Istiqlol odami yoki olovda tuğilgan qaqnus
Özbekiston xalq baxşisi Şomurod baxşi Toğay öğli xalq baxşiçilik sanʼatida öziga xos maktab yaratgan baxşilardan. Uning yuz kitobga jo bölgudek terma-dostonlari xalq orasida maşhurdir. Otasi Toğay şoir 1932 yilda duşmanlarining çaquvi bilan Sibirga surgun qilingan. Şunda Şomurod olti oylik çaqaloq bölgan. Töqqiz oyligida onasi Tojixol Şukurova sovuq iqlimga moslaşolmay oğir şamollaşdan vafot etdi. Şomurod baxşi opalarining qölida ösdi. Sakkiz yoşida otasining mungli qöşiğini toş qotib tinglardi.
Toğay şoir iç-içidan yiğlab terma aytardi.
Elimdan adaşgan yolğiz sönaman,
Bulbul bölib gul şoxiga qönaman,
Enasoyga dardim aytib jiladim,
Işim bilan Irtişlarga jiladim,
Hoy-hoy,oy-y-y-y, hey-hey-y-y-y…
Toğay şoir 1945 yil uruşdan qaytib kelib, bolalarini kökragiga bosib, höng-höng yiğladi. 1948 yilda Toğay şoir oqlangaç, ular Çiroqçiga qaytişdi. Şomurod baxşi bilan gurunglarim köp bölgan. Mahalliy şoirlardan Jöra Alimardon xotira keçasidan qaytiş çoğida qişloğimizda ukamning uyida bölib ötgandi bu gurung. Bizga hamroh bölgan bolalar şoiri Öta Berdiyorga (hozir 92 yoşda) qattiq hazillaşardi. Öşanda baxşi 85 bahorni qarşilagandi.
– Ukajon, bolaligimni eslasam, toşga igna qadab şardoz ötkazaman. Voy-voy-a, enajonim-a, Oq mölaning muz bağrida qolib ketdi. Otam Toğay şoirga köp zorlandim: “Oqmölaga borayin, enajonimni körayin. Öttiz jilni hatlab, umrimni xatlab ötkazaveramanmi” desam, otam könmadi. U yoqlarning betini it körsin, juragimni tiğlama, bolam, dedi. Xuddi meni etagimdan tortib, Oqmöla olib qolayotganday tuyuldimi, otajonim unamadi. Şuytib enamning mozorida bir martayam tunamadim. Endi sakson uçni jağalab, suvim qoçib ötiribman. Qanotim bölsa-da, uçib-uçib, enajonimning mozorini oldiga qönsam.
Şomurod şoir dömbira çertib, ovozini balandlatadi.
Jigit ulgur Mekkam çol,
Letibamni sindirding.
Otam olib berib edi,
Nasibamdan ayirding.
Bilmaganni bildirding,
Ajal bölib paymonamni töldirding,
Uçar edim qanotimni qayirding,
Yurar edim, oyoğimdan toydirding.
Biyigul, Biyigul,
Rangsangul, rangsangul.
Pufaklari qirqtan gul,
Hay-hayo, Rabbimo, Olloyo,
Mullatörğay tong saharda sayraydi,
Nega mening otajonim kelmaydi?
Rostin aytgin, enajon, ena-yov,
Mening otam özi qaçon kelgaydi?..
Böğzingga xörsiniq tiqiladi, köz yoşlaring çöğga aylanadi. Yer tebranib, osmon qaldiraydi. Özingdan özingni mosuvo etging keladi. Ha, xunrezlik, qatliom zuluklari qatra qoningni simirib, olam şaynini uloqtirganda koinot tartiboti izdan çiqişi bor gap. Şomurod baxşining qizaringan közlariga öksinib tikilaman. Sakson uçida oyoğini “salta” qilib közoynak ilonday öynatadigan, örnidan sakrab turadigan baxşining borliği oğirlaşadi. Aççiq tumanday yopirilgan xotiralar yuki uni zaiflik çilvirida örib-eşadi.
— Otam uruşda. Ibrohim akamdan qoraxat kelgan qora kunlari Bolalar uyida jaşaydim. Bir kunga bir burda non beradi-ya! Oçlikdan toş çaynaşdanam tap tortmaymiz. Köz sopolday qotgan, qorin qavişgan, teri ustuxonga javişgan, tirik jon şayton bilan topişgan badbaxt kunlarning birida çöçqaboqar Leonidning tönğizxonasiga öğirliqqa tuşdim. Pişakday tönğiz bolasini jirtiq fufaykamni etagiga örab, devor oşuvdimki, çöçqaboqar payqab qoldi. Qoçaman-a, qoçaman. Oç odam jugura olmaykan, irğalanib, ayaği jerga botib qolaykan. Tönğizfeʼl Leonid va uning ikki uli meni uşlab olişdi. Rosa döpposlaşdi. Odam tayoqdan ölmaykan. Kökarmagan, qoraymagan joyim qomadi. Enajo-on! — deb zor qaqşab jiladim. Oğzimdan kakraday aççiq sölak oqdi, köz öngim qoronğilaşdi. Enam bölganda Leonidning tönğizxonasiga öt qöyaydi. Odamlar oçlikdan ölaman deb jotibdi, çöçqaboqarning ikki beti kuvaçaday, çertsang qon sizadi. Tönğiz bolasini qörqqanimdan böğib öldirib qöyibman. Ölik çöçqaçaniyam mendan qizğanib, itining oldiga otib jubordi. Qornim pöst taşlab şunday sançqi berardiki, tirnoğimam qizib ketgandi. Şunday, ukajon! U kunlarning betini teskari qisin. Manovi Öta buva Stalinni qömsab jilaydi. Ha, bebaqning bolasi. Qora uyidan bir umr çiqmay jaşagan nimani biladi. Anovi radioning jolğoniga işonadi. Jalanğoçlab muzday suvga botirib qöysa, qunduzning bolasiday örmalab qoçarmidi. Stalin otam deydi-ya, otasiz qogur!
Şomurod baxşi menga köz uçirib oladi-da, yana selday tölib-toşadi.
— Aynalay uka, qizillar köz oldimizda yetti juz japon askarini otib taşladi. Biz “detdom”ning bir töda bolalari tepalikda – butalar orasidan möralab qaraymiz. Qurolsiz askarlar har yonga soçilib qoçadi-yay! Atrofini örab olgan qizillar paq-paq etib, otgani-otgan. Bir japon askar özini daryoga otdi. Judayam suzağonakan. Uniyam qayiqda suzib borib otib taşlaşdi. Beçora solday jonboşiga ağdarilib suvga çökib ketdi. Biz bolalar qaqşab jiladik. Uyi kuysin, hammasining deb sökib jiladik. Odam bolasining narxi qildan arzoniydi öşa paytlar. Bir qir nari böylamagan Öta buva nimani bilaydi. Jumronqoziqday böynini çözib-çözib, yer tirnab jurgan-da! Ha, aynala-ya, enasini begona jurtda qoldirgan biladi. Enamning tilini ön jettimda – ota jurtimga qaytganimda tetapoya baççaday örgandim.
Şomurod baxşi “baxşi” sözini köp yoqtirmaydi. Bu luqmani folbinlarga borib taqaydi. Romçi deb tuşunadi. Baxşi desangiz sapçib tuşadi. “Hov, şoir buva, bitta terma aytib juboring” deng, barmoği uçi kuygunça tökilib-soçilib kuylaydi. Şöro davrida Moskvada ötkazilgan xalq ijodiyoti festivalida “Katyuşa”ni kuylab, yiğlamaganni yiğlatgan. Ruslarning şevasidayam turli örisça termalar aytib, rusiyzabonlarning hayratdan nafasini qaytargan. Goho ukrainça, goho yaponça, goho esa nemisçayam kuylay oladi. Talaffuzda manqalanmaydi, söz şaffof şabnamday jaranglaydi.
Mana, hozir, dasturxon qoşida dömbirasini bir çetga avaylab qöydi-da, tizzalarini juftlab, qaddini tik tutib, qadrayib ukrain xalq qöşiqlaridan birini ovozini balandlatgança kuylay ketdi. Uy şiftlari zirillay boşladi. Ukam Şoyimnazar oğzi oçilgança unga angrayib tikilib qoldi. Sakson beş yoşli qariyaning yigitlarday çaqqon va öktam harakatidan hayratlanardi. Qöşiq tugaşi bilan Öta boboyam beixtiyor çapak çaldi.
— Bir jildan beri, ukajon, termalar kuylaşim bir soatdan oşmayapti. — dedi Şomurod baxşi biroz muztar tortib. — Ilgari örisça, ukrainça termalarni köp bilaydim, endi xotiramdan kötarilayapti. Termalar ayta bilmasam jilab juboraman, ukajon. Qarilikni böyinga olay desam böynim yor bermayapti. Endi nima qilaman. Odam şuytib qarib-tözib qolama. Hali el kezib millatni millatdan, elatni elatdan ayri etmadim. Otam Toğay şoir dömbirani qölimga tuta turib: “Bolam, löli orasida löli böl. Şoirning millati yöq. Uruğ ajratgan kuning ölganim de” deb qattiq ögit suqqan. Zolimdan qoçaman, yaxşining etagidan tutaman. El bir qisim mayiz tutsa, közimga surtaman. Eldan ayirmasin, ukajon.
— Nazar Eşonqul degan yozuvçi birodarimiz aytuvdi: “Şu Şomurod baxşining kuylaşidayam, dömbira çertişidayam buryatlarga xos ohang, ijro bor, deb.
— Sibir bolasiman-da. Sibiryak! – qiyqirib kuladi baxşi. – Qöbizminanam çiqişa olaman. Nazar tuşmagur oqinning ovozini “teri”sidanam ajrata bilaykan. Buryat baxşilari ovulimizga mehmon bölib kelaydi. Qozoq oqinlariyam dömbira çertib, aytişuvlar qilganining guvohiman. Dömbira çertib, terma aytişning uddasidan çiqqanimdan söng qozoq oqinlariminanam “taşlaşganman”. Tan bergan joyi köp bölgan. Bilsang, katta maktab körmadim. Otamni maktabidan çiqqanman. Qodir baxşi Rahim uli xöp savodliydi. Sözni çertib-çertib aytaydi. Söziniyam zalvori yuk bosaydi. Bizlar yakkama-yakka aytişuv qilmaganmiz. U mening hurmatimni joyiga qöygan. Bir Sibirning “şer”ini bölgani şu-da! Oq mölada qolib ketganimda ovozim özimminan ketaydi. Allohga şukur, qay bir kovakda qolib ketmadim.
Örisning bolasini lahjasidan qaysi viloyatdan ekanligini bilaman. “Toşkent-Moskva” poyezdiga tuşib, kupedagi öris hamrohlarimni lahjasiga qarab qaysi viloyatdan ekanligini aytganimda uçoviyam hayratdan jağa jirtgan. Novgorodliklar özbek bolasiga öxşab “xoroşo”ni “xoroşo” deb talaffuz qiladi. Moskvaliklarga öxşab “xaraşo” demaydi. Aytdim-ku, Sibir bolasiman deb! Surgun bölgan millatlarning zörlari minan yaşaganmiz. Ğariblikda kelgindilar ham oğa-iniga aylanarkan. Körgan azoblarim heç bandasining boşiga tuşmasin. Tinçlikdan, aylanay. Ön qop oltining bölsin, kuningda faroğat bölmasa, ötgan umringga hayf! Axmoq podşo eldan mamlakat ğaznasini yaşiradi. Ularning qançalari yer ostida jotibdi. Eldan ayirmasin. El bir muştdan ursa, öldiradi. Bir çimdimdan tutsa, itingni tovoği tillodan böladi. Termalarim qonarga siğmaydi. Xalq oğzaki ijodini örganuvçilaram jildan-jilga kamayib borayapti.
Şomurod baxşi yoşli közlarini daströmoli bilan arta turib, dömbirani ğilofiga öraydi. Dasturxonga duo öqilib, örnimizdan qözğalamiz…
Şomurod baxşi Termizda ötkazilgan xalqaro baxşiçilik festivaliga borolmadi. Oğir xastalikdan töşakda yotib qolgandi. Festivaldan qaytganimda baxşi xonadonida böldim. U oğir söliş oldi. Közlaridan şaşqator yoş sizib yonoqlarini höllardi. Uning quruqşoq lablaridan sözlar qumday tökildi.
— Prezidentga ming rahmat. Baxşilarni kaftiga oldi. Baxşilar nazardan çetda qolyapti deb juragim oğrirdi. Eh-hey, şunça baxşilar bor ekan-a, ularga navbat tegmay qolama devdim. Dömbirasini sayratib, jonib-jonib, tökilib-tökilib termalar aytişini telvizorda körib jiladim. Jilaşimdan bolalarim qörqib ketişib qoşimda çarx urişdi. Manovi quruqşoq qöllarimni baʼzör kötarib telvizorga qaranglar deganday imo qildim. Men istiqlol odamiman. Umrim olovda ötdi. Olovda tuğilgan qaqnusman. Istiqlolni mençalik kim kutgan. Begana jerda kökarib, körganim xörlik böldi. Enadan bolani ajratib qöygan jallod tuzumga öt tuşsin. Otam Toğay şoir baçaday höngrab jilaydi: “öz jurtimni tuproğiga boş qöyib ölsam, Allohdan rozi edim”, deb. Hali armon qilaman, enamning mayiti begana jurtda qoldi, deb. Baxşilari bor xalq qarimaydi, jurtda tökinçilik böladi. Hammanglar omon bölinglar.
Şomurod şoir çuqur xörsindi uning xörsinişida ham bugungi dorilomon kunlarga şukronalik balqib turardi.
Şomurod baxşi ötgan yili 88 yoşida bandalikni bajo keltirdi. Ammo uning alp ovozi, özidan qoldirgan betakror sanʼati heç qaçon ölmaydi.
Yaqinda Çiroqçi tumanida baxşi xotirasiga bağişlanib “Qaşqadaryo yoş baxşilari” tanlovi ötkazildi. Unda yoş baxşilar Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Xorazm baxşiçilik maktablariga oid termalar, dostonlardan parçalarni kuylaşdi.
Öroz HAYDAR,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi
Qaşqadaryo viloyat bölimi rahbari
