Najot yöli
yoxud “Xayr maktab”, “Xayr kitob” degani emas!
Esingizda bor, joriy yilning 19 yanvar kuni Prezidentimiz raisligida ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy işlar tizimini tubdan takomillaştiriş, bu borada davlat va jamoat taşkilotlarining hamkorligini kuçaytiriş masalalari borasidagi videoselektor yiğilişida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilişni davrning özi talab etayotganligi, jamiyatimizda maʼnaviy-maʼrifiy işlar şunday asosda yölga qöyilmagani uçun ham kutilgan natijani bermayotgani jiddiy tahlil qilinib, bir qança javobini kutayotgan dolzarb masalalar kun tartibiga qöyilgan, xususan, maʼnaviy-maʼrifiy işlarning yagona tizimini yaratiş muhimligi alohida taʼkidlangan edi.
Davlatimiz rahbarining 26 mart kuni qabul qilingan “Maʼnaviy-maʼrifiy işlar tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori mavjud muammolarni bartaraf etişning huquqiy asosi böldi.
Bu şuni körsatdiki, maʼnaviyat-maʼrifat borasida qilinişi kerak bölgan işlar talaygina.
Farzandlarimiz yozgi taʼtilga çiqişni — öqiş, ilm örganişni töxtatib turiş deb tuşunişadi. Töğri, yozgi taʼtil dam oliş, hordiq çiqariş uçun. Ammo bunda faqatgina vaqtiçoğlik bilan maşğul bölmasdan, aqlu şuurni yanada töyintiriş, ezgu ğoya va hur fikrlarga töldiriş uçun ham juda qulay payt.
Faraz qiling, hazrat Navoiy, Bobur yoki boşqa mumtoz söz sohibi hozir hayot bölganida, uning huzuriga borib, maʼnaviy saboq olmoqçi bölsangiz, yillar davomida ham ularning butun bilimlaridan bahramand bölolmagan bölardingiz. Ammo hozir bu ilmlar ularning kitoblarida taxt turibdi-ku. Bir neça soat ularning huzurlarida bölib, butun vujudingiz quloqqa aylanib, oğizlaridan çiqqan har qaysi sözni qalbingizga jo aylab olişga muvaffaq bölgan taqdiringizda ham, ularning barça bilimidan bahramand bölolmaysiz. Şuning uçun ham, kitob — bilim yölidagi eng yaxşi vosita.
Yuqorida zikr etilgan videoselektor yiğilişida kitobxonlik madaniyatini kengaytiriş, kino sanʼatini izçil rivojlantiriş, barça telekanallar qoşidagi badiiy kengaşlar faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, teledasturlarning saviyasini oşiriş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Prezidentimiz: “Agar kimdir, maʼnaviyat masalasi — bu faqat Maʼnaviyat markazi yoki tegişli vazirlik va idoralarning işi, deb öylasa, xato qiladi. Bularning barçasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir”, — deya urğu berdi. Nega bu masala davlat miqyosida gapirilyapti? Nega buni şaxsan davlat rahbari gapiryapti? Çunki bu masala şu qadar muhim!
Şu örinda, bir hayotiy misol keltirsak: sabza urgan möylabi öziga yaraşib turgan yigitça maktab ostonasida turgan masʼullarga şunday xabar yetkazdi: “Falon sinfdagilar orasida virus çiqibdi. Şuning uçun bugungi dars qoldirilibdi”. Qisqa va aniq xabar. Xayriyatki, bu sovuq xabar öz tasdiğini topmadi. Yigitça esa oramizda — şu jamiyat vakili.
Uning örnida köp kitob öqigan, demakki, badiiy asarlar qahramonlari hayotida keçgan mardlik-munofiqlik, botirlik-qörqoqlik, halimlik-surbetlik singari xom sut emgan odam bolasiga xos aksar ijobiy-salbiy xislatlardan yetarliça boxabar bölgan ilmi tolib bölsa, bu vaziyatda özini qanday idora qilardi? Ayb qilib qöyganda ham “Uzr, xato qildim!” — degan bölardi. Taassufki, yöq joydan muammo paydo qilib, bir guruh ziyolilarni sarosimaga solib qöygan olifta bunday qilmadi: “Yöq, men unday demadim!” — deb turib oldi. Özi böynigaça tuşgan suvdan quruq çiqmoqçi böldi. Kamina bunga öşa yigitçaning kitob öqimagani sabab, deb öylayman.
Bolalarning öz badiiy qahramoni bölişi kerak. Şaxsiy hayotimdan misol keltirsam. Kamina Dehqonobod tumanidagi maktablardan birida tahsil olganman. Maktabimiz kutubxonasida badiiy asarlar — turli mavzu va janrlardagi kitoblar köp edi. Ularni avvaliga saralab, keyinroq öqimaganlarimni ham bir sira mutolaa qilib çiqqanimda ham kitoblar kamlik qilavergan. Baxtimga öşa paytlarda xöjalik markazida ham juda katta kutubxona bölardi. Yoz böyi velosipedimning yukxonasini töldirib kitob olib ketib, hafta-ön kunda ularni qaytarib olib kelib topşirib, yana öşa hajmda boşqa kitoblarni olib, uyga ravona bölardim. Ayniqsa, E.Xeminguey — eng yaqin hamrohimga aylangan edi, lekin adabiy qahramonim Şerlok Xolms edi. U haqdagi kitobni qayta-qayta öqirdim. Uning topqirligi, uddaburonligi, haqiqatparvarligi men hayotda izlagan va ibrat olsa arziydigan voqeliklar sifatida har gal hayajonga solardi. Yillar ötib, ulğaydim — kasb tanlaşga kelganda: haqiqatçi bölaman, deb jurnalistika fakulteti eşigini topib bordim, öqidim. Va radioda işlay boşladim: “Oçiqçasiga gaplaşaylik!” nomli tanqidiy-tahliliy eşittiriş tayyorlar edim. Haftasiga ikki marta efirda yangragan bu dilxoh suhbatlar tilga tuşdi, eʼtirof etildi. Bu yutuqlarning barida Şerlok Xolmsning hissasi katta!
Qissadan hissa şuki, öz adabiy qahramoni bölgan bola çigal munosabatlarga töla hayot örmonida kutilmagan holatlarda pand yeb qolmaydi, jilla qursa, kitob öqimagan tengdoşlariga qaraganda juda kam talafot körişi mumkin. Mana, adabiy qahramon bizga nima uçun kerak!
Bugun kitobxonlik va mutolaa madaniyatini şakllantiriş haqida turli davralarda, adabiy-maʼrifiy yiğinlarda bot-bot aytilayapti. Keling, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini şakllantiriş borasida öz ibratomuz şaxsiy hayoti, ölmas asarlari orqali dunyoga maşhur bölgan jahon adiblarining sözlariga quloq tutaylik:
Fransuz siyosiy arbobi Eduard Rene: “Taraqqiyotning umumiy kölamida har bir xalqning örni öşa xalq öqiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi”, degan ekan.
“Barça yaxşi kitoblarning, ayniqsa, bitta öxşaşligi borki, ular, şubhasiz, kitobxonlarda kişilar uçun nima adolatli, gözal va foydali ekani haqida boş qotiriş istagini uyğotadi”, deya taʼkidlagan rus adabiy tanqidçisi N.Çernişevskiy.
Muxtasar qilib aytganda, najot yöli kitoblar orqali ötadi. “Xayr, maktab”, “Xayr, kitob”, degani emas. Çunki kitob bilan heç qaçon xayrlaşib bölmaydi. Ular doimiy hamrohimiz bölsin! Çunki heç qaçon xiyonat qilmaydigan sodiq döst bu — kitob!
Safar OLLOYOR,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi masʼul xodimi
