Köçalar toza, köngillar-çi?

Öqişdan qaytayotsam, köça tozalayotgan ikki ayolga közim tuşdi. Kun issiq bölişiga qaramay yetti bukilib ter tökişar edi. Birining qölida supurgi, birida esa belkurak. Çarçaşdi şekilli, buyumlarini yerga qöyib salqinga ötişdi. Suv içmoqçi edi, idişida bir tomçi ham suv qolmabdi. Aksiga olib, mening suvim ham tugagan ekan. Negadir xijolat böldim… Suv içgulik iş qilmasam-da, özimça çarçagan kişi bölib suvimni sönggi tomçigaça içib qöyganimga kuyundim.

Öylayman. Ularning şunçalik ter tökib topgan daromadi oilasiga yetarmikin? Balkim, yetmas. Şunday bölsa-da ular halol mehnat qilayapti-ku! Şunday emasmi?

Baʼzan insonlarning ularga qarata “Bu iş mengamas”, “Uyalaman”, “Şu ham işmi?” degan fikr­lari könglimni xira qiladi. Aslida ularga “Köça tozalovçi” deb emas “Tabiat fidoyisi” deya qaraşimiz kerak.

Koreyada köça tozalovçilardan “Qilayotgan işingiz özingizga yoqadimi?” deb söraşsa, ular: “Men öz işimdan faxrlanaman” deb javob berişar ekan. Bunga asosiy sabab köçaning tozaligiga öz hissasini qöşişida deb bilişarkan.

— Salkam 10 yildan buyon köçadaman. Har kuni tong saharlab işimga şoşilaman. Çiqindilarni maxsus maşinaga yuklab, kerakli joyga olib boramiz. Biz atrof-muhitning tozaligiga hissa qöşayapmiz. Fao­liyatim davomida turli insonlarni uçratdim. Baʼzilar, hatto, çiqindini atayin köçaga taşlab ketadi. Şundayam heç ham xafa bölmaymiz. Çunki, örganib qolganman. Axir, biz halol mehnat qilayapmiz, şunday emasmi?, — deydi köça supurayotgan ayollardan biri.

Qarang, qanday samimiy, qanday beğubor insonlar. Ularning nigohlarida onam, opam, yaqinlarimning qaraşlarini köraman. Axir bu insonlar ham kimningdir onasi-ku! Hamişa ularni kuzata turib bir narsaga amin bölaman: ularning yuragida yana bir Vatan bor: oilasi va har kungi tozalaydigan, obod qiladigan köçasi. Şu kiçik Vatani toza, sarişta bölsa u uyi­­da tinç uxlaydi. Zero, Özbekis­ton va Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi Örozboy Abdurahmanov aytganidek: “Möynoqda yaşovçilarning har birining öz Oroli bor”. Menimça, bu kasb egalarining ham könglida alohida kiçkinagina Vatani bor!

Hayotning özi — jurnalis­tika, har qadamda mavzu, har qadamda qahramon. His qiliş va köra oliş esa ijodkorga boğliq. Bilasizmi, yuqorida tilga olganim, ikki ayolga suv bera olmaganimdan hamon afsusdaman. Hozir — bahor! Aynan iş qizigan palla. Köça tozalovçilarni körsangiz, “Hormang!” deyişni unutmang!

Muxtor UMBETOV,

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq

davlat universiteti talabasi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan