Navbat köp joylarda… kitob javonlari qöyiş kerak
Yaqinda Toşkent viloyati Olmaliq şahridagi oilaviy poliklinikalardan birida tibbiy körikdan ötişimga töğri keldi. Poliklinika yölaklarida bolali ayollar bilan birga keksa yoşdagi nuroniylar ham diqqat bölib navbat kutib turişardi.
Yölakda odamlar gavjumligi bois, vaqtim zoye ketmasligi uçun keyingi xona tomon yönaldim. U yerda ham şifokor huzuriga kiriş uçun bemorlar soni nihoyatda köp ekan. Tabiiyki, albatta kutiş kerak, özga çora yöq. Ammo bugun navbatim kelişi qiyinligiga közim yetgaç, qaytib ketdim. Ertasi kuni kelsam ham şunday noxuş holat takrorlandi.
Ming afsuski, tibbiyot muassasasidagi ayrim betoqat va jahldor bemorlar navbat talaşib, bir-birlarining şaʼniga noloyiq va haqoratli sözlarni aytişganiga ham guvoh böldim. Tabiiyki, bunday paytlarda atrofdagi yoş bolalar kattalardan ibrat olişadi va bunday holatlar ularning psixologiyasiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi.
Atrofga eʼtibor qaratsam, şifokor huzuriga navbat kutiş bilan vaqti behuda ötayotgan yoşlar ham bor. Savol tuğiladi. Navbat kutib turgan yoşlarning qimmatli vaqtini samarali taşkil etiş mumkin emasmi?
Poliklinika foyesi va daxlizlarida kitob javonlari bölsa-yu, qimmatli soatlarini yöqotayotganlar, xunob bölmasdan mutolaa lazzatidan bahramand bölişsa…
Baʼzan oğrib turgan bemor insonga kitob, gazeta yoki jurnal öqiş malol kelişi mumkin. Ammo hamonki kutişdan boşqa imkon yöq ekan, vaqtni kökka sovurib, asabni boy bergandan köra, tafakkurni çarxlaş afzal emasmi?
Bugun “majburiy obuna” masalasiga çek qöyilib, gazeta, jurnallarga korxona-taşkilotlarda faoliyat olib boruvçi xodimlar öz xohişi bilan ixtiyoriy ravişda obuna bölişmoqda.
Mazkur poliklinikada işlaydigan hamşira bilan suhbatlaşganimda, kuyinib gapirib qoldi: “Rahbariyatimiz ötgan yili gazeta va jurnallarga endi “topşiriq bilan” obuna qilinmasligini aytişgan edi. Şu bois biz ötgan yil heç biriga obuna bölmadik. Ilgari iş orasida gazeta, jurnallar öqib, fikrimizni boyitardik, öz örnida öqiganlarimizni faoliyatimizda ham qöllar edik. Obuna bölmaganligimiz örni va taʼsiri juda sezildi. Oxiri bölmadi. Bu yil men öz istagim bilan sevib mutolaa qiladigan “Işonç”, “Hurriyat”, “Darakçi” gazetalari va “Hamşira” jurnaliga obuna böldim. Özim öqib bölganimdan söng, albatta farzandlarim ham öqişmoqda. Baʼzilar internet tarmoğidan yangiliklarni tez bilib oling, gazeta va jurnal öqişing şart emas, deyişadi. Menimça, gazeta va jurnallarning örnini, tahlillar va fikr beradigan maqolalarning örnini heç nima bosa olmaydi.
Şu sababli odamlar navbat kutadigan joylarda mutolaa uçun naşrlarni taşkil etiş zarur. Buni şahar, tuman hokimlarining tegişli örinbosarlari, maʼnaviyat va til böyiça maslahatçilari qatʼiy nazoratga olsa, nur ustiga nur bölar edi.
Aytadilarki, öqimagan inson böş xumga öxşaydi. Suhbatidan na bir maʼno va na bir mazmun olasan. Aksinça, mutolaa bilan band avloddan heç qaçon yomonlik çiqmaydi. Ming afsuski, oxirgi paytlarda internet tarmoqlari, telefon aloqasi rivojlangan sari kitob va bosma naşrning örniga qandaydir daxl qilinganday taassurot uyğonmoqda. Ammo maʼnaviyat dunyosining boyişi uçun kitobdan afzalroq ustozni topiş muşkul.
Ötgan oyda oilam bilan Pskentdan Toşkent şahriga köçib keldik. Farzandlarim hamsoyamizning uyiga çiqib, tört bola öynaydigan katta kompyuter jamlanmalari borligi haqida aytişdi. Boşqa kunlari ham öşa qöşnimiznikiga tez-tez çiqadigan bölib qolişdi.
Öylab qoldim, demak, oilada ota-ona farzandini bolalikdan kitob öqişga mehrini uyğotiş uçun masʼul va javobgar ekan. Ota-onalar dilbandlariga öz uyida ham vaqtlarini mazmunli ötkazişi uçun faqatgina kompyuter öyinlarinigina emas, umrining oxiriga qadar bilim va maʼnaviy tafakkur bera oladigan kitoblar öqişga mehr va muhabbat uyğotsa foydali bölar ekan. Şu kundan boşlab ularning qiziqişlariga mos turli kitoblar sotib olişga harakat qilayapman.
Albatta hayotda turli toifadagi insonlar bor. Mening bir qöşnim bor. Mendan köpinça kitob söraydi. Undan “Mutolaaga şunçalik qiziqasizmi, deb sörasam, “Kitobsiz bir kunimni ham tasavvur eta olmayman, maoşimning yarmini kitob sotib olişga sarflayman”,—deydi. Bu oilada kamol topayotgan farzandlarning ham nigohlari ötkir va özlari samimiy ekaniga guvoh böldim. Zero, kitob kirgan uyga nur kirar ekan.
Bu borada ham dunyo tajribasi bizga köp narsalar beradi. Masalan, Germaniyadagi yirik şaharlarning köçalari çetida telefon butkalari bor. Lekin mobil aloqa xizmatining keskin rivoji tufayli hozirda ulardan foydalanilmaydi. Buni qarangki, uzoqni közlovçi nemislar ularni kitob javonlariga aylantirişdi. Endilikda yölovçilar telefon budkalaridan örin olgan kitob, gazeta va jurnallarni olib mutolaa qilişadi va keyingi uçragan budkada qoldirib yölda davom etişadi.
Yaqinda Toşkent viloyati, Pskent tumaniga qaraşli 8-umumtaʼlim maktabi kutubxonaçisi Marhabo Abdurahimova bilan suhbatlaşib qoldim. Bugun maktabimizda öquvçilar kitob öqişga juda qiziqişlari oşganini aytib qoldilar.
“Öquvçilarimiz kutubxonamizga har kuni kitob olişga kelişadi va mendan “falon kitob bormi, menga topişga yordam bering”, deb iltimos qiluvçilar soni juda köpaygan. Bundan men ham juda xursandman. Afsuski, eng yangi kitoblardan doim taqçilliklar kuzatiladi. Men şuni ham faxr bilan aytmoqçimanki, yaqinda maktabimiz kutubxonasiga Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining aʼzolaridan biri 40 dona kitob sovğa qildi. Jurnalistlar uyuşmasi esa kelgusi oyda yangi öquv yili uçun biz istagan yana 50 ta turli kitoblar tuhfa qiladigan bölişdi. Albatta, bu bilan kitobga bölgan talabni töliq qondiriş mumkin emas. Ammo şunday jarayonning boşlanganining öziyoq bizga katta madad va kömakdir”.
Darvoqe, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining yangi rahbariyati çekka hududlarimizdagi maktab kutubxonalari uçun maʼnaviy xazina hisoblangan kitoblarni taqdim etib borayotgan qalam ahlini öz saytida namuna sifatida yoritib borişni va ularni özini ham rağbatlantirişni asosiy maqsad qilib olibdi. Toki, bu yaxşi ibrat minglab qalamkaşlarimiz tomonidan amalga oşirilsa, yurtimiz maʼnaviy xazinasiga özgarişga olib kelişi muqarrardir.
Lobar Şomurodova,
jurnalist.
