Qarz yuki qoyaga ham oğir botadi
Albatta, har bir insonning kundalik hayotida, turmuşida tökinlik barobarida yetişmovçilik bölgan kunlar ham turadi. Aytiş mumkinki, baʼzida odam oila ehtiyoji sabab kimdandir qarz olsa, baʼzida tezroq boyiş ilinjida tadbirkorlik qiliş maqsadida qarz kötaradi. Ammo…
— Bilasizmi, bundan ikki yil oldin qöşnimga uç ming dollar pul bergandim, — deya gap boşladi tanişim Saodat Botirova. — U örtaga baravar sarmoya taşlab, tadbirkorlik qilişni maslahat bergan edi. Ammo qöşni dugonam qöynimni puç yonğoqqa töldirib ketdi. Heç qanday tadbirkorlik qilmadik. Oradan yillar ötayapti, na bergan pulimni ololaman, na tadbirkorlik işimiz joyidan siljiydi. Qaçon sörasam, erta kel, indin topib beraman, deb orqaga surib yuribdi. Nima qilişga boşim qotgan. Uçastka noziriga xabar beray desam, har holda qöşnimiz, buning ustiga dugonam, qadrdon edik. Hozirça unga ham insof kirib qolar deb yuribman…
Bunday asabbuzar voqealar keyingi paytlarda juda köp. Aslida, qarz beriş yoki qarz olişning öziga yaraşa masʼuliyati, javobgarligi bor. Bu haqda Hadisi Şariflarda payğambarimiz şunday degan: “Qarz olib, qarz beriş işini yaxşilik bilan bajaringiz. Agar taraflardan birini ranjitsangiz, xafa qilsangiz katta gunoh orttirgan bölasiz!”. Şunday ekan, qarz olindimi uni vaqtida qaytariş ham lozim, ammo biz özligimizdan, masʼuliyatliligimizdan ança uzoqlaşdik…
Ammo S.Botirova qarz deb pul bermagandi, balki ikkalasi kelişib, örtaga pul taşlab tadbirkorlik qilib, boylik orttirmoqçi edi. Afsuski, uning niyatlari amalga oşmadi. Buning örniga bergan pulini ham qaytib ololmayapti ekan.
Demak, biror işni boşlaşdan avval puxta iş körmoq zarar qilmaydi.
Baʼzi holatlarda kimdir öylamay-netmay biror tanişidan katta miqdorda qarz oladi. Lekin qaytariş muddati kelganda mablağ topolmay, oqibatda turli jinoyatlarga qöl uradi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar ham turli xabarlarga tölib ketgan. Ammo atrofimizda bölayotgan voqealarni, hodisalarni körib-bilib tursak-da, nimagadir yana qarz ummoniga şönğiyveramiz.
Şu örinda, ulamolar: “Uç holatda qarz oliş mumkin, yaʼni baxtsiz voqea sodir bölsa, kundalik ehtiyojlari uçun yoki oiladagi kamçiliklarni bartaraf qiliş uçun uylaniş va turmuşga çiqiş oldi qarindoşlar yo tanişlardan yordam oliş, albatta, qaytariş şarti bilan, zararsiz”, deyişgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga köra, keyingi paytlarda çekka qişloqlar hududlarida antiqa qarz oliş usuli urçiy boşlabdi. Masalan, rözğorga kerak bölgan mahsulotni yoki öz ehtiyoji uçun yegulik yoki içimlik olgani dökonga borgan odam sotuvçiga: “Yozib qöying, oylik pulim tuşsa tölayman”, deb nasiyaga olib ketişaverar ekan. Ammo köpinça oylik maoşini olganda qarzi esidan çiqib qolib, qarz million sömlarga aylanib ketarkan.
Şu örinda aytiş mumkinki, rözğor törvasiga kelib tuşgan oila byudjeti mablağini töğri taqsim qiliş öta muhim masala hisoblanadi. Boriga qanoat qilib, oz-ozdan mablağ jamğarib borilsa, qarz olişga ehtiyoj qolmaydi.
Eng açinarli holatlardan yana biri, ayrim insonlarning pul mablağiga muhtojligi borligini oldindan bilgan ayrim “toparmon” odamlarning “sudxörlik” bilan şuğullanişi bölib qolmoqda. Ular foizga pul berib, mömay daromad topişni odat qilib olişgan. Buning yomon oqibati şundaki, ehtiyojmand odam olgan pulini vaqtida qaytarib berolmasa, kun sayin qarz foizi bilan oşib boraveradi. Oqibatda qarz botqoğidan çiqolmay qolayotgan şaxslar ham hayotda kam emas.
— Har bir inson qarz olişi tabiiy hol. Buning salbiy yoki yomon tomoni yöq, — deydi Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani “Tepa-Jome” masjidi imom xatibi Akbarali Mamatov. — Eng asosiysi, qarzni öz vaqtida uziş şart. Aslida ulamolar agar iloji bölsa, qarz olmagan maʼqul, deyişadi. Agar olinsa ham, belgilangan muddatda qaytariş şart. Sababi, agar qarzni uzişning uddasidan çiqolmasa, qarz qiyomatgaça qolib ketadi. Buning uçun Allohning dargohida javob beriş bor, ana şuni yoddan çiqarmasak bölgani. Yana bir muhim masala, vaʼda qilindimi, u albatta, bajarilişi kerak. Çunki vaʼda lavhul-mahfuzga yozib qöyiladi. Uning ham söroği bor.
Buni qarangki, ayrim paytlarda boyib qolgan qöşnisiga yoki qarindoşiga hasad qilib, undan ataylab qarz oliş holatlari ham uçrab turar ekan. Eng açinarlisi, uning moliga köz tikib, aldov yöli bilan boyligini bir qismini qölga kiritib, mol-dunyosidan ayiriş maqsadida qarz olgan baʼzi kimsalar haqida rasmiy telekanallarda, ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalib qoladi. Bu aslida keçirib bölmas katta gunohlardan biri.
Vaholanki, Payğambarimiz şunday deganlar: “Kimki birovdan qaytarib beriş niyatida qarz olsa, Alloh unga qarzini uzişga yordam beradi. Kimki moliga tolafot yetkaziş maqsadida olsa, Alloh uning öziga tolafot yetkazadi”.
Aslida, gunohning katta-kiçigi bölmaydi dyeyişadi. Eng kiçik yomonlik ham gunohdir. Şunday ekan, qarz olib, uni qaytarmaslik bandaning öziga eng oğir yuklardan biri bölib qolmasin.
Muhammadsodiq TÖRAYEV
