“Bir bor ekan, bir yöq ekan…” yoxud bolalarimiz uçun sifatli kitoblar ham ertak bölib qolmasin

— Bu meniki, tegma! — deya Ziyodaxon ukasining qölidan kitobni olib qöydi.

— Mengayam opamnikiga öxşagan kitob beringlar, — dedi ukasi Oybekning usti silliq, yumşoq muqovali “Bolalik” qissasini körsatib.

Bunday holat sizga ham begona bölmasa kerak.

Karantinda zerikib qolmasligi uçun jiyanlarimni mutolaaga jalb qildim. Kitob javonimni obdan titkilaganimda, Alişer Navoiyning “Xamsa”sini top­dim. Karantin çoralari kuçaytirilgan bir paytda undan-bundan suriştirib, öntaça kitob topdik. Muqovasi öta yupqa, varaqlari ham xira, közni çarçatadigan bölgani uçun, tabiiyki, bolalarning eʼtiborini tortmasdi. Jiyanim çindan zerikkan ekanmi, kitoblardan birini olib, ovoz çiqarib öqiy boşladi. Jimgina quloq tutsam, juda ham ajoyib ertak. Quvonarlisi yakunida buyuk allomalarimiz asarlaridan, ögitlaridan iqtiboslar keltirilgan edi.

Kitoblarning sifatsizligiga, ehtimol, naşriyotlarimizning iqtisodiy muammolari, balki, aholi xarid qobiliyatining pastligi sababdir. Ammo bizningça, yaxşi asar uçun qilingan har qança xarajat foydali. Xöş, bu borada yurtdoşlarimizning fikr-mulohazalari qanday?

Mahfuza Imomova, şoira: — Bolalar naşrlarining sifati va saviya­sidan könglim töladi, deb aytolmayman. Töğri, hozir bizda bolalarni qiziqtiruvçi ensik­lopediyalar, telefonga ulangan programmalar asosida rasmlar va tovuşlar örnatilgan yoki körgazmali şakl­dagi kitob­lar bor. Lekin bularning aksariyati rus yo ingliz tilidan tarjima ertaklardan iborat. Biroq bu juda kam, bolajonlar uçun yetarli emas. Ular yanada yaxşi asarlarga munosib. Bizning “Akademnaşr” naşriyotimiz bolalar uçun eng sara asarlar çop etişga eʼtibor qaratadi. Asosiy eʼtibor kitobning dizayni, sifati va saviyaga qaratiladi. Şuning­dek, iqtisodiy imkoniyatdan kelib çiqib, har xil qoğoz tanlaymiz. Tiniq rasmli kitoblar biroz qimmat. Qoğoz narxi qimmat, naşriyotlar 15 foiz qöşilgan qiymat soliği ham tölaydi. Şuning uçun noşirlar arzon yölni tanlaydi. Tabiiyki, köpçilik uçun hamyonbop bölgani maʼqul.

Umsinoy Husanboyeva, şifokor: — Biz farzandlarimizni özimiz erişa olmagan orzularga yetişişini, yaxşiroq şaroitlarda yaşaşini istaymiz. Ilmli, maʼrifatli bölsin, deya turli ki­toblar olib beramiz. Baʼzan saviyasiga qarab tanlasak, sifatini közdan qoçiramiz. Ayrim hollarda esa körinişiga köproq eʼtibor beramiz. Men şifokor bölganim uçun, asosan, harflarning joylaşuvi, şriftiga, suratlarining sifatiga ahamiyat qarataman. Qoğozlari xira, sifatsiz ki­toblar bolalarda turli köz kasalliklari qatorida gijja va oşqozon-içak, hamda allergik xastaliklariga olib keladi. Bolalar rivojlanişi ortda qoladi, xotirasi susayib, uyqusi notinç böladi.

Yaqinda “Böğirsoq” nomli ertak kitob sotib oldim. Rasmlari sifatli, biroq narxi qimmatroq. Farzandlarimizning salomatligi uçun, albatta, xasislik qilmaymiz. Faqat xarid qilgan kitobimizning “usti yaltiroq, içi qaltiroq” bölmasin.

Şifokor sifatida bolalarga kitob tanlaşda quyidagilarga amal qilişni tavsiya etaman: haddan taşqari katta kitoblarni tanlamaslik kerak. Bola ularni varaqlaşga va öqişga qiynaladi. Kiçik kitobçalar esa gödakning köriş qobiliyatini yomonlaştiradi. Ota-ona aksariyat yozuvning hajmiga eʼtibor qaratmaydi, çunki bu kitobni bolaga özlari öqib beradi, lekin bolalar nihoyatda qiziquvçan. Ular kitobni közdan keçirişadi, nafaqat rasmlariga, balki matniga ham eʼtibor berişadi, öziga taniş harflarni izlaşadi. Şu bois matni katta-katta berilgan, harflari aniq körinib turgan kitoblarni sotib oliş maqsadga muvofiq.

