Haşar
Toğ bağrida joylaşgan möʼjazgina qişloq. Bu yerda havo toza, buloq suvi ham şifobaxş. Yanada muhimi odamlari ahil-inoq. Şu bois bir-ikki kişi uddalaşi qiyin bölgan işlarni köplaşib bitiriş anʼanaga aylanib qolgan. Aytaylik, kimdir imorat boşlab qöysa, uyma-uy kirib, kömak söraşiga heçam zarurat yöq. Töy-maʼrakalarni ötkazişga boş-qoş bölib yuradigan qişloq oqsoqoli bilan maslahatlaşib, bir oğiz “haşarga” degan gapni aytsa, odamlar özi bilib ketmon-belkurak yoki qurilişda asqotadigan biron anjom kötarib kelaveradi. Haşar deganda qançadan-qança şaxsiy yumuşlar çetga surib qöyiladi.
Imorat kötarişdan oldin bajariladigan işlar taqsimlab çiqiladi. Bir guruh yigitlar loy qorib, uni yetkazib tursa, çamani töğri ola biladigan örta yoşlilar devorga ğişt teradi. Barça xuddi öz uyida işlayotganday astoydil mehnat qiladi. Albatta, haşarda heç kim çetda qolmaydi. Çollar yöl-yöriq körsatadi, suyagi qotmagan ösmirlar işlayotganlarga suv desa suv, çoy desa çoy olib boradi. Hazil-huzul gap-sözlar qah-qahaga ulanadi. Qöşiq xirgoyi qilğuvçi şirali ovoz sohiblariga ham navbat beriladi.
To imorat bitmagunça bir haftami-ikki hafta haşar şu zayilda davom etadi. Zarur yumuşi bor kişilar navbat almaşgan bölib işini bitirib, yana haşarçilar safiga qaytadi.
Darvoqe, ularning qornini töqlaş qanday böladi? Imorat egasi bir jonliqni söydirib, qozon ostirib qöyadi. Ustiga-ustak qavmi-qarindoşi, jöra-yöldoşi, qöni-qöşnisi uyiga falonçinikida haşar, deb tayinlab qöyadi. Toğora ketidan toğora kelaveradi. Şunday ekan, yeb-içişdan umuman kamçilik sezilmaydi.
Albatta, odamlar qorin ğamida emas, katta hajmdagi imoratni qurişga kömaklaşiş maqsadida haşarga borişadi. Bu orqali mehr-oqibatli ekanini ham amalda isbot etişadi.
Otam hamon takrorlaydi:
— Quvondiq, u paytda sen hali tuğilmagan eding. Mana bu uyni bir haftada qurib bitkazganmiz. Öziyam qişloqdan biznikiga haşarga kelmagan odam qolmagan, jon koyitib mehnat qilgan baraka topkurlar…
Çamamda otam işning tez va sifatli bitganidan ham köra, odamlarning haşarga köp kelganidan faxrlanadi. Şu boisdan ğururlanib gapiradi. Men sakkiz xonadan iborat old tomoni ayvonli imoratning haftada qad rostlaşini unçalik tasavvurga siğdira olmayman. Lekin aniq bilaman, otam yolğon sözlamaydi.
Haşar bilan boğliq xotira menda ham bor. Biz, sinfdoş jöralar öquvçilik paytidayoq kattalarga taqlid qilib, har haftaning yakşanbasida, yaʼnikim maktabga bormaydigan kunimiz haşar uyuştirganmiz. Özi ösmir bölsak, qölimizdan nima iş kelardi? Oçiği, bu haqida öylab ham körmaganmiz. Muhimi, yuragimizda ğayrat-şijoat bor edi. Navbati bilan sinfdoşlar uyiga borib tomorqada öt örganmiz, nuragan devori bölsa, suvaganmiz, yer çopganmiz, qanday yumuş töğri kelsa, xuddi kattalardek bajarişga kirişib ketaverdik. Şunda ilk marotaba birgalikda mehnat qilişning zavqini tuyganmiz. Iş barobarida hazil-huzul, öyin-kulgi bilan bölib, çarçaş, toliqiş nimaligini bilmasdik. Bola bölganmiz, uquvimiz ham haminqadar. Demak, biron işni qoyillatganimiz dargumon. Şunga qaramasdan, kattalardan heç kim bizni şaştimizdan qaytarmagan, aksinça dalda berişgan: “Baraka topinglar! Kap-katta yigit bölib qolibsizlar-ku” deb. Bu sözlarni eşitib, ğayratimizga yana ğayrat qöşilgani aniq. Haşar yakunlangaç, mehmondorçilik uçun alohida dasturxon yozilib, onalarimiz ataylab biz — haşarçilar uçun tayyorlagan tansiq toamni birgalikda yeb, keyin uy egalarining rahmatini eşitib, könglimiz toğdek kötarilib qaytganmiz. Eh, buning zavqi-şavqi özgaça bölgan-da.
Haşarga kelmagan sinfdoşni safimizga qöşmaslik u uçun eng oğir jazo hisoblangan. Şu bois aybdor yalinib, bölğusi haşarda ikki hissa işlaşga vaʼda berib, sözining ustidan ham çiqar edi…
Hozir yoşimiz ellikdan oşganda mulohaza qilib körsam, bolalikdagi döstlik riştalari haşar kömagida mustahkamlangani uçun bugungi kungaça oramizdan mehr-oqibat kötarilmadi. Töy-maʼrakalarda bir-birimizga yelkadoş bölib turamiz.
Darhaqiqat, bir yoqadan boş çiqarib mehnat qilişda hikmat köp. Qançadan-qança katta hajmdagi quriliş, bunyodkorlik işlari haşar yöli bilan qisqa fursatda bajariladi. Bu esa xalqimizning mehr-oqibat, muruvvat, ehtiyojmandlarni qöllab-quvvatlaş kabi ezgu qadriyatlariga hamohang va umrboqiydir.
Suyundik MAMIROV
