Orzular, niyatlar tilga kirganda…

Atoqli adabiyotşunos olim Ğaybulloh as-Salomdan talabalari “Qaysi faslni yaxşi körasiz, ustoz?” deb söraşsa, “Qişni” deb javob bergan ekan. Sababi bilan qiziqişsa, yuzlarida tabassum inib, “Axir qişdan keyin bahor, Navröz keladi-da!” — degan ekanlar.

Ha, bahor bizning qalblarimizga ana şunday soğinç, intiqlik bilan kirib keladi. Har faslning gaştini, sururini his qilib yaşasak-da, navbahorning çiro­yiga maftun bölamiz, uning sehru jozibasini tomoşa qilib töymaymiz. Qişi bilan muloqotni, diydorni, sayru sayllarni soğingan insonlar bahor kelişi, kunlar isişi bilan yana kengliklarga oşiqişadi. Çavandozlarimizni köpkari öyinlarida, polvonlarimizni bellaşuvlarda körib, olqişlaymiz. Doşqozonlar yana sumalak­larga töladi. Atrofida keksalar duo­da, yoşlar xizmatda, hamma şodu xurram bir-birini Navröz ayyomi bilan qutlaydi.

Mening bölsa, Navröz yaqinlaşaversa, bolalik xotiralarim uyğonadi. Esimda, ön-ön ikki yoşlarda edim. Navröz hozirgidek katta bayram qilib nişonlanmasa-da, mahalla-köyda yilning boşlanişi, deb hamma boşqaça bir kayfiyatda keng adirliklarga yiğilişardi. “Yil boşi” marosimi ötkazilardi. Yangi mavsum oldidan öşa hududdagi çorvaga köpning iştirokida çöpon tayinlanardi.

Hali-hamon öşa sayillardagi odamlarning şodon kayfiyati esimda. Uzun-uzun qilib dasturxonlar solinardi. Hamma uylaridan har xil taomlar olib kelişardi. Kimdir issiq non yopib çiqsa, yana kimlardir kök somsayu kök çuçvaraga erirdi. Hatto şirguruçlar ham tayyorlab kelişardi. Taom­lar şunçalik turfa xil bölardiki, bolalik nigohlarim bilan hayratga tuşardim. Biz bolalarga ham soçqilar berişib, yilimiz barakali kelsin, deb duo qilişardi. Hamma örtadagi turli taomlardan tanovul qilib, turli milliy öyinlarimiz öynalardi.

Mahallamizda katta tut daraxti bor edi. Şuning bir neça joyiga arğimçoq boğlab, yoşlar qiyqirib uçişardi. Tut daraxti juda baland va katta edi. Arğimçoq ham şunga yaraşa juda ulkan bölardi. U yoqdan bu yoqqa bir borib kelişiga qiyqirib, soçlarimiz şamolda uçib, mazza qilardik. Hatto, yoşi uluğlarimiz “Halinçak uçinglar, ğuborlaring ketadi”, deb qöyişardi. Keyin hammaga baraka bersin, deb hammaga göja taomi tarqatilardi. Har yili bahorni şunaqa intizor kutar edik.

Yana hamişa eslaymanki, bahor kelişi bilan, Navröz ayyomlari arafasida maktabdan qaytganimizdan keyin örtoqlarim bilan yalpiz, ismaloq terişga çiqardik. Ariq çetidagi yalpizlarning mitti quloqlaridan çimçilab-çimçilab, katta bölgani qöymasdik. Onalarimiz yalpiz qança kiçik bölsa, foydasi şunça köp böladi, darmonga tölasizlar, deb uqtirişardi. Bir-birimiz bilan gurunglaşib, yalpiz terib, uydan ança yiroqlaşib ketganimizni ham bilmay qolardik. Onajonlarimiz tergan yalpizlarimizdan kök somsalar yopişardi.

Maktabdan kelayotsam uzoq-uzoqdan qöşnilarimizning, onamning tandirga kök somsa yopganini sezardim. Çunki xuşböy iforlari butun mahallamizni tutib ketardi. Uyga kelsam onam tandirda kök somsa, kök piçak yopib, ularga sariyoğ surib, tindirib qöygan bölardi. Sariyoğning taʼmi bilan yalpiz somsaning hidi birlaşib, ajib ifor hosil qilardiki, uni söz bilan taʼriflab bera olmayman. Hozir ham eslaşim bilan öşa tandirdan çiqqan kök somsalarning hidi dimoğimga urilgandek böldi. Momojonlarimiz bölsa, Navröz kunlari kök yupqalar qilişardi. U yupqalarni köpçilik gurung qilib, supra oldida aylana qilib ötirişib yoyişardi. Yana ilik uzildi davri, deb xonadonlarda örik ivitilardi. Biz bolalar tong sahardan köp­laşib öşa xonadonga borardik. Bizlarga ham alohida eʼtibor berişib, bir-bir kosa hali sovib ulgurmagan örik şarbati berişardi. Tandirdan uzilgan issiq non bilan şunaqa şirin tatirdiki… Quvvat bağişlovçi örik şarbatini içib, danaklarini ham çaqib yerdik. Şarbatning şirasi danaklarning içiga ham ötib ketardi.

Har yili Navröz ayyomi yaqinlaşaversa, öşa manzaralar köz oldimdan ketmaydi. Qöni qöşnilarimiz orasida biri-biridan dili oğrib qolgani bölsa, Navröz kunlari bir-birinikiga çiqib, gaplaşib, xafagarçiliklarni unutib ketişardi. Mahallamizda bir-biridan gina saqlab yurgan inson bölmasdi. Navrözga insonlarning ixlosi özgaça bölardi. Bu bayramni har yili özgaça xursandçiliklar bilan nişonlaymiz.

Navröz ayyomi arafasida butun olam yana yaşara boşlaydi. Kunlarning uza­yişi, quyoşning ona zaminimizga köproq nur soçişi butun borliqni yaşnatib yuboradi. Tabiatning bu gözal manzarasi sizu bizga ajib zavq beradi. Hatto bahor yomğirlarida ham qandaydir ohangdorlik bor. Bir maromdagi tomçilarning tovuşi kişi ruhiyatini allalagandek böladi. Bahor yomğirlari çor-atrofni barça ğuborlardan tozalab, yuvib qöyadi. Ğuborlardan xalos bölgan borliqqa yana quyoş zarrin nurlarini soçib, yaşnatadi.

Uç ming yildan ziyod tarixga ega bölgan Navrözi olam – şarqona yangi yil özining yangilanişi, bahor nafasini boşlab kelişi, xalqimizning tabiati, ongu tafakkuri, qalbiga çuqur singib ketgani, har qaysi oila, har qaysi xonadonga şodu xurramlik olib kirişi bilan biz uçun eng qadr­­li, aziz va suyukli milliy bayramimizdir. Navröz milliy maʼnaviyatimiz rivojidagi eng muhim şodiyonadir.

Navröz bilan boğliq xalq qöşiqlarimiz, marosimlarimiz tiklanyapti. Masalan, xalqimizda qadimdan kovuş raqsi bölgan. Şu raqs qaysidir bir qişloqlarimizda saqlanib qolgan ekan va bugungi kunda Navröz bayrami dasturiga kiritildi. Bu kabi qayta tiklangan qöşiqlar, raqslar, laparlar juda köp. Hozirda nafaqat har bir viloyatda, balki har bir tumanda, qişloqlarimizda ham milliy xalq folklor-etnografik ansambllari mavjud. Ularning repertuarlarida, asosan, Navröz bilan boğliq urf-odatlar, qöşiq va laparlar özining sahnaviy talqinini topmoqda.

Heç eʼtibor berganmisiz, bahorda giyohlarning tebranişida orzular, niyatlar tilga kirganday böladi. Bahor, avvalo, yil boşida dalaga katta iştiyoq bilan qarab turgan bobodehqon huzuriga boradi. Bahor yellari deqon bobomga taʼzim qiladi, ularga barakali xirmon vaʼda qiladi.

Şu sabablar bois, Navröz milliy qad­riyatimiz timsoli sifatida Millatimiz bilan birga yaşaydi, ardoqlanadi.

Zulfiya Fayzullayeva,

Respublika maʼnaviyat-maʼrifat markazi

qoşidagi “Maʼrifat tarğibotçilari jamiyati”

aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan