Kangulning şoiri
(Ikrom Otamurod ijodiy portretiga çizgilar)
Odatda, şeʼrxonlarning şoirlar bilan tanişuvi ikki xil böladi. Birinçi holatda şeʼrxon şoirning ijodidan xabardor bölsa-da, özi bilan yuzma-yuz körişişiga makon va zamon omillari monelik qiladi. Ikkinçi holatda ular bir zamon va makonda yaşagani tufayli şeʼrxon şoirning hayot va ijod yölidan bevosita xabardor bölib, hattoki u bilan özaro muloqot qiliş imkoniyatidan ham foydalanadi.
Xalqimizning isteʼdodli şoiri Ikrom Otamurod bilan tanişligimiz ana şu ikkinçi holatga mos keladi. Ikrom aka XX asrning 70-80-yillarida adabiyot maydoniga qadam qöygan ijodkorlar avlodiga mansubdir. Taniqli şoir bugungi kunga qadar milliy şeʼriyatimizda öziga xos ijod namunalari, qolaversa, önlab dostonlari bilan şeʼriyat muxlislari qalbini zabt etgan.
Sözga – sodiq, işda – sobit ijodkor
Ikrom Otamurod 1951 yil 5 may kuni Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Kasbi qişloğida tavallud topgan. Komilon qişloğidagi örta maktabda öqigan. Söngra 1969-1974 yillarda Toşkent davlat universitetining (hozirgi Özbekiston Milliy universitetining) jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1975 yildan buyon “Şarq yulduzi” jurnali tahririyatida uzluksiz işlab kelmoqda.
Ikrom akaning şarofati bilan jurnal tahririyatida katta adabiy muhit şakllangan. Ötgan 46 yil davomida u yuzlab yoş şoirlarga ustozlik qilgan, ularning kitoblari va şeʼriy turkumlarini çop etiş uçun şaxsiy taşabbus va amaliy yordam körsatgan. Hozirgi kunda Ikrom Otamurodning şogirdlari xalq şoirlari, maşhur ijodkorlar darajalariga erişgan bölib, ular ustozning sözga sodiqlik saboğiga sobitlik bilan amal qilmoqdalar.
Şu maʼnoda, Ikrom Otamurodning milliy adabiyotimiz rivoji yölidagi ijodiy va ijtimoiy faoliyati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanganini qayd etiş muhim, deb öylaymiz. U 1999 yili “Döstlik” ordeni, 2019 yilda “Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
Yurtimizning çekka qişloğida tuğilib-ösgan bir yigitning ötgan davrda şunday zabardast şoir bölib kamol topgani bejiz emas. Bu, bir tomondan, Yaratgan Egam bandasining qalbiga söz işqini jo etgani şarofati bölsa, ikkinçi tomondan, isteʼdod sohibi öziga berilgan ana şu maʼnaviy neʼmatni neça ön yillar davomida halollik bilan parvarişlab kelayotgani samarasi, uçinçi tomondan, şoirning kindik qoni tomgan tuproqda xoki-poklari yotgan aziz-avliyolar ruhiy madadkorligi sababli hamdir.
Filologiya fanlari nomzodi Uzoq Jöraqulov şoirning “Jadval” dostoni haqida yozgan maqolasida Navoiy va Ogahiy şeʼriyatida uçraydigan “huzn” fenomeni haqida töxtalar ekan, şu kabi holatlarga eʼtibor qaratgan. Bugungi kunda tilimizda huzn – qayğu, ğam, hasrat degan tor maʼnoni anglatadi. Olis ötmişda esa bu tuşunça olam va odam haqida universal muşohada yuritiş vositasi bölib xizmat qilgan.
“Ikrom Otamurod şeʼriyatiga bu ohang qayoqdan kelib qoldi?” degan savolni örtaga qöyadi taniqli adabiyotşunos olim. Söng özi javob qaytaradi: “Fikri ojizimça, buning ikki muhim asosi bor: biri qon yodi, ikkinçisi uluğ yoş fazilati. Qon yodi deganimning boisi şuki, Ikrom Otamurodni köpdan taniganlar uning qiyofasi, sözlaş, şeʼr öqiş maromi va hatto, qadam olişida ham huzn xossasini anglaydilar. Demak, huzn Ikrom Otamurod uçun ota-bobolaridan kelayotgan, biroq maʼlum muddat unutilgan, ustini gard bosgan bölsa-da, bugun qayta uyğongan meros, tabiiy özgarmas fazilatdir”.
Kasbi tarixiga bir nazar
Ikrom Otamurodning ijodida ona qişloği Kasbiga atalgan şeʼrlar köp. Mana, bu haqdagi bir şeʼridan parça:
Boraman Kasbi, boraman bir kun,
boraman soğinib-soğinib.
Boraman ruhimda barg yozgan tökin
gullarning tökilgan çoğiri.
Kasbi uzoq ötmişda Nasaf, yaʼni hozirgi Qarşidan ham katta şahar sanalgan. Buyuk ipak yöli aynan şu yurtdan ötgan. Mazkur hududda önlab karvonsaroylar va sardobalar bölgan. Şu sababli bu yerda maʼnaviyat va iqtisodiyot özaro uyğunlikda yuksala borgan.
Eng muhimi, Kasbi azaldan yirik qasabalardan hisoblangani, şahristoni, raboti, kuhandizi – mustahkam qalʼasi bölgani, mahallalari muhofaza etilgani, karvonsaroylari tojirlarga xizmat qilgani, bozori, masjidlari işlab turgani uşbu hududning öşa davr ruhi bilan gavjum va jöşqin hayot keçirişiga yöl oçgan.
Bu, öz navbatida, Kasbida diniy va dunyoviy ilm-fanning rivoj topişi, mazkur zaminda uluğ allomalar, aziz avliyolar yetişib çiqişi misolida yaqqol közga taşlanadi. Şunday uluğ avliyolardan biri Sulton Mirhaydar ota bölib, asl ismlari Xoja Şamsiddin ibn Şayx Jamoliddindir.
Bugungi kunda Kasbining qadimgi şahristonida joylaşgan Sulton Mirhaydar ota nomi bilan ataladigan ziyoratgoh Qaşqadaryodagi eng yirik qadamjolardan hisoblanadi. Aslini olganda, Hazrat Sulton Mirhaydar ota meʼmoriy yodgorlik majmuasi — nafaqat Özbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi maşhur ziyoratgohlardan biri.
Şu örinda qariyb öttiz yildan buyon kasbiliklar kaminaga işonç bildirib, parlament saylovlarida deputat etib saylab kelayotganlarini ham faxr-iftixor, ham masʼuliyat hissi bilan taʼkidlamoqçiman. Men har gal Kasbi tumaniga kelganimda, albatta, Hazrat Sulton Mirhaydar ota qadamjosini ziyorat qilaman.
Manbalarda Alişer Navoiy va Sulton Mirhaydar ota hamda Kasbi bilan özaro boğliq maʼlumotlar ham uçraydi. Jumladan, Navoiy hazratlarining onasi Kasbidan bölgani va u zot volidasini Mir Haydar ota qabri yonida dafn etgani haqida öqigandim.
Zamondoş şoirimiz Ikrom Otamurodning ajdodlari ham şu tuproqda yotibdilar. Şoir otasidan juda erta ayrilgan. Salomat aya yolğiz öğlini yolğiz özi voyaga yetkazgan, poytaxtda öqitgan, uyli-joyli qilgan, şu tariqa el-yurtga dilbar bir şoirni yetkazib bergan.
Öğil ham doim onasining xizmatida turgan, sönggi damlarigaça yonida bölgan. Söng Toşkentdan Kasbiga olib qaytgan. Ikrom Otamurod öz onaizoriga bağişlangan bir şeʼrida öşa ğamgin xotiralarini şunday ifodalagan:
Kasbining bejirim, qadim tufroği
Qon-qoniga singib ketgandi qat-qat.
Derdi: “Men Kasbining bitta urvoği,
Köz yumsam, Kasbiga qöyasan faqat!”.
Sulton Mirhaydar ota kim bölgan?
Ikrom Otamurodning ona qişloğiga bağişlangan şeʼrlaridan birida şunday misralar bor:
Kasbidan qaytiş… Dönar maşaqqat –
sukunat qaʼridan tökilar paydar.