Gavhar Rustamova, psixolog: — Doim ham bolalarim uçun köngildagidek kitob topa olmayman. Köpinça   rasmli, mazmundor asarlarni qiziqiş bilan qidiraman. Hozir naşr etilayotgan er­taklarda “sevgi”, “janjallaşiş”, “öldirib qöyiş” kabi voqealar köp uçramoqda. Biz farzandimizni “Nega bunça jahldor, qaysar, gapga kirmaydigan bölyapti?” — deb, aybni tarbiyamizdan qidiryapmizu, bularni hisobga olmayapmiz. 4 yoşli qizim “Zumrad va Qimmat”, “Böynoq”, “Töğrivoy va Egrivoy” kabi milliy multfilmlarimizdan köra “Maymoq va qizaloq”, “Xalk”, “Tom va Jerri” kabilarni yaxşi köradi. Bilib-bilmay bolalar ruhiyatiga jangari multfilm, kinolarni singdirib qöyayapmiz, nazarimda. Bolalarimiz uçun yaratilayotgan asarlar: ertak, şeʼr, qöşiqlar ularning maʼnaviy rivojiga xizmat qilsin. Kiçkintoylarimizga atalgan kitoblar sifati ularning salomatligiga xavf solmasin. Ana şunda biz ota-onalar kitob sotib olayotganda “Narxiga arziydi”, deya mamnun bölamiz.

Dilnoza Ahmedova, uy bekasi: — Bolalarimizni mutolaaga qiziqtirişda ertaklarning örni beqiyos. Men köproq kitobning mazmuniga eʼtibor qarataman. Narxi va qoğozning sifati muhim ahamiyatga ega emas. Yaqinda bolamga “Oltin beşik” nomli kitobdan ertak öqib berdim. Afsus, baʼzi joylarini taşlab ötişga, özgartirişga majbur böldim. Undagi bir ertakning mazmunida bolani onasiga nisbatan duşman sifatida körsatadigan örinlari bor. Men farzandlarimni çiroyli xulqqa ega, bilimli, dunyoqaraşi keng inson bölişini istayman. Buning uçun, albatta, kitob öqib beriş yoki özlarini mutolaaga örgatişni zarur, deb bilaman. Kitob dökonlarida esa tanlov imkoniyatining kamligi biz ota-onalarni qoniqtirmaydi. Didimizga mos kitob aksariyat hollarda ança qimmat. Milliy qahramonlarimiz aks etgan ertaklar, farzandlarimiz soğliği uçun xavf solmaydigan kitoblar köpayişini xohlayman.

Kitobsizlik oqibatida millat kelajagi tanaz­zulga uçraşi mumkin. Bu masalani ertaga qöyib bölmaydi. Mutolaa bolani aqliy mehnatga örgatadi, tasavvurini kengaytiradi. Ekran tomoşasi uning tasavvurini öldiradi. Tayyor tasvir bola tasavvurini toraytirib, tanballikka yetak­laydi. Fikrlaş u yoqda tursin, öylaşdan ham yiroqlaştiradi.

Madinabonu Abdullayeva, öqituvçi: — Bir yarim yaşar qiz farzandim bor. Turmuş örtoğim karantin davrida masofadan turib işlagani uçun qizim hali 7-8 oyligidanoq kompyuter, kitob va qoğozlarga qiziqa boşladi. Şu kabi muhitda ösayotgan bolalar 1 yoşga tölganida   kitoblarga çinakam qiziqiş bildira boşlaydi. Ular nafaqat ertak ting­laşni yaxşi körişadi, balki sahifalarni varaqlaydi, rasmlar tomoşa qilişadi. Bir yoş atrofidagi bolalarga katta va yorqin rasmli ki­toblar juda mos keladi. Bolalar matnni tinglaş va idrok etişni örganişi uçun kitob sodda va tuşunarli bölgani maʼqul.

Qizimga muqovasi qalin, sifatli, 1-3 yoşli bolalar uçun möljallangan, rasmlari yirik va yorqin kitoblar qidirişni boşladim. Mahalliy naşriyotlar tomonidan çop etilgan kitoblarning narxi arzonligi uçun, avvalo, ularga qiziqdim, ammo istaganimdek kitob topilmadi. Muqovasi va varaqlari yupqa, rasmlari yirik bölsa-da, faqatgina ertak syujeti tasvirlangan kitoblar bor, xolos. 1-3 yoşli bolalar uçun deyarli kitob yöq. Oxiri Rossiyada naşr etilgan kitoblarni olişimga töğri keldi.

Körib turganingizdek, bizda bolalar uçun möljallangan sifatli, qoniqarli kitoblar ertaklardagi kabi “bir bor ekan, bir yöq ekan-da…” — deb öylab qoldim.

Şohista YUNUSALIYEVA,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan