EH, AFSUS!
Zamon, yaşaş şaroitlarimiz fikrlaş va dunyoqaraşimiz özgarmoqda. Hozir ilğor axborot texnologiyalar asri. Internet, ijtimoiy tarmoqlar kun sayin, coat sayin rivojlanmoqda. Fikru xayolimiz şular bilan band bölib qoldi, hatto tongdan tunga qadar desak ham böladi. Ijtimoiy tarmoqlar, turli öyinlar va boşqa köplab elektron dasturlardan bugun eng kiçik yoşdagi bolalarimiz ham xabardor. Hatto yoşiga yetmagan bolaga ham telefon tutqazsangiz, yiğlab turgan bölsa, yiğidan töxtaydi, darrov ovunadi…
Baʼzan öylab qolaman: “Oqibatsiz, bir-birimizga mehr-muhabbatsiz bölib ketayotganimizga şu elektron vositalar sabab bölmayaptimikan?!”
Voyaga yetganmi, yetmaganmi, farqi yöq, farzandingizga biror yumuş aytib köring, qölidagi şapaloqdek telefonidan boş kötarmay, “hozir”, “xöp”dan nariga ötmaydi. Şunda biroz jahlingiz çiqadi. Qattiq gapirmoqçi bölasiz. Lekin “foydasi bölarmikan?” — deb öylaysiz.
Yaqinda bir döstim çiroyli muqovali, sahifalariga hayot hikmatlari bitilgan, ajoyib kitob sovğa qildi. Rosa xursand böldim, noyob topilma topgandek kitob sahifalarini varaqlay ketdim. Unda keltirilgan hikmatlar, tasvirlangan voqealar kuni keça emas, hozirgina bölib ötgandek öta taʼsirli qilib yozilgandiki, hayratlanmasdan, zavqlanmasdan iloj yöq.
Dasturxon atrofida töplangan bolalarimga döstim, u sovğa qilgan kitob haqida rosa gapirdim. Ammo ular meni, içki keçinmalarimni, kitob töğrisida aytganlarimni diliga joylab eşitdi, deb öylamayman. Çunki körinib turardi, ular dasturxon atrofida ötirgan bölsa-da, xayollari mening “dono” gaplarimda emas, telefonlarida edi.
Töğri, hozirgi axborotlaşgan asrda yoşlar orasidan ilğor texnologiyalarni yaratuvçilar, yangi loyihalar ustida izlaniş olib borayotganlar, badiiy adabiyotga qiziqib, şeʼru hikoyalar yozayotganlar, nufuzli tanlovlarda iştirok etib, yaxşi natijalarni qölga kiritayotganlar ham bor, albatta.
Lekin beş qöl barovar emas, ular orasida hayotga yengil-yelpi qarab, bölar-bölmas, mantiqsiz va saviyasiz narsalarga vaqt sarflab, umrini havoga sovurayotganlar juda köp. Bunday yoşlarga kitob va gazeta töğrisida gapirganning foydasi yöq. Çunki mutolaa qiliş ular uçun yot tuşunça.
Nazarimda, teran fikrli, aql-idrokli bölişida “iPhone”lardan, telefonlardan köra kitobu gazetalar muhimroq. Hozir öylab iş qiladigan, öylab gapiradigan zamon. Adaşişga heç kimning haqqi yöq. Eʼtiborsizlik, boqibeğamlik ertaga bolalarimizning ongi şuuri buzilişiga, turli oqim, yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişiga sabab bölişi mumkin.
Axir orzu-umidlarimiz — bir dunyo. Keç bölganda dod-voy qilişdan nima naf? Mumkin qadar har bir narsaning, iPhone telefonlarning ham, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişning ham meʼyori borligini, ulardan örinli foydalaniş lozim ekanligini tinmay, erinmay uqtirişimiz, örgatişimiz zarur.
Kamina asli toğlikman. Elektr tokini olti yoşga kirgunimça körmaganman. Uyimizda oddiygina moy çiroğimiz bölardi. Balandlatilsa, piligi kuyib, çiroq şişasi qorayib ketardi. Qoraymasligi uçun miltiratib yoqib, çiroq şuʼlasi atrofida ötirib kitob öqirdik, kattalar gazeta-jurnal öqirdi. Taassurotlarimizni bir-birimizga aytib berardik. Töğri, hozir zamon boşqa. Ammo kitob, gazeta-jurnal uçun vaqt ajratiş mumkin. Xohiş bölsa kifoya.
Qaysi kuni, telefon titkilab ötirgan öğlimga ança vaqt qarab turdim. Lekin u menga ahamiyat bermasdi. Butun vujudi, xayoli telefonida edi.
— Şuning içida nima bor? Keça-kunduz titkilaganing-titkilagan, biror foydasi bormi? — deb söradim.
— Bilmaysiz-da, — dedi öğlim “matohi”dan boşini kötarmay. — Bunda köp narsalar bor: telegram, instagram, feysbuk, tik-tok… Xullas, juda köp narsa örganyapman, dada.
Jahlim çiqdi. Lekin özimni bosdim. Söng unga yotiği bilan tuşuntirdim:
— Sen aytayotgan telegramning ham, instagrammu tik-tokning ham nima ekanini sençalik bölmasa ham, men ham sal-pal tuşunaman. Baribir, foydasidan zarari köp. Çunki…
— Böldi, dada. Yana şu gapmi?
Köryapsizki, bunday gaplar, tanbehlarimiz bolalarimizga aslo yoqmayapti.
Nima qilmoq kerak?
Qanday qilib bolalarimizni telefondan “yulib” olsak, yana ularni kitob, gazeta-jurnal öqiydigan darajaga qaytarsak bölarkin? Nahotki, buning sira iloji bölmasa?
Menimça, haliyam buning imkoni bor. Buning uçun har bir oila, maktabda gazeta-jurnal öqiladigan millatga aylanişimiz kerak!
Ammo ming afsuski, mamlakatimizda 10 mingdan ziyod maktablar bor, ularda millionlab farzandlarimiz öqiydi. Biroq ming afsuski, hozir bolalar naşrlari “Tong yulduzi”, “Ğunça” kabilar uç mingta ham çiqmaydi. 5 millionta oilaning qaysi biriga bugun biror gazeta yoki jurnal boradi, buni ham birov bilmaydi. Qolaversa, bu haqda “Hurriyat”da ötgan yaqin ikki yil davomida qança yozildi. Lekin qani munosabat, qani biror natija?!
Eng yomoni, bu bilan heç kim qiziqmaydi. Taʼlim sohasidagilarning topib olgan gapi şu — “Majburiy obunaga qarşimiz”.
Unda majburiy taʼlimni ham “yiğiştirib” qöya qolaylik?
El boşida işonç bildirib qöyilgan tuman, viloyat hokimlariga matbuotning ahamiyati haqida qança gapirmang, foydasi yöq: aravani quruq olib qoçişadi.
Oçiği, endi bor najot Yurtboşimizdan.
Davlatimiz rahbari matbuot va OAVlariga neçoğlik katta eʼtibor qaratmoqda. Eşitdik, hukumatimiz ham özi muassis bölgan bir qança gazetalar va partiya naşrlarini rivojlantiriş uçun qöllab-quvvatlabdi. Lekin endi bu jarayon barça matbuot naşrlariga umummunosabatning özgarişi bilan davom ettirilsa, kutilgan natija bölişi mumkin.
Hozirça ahvolimiz… Eh, afsus!
Ğulom PRIMOV,
jurnalist.