Qatida qadim sadolar qat-qat —
Qörğon…
Sardoba…
Sulton Mirhaydar.
Ikrom Otamurodning şeʼrlarida möʼtabar nomlari köp tilga olinadigan Sulton Mirhaydar ota (töliq ismlari: Amir Şamsiddin Mir Haydar Ali Xoja Haydar Xurosoniy) – Yassaviya maktabining yirik vakillaridan biri, Hakim ota va Zangi otaning maşhur şogirdi bölganlar. Ul zot 1275 yilda Xurosonda, Şördaryo böyidagi Qoyim (Qayin) şahrida tuğilgan.
“Manoqibi al xos al xoja Mir Haydar Sulton” kitobidagi maʼlumotlarga qaraganda, Xoja Şamsiddin, yaʼni Sulton Mirhaydar otaning dunyoga kelişi Hazrat Zangi otaning möʼtabar ustozlaridan biri – Hakim ota (Sulaymon Boqirğoniy) tomonidan başorat qilingan. Hakim ota bu xuşxabarni Sulton Mirhaydar ota tuğilmasidan avval ul zotning amakisi Hazrat Sayyid Muhammad Abdullohga aytgan.
Otalari – Jamoliddin Şayx madrasada dars berib, talabalarga ilm örgatgan. U kişi kitob dökonlariga ega bölgan. Özlari ham kitoblar bitgan, kitoblarga jildlar tayyorlaş va tuşgan varaqlarini yozib tiklaş bilan şuğullangan. Barça ilmdan voqif va botiniy ilm sohibi bölgan. Onalari – Mohinurbibi çevarlik kasbi bilan maşğul bölgan, kiyim-keçaklar tikkan.
Jamoliddin Şayx öğli Xoja Şamsiddinning tarbiyasini, manbalarda qayd etilişiça, çaqaloqqa ota-onalik qilişni ukasi Sayyid Muhammad Abdulloh va kelini Sokinayinurga işonib topşirgan. Sayyid Muhammad Abdullohning öz farzandi bölmagan, Xoja Şamsiddinni tarbiya qilgaç, özlari ham farzandli bölgan.
Kasbida, şuningdek, xom ğiştdan şahar devori va sakkizta madrasa barpo etilgan. Bu madrasalarda Xoja Şamsiddinning mingdan ortiq şogirdlari tarbiya topgan. Odobda, sunnatda, ilmda mustaqil şayxlar, ilm ahli kamolga yetgan. Ularning barçasi jahriya hamda xufiya zikrda bölgan. Şu tariqa Xoja Şamsiddin Sulton Mirhaydar ota bu yerda öz maktabini yaratgan.
Sulton Mirhaydar ota 92 yoşida, yaʼni 1366 yilda vafot etgan va Kasbida dafn etilgan. Sulton Mirhaydar otaga atab tarixda uçta qabrtoş qöyilgani haqida maʼlumotlar mavjud bölib, birinçi qabrtoşni Amir Temur qöygan.
Hazrat Sulton Mirhaydar ota öz zamonasining amiri sifatida tegişli muhr va maqomga ega bölgan. Bu zotning nomi nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Pomir va Kavkaz xalqlari, Iroq, Eron, Turkiya hamda arab mamlakatlari, xususan, Makkai mukarrama va Madinai munavvarada, hatto Yevropada — fransuzlar orasida ham maşhurdir.
Manbalarga qaraganda, Xoja Şamsiddin yetuk olim va halim inson bölgan. Xalqimiz tilida barhayot rivoyatlarga köra, Sulton Mirhaydar ota daştu çöllarda poda boqib, Zangi otaning tayoği xosiyatidan makondan-makonga köça olgan sohibkaromat inson bölgan. Goh ötinçi, goh çöpon, goh dehqon, goh boğbon, goh şayx, goh mudarris, goh imom bölib, barça diniy va dunyoviy ilmlarni egallagan.
Zangi ota, Çöpon ota, Ishoq ota, Mirhaydar ota — bu zotlarning hammasi ham şu kabi xislatga ega bölganlar. Ular uçun yer supradek bölgan, ularning botiniy közlari oçiq bölgan.
Demakki, Ahmad Yassaviy hikmatlarini öqigan, Hakim ota va Zangi ota taʼlimotlaridan xabardor bölgan har qanday inson Sulton Mirhaydar otaning şaxsi va faoliyatini anglab yetadi. Çölu biyobonlarni kezib oşiq böliş, nodonlardan yiroq yuriş, Allohning hol zikrini aytib keça-kunduz bedor böliş, sir olamidan saboq oliş, şariatdan maʼrifatga yetiş, tariqatni egallaş – bularning barçasi Sulton Mirhaydar ota sulukida öz aksini topgan.
Bu haqda batafsilroq töxtalganimizning boisi Ikrom Otamurod Ahmad Yassaviy hikmatlari hamda Hakim ota, Zangi ota va Sulton Mirhaydar otaning taʼlimotlaridan yaxşi xabardor ijodkor ekaniga eʼtibor qaratişdir. Uning şeʼr va dostonlaridan ana şu uluğ zotlarga xos ilohiy ruh va söfiyona maʼrifat böy körsatib turganiga uşbu misralar ham yaqqol misol böla oladi:
Siz bilan sen libosin farqin anglolmoğonlar,
Hikmati maʼnolarin mağzin çaqolmoğonlar,
Köksiga bino qurgan nafsni yiqolmoğonlar,
Yassaviyga xeş emas, hazratga eldoş emas.
Kangul jilvalari aks etgan şeʼrlar
Ikrom Otamurod öz tengdoşlari orasida falsafiy muşohadasi kengligi, minbar şoirlariga xos notiqligi bilan ajralib turadi. Şoir ijodiga bağişlangan adabiy davralar va ilmiy tadqiqotlarda “Uning ijodidan ustoz Maqsud Şayxzoda nafasi ufurib turadi” degan fikrlarga ham duç keliş mumkin. Bu bahoni eʼtirof sifatida qayd etgan holda, Ikrom akaning şeʼriyati betakror va öziga xos ekanini alohida taʼkidlaş lozim.
Taniqli adabiyotşunos olim Qozoqboy Yöldoşev taʼbiri bilan aytganda, “Ikrom Otamurod nozik ruhiy holatlar, latif hissiyotlar, inja tuyğularni zamzamali tasvir etişga mohir, hayot hodisalarini emas, uning köngildagi jilvalarini ifodalaşga moyil şoir. U inson köngli mavjlarining guldan-da nozik, şudringdan-da omonat, bulutdan-da beqarorligini biladi va har şeʼrida ruhiyatning ana şu betakror tovlanişlarini muhrlaşga intiladi”.
Avvalambor, Ikrom aka şeʼrlarida “köngil” sözini “kangul” şaklida yozişi va nutqida ham xuddi şunday talaffuz etişi şeʼriyat muxlislariga juda taniş holat ekanini eslatiş joizdir. Bunga birgina misol:
Sözlasang,
sözingda körinib turmasa kanglung,
yolğon dönar,
yolğon dönar bundayin sözing.
Ikrom Otamurod kangul sözini jonu dilidan sevadi, mudom kangulga sayr etadi va kangulda yaşaydi. Hayotu ijodida kangulga sadoqat körsatib kelayotgani uçun u hatto “Kanglum” degan samimiy kunya (laqab) ham orttirib olgan. Bu ham şoirning “kanglu” dard neʼmatiga boy, özi esa xokisor “ahli dard”lardan biri ekanining ajib bir tasdiğidir. Zero, şoir yozganidek:
Kanglum, mendan bölak kiming bor sening,
kanglum, sendan boşqa mening kimim bor!
Ne desang deguvçi — yolğizim mening,
ne aytsam aytguvçi — özing xokisor.
Ikrom Otamurodning dastlabki şeʼriy töplami — “Vaqt ranglari” 1982 yilda naşrdan çiqqan. Şundan keyin “Janub quşlari” (1984), “Törğayli manzillar” (1985), “Ufqlar orti bepoyon” (1987), “Uzoqlaşayotgan oğriq” (1990) şeʼriy kitoblarini çop ettirgan.
Ötgan asrning 90-yillaridan boşlab şoir şeʼriyatida lirik-falsafiy yönaliş ustuvorlik kasb etganini kuzatiş mumkin. Xususan, “Sopol siniqlari” (1994), “Ruhimning qayğusi” (1996), “Içkari va taşqari” (1997), “Sen” (1999) kabi şeʼriy töplamlari va dostonlari qalbga yanada yaqinligi, toza va samimiy tuyğularga töyinganligi bilan kitobxonga manzur bölgan.
Ayni paytda “Kanglum özing” (2002), “Tavr” (2005), “Tağazzul” (2008), “Xaritaga tuşmagan joy” (2011), “Muqaddar” (2012), “Yobondagi yolğiz daraxt”, “Quş” singari şeʼriy kitoblari va dostonlarida insoniy haqiqatni axtargan şoirning betakror badiiy usuli va ijodiy mahorati eʼtiborni tortadi. Yaqinda şoirning “Huviyyat” şeʼriy töplami kitobxonga taqdim etildi.
Şaklan siqiq va ramzlarga boy dostonlar
Mustaqillik yillari poemanavisligida Ikrom Otamurod şeʼriy dostonlarining soni va maʼnaviy salmoği böyiça yetakçi örinlarda turadi. Yangi davr dostonlari haqida söz borganda, bir qator adabiyotşunoslar Ikrom akaning dostonlariga xos siqiqlik va ramzlarga boylik fazilatlarini alohida eʼtirof etganlari diqqatni tortadi.
Avvalo, Ikrom akaning falastinlik şoir Muin Bsisuga bağişlab 1986 yili bitgan “Yarador umid otlari” dostoni 80-yillar özbek şeʼriyatida sezilarli voqea bölgani bu fikrimizni tasdiqlaydi. Dostonda xorijlik ijodkor obrazi orqali inson qalbining tölqinlari, mustaqillik haqidagi orzulari, ona yurt obrazi kuçli his-hayajon bilan ifodalangan.
Şundan söng şoir falsafiy muşohada bilan yöğrilgan uslubiga sodiq qolib, 1990 yili “Uzoqlaşayotgan oğriq” dostonini yaratdi. Bu asarda odamlarni tobora tark etib borayotgan eʼtiqod, burç, insoniylik tuşunçalari qalb tuğyoni, vijdon azobi, yurak qoni bilan badiiy tadqiq etilgan.
Söngra “Sopol siniqlari”, “Iztiror”, “Tağazzul”, “Yobondagi yolğiz daraxt”, “Içkari… Taşqari”, “Istarim”, “Xaritaga tuşmagan joy”, “Quş” singari şeʼriy dostonlar dunyo yuzini kördi.
Ikrom Otamurod ommabop şoir emasligi, uning şeʼrlaridan rosmana zavqlaniş, ayniqsa, dostonlaridagi maʼrifat yoğdularidan teran bahra oliş uçun mumtoz adabiyotimiz va til boyligimizdan ozmi-köpmi xabardorlik talab etilişini ham oçiq aytiş kerak. Biz Ikrom aka ijodida qöllaydigan “ajabtovur” sözlarni nazarda tutayapmiz.
Şoirning özi suhbatlaridan birida bu haqda şunday degan: “Men qöllagan barça sözlar, jumladan, siz notaniş, ğalatiroq deyayotganlaringiz tilimizda, gaplaşuv yösinimizda bor. Şevalarimizdagi har bir söz – xalqimizning boyligi. Ularni adabiy tilimizga olib kirişimiz, undan barçani bahramand etişimiz lozim”.
Ikrom Otamurod taniqli tarjimon hamdir. U jahon adabiyotidan Uolt Uitmen, Pablo Neruda, Yevgeniy Yevtuşenko, Öljas Sulaymon kabi öz ruhiyatiga yaqin şoirlarning şeʼr va dostonlarini yuksak badiiy mahorat bilan ona tilimizga tarjima qilgan.
Şoirning asarlari turk, arab, bulğor, rus, moldovan, ozarbayjon, qozoq, qirğiz, tojik, gruzin tillariga ögirilgan va çop etilgan.
Akmal Saidov,
Akademik, Özbekiston Yozuvçilar
uyuşmasi aʼzosi
