Köngil qöşiği yoki faxriy jurnalist hayotidan hikoya

“…Çetdan qaragan kişiga romantik keçinmalarga boydek köringan jurnalistika, aniqroği, muxbirlik   kasbining pinhoniy maşaqqatlari talaygina. Buni boşidan keçirgan kişi biladi. Bu kasb sakkiz soatlik iş vaqtining ölçovu qoliplariga siğmaydi. Şoirona taʼbir bilan aytganda, “böronlardan halovat” izlaysiz. Jurnalistikaning noni qattiq deyilişi balkim, mana şu odoqsiz taşvişlariga işoradir?! Ayni damda öziga xos huzuru quvonçlari ham yöq emas. Bu kasbning quvonçu maşaqqatini teleradio tizimida viloyat muxbiri bölib işlagan kişi yanada teranroq idrok etadi. Aytadilarku, “boşidan keçirgan tabib” deb… Bu jaydari fikrlar qariyb qirq yillik umri mirzaçöllik çölquvarlar orasida   keçgan oqsoqol jurnalist Boqijon ota Imomovning hayotiy muşohadalaridir.

Hozirgi kunda 86 bahorni qarşilagan Boqijon ota Imomov mening maqsad-muddaomni jilmaygança boşlarini irğab tinglar ekanlar, taniqli şoirning:

“Muxbir yöli oğir hamda sermaşaqqat.

Biroq sizga şon keltirar har kun, har soat…” misralarini öqidilar va qarşisidagi stol ğaladonidan qoğozi uniqib sarğaygan bölsa ham yozuvlari tiniq, birinçi-ikkinçi betlarining tepa burçagi biroz yirtilgan gazetani olib menga uzatdilar. Uni avaylab uşlagança varaqlay boşladim. “Toşkent haqiqati”, 1957 yil, 10 sentyabr!” — yozuviga közim tuşdi. Xayolan sarhisob qilaman, qarang, bosmadan çiqqaniga, qariyb   oltmiş beş yil tölibdi… Gazetaning   içki ikkinçi va uçinçi betlaridan joy olgan “Işçi-qişloq muxbirlari harakati qudratli kuçdir” umumiy rukn ostidagi   maxsus qöş sahifa poytaxt viloyatidagi taşkilot va korxonalarning köp adadli gazeta va jamoatçi muxbirlar faoliyatiga bağişlangan edi. Qöş sahifadan “Işçi muxbir Boqijon Imomov” sarlavhali material ham joy olgan bölib, muallifi taniqli ustoz jurnalist (marhum) Ismoil Sulaymonov ekan. Maqola   şunday boş­lanadi: “Trud” gazetasining yangi sonini varaqlab ötirib, “Pensioner oilasida quvonç” sarlavhali lavhaga közim tuşdi. Material örtasiga surat joylaştirilgan. Suratda keksa işçi öz oila-aʼzolari bilan samimiy suhbatlaşib ötirgani aks ettirilgan. Lavha tagidagi muallifning familiyasi örnida “Boqijon Imomov, zavod tokari” degan sözlar yozilgan edi. Foto ham muallifniki edi…” Uşbu bitiklardan ham körinib turibdiki, Boqi ota bu kasbga talabalik partasidan emas, zavodda tokar bölib işlab hayot qozonida qaynab, pişib kirib kelgan. Men lavhani öqib çiqib u kişiga qaradim. Nigohimdan nima demoqçiligimni uqdilar çoği, “Çamamda, sizni muxbirlik faoliyatim, televideniyega qanday kelib qolganim qiziqtirayapti çoği, şundaymi? — deya menga savolomuz qaradilar. Xuddi şunday, degandek boş qimirlatib   tasdiqladim.

— Maktabda 7-sinfda öqiyotganimda dadam   menga “Komsomolets” rusumli fotoapparat olib bergan edilar. Şu-şu surat oliş va işlaş mening asosiy maşğulotim bölib qolgan. Bu haqda men öşa yillarda respublika radiosining ösmirlar haqidagi “Pioner ertaligi” eşittirişida ham gapirganman.

Köp ötmay, dadam qazo qilib, oilada oyim, men va ukam qoldik. Maktabni tamomlagaç men Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutiga sirtdan öqişga kirib, “Toşkent qişloq xöjalik maşinalari” zavodining tokarlik sexida şogird bölib iş boşladim. Ke­yinroq Toşkent ekskavator zavodiga tokarlikka işga ötdim. Sexda iş uç smenada taşkil etilgan edi. Ikkinçi yoki uçinçi smenada işlagan vaqtim kunduzi böş bölardim. Muxbirlikka bölgan qiziqişu iştiyoqimning yuqoriligi bois men radioning “Axborot”i va “Toşkent haqiqati” gazetasi uçun xöjaliklarga, korxona va taşkilotlarga borib xabar va lavhalar olib kelardim. Gazetalarga fotosuratlar işlab berardim. Suratkaşlik hunarini yaxşi egallaşimga “Toşkent haqiqati” gazetasining öşa paytdagi fotomuxbiri V. Salov ustozlik qilgan. Bundan taşqari men rus tilini yaxşi bilganligim bois Mos­kvada çiqadigan gazetalarga ham surat va lavhalar jönatib turganman. Şu sabab Mos­kvada bölib ötgan   “Trud” gazetasi işçi-qişloq muxbirlarining kengaşiga delegat bölib borganman.

Hovli-joyimiz kengroq bölgani uçun bir neça yil “Toşkent haqiqati” gazetasi xodimi, qişloq va dehqonlar hayo­tiga oid oçerk va publitsistik maqolalar ustasi jurnalist Solijon Mahkamov, keyinroq taniqli yozuvçi Xudoyberdi Töxtaboyevlar (ular bugun oramizda yöq. Olloh rahmat qilgan bölsin!) oilalari bilan biznikida ijarada turişgan. Ular bilan aka-ukalardek ahil yaşaganmiz. Ana şu ijodkorlarning taʼsiri bölsa kerak, men adabiyotga, xususan, jurnalistikaga qiziqişim orta borgan.

Bir kuni zavodning özim işlayotgan mexanika sexi işçilarining metal örniga arzon va çidamli plastmassa hamda kaprondan tayyorlayotgan yangi detal ixtirosini suratga tuşirib kelib respublika televideniyesining “Axborot” muharririyatiga topşirdim. Bu yangilikning afzalligi va ahamiyati haqida telestudiya xodimlariga ayt­gan edim, ular zavoddagi ixtiro töğrisida “özingiz efirga çiqib batafsil gapirib bering”, deb qolişdi. Korxonadan yangi yaratilgan   detallardan namunalar olib kelib buning amaldagi samarasi töğrisida “Axborot”da çiqiş qilganman. Ilk bor efirga çiqqan haya­jonli kunim hozir ham keçagidek esimda. “Toşkent haqiqati” gazetasi menga “ştatsiz muxbir” degan hujjat bergan edi. Şuning uçun tahririyatga tez-tez kelib turardim. Xodimlar bilan hamkorlikda gazeta uçun materiallar tayyorlar edik. Bunday yaqinlik meni bu kasbga öz-özidan ipsiz boğlab qöydi. Ayniqsa, öşa paytda sobiq ittifoqning eng maşhur naşrlaridan biri bölgan “Trud” gazetasining Toşkentdagi muxbiri Vladimir Aleksandroviç Knip bilan tanişuvim va uning kömagida uşbu gazetada xabar va lavhalarimning çiqib turişi mening jurnalis­tika kasbiga bölgan qiziqişimni yana oşirdi. Bir kuni Vladimir Aleksandroviç meni çaqirib yuqorida aytganimdek, Moskvaga — “Trud” gazetasi taşkil qilayotgan   işçi-qiş­loq muxbirlar kengaşiga borişimni va tayyorlanişimni aytib qoldi. Öşa vaqtdagi haya­jonli damlarni sözlaşimga til ojiz. Biroq tört kun davom etgan bu yiğin men uçun öziga xos bir maktab böldi. U yerda menga zamonasining maşhur yozuvçi-şoirlari va jurnalistlari bilan uçraşib suhbatlaşiş nasib etdi…

Boqijon ota bir nimani eslamoqçi böldilarmi, negadir birdan gaplaridan töxtab öylanib qoldilar, men gurungga yana qör beriş uçun,   “demak, telemuxbirlikka zavodning tokarlik sexidan kirib kelgan ekansiz-da?” dedim.

— Ha, şunday bölgan, deya hikoyasini yana davom ettirdi, Boqijon aka.— Şu tariqa men 1958 yilda işdan-işga ötkaziş asosida Respublika televide­niyesiga muharrir-muxbirlik vazifasiga tayinlandim. Bu yerda mening kasbiy mahoratim yanada oşdi. Ayniqsa, öz davrining malakali kino tas­virçilari   Pölat Rasulov, Feruz Alimov, Sobit Salimov va foto-surat ustasi Vladimir Panovlar bilan birga işlab tasvirga olişni ham örganib oldim. U paytda hozirgidek zamonaviy kamera va montaj texnikalari qayoqda, hatto yetti uxlab tuşimizga ham kirmagan. Biz işlagan davrdagi baʼzi bir voqealarni aytsam bugungi kişilarga afandi latifasidek tuyulişi mumkin. Lavha va reportajlar foto va kinoapparatlar yordamida tasvirga olinib, tas­virli plyonkalar qayçilanib bir-biriga ulaş orqali montaj qilinardi. Öşa yillari Mirzaçölni özlaştiriş işlari avjiga çiqqan va çölquvarlar faoliyatini yoritiş eng dolzarb masala edi. Şunday kunlarning birida menga rahbarlar sörayotganini aytib qolişdi. Uçraşsam, Mirzaçölga muxbirlikka taklif etişdi. (Öşa paytgaça respub­lika televide­niyesining biron-bir viloyatda muxbiri bölmagan). Men sira ikkilanmay rozi böldim. Şunday qilib kaminaga Res­publika televide­niyesining qaldirğoç viloyat muxbir-ope­ratori böliş nasib etgan. Yöllanma bilan Sirdaryo viloyatiga otlandim. Gulistonga borib viloyat partiya qömitasining mafkura işlari böyiça kotibiga uçraşdim. U qozoq millatiga mansub kişi ekan. Gap­larimni tinglay turib: — “Guliston şahrida turuvga joy jöq-ku” dedi. Men yaqin atrofdagi şaharmi yoki tuman markazidan bölsa ham mayli, dedim. U biroz öylanib turib Yangiyer şahriga borişim mumkinligini aytdi. Şunday qilib oilam bilan köç-köronimizni orqalab Yangiyer şahriga köçib ketdik. Qöriq yer özlaştiruvçilar hayotini yoritiş mavzusi öşa davr uçun öta muhim va dolzarb edi. Yana şu yillarda Şirin şahrida “Sirdaryo GRESi qurilişi ham avjida borardi. Hukumatning diqqat-eʼtiboridagi bu obʼyekt­dan har kuni telelavha va reportajlar tayyorlardim. Bugun aytişga oson, lekin u paytdagi ibtidoiy kinoapparat bilan tasvirga olib montaj qilişning özi bir muşkul iş edi. Qölimda yarim professional “Admira” rusumli kinokamera bölar edi. U vaqtlarda bunga öxşaş rusumli kinoapparat kam bölib, maxsus batareykasi yöq edi. Tajribali hamkasblar faqat mototsiklning akkumulyatoridan foydalaniş mumkin deb maslahat berişdi. Bir kuni bu matohning atroflarini latta-lutta bilan örab va kameraga ulab tasvir olişga çiqdim. Kelib ne bir köz bilan körayki, nimadir bölib, akkumulyatordan toşib çiqqan kislota butun ust-boş kiyimlarimni ilma-teşik qilib yuboribdi. Öz ahvolimga boqib yiğlaşimni ham, kulişimni ham bilmay qolganman öşanda.

Buyam mayli, ayniqsa, telelavha yoki reportajni poytaxtga yetkaziş judayam azob edi. Ayniqsa, texnik jihatdan nosoz çiqib qolsa bormi, bu yoği dard ustiga çipqon bölardi. Şuning uçun “Axborot”ga tayyorlangan “material” ni poytaxtga   özim yoki turmuş örtoğim Yaşna Nabiyeva olib kelardi.

Mening yumuşlarimga kömaklaşaverib asta-sekin u ham jurnalist bölib ketgan. Hamşiralik kasbidan voz keçib uzoq yillar Yangiyer şahar gazetasi va radiosida avval xodim, keyin muharrir bölib xizmat qilgan. Lavhani özim poytaxtga   olib kelgan kezlarimda montaji muvaffaqiyatli tugab efirga ketişi aniq bölgaç şu zahotiyoq Sirdaryoga jönaganman. Yölda keta turib efir vaqti yaqinlaşib qolsa tepasida antenna köringan uy   oldida avtobusdan tuşib öşa xonadonga “çaqirilmagan mehmon” bölib kirib borib televizorini qö­yişini iltimos qilardim. Lavhamni körib köng­lim joyiga tuşgaç, yana Yangiyer şahriga ravona bölardim. Bu gaplarim hozirgi kişilarga eriş va kulgili tuyulişi aniq, biroq, ne bir maşaqqatlar bilan özing tayyorlagan lavhangni efirda körişning zavqi bölakça-da. Xullas, biri-biridan muhim va dolzarb mavzuda olingan lavha va reportajlarim “Axborot”da töxtovsiz berilar edi. Öşa vaqtdagi “Axborot” muharririyatining   rahbari Anvar Tojiyevning hozirjavob jurnalistligi menga maʼqul edi. Viloyatda böladigan tadbirlarni yoritiş haqida telefon orqali boğlanib Anvar akadan sörasam, u kişi qisqa qilib “oling va tez yetkazing” derdilar.   Muxbir-operator sifatida transport masalasida qiynalib yurgan kezlarimda poytaxt menga himmat qilib xizmat uçun eskiroq bölsa ham ikki örindiqli “Moskviç” rusumli (xalq tilida peraşkavoz deyiladi) usti kabina balandligida yopiq maşina berişgan. Keyin hartugul Sirdaryoning uzoq tumanlariga borişim ança osonlaşgan…

Boqijon ota piyoladagi çoydan xöp­lab turib, biz qalamkaşlar xoh u jurnalist, xoh yozuvçi, yo şoir bölamizmi, bitta öxşaş jihatimiz bor. Biz kayfiyat va köngil odamlarimiz. Beş barmoğimiz bir tekis bölmaganidek, bizga hamma joyda ham risoladagidek bir xil muomalada bölişmaydi. Öz örnida obʼyektlardagi işlarning yaxşi-yomonligiga qarab (rahbarlarining kimligi va muomalasidan qatʼi nazar) bizning ham voqelikka yondaşişimiz turlanişi ham bor gap.

Nazarimda inson qalbida qandaydir sirli bir qöşiq bor. U ovozini baralla qöyib kuylamas balki uni. Hatto xirgoyi ham qilmasligi mumkin. Biroq botindagi ana şu sirli qöşiq uning umriga yöldoş, hayotiga hamroh bölib qolaveradi. Jurnalist navbatdagi qahramoni bilan gurunglaşa uning köngil torlarini çertişga, botiniy dunyosidagi sirli qöşiqni tinglaşga urinadi. U qoğozga tuşirgan bitiklarda davrning talabi-yu siyosati ustunlik qildimi, tamom bu ismsiz sirli qöşiq köngilga zuhurlangança botinida qolib ketaveradi. Biroq ayozdan omon qolgan maysadek özining hayotbaxş yaşil havosi bilan uni ertangi kunga çorlab odamlar orasiga yetaklayveradi.

Ha, ijodkor umri poyoniga yetişi mumkin, ammo u aytgan sözning sönggi bekati yöq. Garçand SÖZ ruhiy ozuqa sifatida eʼtirof etilsada, buni hamma birdek tuşunmaydi, his etmaydi. Biroq kimlargadir qamçindek botişi, kimlarnidir parvozga şaylaşi bilan ham söz öz qudratini amalda namoyon etadi. Biroq ijodkor qalbidan köçgan söz-tuyğular timsolida u köngillarga kirib boraveradi. Bu fikrlar oqsoqol jurnalist Boqijon otaning mulohaza-yu muşohadalarining hosilasi sifatida könglimdan keçdi.

Oçil TOHIR,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan