Uzuk
(hikoya)
Eri vafot etganidan keyin Haydarsiz ötgan har kun Marhabo uçun uzundan-uzoq tuyulardi. Tongda uyğonib, devorga ilib qöyilgan suratiga qaraydi. Göyoki unda Haydarning mehri, tabassumi, sözlari singib qolganday, yuragiga iliqlik yuguradi, huzur bağişlaydi. Haydar ölimidan oldin qölidagi nikoh uzugini yeçib, unga tutqazgani hali ham Marhaboning köz öngida turibdi:
— Bu mendan yodgorlik. Uni asra. Uzuk qölingda bölsa, men ham sen bilanman, — degandi.
Şu gapdan keyin uzuk Marhabo uçun nafaqat ziynat, balki muhabbat va vafo ramziga aylandi. Özinikiga qöşib uni ham taqib yurar, har gal qaraganida, erining nafasini his qilgandek bölardi. Turmuş örtoği bilan ötgan damlarini eslab, yiğlab olardi.
Ammo qiş qattiq kelgan yili sovuq, muhtojlik jonidan ötdi. Ğamlab qöyilgan oziq-ovqat mahsulotlarining tagi körinib qolgan. Peçkadagi oxirgi kömir ham yonib bölgan, kunduzgi muzdek şamol eşik ostidagi tirqişidan kirib, tanini titratardi… Rözğoriga yordam beruvçisi yöq. Noilojlikdan uzukni sotişga qaror qildi. Qölidan yeçar ekan, köz yoşlarini tiya olmadi. Qişloqdagi savdogar ayolnikiga bordi. Ayol uzukni aylantirib, obdan közdan keçirdi.
— Aytgan narximga rozi bölsangiz, hozir pulini sanayman, — dedi u sinovçan nigoh taşlab.
— Iltimos, bir oz qöşing, — Marhaboning ovozi titrab çiqdi.
Ikkovi kelişdi. Pulni olib, uyiga qaytayotgan Marhaboning yuragida böşliq paydo böldi. Göyo hayotining bir bölagini sotgandek, köngli xijil edi. Öşa keça Marhabo uzoq vaqt uxlay olmadi. Keçasi esa eri tuşiga kirdi. Haydar unga uzoqdan qarab turganmiş. Yuzida norozilik alomati aks etib turganmiş.
“Uzukni nega sotding?” debdi Haydar.
“Yöq, yöq, sotganim yöq…” deb özini oqlaşga urinardi u.
“Aldab nima qilasan? Men sendan uni asraşingni söragandim. Uzuk muhabbatimiz ramzi edi-ku!” U şunday dedi-yu, yuzini ters burib, ğoyib böldi. Marhabo çöçib uyğonib ketdi. Qölini paypasladi. Uzugi yöq! Yuragi tez-tez urar, peşonasidan sovuq ter oqardi. Ötirib, nafasini rostladi. Quloğida erining gaplari hanuz yangrab turardi.
— Astağfirulloh!.. Astağfirulloh!.. — deya piçirladi ayol. — Boşqa çoram yöq edi, meni keçiring.
Ertasi kuni esa tong saharda qattiq taraqlagan ovozdan uyğondi. Bir zum nima bölganini anglay olmay turdi. Qarasa, devordagi surat yerda yotibdi. Haydarning ruhi kezib yurgandek seskanib ketdi. Suratni ehtiyotkorlik bilan olib, çangini artdi. Devorga osib, uzoq tikildi. “Erimning ruhi bezovta bölgandir…” deb könglidan ötkazdi. Oynasining bir burçagidan uzunasiga tuşgan kiçik yoriqdan Haydar unga qarab turgandek tuyuldi.
— Arvohlar haqida aytilgan gaplar rost ekan-da… — dedi piçirlab. — Uzukni bugunoq borib qaytarib olaman!
Nonuşta qilişdan oldin ikki kalima Qurʼon öqib, erining ruhiga bağişladi. Söng apil-tapil kiyindi-da, keçagi pulni olib, öşa ayolnikiga jönadi.
— Iltimos, uzugimni qaytaring, — dedi közlari namlanib.
— Bu uzukning qandaydir siri bormi? — söradi tijoratçi ayol hayratomuz ohangda, nimanidir yaşirayotgandek.
— U marhum erimdan qolgan yodgorlik edi. Ikki keçadan buyon tuşimda mendan uzukni sörayapti.
Tijoratçi ayolning yuzidan rang qoçdi. Bir lahza lol bölib turdi. Ammo içidagi qörquvni sirtiga çiqarmadi. Uyam tonggaça köz yummagandi. Sababi, yotişidan oldin uzukni şunçaki qöliga taqib körgandi. Yeçiş yodidan kötarilib, uxlab qolibdi. Tuşida unga yuzi aniq bölmagan, közlari ğamgin kimsa qarab turganini kördi. Keyin sovuq qöli bilan uzukni barmoğidan suğurayotgandek böldi. Qörquvdan uyğonib ketdi. Şu böyi uyqusi qoçib, ertalabgaça ötirib çiqqan edi.
— Mana, oling, — dedi u şoşa-pişa içkaridan uzukni olib çiqib. — Menga kerak emas!
Marhabo suyunib ketganidan uzukni bağriga bosdi va darhol taqib oldi.
— Rahmat sizga, — dedi közi yoşlanib.
Öşa keça Marhabo tiniqib uxladi. Eri qaytib tuşiga kirmadi. Faqat yelkasidan mayin sabo silab ötgandek böldi. Şu iliqlikdan uyğondi. Tong otgan, derazadan nur tuşib turardi. Uzukni quyoşga tutib, barmoğiga qaradi. Uzuk avvalgidan-da yarqirab turardi…
Saodat MUSAYEVA
