Maʼnaviy parhez kerak

Yigirma yil muqaddam matbuot va ommaviy axborot vositalari deganda faqat gazeta-jurnallar, radio-televideniye, axborot agentliklari va matbaa korxonalari tuşunilar edi. Ijtimoiy hayotga zamonaviy kompyuter texnologiyalari şiddat bilan kirib kelgaç, jurnalistlik faoliyat va manbalarining kölami ham ança kengaydi.

Xususan, uyali aloqa, internet rivojlangaç, ijtimoiy tarmoqlar, feysbuk, turli saytlar va telegram kanallari, qolaversa, korxona va taşkilotlarga tegişli marbuot xizmatlari körinişidagi rasmiy va norasmiy manbalardan iborat “internet jurnalistikasi” degan yangi soha va bu soha bilan şuğullanuvçi bilim darajasi har xil mutaxassislar guruhi yuzaga keldi. Bu esa öz nav­batida turli-tuman qaraşlarni şakllantirib, fikrlar rang-barangligini   taʼminladi va ommaning çeksiz informatsiyaga bölgan ehtiyojini qondirişga xizmat qila boşladi.

Ayniqsa, söz erkinligi berilişi bilan hukumat qarorlari, yuqori lavozimli şaxslar, rahbarlar faoliyati bilan boğliq tanqidiy-tahliliy fikrlar bildiriş odatiy holga aylandi. Jurnalistik yondaşuv töğri bölib, ötkir ijtimoiy tahlillar muayyan inkor va ta­lablarning naqadar örinliligini körsatgan hollarda taraqqiyotga tösiq bölayotgan köplab muammolarga barham berilayapti.

Ammo tan oliş kerakki, aksariyat hollarda “söz erkinligi” tuşunçasini maʼnaviyat va madaniyat, kasb etikasi, jurnalistik odob-axloq meʼyorlarini bir çetga surib qöyib, faqat negativ fikr bildirişdan iborat deb tuşunadigan auditoriya ham şakllangani kuzatilmoqda. Ayniqsa, özini “bloger” deb atovçi ayrim fuqarolarning jurnalistik yondaşuvida biryoqlamalik, kontekstdan bir fikrni uzib olib, ezgu maqsadni ham teskari talqin qiliş, birovni beobrö qilib obrö orttiriş, şov-şuv kötariş, yaʼni “piar” qilişdek odobdan taşqari mezonlar közga taşlanyapti.

Mulohaza qilinsa, “xolis tanqid” va hatto “noxolislik” bilan “qildan qiyiq axtariş” singari tuşunçalar ham bir-biridan tamomila farqlanadigan holatlarga nisbatan qöllanilişi ayon böladi. Aytaylik, ğallasi örib olingan dalaga öt qöygan fermerning qilmişini ijtimoiy tarmoqlarda foş etiş yo zör berib yoqlaş bilan soxta gulxan yoqib fermerni ayblaşning bir-biridan tubdan farqi bor. Çunki, fojiani saodat qilib körsatiş qançalik notöğri bölsa, ezgulikni fojia qilib körsatiş ham şunçalik notöğri va bu heç kimga yaxşilik keltirmaydi. Uçinçi xolis yöl turib, keyingi ikkala yöldan birini tanlaganlar esa özining nokomilligini, odobsizligini körsatgan böladi, xolos.

Kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyidning yurtimiz böylab “Beş taşabbus” tadbirlari doirasida jurnalist Nozima Toşpölatova savollariga bergan javoblari aks etgan audio- yozuv tarqaldi. Audio xabarlar “Bir vaqtlar diskotekalarga qarşi kuraşganlar bugun yoşlarimizni diskotekalarga kelişga çorlamoqda” yoki “Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid yoşlarga diskotekaga kelişni tavsiya qilmoqda” degan iddaoli sarlavhalar bilan taqdim etildi. Ikki jumladangina iborat matn havolasida esa yuridik jihatdan isbotlab bölmaydigan tahqirlovçi “ayb” qöyildi. Şoirning “Biz özimiz qişloqda katta bölganmiz, lekin şahar bugungi dunyo. Lekin bu notöğri gap, notöğri gaplar tarqatib yurgandan köra, diskotekada qatnaşib yarim soat dam olgan maʼqul. Yoşlarga xos narsalar bular” degan bir oğiz sözi audioyozuvdan “uzib” olinib, ommaviy ravişda muhokama qilindi. Baʼzi bir telegram kanallari qöygan börttirma sarlavhani öqigan va töliq bölmagan audioni körgan yurtdoşlarimiz esa Özbekiston xalq şoirining şaʼniga nojoiz gaplar aytişdan ham uyalişmadi. “Diskoteka, qizlar, sauna, massaj… Alloh, imondan ayirmang!” singari iddaolar qilindi.

Agar audioyozuvni töliq tinglansa, jurnalist Nozima Toşpölatovaning: “…aynan maʼnaviyatga zid bölgan narsalardan bittasi diskotekalar degandingiz, lekin diskotekalar bugungi tadbirdan örin olgan, bunga qanday munosabatdasiz?”, degan qitmir savoliga berilgan javob davomida “Bugungi yoşlar zamonaviy, aqlli yoşlar, mulohazali yoşlar, dunyoni anglagan yoşlar. Işonamanki, ular yarim soat diskotekadan keyin çala qolgan kitoblarini öqişga vaqt topadilar” degan qatʼiy taʼkidga duç keladi. Savolning qitmirligi şundaki, ommaviy madaniyatning bir körinişi sifatida maʼnaviyatimizga zid deb hisoblangan tungi diskotekalar bilan, “yarim soat” davom etadigan oddiy öyin-kulgidan, odob doirasidagi raqsga doir — diskotekaning bir-biridan yer bilan osmonça farqi bor. Uslubiy böyoqdorlik jihatidan “diskoteka” degan bitta söz bilan ifodalanayotgan ikki tuşunça “yarim soat” va “tungi” sifatlari bilan bir-biriga zid tamomila boşqa-boşqa maʼnolarni anglatadi. Ular davomiyligi hamda oşkor-nihonligidagi tafovutdan ham birida oddiy “köngiloçar öyin zavqi”, ikkinçisida esa maʼnaviyatimizga zid deb hisoblanayotgan “şahvoniy raqs, jazava” mazmuni borligi anglaşiladi. Demak, jurnalist boşqa, şoir boşqa mazmundagi diskotekani nazarda tutgan. Baʼzi bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari esa maʼnolar orasidagi keskin farqni ilğab-ilğamay bemavrid va behuda bahs yuritdilar.

Taassufki, maʼnaviy parhez kerakligi esa ayrimlarning xayoliga kelmadi. Vaholanki, “oyoqlari ostidan karvon ötib ketadigan”, yaʼniki turmuşning har qanday ikir-çikirlaridan baland turoladigan komil şaxs bölib yetişiş uçun ham, ayblaş yo ayblaniş, hatto xolis fikr bildiriş uçunda maʼnaviy parhez hal qiluvçi mezon hisoblanadi. Zero, birovni obrösizlantirişga uriniş evaziga obrö orttiriş kamida sudxörlikning eng kiçik körinişi bölib, uning gunohi… özingiz bilasiz, bilmasangiz muborak hadislarni varaqlang.

Şuhrat AZIZOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan