Öylab körsak… öynab gapirsang ham, öylab gapir, bloger!
Oçiği, gapimizni “Bloger jurnalist emas” degan qatʼiy fikrdan boşlamoqçi edik. Ha, aynan şunday! Hatto “blogerning eng mahoratlisi ham jurnalist böla olmaydi”, deb izidan yana qöşib ham qöymoqçi böldik. Yana “şaytonga hay berdik”.
Bilasizmi, nega?
Qarasak, qizişib ketayotganimizni sezib qoldik.
Bu balki hali oçiqlik va oşkoralik kabi prinsiplar boş unsurlari bölgan demokratik muhitda, jamiyatda yaşaşga könikmaganimizdan. Ötmişda qolgan, töğriroği qolayotgan, mustabid va biqiq zamonlarning taʼsiri —mutaassiblik, özganing fikriga toqatsizlik qonimizu ongimizni “tark etmaganidan” ehtimol.
Öylab körsak, blogerlar haqidagi fikrlarimiz biz tanlagan xolis özandan çiqib, qoralovçining suddagi nutqiga, felyetonga tortib ketyapti. Maqsadimiz esa boşqa. Ijtimoiy tarmoqlarda bilib-bilmay, baʼzan anglab-anglamay fikr aytayotgan, iddaosi baʼzan xolis, baʼzan noxolis, gohi sokin, gohida alamzadalik ufurib turgan söz aytayotganni qoralaş bölmaganidek, alqaş ham emas.
Xöş, unda bugungi kunda deyarli “zamonamiz qahramon”lari bölmiş — blogerlar aslida özi kim?
Bloger — onlayn-kundalik, yaʼni “blog” — sahifa yuritadigan, sahifasida turli xabarlaru fikrlarni eʼlon qilib boradigan şaxs. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, dunyo böyiça bunday şaxslar soni-salmoği allaqaçon bir neça yuz milliondan oşgan. Biroq blogerlar Özbekistondagidek katta eʼtirofu eʼtiborga muşarraf bölgan mamlakatlar juda kam.
Mutaraqqiy dunyo nima deydi?
Ilgari birov pisand qilmagan, hatto katta-kiçik ijodiy tanlovlarga ham “yaqinlaştirilmagan” blogerlar bugun davlat mukofotlariga, yuksak rahbarlik lavozimlariga munosib körilayotgani buning dalilidir. Bunday eʼtibor jamiyatimiz ahli tomonidan katta xayrixohlik bilan kutib olinayotgani ham bor gap.
Şahnoza Soatova, Xuşnudbek Xudoyberdiyev, Qobil Xidirov, Bahodir Ahmedov, Zafarbek Solijonov, Mubaşşir Ahmad va boşqa yana köplab bloger hamyurtlarimiz özlarining dadil çiqişlari, ilğor maʼrifiy fikr-ğoyalari, qatʼiy asoslangan tahliliy-tanqidiy maqola va postlari bilan el-yurtimiz nazariga tuşgan. Ayrimlarining doimiy muxlislari soni-salmoği uç yuz mingdan, çiqişlarini öqiydiganlarning umumiy qamrovi esa milliondan oşadi.
Ularning deyarli har bir çiqişi – voqea. Maqolalari — postlarini öqib, video, audio xabarlarini körib, ilmu maʼrifatingiz oşadi. Nimanidir örganasiz. Bilasiz. Şuning uçun odamlar ularning fikrini kutadi va qadrlaydi.
Negaki bunday blogerlar jamiyatimiz hayotidagi eng ötkir muammolarni öz şaxsiy hayotini xavf ostiga qöyib bölsa-da (töğri gap tuqqaningga ham yoqmaydi!), dadil kötarib çiqayotgan va davlat idoralari oldiga eng ötkir muammolarni köndalang qöyayotgan jasur ijodkorlardir. Bunday jasoratli farzandlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş ertasini öylagan jamiyat va davlat, erkin va farovon hayotga intilayotgan xalq uçun ham farz, ham qarzdir.
Şukurki, davlatimiz rahbari özining deyarli har bir çiqişida soha xodimlarini qöllab-quvvatlaydi. 2020 yilning yakunlari böyiça Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Xolis va adolatli jurnalist va blogerlarning tanqidiy çiqişlari eskiça qolipda işlaydigan rahbarlarning faoliyatidagi xato-kamçiliklarni körsatib, ularni iş uslubini özgartiriş va masʼuliyatini oşirişga majbur qilmoqda”, deb jurnalistlar bilan bir qatorda blogerlarga ham katta işonç bildirgani bunga yorqin misoldir.
Hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalari, internet, ijtimoiy tarmoqlar deb atalmiş yangi qulayliklar şamoldek yopirilib kirdi. Keça birovga gapiriş narida tursin, hatto öylaşga jurʼatu jasoratimiz yetmagan fikr-mulohazalar, tanqidiy gaplaru taʼnalarimizni endi tortinmay ayta boşladik. Jamiyatdan oçiqlik, oşkoralik va şaffoflik kabi möʼtabar tuşunçalar keng va mustahkam örin olmoqda.
Bu, eng avvalo, öz taraqqiyotining yangi, yuksaliş bosqiçiga qadam qöygan Özbekistonimizda xalqparvarlik, vatanparvarlik, milliy anʼanalar hamda zamonaviy demokratiya ğoyalariga ulkan sadoqat, dadil va kuçli siyosiy irodaning şarofati bilan yaratilgan buyuk imkoniyatlardir. Bunday uluğ imkoniyatlardan xalq, jamiyat va Vatan ravnaqi yölida foydalaniş esa barçamizdan nafaqat öz huquqlarimizni, balki masʼuliyat va burçimizni ham mudom his etib yaşaşni, ularga qatʼiy amal qilişni talab qiladi. Bu mutaraqqiy dunyo ahli azaldan rioya etib kelayotgan va ana şunday aʼmollari uçun naşu navo topayotgan maʼlum va maşhur tuşunçalar, qoidalardir.
Jahon tajribasi
Jahon tajribasiga eʼtibor bersangiz, aksariyat blogerlar muayyan soha va yönalişga ixtisoslaşganiga guvoh bölasiz. Birlari öz sahifasida sayohat, avtomobillar, biznes, pazandalik sirlari, maşhurlar hayoti, tabiat ajoyibotlari, hayvonot olami haqida yozsa, audio-videolavhalar, suratlarini ulaşsa, boşqalari ijod, falsafa, musiqa kabi köpdan-köp yönalişlarni yoritib boradi. Qiziği, siyosiy axborotlarga aralaşadigani kam.
Nega? Çunki aholi bloger bergan maʼlumotdan köra, soha mutaxassisi bölgan jurnalistlarga köproq işonadi. Negaki blogerlar jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, milliy muammolar haqida tahliliy çiqişlar qilişi qiyin. Masalan, jurnalistik suriştiruv olib boriş imkoniyatidan uzoq. Buning uçun ommaviy axborot vositalarida bölgani kabi vakolati ham yöq.
Şu boismikin, blogerman deb maydonga çiqayotganlar orasida nayrangboz, şantajçi va qalloblar ham kam emas. Bunday toifa vakillari özlari şoşa-pişa va çala-çulpa tayyorlagan foto, videolavha yoki matnni, orqa-oldiga qarab ötirmay, internetga joylaşdan tortinmaydi. Maqsad – nima qilib bölsa-da, obunaçisini köpaytirsa, “layk” yiğsa. Sababi juda jön: obunaçining, laykning köpaygani – uning uçun pulning köpaygani, kimlarningdir közini qörqitiş imkoniyati kengaygani.
Öylanib qolasan, kişi. Ayrim özini blogerman deb ataganlarning oğzidan bodi kirib, şodi çiqişi, el közida turgan obrö-eʼtiborli odamlarning “yoqasiga yopişib”, uni xufiyona olingan fotosurat, videolavha, ovozi muhrlangan audio yoki xom-xatala yozilgan maqolasi orqali jamoatçilik oldida sazoyi qilişi odatiy holga aylanib qolmadimi?
Biz – şarqona odobi, yuksak maʼnaviyati, kattaga hurmati, kiçikka izzati bilan jahonga tanilgan maʼrifatli xalqning farzandlarimiz. Jamiyatdagi xato va kamçiliklarni döq urib, pöpisa bilan emas, oqillik, ahillik va donolik bilan aytiş insonning eng gözal fazilatidir. “Har kim ekkanini öradi”, “Qaytar dunyo”, “Öynab gapirsang ham, öylab gapir” degan gaplar bekorga hikmatga aylanib ketmagan.
Qöliga smartfon uşlagan bandaning hammasi ham bloger bölavermaydi. Feysbuk, telegram, instagram, tik-tok kabi ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvçining barçasi bloger, tarqatayotgan axborotlarining hammasi ham asosli va xolis-haqqoniy emas. Buni köpçilik biladi.
Maşhur “Işdagi işq mojarosi” filmida bir sahna bor: ölmagan odam uçun hamkasblari gulçambar tayyorlab, işxonaga keltirib qöyişganida, “marhum”ning özi eşikdan kirib keladi. Bunday “layksevar blogerlar” ölmaganni öldi, işdan ketmaganni ketdi, yangi lavozimga tayinlanmaganni tayinlandi degan xabarlardan tortinmayotir. Ular öldi deb xabar bergan qança taniqli kişilar oramizda soğ-omon işlab yurişibdi. Özining yolğon va jirkanç xabarlariga bildirilayotgan munosabatlardan zavq tuyayotgan, odamning kulfatini tasvirga olib “layk” yiğişga işqiboz bunday toifaning, aslida niyati pok, sözi pok va amali pok bloger ijodkorlarga aloqasi yöq.
Telegramda öz kanaliga ega Ötkir Çorşanbiyevning yozişmalari bunga misol. Tarqatgan videolavhalariga yozilgan matnlardagi ğij-ğij xatoni körsangiz, közingizga yoş kelişi tayin: “Dahşad”, “Buxora”, “Prezdentimizga şaxsan maxsus vidoye lavxa”, “Amir Olimhondan kigin sizga qogami Botir Zarifoviç”!…
Aslida, bunday şovvozlar, birovga aql örgatişdan avval Buxoroi şarifning nomini töğri yozişni bilib olsa, adolatli iş bölardi.
Çamasi, ötgan yili edi. Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidan öz-öziga öt qöygan ayolning olovda jizğanak bölib yonayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Yonayotgan ayolning boşiga bir çelak suv sepiş örniga, uni bemalol tasvirga tuşirayotgan odamning soğlom kişi ekaniga işonib böladimi! Ölayotgan odamni qutqariş örniga, uning yonişini videoga olib, layk yiqqan kimsa, bizga qolsa, qonun yöli bilan jazolanişga loyiq.
Hamma zamonlarda bölgan: andişasizlar ezgu niyatlar bilan boşlangan har qanday işni murdor qilib, çippakka çiqaradi. Ijtimoiy tarmoqning özbek segmentida “ot surib yurgan” ayrim yurtdoşlarimiz şundan ehtiyot bölişlari zarur.
Andişasizlik daromad manbaiga aylanmasin
Aslini olganda, ayrim andişasiz kimsalarning qonun-qoida, imon-eʼtiqod, insoniylik mezonlariga qöl siltab, köngli tusagança iş tutayotganiga jamiyatning ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlariga ikki xil munosabati ham sabab bölayotgandek.
“Falon gazeta yoki jurnal falon muammoni kötaribdi, televideniyeda mana bunday mavzu olib çiqildi” degan gaplar quloqqa kamroq çalinadigan bölib qoldi. Bunga balki, aholi kabi ayrim amaldorlar ham gazeta-jurnallarni varaqlamay, telekanallar esa köngiloçar körsatuvlarga ruju qöygani sababçidir. Ommaviy axborot vositalarida kötarilgan muammolarga eʼtibor ham şunga yaraşa.
Bu — tan olişimiz kerak bölgan haqiqat.
Ijtimoiy tarmoqlarda yoki blogerlar tomonidan biror masala kötarilsa, köpçilikning, ayniqsa, katta-kiçik lavozim egalarining labiga göyo uçuq toşadi. “Muammolarni ommaviy axborot vositalari emas, köproq ijtimoiy tarmoqlar, blogerlar yorityapti-da”, dersiz. Biroq bunday baho berişdan oldin bugungi matbuotga ham birrov köz taşlamoq, eʼtibor qaratmoq zarur emasmikan?
Aksariyat gazeta-jurnallar oçiq, xalqçil, erkin, eng asosiysi, işonçli çiqişlar qilmoqda. Faqat ana şu çiqişlarga eʼtibor, munosabat, aks-sado sezilmaydi.
Qiziq, qanday sehru jodusi bor ekanki, nari borsa, örta maktabni amallab bitirgan birorta şovvoz feysbukka biror videomurojaat yo tasvir joylasa, bas… Çiqişi darhol nazoratga olinadi, munosabat bildiriladi. Bunday eʼtibordan havolangan laykxör “bloger” keyingi safar haddidan battar oşadi. Qarabsizki, özini xon, kölankasini maydon deb biladi.
Umumjamiyat, umumdavlat manfaati
Kuni keça maşhur bloger, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining deputati Rasul Kuşerbayev odamlarimiz faol bölgan taqdirdagina amaldorlar qadamini öylab bosişini, öylab gapirişini, jamoatçilik oldida javob berişdan qörqmaydigan odamlar esa xohlagan işini qilişini taʼkidladi. Uning fikriça, har bir kişida fuqarolik pozisiyasi bölişi kerak. Lekin bölganda ham qonuniy, masalani asoslab qöyiş kerak. “Qöyayotgan masalangizning yeçimi bitta sizning manfaatingiz bilan boğliq bölmasin, umumjamiyat, umumdavlat manfaati bilan bölsa, natijasi, samarasi katta böladi”, — deydi u.
Haq gap.
Tahlilimizni yuqorida taʼkidlaganimizdek, “bloger jurnalist emas” degan fikrdan boşlamoqçi bölgan edik. Öylab körilsa, şart emaskan. Muhimi, el-yurtga maʼrifat tarqatuvçi, halol, xolis va eʼtiqodda sobit befarq bölmagan uyğoq odamlar köpaysin.
Feysbukda Dima Qayum taxallusi bilan sahifa yurituvçi bloger – Dilşod Boltaboyev bunga oddiy misol. Uning çiqişlarini minglab muxlislari muntazam kuzatib boradi. Asli oddiy hunarmand — usta bölgan bloger sözga zarif, fikrlari doim “toş” bosadi. Eng muhimi, Dima Qayum — kitobni jondan sevuvçi va kitobxonlikni faol va beğaraz tarğib qiluvçi maʼrifatparvar inson. U Farğona viloyatining Rişton tumanida taşkil etgan kutubxonada kitobsevar tadbirkorlar va aholining saʼy-harakati bilan minglab kitoblar jamlangan. Kutubxonaçi blogerning aytişiça, 80 foizi yangi. Odamlar qaytarib beriş şarti bilan tekinga olib öqiydi va evaziga Dilşod Boltaboyevni duo qiladi.
Oltin olma, duo ol!, — deb bejiz aytişmagan-da.
Töğri, uning ayrim çiqişlarida sözga eʼtibor, savodxonlik darajasida qusurlar uçraydi. Ammo bularni tuzatiş mumkin. Eng muhimi, niyatning töğriligida, maqsadning ezguligida. Zero, xalqimizda bir ajoyib gap bor: Öynab gapirsang ham, öylab gapir!
Ha, jurnalistika oğziga nima kelsa yo nimaga közi tuşsa, yoyinki xayoliga ne kelsa, şuni aytiş, gapiriş, köz-köz qiliş degani ham emasdir.
OAV — hamişa jamiyatda közgu vazifasini ötab, halollik va xolislik mezoni bölib kelgan. El-yurtga, xalq eʼtiboriga havola etilayotgan har bir axborot esa nafaqat sohaga doir va boşqa qonunlarimizga, balki inson haq-huquqlari, milliy qadriyatlarimizga, birinçi navbatda Insonga, Vatanga hurmat bilan namoyon bölmoği zarur.
Gözal Matyoqubova,
Abdulaziz Ahmedov
