” mahallasiga qilingan taşrif xalq orasida, jumladan, xorazmliklarda Urganjiy toponimiga qiziqişni uyğotdi. Şulardan kelib çiqib, Urganjiy qişloğining Xorazmdagi Urganç şahriga qanday boğliqlik tomoni bor degan tabiiy savolni örtaga qöydi.

Maʼlumki, respublikamizdagi Farğona   viloyatining Danğara, Uçköprik, Buvayda, Andijon viloyatining   Izboskan, Paxtaobod, Namangan viloyatining Namangan, Jizzax viloyatining Foriş, Buxoro   viloyatining Ğijduvon tumanlarida   Urganji nomli qişloqlar   bor. Xöş, bu qişloqlarning qanday bir-biriga boğliqlik tomoni bor?

 

Dastlab, Urganç toponimiga töxtalsak.

Urganç atamasi ilk bora zarduştiylarning muqaddas kitobi “Avesto”da Urga şaklida   tilga   olinadi. Eng qadimgi davrlarga oid   yana bir manba milodiy 92 yilda vohaga   kelgan Xitoy elçisi Ban Gu xotiralarida Urganç­­ni öz talaffuziga moslab, Yuyeg –Yan deya   yozgandi. Quyi Amudaryo böyidagi uşbu   maskanni   qadimgi turkiy qavmlar Gurganj, Gurganç, arab   manbalarida esa Jurjoniya deb   ataşgan.

1558 yilda   vohaga   kelgan ingliz savdogari   Antoniy Jenkinson öz   kundaliklarida Xorazmdagi uşbu   şaharni   Yurgendş deya   yozgan. Xiva xonligi davrida   ölkaga taşrif buyurgan   rossiyalik sayyoh, elçi, olim, josuslarning bitiklarida   esa şahar Urgenç   deb qayd etilgan. Mahalliy aholi esa öz jonajon mas­kanini   Urganç deya   sevib   tilga oladi.

Xöş, joy nomlari haqida ilmiy tadqiqot işlari olib boradigan toponimik olimlar örtasida Urganç nomining kelib çiqişi böyiça qanday fikrlar bor?

“Avesto”dek zarduştiylarning   muqaddas kitobida tilga olingan Urga (Urva) hozirda Qoraqalpoğistonning Janubiy Orol böyidagi   geo­log-gazçilar şaharçasi sifatida   hozirda   ham maʼlum. Qadimiy Urga xarobalari arxeolog olimlar tomonidan yetarliça   örganilgan. Orol dengizining   suvlari tölib toşişi   natijasida Urga qalʼasi jamoasi eramizning VII-IX asrlarida janubga tomon köçgan va Urgin-Urkend deya aynan Urgaga ohangdoş nom bilan   atala boşlangan.

Filologiya fanlari   nomzodi, Ahmad Işayevning fikriga köra, Urganç toponimi qadimgi “Urgin” — yaʼni “taxt, saroy” sözidan kelib çiqqan. Biroq “Urgin” sözi qaysi davrda Urganç­­ga aylangan va   uning “taxt, saroy” söziga   qanday boğliqligi   böyiça qatʼiy yakuniy ilmiy xulosa yöq.

Negaki, Urganç toponimi ança qadimiy   atama bölib, Örta Osiyoda turkiy xalqlar paydo bölmasdan ham oldin mavjud bölgan.

Professor Zarifboy Dösimov   olib borgan ilmiy tadqiqotlaridan kelib çiqib şunday yakuniy fikrga keladi: “Urganç toponimining birinçi komponenti “uru” xorazmiy tilida “katta” maʼnosini   bildirgan va Urukand-Urukanz-Uruganj-Urganj-Urganç   kabi şakllangan.Demak, bu toponim “katta şahar, katta qalʼa” maʼnosiga ega.

Z. Dösimov öz fikrini asoslaş maqsadida mavzuni teran tadqiq qiladi: “Urganç toponimi vujudga kelişi xronologiyasi bilan xorazmiy davriga mosdir. Uning keyingi qismi, “ganç”, “ganj” biz kuzatayotgan “kant” komponenti bilan aloqadordir. “Kant” yoki “kand”ning “ganj”­ga aylanişi haqiqatga   ança yaqindir. Xorazmiy tilining   maʼlum bir bosqiçida “t” va “s” tovuşlari “dz” (bizning “z”ga yaqin) holatida bölgan. Sönggi turkiy aholi tilida “j”ga   aylangan. “ts-dz-j” hodisasi yuz bergan. Xorazmiy tilida faqat şu tilga xos bölgan “z” tovuşining borligini maşhur rossiyalik tilşunos A.A.Freyman ham qayd qilgan edi. U 1950 yillarda Xorazmga kelib, Islom dinidan oldingi davrdagi xorazmiylar tili, fonetikasini örganib, “Xorezmskiy yazыk” nomli kitobini 1953 yilda Sankt-Peterburgda naşr qildirgan. Uşbu kitobda 3000 sözdan iborat xorazmliklar şevasiga oid söz va iboralar izohlab ötilgan. Jumladan, u “s” va “S”ning “dz”ga mos   kelganligini va bunday tovuşning sщ-d va osetin tillarida   yöqligini aytadi.

Şunday qilib, “kant” komponentining ke­yingi davrlarda “ganj”ga aylanişini   qonuniy deb hisoblaş   mumkin. Söz oxiridagi “j-ç” hodisasi sof turkiy hodisadir. Nomning birinçi qismi Urning eron tillaridagi “xur” (“xurşid-quyoş) orqali   izohlanişi toponimik qonuniyatga töğri kelmaydi. “Quyoş şahri” yoki “baxt şahri” tipida emotsional-ekspressiv usulda   nom qöyiş toponomiyada deyarlik uçramaydi. Garçi Urganç toponimini xorazmiy davrining “kat” etapiga mansub deb hisoblar ekanmiz, uning izohini ham şu davrdagi tildan, yaʼni eron tillarining şarqiy gruppasiga mansub tillardan biliş mumkin.

Şunday ekan, Urganç   toponimining birinçi komponenti “uru” xorazmiy tilida “katta”   maʼnosini bildirgan va Urukand-Urukanz-­Uruganj-Urganj-Urganç   kabi şakllangan. Demak, bu toponim “katta şahar, katta qalʼa” maʼnosiga ega. (“Xorazm toponimlari”, T. “Fan”naşriyoti”, 27-28-betlar).

Maʼlumki qadimda “gur” sözi   “nur” maʼnosini ifodalaşini akademik vatandoşimiz Muhammadjon Yöldoşev taʼkidlab ötgan va   “Gurganj” — “Nurli tuproq” degan maʼnoni bildiradi deya hisoblagandi.

XI asrda yaşagan buyuk ajdodimiz Mahmud Qoşğariy özining “Devon-ul-luğotit turk” asarida Jurjon — Gurgon söziga “Çin   yölida musulmonlar çegarasidan biri” deya qisqa izoh bergan, biroq manzil sifatida örnini körsatib   ötmagan. Qoşğariy asarini naşrga   tayyorlagan S.Mutallibov Jurjon   öşa davrdagi Xorazmning poytaxti   ekanligini taʼkidlaydi va arab sayyohi Yoqut al Hamaviyning (1179-1229) “Muğ-jamol buldon”   asaridan   misol keltirgandi: “Jurjon Gurgonning arablaşganidir. Jurjon Xorazm ölkasiga tegişli katta   bir şahardir. U Jayhun   qirğoğidadir.Aslida xorazmliklar Jayhunning şarqidagi Mansura degan şaharda yaşar edilar. Jayhun uni yuvib   ketdi. Undan asar ham qolmadi. Söng ular Gurgançga köçdilar. Şahar kundan-kunga kengayib obod böldi. Gurgançni 616 hij­riyda (milodiy 1220 yil) möğul tatarlar istilo qilib xarob qilmasdan oldin, öz közim bilan körganman. Men bundan kattaroq, çiroyliroq, tökisroq bir şahar körganimni bilmayman”.

Tarixiy faktlardan ham   ayonki Xorazmga poytaxt   vazifasini tarix mobaynida   Urga, Mazdakent, Tuproqqalʼa, Qöyqirilganqalʼa, Kat, Gurganç, Vazir va Xiva şaharlari bajargan. Yoqut Hamaviy aytgan Xorazm poytaxti Mansura, boşqa manbalarda Kat (Qiyot) deya atalgan   şahar ham öz davrining maşhur şaharlaridan bölib, bu diyorda 973 yilda buyuk alloma Beruniy tuğilganini taʼkidlaş lozim. Maʼlumki Katni Amudaryo suv ostiga olgaç, poytaxt milodiy 995 yili yangi hudud — Gurgançga köçgan. Öşa   vaqtlarda uşbu şahar — Gurganç   kiçikroq şahar   bölgan.

“Xorazm şahar emas, umuman ölkaning nomidir. Poytaxtga kelsak, uni Jurjoniya deb ataşadi. Mahalliy aholi uni   Kurkanj (Gurganj) deya ataydi, ammo bu nom arabçalaşib   arablarda Jurjoniya deb talaffuz qilinadi” deya yozadi Hamaviy. Biroq arab   sayyohi   va savdogari Hamaviy şaharning körkamligi, boy va obodligidan hayratlangan bölsa-da, aynan şahar nomining kelib çiqişi, tarixi haqida maʼlumot berib ötmagan.

Taniqli huquqşunos va tarixnavis Anvar Şukurov   “Nur ustiga nur yoğsin” nomli asarida (T. 2013 yil) “Urganç-Gurganç-Körganç sözlaridagi   “u” harfini “ö” deb talaffuz etsak xato bölmaydi — Örganç, Görganç, Körganç kabi. Mazkur variantlar özagi   aslida “körgon-Qörğon” bölganini   faraz etiş mumkin. Bunday taxminga   olib kelgan Görgan (Körgan) sözi bilan Amir Temur nomidagi   Köragon (Göragon) sözi arab imlosida bir xil yozilişi   tasodif bölmasa kerak. Xorazm poytaxti Görganç (Körganç) Örganç nomi Amir   Temurning Köragon (Göragon) laqabi juda qadimgi tarixiy anʼanadan darak beradi” (öşa asar, 66-bet) deya   öz fikrini bildirib ötadi. Anvar Şukurovning faraziça   Qörğon-Köragonga, undan söng esa Öragon, Örgan-Urgançga aylangan bölişi mumkin. Albatta bu Anvar   Şukurovning bir taxminiy fikrlari.

Agarki Yoqut Hamaviy kelib öz közi bilan körgan, hayratlangan Gurganç haqida töxtaladigan bölsak, bu şahar Oks (Amudaryo)ning ğarbiy tomonidan Fil   yoki Mansura (Kat-Şobboz-Beruniy)ning   röparasida joylaşgan kiçik   şaharça bölgan.

1573 yilda jöşqin   Amudaryoning öz yönalişini   Kaspiyga emas, Orol   tomonga burişi, özanini özgartirişi   natijasida   Xorazmning qadimiy   şaharlaridan biri bölgan   Urganç suvsizlik   sabab   abgor holga kela   boş­laydi. 1646 yilga kelib   Xiva xoni Abulğozi   Bahodirxon (1603-1664)   xaroba   bölayozgan Urgançni   Amudaryo böyidagi hozirgi Xorazm hududiga köçirib keltiradi. Şahar nomi öçmasin deya avvalgi şaharni Köhna Urganç, sönggisini   esa Yangi Urganç   deb atay boşlaşdi. Vaqt ötib, uning nomidagi “yangi”   sözi xalq tilidan   tuşib qoldi.

Urganç nomi bilan   boğliq bir qança   qiş­loq toponimlari   ham   mavjud bölib, ular   Urganji deb ataladi, bu — “urgançlik” degani. Aniqroği, mazkur atama urgançliklarning zamon taʼsirida turli davrlarda u yoki bu hududga köçib, örnaşib qolişi bilan boğliq.

Hozirda yuqorida aytganimizdek, Farğona viloyatining Danğara, Uçköprik, Buvayda, Andijon viloyatining   Izboskan, Paxtaobod, Namangan viloyatining   Namangan, Jizzax   viloyatining Foriş, Buxoro   viloyatining Ğijduvon tumanlarida   Urganji nomli qişloqlar   bor.

Aynan turli hududlardagi Urganjiy qiş­loqlariga keladigan bölsak, asrlar davomida bu qişloqlardan faqat nomgina saqlanib qolganmi, degan savol paydo böladi. Demak, tadqiqotçilar oldida Urganjiy qişloqlari orasidagi boğliqlik, özaro yaqinlik, urf-odat, anʼanalardagi öxşaşlik jihatlarini örganiş asosiy mavzu bölib turibdi.

Umid BEKMUHAMMAD

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan