Layka va uning bolalari

Öşanda toğam menga erta bahorda bir kuçukça olib kelgandi. Biram çiroyli ediki, körganlarning havasi kelardi. Unga “Layka” deb laqab qöydim. Avvaliga hadiksirab turgan kuçukça, tezda bizga örganib qoldi. Irğişlab öynab, ortimizdan çopadigan böldi. Köça-köyda yursam, hamrohim edi.

Yillar ötdi. Kuçugim qahraton qiş faslida bolaladi. Sovuq yuzni çimçilar, kuçukçalar esa onasining pinjiga suqilib, dağ-dağ qaltirardi. Jovdiragan közlari bilan menga maʼyus tikilgan Laykani körganda yuragim ezilardi. Çunki, haqiqatan ham sovuq edi-da. Uyda mendan boşqa heç kim yöq, ota-onam opamnikiga mehmonga ketişgandi. Men bolaligimga borib, “It-ku, heç narsa bölmas”, deya beparvolik qilibman. Laykaning iltijoli qaraşlarini tuşun­mabman. Otxonamiz oldidagi eski, kiçkina, tepasi qulab ketgan tomçada Layka bolalarini bağriga olib, avaylab, ularning ustidagi qorlarni yalab-yulqab tillari bilan tozalardi.

Erta tongda itimning uvillaşidan çöçib uyğonib ketdim. U goh men tomonga, goh otxona oldidagi tomçaga qarab yugurar edi. Men ham nima gapligini bilmasam-da, öşa yoqqa qarab yugurdim. Qarasam, törttala kuçukça ham sovuqdan qotib qolibdi…

Layka esa hamon bolalarining boşida töxtovsiz ğingşirdi. Sovuqdan qaltirayotgan bölsa-da, nari ketmas, ulardan nigohini uzmasdi. Uning közlaridan yoş şaşqator bölib sizar, sovuqdan qotib qolgan bolalarining atrofida gir aylanar, tinimsiz ğingşirdi. Men esa sovuqdan qaltirab egnimga biror narsa kiyiş uçun uyga çopdim. Atigi beş daqiqada oyoğimdan ötgan sovuqqa çidolmadim, ana şunda keçagina onasining issiq taftidan ajralgan kuçukçalar tun böyi qançalar qiynalganini ang­lagandim.

Özimni juda yomon körib ketdim!

Tuşga yaqin kuçukçalarni boğ çetidagi xoli yerga kömiş uçun otxonamiz yonidagi tomçaga bordim. Iç-içimdan ularga açinardim. Kuçuklarni olaman deb enkayganimda Layka, bolalarimdan qö­lingni tort degandek, vajohat bilan irilladi, çöçib orqaga tisarildim. Keçagina men bilan döst bölgan, oyoq-qöllarimdan mehr bilan yalagan itning közidagi çeksiz ğazabni körib dahşatga tuşdim. Layka esa darrov sovuqda qovuşib yotgan ölik bolalarini yana bağriga oldi…

Ha, u paytlar ança yoş edim. Balki, Laykani tuşuna olmagandirman. Ammo yapon kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Xatiko” filmini tomoşa qilganimdan söng, hattoki, itlarda ham soğinç, mehr-muhabbat, sadoqat kabi xislatlar borligini anglaganman. Bu film haqida nimadir yozmaslikning, ijodkor böla turib qalam tebratmasliknig iloji yöq edi.    

Aslida, voqea hayotiy bölib, Xatiko “akita-inu” zotiga mansub kuçukçani 1923 yilda Tokio universitetining professori Xidesaburo Uyenoga sovğa sifatida berişadi. Xatiko xöjayiniga juda boğlanib, deyarli uningsiz turolmaydi. Ozgina katta bölgaç, u professorni “Sibuya” temiryöl stan­siyasiga kuzatib qöyadigan, keçki payt esa uni kutib oladigan böladi. Biroq… kunlardan birida uning xöjayini qaytib kelmaydi. 1925 yilda Xidesaburo Uyeno talabalarga dars ötayotgan vaqtida tösatdan yiqiladi, uning miyasiga qon quyilgan edi… Şifokorlar professorni saqlab qololmaydilar.

