Yaratilayotgan imkoniyatlar

O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini tubdan yaxshilash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilayotir. Buni birgina uyushmaning Qashqadaryo bo'limi misolida yaqqol ko'rish mumkin. Yaratilayotgan imkoniyatlar soha xodimlarining faoliyatida yangi davrni boshlab berdi.

— Viloyatda “Jurnalistlar uyi” qaytadan ta'mirlanib, ijodkorlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi, —deydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshlig'i Usmon Nusurov. — Tahririyatlar ham zamonaviy jihozlar bilan ta'minlandi.

“Jurnalistlar uyi”da o'tkazilgan tadbirda uyushma a'zoligiga qabul qilinganlarga a'zolik biletlarini uyushmaning viloyat bo'limi raisi Galoviddin Yo'ldoshev topshirdi. Bugungi kunda Qashqadaryoda katta taj­ribaga ega bo'lgan Husan Temirov, Mahmud Pirmatov, Yusuf Norov, Bo'ri Norqobilov, Qayum Rahimov, Oydin Anorova, Dilbar Kenjayeva, Saydali Nabiyev, Norbo'ta G'oziyevlarning boy hayotiy tajribalarini yosh jurnalistlarga ibrat qilib ko'rsatish mumkin.

— Yurtimizda ulkan islohotlar, bunyodkorlik ishlari davom etayotgan shu kunlarda O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining yangi nusxadagi a'zolik biletlari topshirilishi quvonchli voqea bo'ldi. So'z erkinligi, ochiqlik va oshkoralik jurnalistning asosiy ish mezoniga aylandi. Bundan keyin ham biz, faxriylar ijodiy taj­ribalarimizni yoshlarga o'rgatishdan charchamaymiz, — deydi faxriy jurnalist Husan Temirov.

Shavkat SULTONOV,

O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Qashqadaryo viloyat bo'limi  

“Faxriylar Kengashi”

raisi

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

eleven + fourteen =