Bayram sahnasidagi quvonç köz yoşi

27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni ekanligini bugun hamma biladi va mana, neça yildirki bu sana öziga xos bayram sifatida keng nişonlanib kelinadi. Ammo bu bayramning qanday yuzaga kelganligi, bu borada çekilgan zahmatlaru, duç kelgan turli tösiqlarni hamma ham bilavermasa kerak. Bir matbuotçi olim sifatida bunga mening ham baholi qud­rat hissam qöşilgani va bu voqea şunçaki, öz-özidan bölib qolmaganligini siz azizlarga qisqaça aytib ötmoqçiman.

Maʼlumki sovet davrida matbuot kuni “Pravda” gazetasi taşkil topgan kun – 5 mayda nişonlanardi. Mamlakatimiz öz mustaqilligiga erişgaç matbuot kuni ham milliy ruhiya­timizdan kelib çiqqan holda belgilanişi lozim edi. Men “Milliy matbuot kunimiz qaçon?” degan maqola yozdim va u “Xalq sözi” gazetasining 1991 yil, 17 dekabr sonida bosilib çiqdi. Men maqolada ölkamizda ilk bor milliy mustaqillik ğoyalarini xalqqa yetkazgan “Taraqqiy” gazetasi naşr etilgan kun bu bayram uçun asos böla olişini bayon qilgandim. Mazkur maqolam garçi “Munozaraga çorlov” rukni ostida berilgan bölsa-da, öşa paytda birorta olim va mutaxassis bu haqda fikr bildirmagandi. Şundan söng men 1906 yilning 14 (27) iyunida birinçi soni bosilib çiqqan bu gazeta milliy matbuotimizning haqiqiy ilk naşri bölganligi haqida “Taraqqiy” boşlagan yöl” sarlavhali maqola yozdim va u “Xalq sözi” gazetasining 1992 yil 24 aprel sonida bosilib çiqdi (Bu maqolalarni tayyorlaşda “Xalq sözi” gazetasi xodimi, hozirda faxriy jurnalist Salohiddin Muhiddinovning xizmati katta bölgan edi). Mazkur maqola köpçilikka manzur böldi va Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining yiğilişida körib çiqilib, “Taraqqiy” gazetasi çiqqan kun milliy matbuot kuni bölişga munosib degan qarorga kelinib yuqori idoralarga yuborildi. (Bu paytda respublika Jurnalistlari uyuşmasining raisi vazifasida işlagan haqgöy jurnalist Lutfulla Kabirov bu işda boş-qoş bölgandi).

Ammo negadir hamkasb olimlardan heç qanday sado çiqmasdi, faqat bir amaldor muharrir meni körib: “Sen nima balolarni yozib yuribsan, “Iştirokiyun” gazetasi taşkil topgan kun matbuot kuni bölişi kerak!” — deb dağdağa ham qilgan. Şunda men u kişiga: “Iştirokiyun” – ölkamizda çiqarilgan birinçi kommunistik gazeta, u çiqqan kunni matbuot kuni deb eʼlon qiliş – “Pravda” gazetasidan farq qilmaydi-ku…”− deb özimni oqlaganim esimda.

Öşa kunlari menga hurmatli şoirimiz Erkin Vohidov (oxiratlari obod bölsin) telefon qilib qoldi, u kişi Oliy Kengaşda Oşkoralik komitetining raisi ekanlar: “Sizning “Taraqqiy” gazetasi çiqqan sana Matbuot kuni bölsin degan taklifingiz örganilayapti, ötadiganga öxşaydi, hamkasblaringizga ayting, şu fikrni qöllab-quvvatlab çiqişsin”, dedilar. Men hamkasblarimdan biriga bu fikrni aytdim, u “Köramiz”, deb qöydi va jim bölib ketdi va nihoyat bu sana rasmiy bayram sifatida tasdiqlangan kuni uning boşqa bir muallim bilan birgalikda “Taraqqiy” gazetasi haqidagi maqolasi bosilib çiqdi, ammo bu maqolada mening takliflarim haqida lom-mim deyilmagan, göyo bu taklifni ular oldinga surganday taassurot paydo bölgan edi. Mayli, nima bölganda ham “Taraqqiy” gazetasi çiqqan kunning milliy matbuotimiz bayrami sifatida rasman tasdiqlanganligidan xursand edim.

Mana, öşa bayram kuni keldi, poytaxtning eng muhtaşam saroyi – Alişer Navoiy nomidagi teatr binosida bu kun nişonlanadigan böldi va bu tantanaga men ham taklif etildim. Teatr oldida karnay-surnaylar, tantana avjida. Men bu yerga kirib borayap­manu, ammo negadir dilim juda ğaş: “Taraqqiy” − ölkamizda birinçi bölib milliy mustaqillikka çaqirgan gazeta, öşa davrda ozodlik va taraqqiyot uçun kuraşgan ne-ne ajdodlarimiz unda iştirok etişgan. Ming afsuski, öşa otalarimiz, akalarimiz, adib va jurnalistlarimizdan birortasi bu kunga yetib kelişolmadi, ular qamaldi, otildi, yöq qilindilar… Koşki ulardan birortasi hayot bölsayu, öşa qariyaning qöltiğiga kirib şu tantanaga boşlab borsam, deb maʼyus xayol qilardim özimça. Tantanali majlisda umrimda birinçi marta bunday katta izdihomda sahna törida ötirganimça milliy mustaqilligimiz osonlikça amalga oşmagandek bu kun, bu bayram ham öz-özidan qölga kiritilmaganligi, buning uçun kuraşganimizni va yengganimizni öylab ötirardim, qarangki şu payt közimdan nogahon yoş ham çiqib ketibdi. Majlisdan qaytsam uydagilar: “Nega sahnada yiğlab ötirdingiz, tinçlikmi?” — deb sörab qolişdi, men xijolat bölib: “Xursandligimdan…” — deya olganman xolos…

Mana joriy yil bu bayram juda keng miqyosda şodu xurramlik bilan nişonlanmoqda. Res­publikamiz jurnalistlari va barça sohadagi ommaviy axborot vositalari xodimlari mamlakatimizning tobora ravnaqi uçun, xalqimizning baxtu saodati uçun bel boğlab astoydil mehnat qilişmoqda.

Muxtor Xudoyqulov,

jurnalist, filologiya fanlari doktori,

professor.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan