Xolislik va adolat — asosiy mezon
Men bugungi kunda faxriy jurnalistman. Ammo köpdan beri özimni öylantirib kelayotgan baʼzi muammolarni sizlar bilan baham körmoqçiman. Vaholanki yillar davomida turli kasb bayramlari arafasida faqat maqtanişdan nariga ötmay keldik.
Kamina 1993 yildan 2005 yilgaça “Ozodlik” radiosining Farğona vodiysi böyiça muxbiri bölib işladim. Radiodagi faoliyatimning dastlabki yili men hukumat öquvçilar, öqituvçilar, talabalar, korxonalar xodimlarini majburan paxta terimiga olib çiqilayotganligini yoritganim uçun yonimga naşa, uyimga granata qöyib ikki yarim yilga qamaşdi. Xalqaro taşkilotlar aralaşuvi bilan bir yilda qöyib yuborişdi. Çiqib yana faoliyatimni davom ettirdim.
Özbekistonda 2003 yili senzura bekor qilindi. Lekin senzura masʼuliyati boş muharrirlar zimmasiga “yuklab” qöyildi. Qöli boyloq muharrir joriy siyosatdan çetga çiqib nima ham qila olar edi. Oqibatda endi jurnalistlar özini özi senzura qila boşladi. Baʼzi “şakkok” jurnalistlar haqiqatni yozib yuborgani uçun hamkasblarining köz oldida qöliga kişan solib olib çiqib ketildi. Xullas odamlar “svet öçib qoldi” deyişga ham qörqib qolgan edi.
2016 yili biz jurnalistlarning, xalqning baxtiga Şavkat Mirziyoyev Prezident etib saylangaç, oçiqlik siyosatini olib bora boşladi. Biz bir paytlar kötarib çiqib qora röyxatga tuşgan muammolar bugun bemalol OAVlarida yoritilmoqda. Özbekiston televideniyesining birinçi kanali orqali berilayotgan “Munosabat” tok- şousi, “Munozara maydoni”, “Madaniyat va maʼrifat” telekanalining “Men bilgan haqiqatlar” kabi körsatuvlar haqiqiy erkinlik maydoniga aylandi. Erkin söz ayta oliş jasorat maydonida “Hurriyat” mustaqil gazetasining ham öz örni bor.
Lekin erkinlik berilgaç, odamni öylantiradigan baʼzi muammolar ham paydo böla boşladi. Ijtimoiy hayotimizga bloger sözi kirib keldi. Va afsuski, ayrim blogerlar erkinlikni notöğri tuşunib kuç işlatar tizim vakillari, hokimiyat vakillari bilan öta qöpol muomalada bölib, baqir-çaqir qilib OAV hurmatini tökib qöymoqdalar. Juda ğalati odatlarimiz bor-da, erkinlik bölmasa jim bölib, içimizda sökinib yuramiz, erkinlik berilsa, oşirib yuborayapmiz ayrimlarimiz.
Jurnalist yoki blogerning asosiy vazifasi axborot töplaş. Bir tomonga ötib oliş emas. Har ikki tomon fikrini ham örganib tomoşabin, öquvçi hukmiga havola qiliş. Ehtimol, bir tomonga ötib oliş bu ötiş davrining muammolaridir.
Endi bizni xursand qilgan bir holatga eʼtiboringizni qaratmoqçiman.
Şu paytgaça Özbekiston Jurnalistlari uyuşmasi bormi, yöqmi bilmas edik. Taniqli jurnalist Rözimboy Qöldoşning yozişiça, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining yaqinda tayinlangan rahbariyati iştirokida bölib ötgan matbuot anjumani öta oşkora, tanqidiy ruhda ötgan. Uyuşma baʼzi bir hamkasblarimizni himoya qilib ham çiqmoqda. Bu adolat sari dadil qadam hisoblanadi.
Sözimning oxirida aytmoqçimanki töğri, hozir ham ayrim organ xodimlari, hokimlar, turli lavozimdagi rahbarlar hamon matbuot xodimlarini özlariga “duşman” sanaşmoqda. Ayrim hollarda ular xalqaro jamoatçilik oldida Vatanimizni imidjiga salbiy taʼsir etuvçi harakatlar qilmoqda. Lekin Prezidentimiz “Biz oçiqlik siyosatidan ortga qaytmaymiz”, deb turganlarida ularning bu işlari siyosatga xiyonatdek bölib körinadi.
Bu ham ötiş davrining muammolari deb umid qilamiz.
Aziz hamkasblar, Sizlarni kasb bayramimiz bilan çin qalbimdan tabriklayman. Oilangizga tinçlik-xotirjamlik, ijodingizga Yaratgandan baraka tilab qolaman.
Nosir Zokir,
faxriy jurnalist.
