Jurnalist uçun eng katta sovğa… odamlarning işonçi bölişi kerak!
Bu mavzuni yaqin ikki yildan beri yozmoqçi bölaman. Viloyatda jurnalistikaning “monopollaşuvi” ikki-uç yillar içida boşlandi. OAV xodimlari kunini ötişini kutdim, özimça ijobiy natija bölar degan umidda.
Jurnalist ham inson, bayram qilişga, dam olişga haqqi bor. Ayniqsa, ularning oylik maoşini hisobga olinganda, har bayramda masʼul taşkilotlardan sovğalar olişga ham haqlidek tuyuladi.. Biroq ötgan ikki yil davomida namanganlik jurnalistlarni “boy” taşkilotlar tomonidan yiliga ikki martalab taqdirlab turiş urfga aylanib ketdi. Hatto “uloq” olgandek har bir sovğa bilan tuşgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylaydigan “piar ustalari”ning soni ortdi.
Söz maydoniga axborot xizmatlari kirib kelgaç, bu holat yanada keskinlaşdi. Bayram arafasida, press-turlarda hokimlik yoki qaysidir taşkilot OAV vakillarini çorlaşi kerak bölsa, faqatgina öşa xizmat rahbarining “ulfatlari, yaqinlari”ning taklif etilişi sovğa bilan, dasturxon oldida köz-közlab suratga tuşib, ijtimoiy tarmoqlarga qöyilişi odat tusiga kirdi. Bu holatda jurnalist maqtovdan boşqa nimani yoza oladi?! “Yegan oğiz uyalar” tarzida ötayotgan press-turlar maqtovdan nariga ötmaydi. Har bir axborot xizmati rahbari özining vazifasidan taşqari biron işni qoyillatayotgani yoki respublika darajasida bironta muammoni kötarib çiqmayotganining sababi ham aynan şunda. Vazifa nuqtai nazaridan hamma bir maromda işlayotgani bor gap. Jurnalistikani ham “monopoliyaga” aylantirib ulgurgan viloyatda “tinçlik, osoyiştalik”, muammosiz hayot davom etayotgani “maddohlar maktabi”ga asos solinganini körsatadi.
Biron marta press-turga yoki yiğilişga aytilmasa jar solib, “jonli çiqiş”lar qiladigan ayrimlar ham, “rağbatlantirilgaç”, “jimgina” öz suratlarini joylaşga tuşişdi. Republikaning viloyatdagi muxbirlari, “ozgina quloqsizlikka moyillar” endi biron tadbir, taqdirlovdan qoldirilmaydi. Va ular ham bundan juda minnatdor hamda eʼtirof etilişlari kerakdek tutişadi özlarini.
Har yili “röyxati şakllantirib qöyilgan” jurnalistlarni ikki martalab, rağbatlantirib turadigan viloyat elektr tarmoqlari korxonasi, “Vatanparvar” taşkiloti”, IIB, DXA, Soğliqni saqlaş şunga öxşaş nufuzli taşkilotlar haqida qaysi jurnalist tanqid yoza olayapti?! Aytgança, ularda muammo, tanqidga mos mavzu bölmasa kerak, balki?! Sovğani olib, rahbarlarga “ming qulluq” qilib ketayotgan jurnalist, blogerlarni körib, hayfing keladi. Endi yil böyi rahbarning “oşiği olçi”, matbuot anjumani ötkazsa ham, qattiqroq “aksirsayam” jurnalistlar uning “izmida”, “maqtovning kiftini keltirişadi”.
“Amerika ovozi” teleradiokompaniyasi muxbiri Navbahor Imomovaning bir gal katta bir anjumanda aytgan gaplari yodimga tuşdi: “Jurnalistning heç qaçon sovğa, hadya olişini maʼqullamayman. Sababi, taqdirlagan, rağbatlantirgan rahbar endi haqdor böladi, siz esa uning oldida hisob berişga majbursiz. Tanqid qila olmaysiz, muammolariga köz yumişga majbur bölasiz. Sizni mehnatingiz – qaysidir muammoni yeçganingizda, siz tufayli nimadir ijobiy natijaga erişganda bilinadi”. Rost, mana keçagi bayram tafsilotlarida közim tuşdi: “Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imomova sovğasini ÖzDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetiga topşirişga qaror qildi.”
Viloyatimizda 100 nafar “saralab olinganlar” (qaysidir mezon, mehnatga köra) keçagi bayramda iştirok etişdi. Hamma viloyat hokimi oldida qatnaşiş şarafiga loyiq topilganidan minnatdor bölib, yonida “erta-yu keç yozib, tengma-teng, hatto undan aʼloroq işlayotganlar köziga ham xijolat tortmay, tik qaraşgaça yetib keldi. Bularning safida “öninçi marta “yoğlanganlar”, balki 15-marta “eʼtirof qilinayotganlar” ham bor. “Omadini bersin” degim keladi, lekin “bayramda röyxatda men ham bormanmi” deb qönğiroq qilganlar, haqiqatan eʼtirofga loyiqlarning iştiroki bölmagani, köp qatori meniyam “oğrintirdi”. “Sovğaparast”lik “kasaliga duçor bölgan (qalamkaşlar desam, töğri bölmas), “faoliyatim şunga loyiqmi” deb hatto özini tahlil qilolmaydigan, “bayrambop” insonlar bu sohani ham “jiddiygina öyinga” balki “piar”ga aylantirib bölişdi.
Mulohazali fikr aytsang ham, tanqidiy maqola yozsang ham, “tarafkaşlaring” bölmasa, yoningga heç kim kirmaydi. Töğri fikr aytibsiz, deyişadi, biroq qöllab-quvvatlaş uçun “trollaring” bölmasa yanada befoyda.
Bu mulohazalar ançadan buyon dilimni kemiradi, mutaxassis bölganim uçun sohamizni “biznes”ga aylantirayotganlarga, “çip”larni yutar darajada öz egasiga “sodiqligini” isbot qilayotganlarga, axborot maydoniga “osongina, kirib, “tanqid qilsam” eʼtiroflar köpayarkan” deb xomxayol bilan faoliyat olib borayotganlarga, ustozlarimiz aytişganini eslatgim keldi: Bu – vaqtinçalik, Yo Haqqa, yo Xalqqa xizmat qiling – kam bölmaysiz. Biron narsa taʼmasida qilingan tanqid ham oxir-oqibat – nafsingizni quli ekanligingizni isbotlaş bilan birga, odamlarning sizga bölgan işonçini yöqotadi. Işonç bu – jurnalist uçun eng katta mukofot.
Jurnalistika – jiddiy, jamiyatimizga eng kerakli soha. Buniyam biznesga aylantirib yubormang, iltimos!
Saida Ismoilova,
ÖzJIU Namangan viloyat bölimi mutaxassisi