Öşa maʼşum kunda professorning qaytmaganiga qaramasdan Xatiko har kuni stansiyaga kelişni kanda qilmas, nigohlari bilan taniş çehrasini qidirar edi. Vafodor it xöjayini kelişini 9 yil kutib yaşaydi. Şunça yil mobaynida kutişdan çarçamagan, uning qaytişidan umidvor bölgan sadoqatli itga köçadagi şafqatsiz hayot şaroiti öz taʼsirini ötkazmay qolmaydi.

Buni qarangki, u ölgan kun butun Yaponiyada motam kuni deb eʼlon qilinadi. “Sibuya” stansiyasida sadoqat timsoli hisoblangan Xatikoga atab haykal örnatiladi. Ammo 1943 yil Ikkinçi jahon uruşi uçun qurol-aslahalarga metall kerak bölgani bois Xatikoning şarafiga örnatilgan haykalni buzişga töğri keladi. Lekin haqiqiy döstning sodiqligini unutmagan yapon xalqi Ikkinçi jahon uruşi nihoyalaşi bilan haykalni qayta tiklaşadi. 1987 yilda esa Xatikoning şarafiga işlangan film premyerasi bölib ötadi. Oradan heç qança vaqt ötmay, filmning amerikalik kinoijodkorlar tomonidan işlagan versiyasi ham katta ekranlarga çiqadi va millionlab insonlarning qalbini zabt etadi…

Ha, Xatiko özining çeksiz sadoqati, mehr-muhab­bati bilan hamon yapon xalqining yodida yaşamoqda. Balki, mening Laykam bilan röy bergan voqea Xatikoning sarguzaştlaridan keskin farq qilar, ammo…

Ertasi kuni kuçukçalarni dala şiyponimizning bir çetiga kömib keldim. Layka esa tanholikda yaşaşga “mahkum” böldi. U ovqatdan uzilgan, kun böyi uyçasidan çiqmay yotardi. Oradan bir haftalar ötgaç u ğoyib böldi. Izlab bormagan joyim, söramagan odam qolmadi.

Keyinçalik Layka itimizni bolalari kömilgan daladan topdik. Tuproqqa belanib yotar, oyoqlari tirnalgan, göyoki jigarbandlarini yerning ostidan çiqarib olişga uringan-u, buning uddasidan çiqa olmay ölib qolgan edi…

Ötgan yili yozgi taʼtilda qişloqqa borganimda qiziq holat yuz berdi. Tovuğimiz yangi jöjalar oçgan ekan. Bir jöja közimga çiroyli körinib ketdi. Uni qölimga olib, erkalab biroz öynadim. Jöja esa tinmay çiyillar, tipirçilardi. Şu onda qayerdandir paydo bölib qolgan ona tovuq meni çunonam çöqib taşladiki, zörğa qoçib qutuldim. U xurpayganiça “qur-qur”lab bolalarini qanotlari ostiga yaşirib oldi. Öşa mahaldagi holatimni körsangiz edi, öz-özimdan qotib kulardim, bir-da esa bolalariga mehribon ona tovuqqa mehrim ortardi.

Jigarbandining çiyillagan ovozini eşitib, qanot qoqmay uçib kelgan, bolasini mening “çangalimdan” tortib olib, himoyasiga olgan bu jonzotni “ongsiz” deyoolmay qoldim. Şu örinda, ijtimoiy tarmoqlar yoki televizor orqali öz bolasini taşlab ketayotgan, arzimas pulga sotib yuborayotgan ayrim “ona”larni kuzata turib, Layka yoki tovuq bilan bölib ötgan voqealar xayolimdan ötaveradi.

Nahotki, şu “ongsiz jonzot”larning aqli yetgan tuyğularga ongli aqlimiz noqislik qilib qolgan bölsa?

Qiziq, hatto jonzotlar sadoqatdan, odamiylikning baʼzan anglab, baʼzan anglab bölmas sifatlaridan saboq berib turgandek tuyuladi.

Islom ASILBEKOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan