Jurnalistikaga adolat istab kelganman

Jurnalistikaga kirib kelishimga adolatsizlikka qarshi kurashish istagi sabab bo'lgan. Faoliyatimni ilk boshlagan vaqtimdan buyon men oldimga qo'ygan maqsadlarimga erisha oldim, deb o'ylayman. Chunki jamiyatimizdagi ko'plab kamchiliklarning yoki islohotlarga to'sqinlik qilayotgan ba'zi muammolarning yechilishi bilan bog'liq masalalarni efir orqali ko'rsatishga erishdim. Qolaversa, jamiyatda ozgina bo'lsa ham o'zgarish bo'lishiga o'zimning hissamni qo'shdim, deb hisoblayman.

Shuni ham aytib o'tish o'rinli deb o'ylayman: bugun ko'pchilik yoshlarimiz jurnalistika bilan shoumenlikning farqiga bormayotgandek. Jurnalistika shou- biznes emas. Axborotni turli yo'sinda o'zini ko'z-ko'z qilib berish degani emas. Ular shuni yaxshi anglab olishi kerak.

So'nggi paytlarda o'zbek jurnalistikasi ancha jonlangani rost. Ammo hali sohada muammolar yetarli. Bu muammolar kundan-kunga bartaraf bo'lib borayotgani esa odamni quvontiradi.

Ruxsora G'afurova,

O'zEOAVMAsi axborot markazi rahbari.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

7 − 6 =