Boğing vatan degan nom olsin, ey döst…

Ötgan asrning 60-yillarida Xovos tumani “Farhod” xöjaligining 5-bölimiga respublikamizning turli göşalaridan odamlar köçib kelib, daştni bir umrlik vatan qilişdi. Böz yerlarda yertölalardan iborat yangi qişloqlar paydo böldi. Hozir bu qişloqlar Gulbahor mahalla fuqarolar yiğiniga birlaşgan. Aholining tomi toş­larini körib havasingiz keladi.

Qişloqning şundoq kiraverişida Umarali xalfa (odamlar uni şunday ataşardi) degan kişi köç-köroni bilan qönim topdi. U kişining birinçi işi yöl böyidagi ariqning 500 metr joyiga qoratol qalamçalarini suqib çiqiş böldi. Birinçi yiliyoq qalamçalar amal olib, kökka böy çözdi. Oradan yillar ötib, yöl böyi tangadek oftob nuri tuşmaydigan quyuq daraxtzorga aylandi. Yozning jazirama kunlarida ötgan-ketganlar tollar soyasida birpas tin olib, uning sohibiga duolar qiladigan bölişdi. Xudo rahmat qilgan bölsin, Umarali xalfaning boqiy dunyoga ketganiga ança böldi. Lekin odamlar u ötqazgan daraxtlar ostida soyalaganlarida marhumning ruhiga tilovat qilişni unutişmaydi. “Umarali xalfaning tolzori”, deya eslab yurişadi. Şunda mening esimga xalqimiz töqigan purhikmat maqol keladi: “Otangning tol ekkani − öziga nom ekkani”. Topib aytilgan hikmat.

Tarix sahifalarini öqiş asno buyuk bobokalonlarimiz Sohibqiron Amir Temur, Bobur mirzo va boşqa hukmdorlar yaratib ketgan boğlar ular nomini yetti iqlimga doston qilganini bilamiz. Sohibqiron Amir Temur yaratgan boğ-roğlar nomining özi bir qöşiq: “Boği Behişt”, “Boği Baland”, “Boği Dilkuşo”, “Boği Maydon”, “Boği Nav”, “Boği Şamol”, “Boği Zoğon”, “Boği Çinor”, “Boği Naqşi Jahon”…

“Temur tuzuklari”dagi mana bu sözlar Sohibqiron bobomizning yaratuvçilik salohiyatidan mujda beradi: “Hamişaliğ taʼkid etur edim: xon bölsang-da boğ yarat, gadoy bölsang-da boğ yarat — bir kunmas-bir kun mevasini tatirsen…” Ayni damda Samarqand viloyatida bu boğlarning ayrimlarini tiklaş böyiça harakatlar boşlanib ketgani haqidagi xabarlarni OAVda öqib turibmiz. Bu turizmni rivojlantiriş, ekologiyani yaxşilaşga munosib hissa bölib qöşiladi. Ötgan yili Şahrisabzga borganimizda Amir Temur davrida ekilgan tanasi quçoqqa siğmaydigan çinorni körib hayratga tuşgan edik. Qöllarimizni qöllarimizga berib qörğalagança buyuk bobomizni körgan azim çinorni tavof qilgan edik. Gapimizning royişi qayoqqa ketayotganini sezgan çiqarsiz. Öqib boxabar böling unda.

Bundan uç yil muqaddam Xovos tumanida foniy dunyo­dan boqiylikka rixlat qilgan ustoz öqituvçilarni xotirlaşga bağişlangan tadbir böldi. Şunda mehnat faxriysi, Andoqul hoji Töxliyev minbarga kötarilib, bir dolzarb muammoni örtaga taşladi. Respublikamizning birinçi rahbari Şarof Raşidov hududga taşrif buyurganlarida temir yöl ustiga qurilgan osma köprikdan tuman markazi “Farhod-5 qörğoni”ga (hozir markaz Xovos şaharçasiga köçirilgan) boriladigan yöl böyiga bir tup arça köçati ekkanligini, hozir şu daraxt kökka böy çözib yaşnab turganligini aytdi. Biroq taassufli holatni ham yaşirmadi. Daraxt qarovsiz yotganligidan, atrofi öralmaganidan yozğirib gapirdi. Uluğlarimiz ötqazgan bunday daraxtlarni jonli obida sifatida asrab-avaylab, atrofini örab, çiroyli lavhalar örnatiş taklifini örtaga taşladi. Odamlar ziyorat qiladigan joyga aylantiriş lozimligini urğuladi.

Şu yiğilişdan keyin kamina Şarof ota ekkan daraxtni izlab bordim. Haqiqatan daraxt ança ulğaygan. Masalani tuman hokimligi oldiga qöydik. Biroq tahririyatimiz yöllagan xat javobsiz qoldi. Şu orada tuman hokimi işdan böşab, yangisi keldi. Muammo haligaça yeçimini topmay turibdi.

Mamlakatimizning barça hududlarida millatimiz namoyandalari ötqazgan daraxtlar uçraydi. Biroq ularni asrab-avaylaşga, ekkanlarning nomini bitib qöyişga eʼtibor berilmayapti.

Bu yil atoqli davlat arbobi Usmon Yusupovning 120 yilligi nişonlandi. Yubiley arafasida Usmon ota bir vaqtlar rahbarlik qilgan Boyovut tumanidagi “2-Boyovut” xöjaligiga borib, u kişi bilan birga işlagan mehnat faxriylari bilan gurunglaşdik. 90 yoşning ustidagi Abdurasul ota Abdullayev:

— Usmon otaning eng katta qilgan işi xöjalikning barça bölimlarida boğlar yaratgani böldi, — dedilar. — Har bir kartaning boşida ihota daraxtzorlari taşkil etdilar. Bu yaşil devor ekinlarni çöl şamollari, çang-ğuborlardan saqlar edi.

Afsuski, keyingi paytlarda mana şunday yaşil qalqonlar butunlay patorat topdi. Biroq Usmon ota yaratib ketgan boğlar el orasida ul zotni abadiyatga muhrlab ketdi.

Andoqul hoji Töqliyevning yuqoridagi gapidan keyin joylarga safarga çiqqanimda uluğlarimiz ekkan daraxtlarni söroqlay boşladim. Sayxunobod tumanidagi 11-umumiy örta taʼlim maktabining boğiga 1981 yilda Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidov bir tup yasen (şumtol) ekkan ekan. Maktab direktorining xonasida şoir köçat ekkan jarayon muhrlangan rasmlar jamlangan albom ham bor ekan. Lekin suratlar ança uniqib xira tortib qolibdi. Albomni mazza qilib varaqladim. Kaminani quvontirgani daraxt atrofi öralib, örindiqlar örnatilibdi. Daraxtga çiroyli lavha ilib qöyilibdi. Bahor, yoz va kuz oylarida daraxt tagida turli adabiy tadbirlar ötkazilar ekan. Ayniqsa, şoir şeʼrlari böyiça ötkaziladigan muşoiralarning fayzi özgaça bölarkan. Göyo öquvçilar yod öqigan şeʼrlarni daraxt timsolida Erkin aka kuzatib turganday. Şu payt quloğim ostida hassos şoirimizning mayin ovozda öqigan şeʼri jaranglaganday bölib ketdi.

Yurtdoşim, boğingga bir nihol qada,

Bu nihol nomini Yaxşilik ata.

Niholing yoniga bir gul ekib qöy,

U gulning ismini Gözallik deb qöy.

Gulu niholingga baxş etib hayot,

Suv ber va bu suvga Mehr deb ot qöy.

Sendan farzandingga boğ qolsin, ey döst,

Boğing Vatan degan nom olsin, ey döst.

Işonçim komilki, mamlakatimizning barça göşalarida uluğlarimiz ötqazgan daraxtlar istalgança topiladi. Bu jarayon ayniqsa, sönggi uç-tört yil miyonasida özining avj pallasiga kirdi. Prezidentimiz, olimu adiblarimiz, fuzaloyu qahramonlarimiz xizmat yuzasidan joylarga çiqqanlarida boğ va xiyobonlarga, oliy öquv yurtlari va maktablar hovlilariga turli mevali hamda manzarali köçatlarni ötqazişmoqda. Ularni ihotalab, köçat ekkan uluğlarning nomlari yozib qö­yilsa, ziyorat qiladigan joylarimiz yanada köpaygan bölardi. Sirdaryo viloyatida esa Şarof ota ötqazgan daraxtlar ançagina ekan. Biroq ularni asrab-avaylaş, parvarişlaş talab darajasida emas.

Prezidentimizning taşabbuslari bilan bu yil “Yaşil makon” umummilliy loyihasi olğa surildi. Mamlakatimizning barça hududlarida yuz minglab manzarali köçatlar ötqazildi. Ular har birining öz egasi bölgandagina mamlakatimiz örmonzorga, yaşil makonga aylanadi. Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Sirdaryo viloyat bölimi taşabbusi bilan biz ham Sirdaryo tumanidagi “SXM-Jurnalist” fermer xöjaligi boğiga 60 tup mevali daraxt köçati ötqazdik. Har bir jurnalist 2 tupdan köçatni parvarişlaş va qaraşni öz gardaniga oldi. Yaqin kelajakda bu boğni viloyat jurnalistlari dam oladigan sölim göşaga aylantirmoqçimiz.

Xullas, aytmoqçimizki, barçamiz daraxt köçatlari ekişdan tolmaylik va öz nomimizni tabiat daftariga muhrlab qöyaylik. Uluğlarimiz ötqazgan daraxtlarni esa köz qoraçiğimizdek asraylik. Mutasaddi taşkilotlar ekilgan daraxtlarni röyxatga olib, pasportlaştirsinlar. Buning uçun jamiyatimizda kuçlar yetarlidir. Biz qalamga olgan muammolarni joylarda Ekopartiya, Tabiatni muhofaza qiliş qömitasi, mahalliy hokim­liklar nazorat qilib, adolatni qaror toptiradilar, degan umiddamiz.

Muhammadali AHMAD,

Özbekiston Jurnalistlari

ijodiy uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan