Ism — inson ziynati

Yaratganning bizga bergan eng buyuk neʼmatlaridan biri bu — farzand hisoblanadi. Tuğilgan yangi mehmonga ism qöyiş azaliy burç. Yaxşi ism esa bolaning ösib-ulğayişida alohida ahamiyatga ega.

 

Esimda, bizning uyda ham ukam tuğilganida otam, singlim va men “Ismlar” kitobidan munosib ism qidirgandik. Buning öziga xos huzuri borligini öşanda sezgandim. Uzoq mas­lahatlaşuvdan keyin ukamga Abbos ismini tanlaganmiz. Hozirda ukam ismi bilan faxrlanib yuradi.

Muqaddas kitob­larda ham ota-onaning burçlaridan biri, farzandiga çiroyli, maʼnoli ism tanlaş, deb körsatilgan. Qöyilgan har bir ism, bu nainki bu dunyoda, balki oxiratda ham birga bölişi nazarda tutilgan.

Muborak Hadislarda ham ismlarga xos maʼnoli fikrlar keltirilgan. Bir hadisda: “Payğambarlarning ismlarini olinglar, Allohga yoqadigan ismlar “Abdulloh va Abdurahmon”dir deyiladi.

Şu qatorda yana bir uluğ marosimlardan biri bola quloğiga azon aytişdir. Bu amal yoşi uluğlar tomonidan amalga oşiriladi. Quloğiga uç marotaba “Seni ismingni şunday, deb qöydik”, deyiladi. Aytişlariça, ana şundan söng çaqaloq öz ismini ang­lay boşlar ekan.

Hozirgi kunda şu kabi gözal odatlarimiz orqasidan hunuk manzaralar közga taşlanib qolmoqda. Ayniqsa, ismlarni qisqartirib aytiş, çet tilida aytiş, laqab qöyiş kabi holatlar avj oldi. Masalan: Jahongir Jöxaga, Ozoda esa Ozoşga aylanib ulgurdi. Bu holdan dilingiz oğrişi aniq. Nahotki, Alloh tomonidan inʼom etilgan tabarruk farzand ismini öz bilganiça talaffuz qiliş yoşlar orasida odatga aylanayotgan bölsa?

Kişining ismi uning taqdirida, soğliğida ham öz izini qoldirar ekan. Hatto asab tolalariga ham taʼsir qilarkan. Mutaxassislarning aytişiça, agar ism bolaga mos kelsa nerv tizimi, yurak-qon-tomirida uçraydigan noxuşliklardan saqlar ekan.

Ayni kunlarda yangi tuğilgan gödakni ismini qöyişda zamonaviylik, ommaviylik orqasidan quviş holatlari urçidi. Şu sabab hozirda takror ismlar köpayib bormoqda. Deylik, Marks (nemisça), Şahina (forsça) singari. Vaholanki, luğatda turkiyça minglab ismlarning röyxati keltirilgan.

Kezi kelganda, qiziq fakt keltirib ötsak, olimlar ötkazgan tadqiqotlarga köra, har qanday odamning taqdiri, kelajagi uning ismiga, ayniqsa, ismidagi boş harfiga boğliq ekan. Bunda ismining boş harfi alifboning birinçi yarmi bilan boşlanadigan insonlar ikkinçi yarmiga qaraganda omadliroq bölişadi, deyilgan. Şunday ekan, ism qöyişda şoşma-şoşarlik yaraşmaydi. Balki obdan öylab, mulohaza qilib ism tanlaş muhim.

Yana bir masala, baʼzi ota-onalar farzandiga çet ellik sportçi yoki maşhur qöşiqçining nomini qöyişadi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ham köp yoziladi. Masalan: farzandlariga maşhur futbolçilarga havas qilib Messi, Ronaldo deb ism qöygan yurtdoşlarimiz ham talaygina. Albatta, havas boşqa, lekin… Nahot, özimizda maʼnoli, mazmunli ismlar turganda, özimiz ham maʼnosini anglab yetmaydigan çet elça ism tanlasak?

Şunday ekan, ajdodlardan qolgan anʼanalarni unutmaylik. Zero, qöyilgan har bir ism kişining kelajagini belgilaşi, uning qanday inson bölişida muhim ekanligini unutmaylik.

Muhammadsodiq TÖRAYEV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan