SMSdan döst topiş mumkinmi?
Kundalik turmuşimizda telefonning ham örni tobora kuçaymoqda. Ayniqsa, ayollar va bolalar uçun möljallangan dasturlar tobora ommalaşmoqda. Bu dasturlar öğil-qizlarga yaxşigina yordamçi bölib xizmat qiladi. Sababi, bilimga çanqoq, yoşlar kerakli adabiyotlarni internetdan yuklab bemalol öqimoqdalar. Bu qulay albatta. Ammo tanganing ikkinçi tomoni ham bor.
Undagi baʼzi bir dasturlar, öyinlar yoşlarga psixologik taʼsir ötkazib ularni odamovi, badjahl qilib qöymoqda. Bundan taşqari, ayni paytda telefonlarga kelayotgan “5252ga SMS yuboring va döstlar orttiring”, “Öz juftingizni qidiryapsizmi? …ga qönğiroq qiling” mazmundagi SMSlar ham yoşlar tarbiyasiga salbiy taʼsir körsatadi. Sababi, bir xabar boşqa xabar suhbatga ulanib ketişi mumkin.
Bir tasavvur qilib köring. Körmagan, bilmagan insonga qanday qilib köngil qöyiş, döst tutiniş mumkin? Axir, çatdan topilgan “döstlar”ning aksariyati soxta va qalbaki-ku! Çin döst oğir kunda ham, yaxşi kunda ham yoningda turişi lozim.
Ayançlisi, çatlarda yoşni ham özgartirib qöysa böladi. Ayrim katta insonlar yoşini özgartirib, masalan, 40 yoş bölsa 30 yoş, 25 yoş bölsa 50 yoş qilib körsatadi. Şu taxlitda oylab, yillab gaplaşib yurişadi. Suhbatdoşini aldaydi. Qop-qop vaʼdalar berib, uçraşamiz, degan-da, aloqani uzib qöyadi. Ana endi özingiz ayting, bundan kimga nima foyda? Bundan taşqari, inson uçun berilgan eng bebaho neʼmat öz vaqtlarini behudaga sarflagan böladilar.
Yuqoridagi kabi holatlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar, psixologik mukammal şakllanmagan yoşlar orasida keng uçramoqda. Şulardan kelib çiqib, telefon kompaniyalariga bir taklif : ular “Tanişuv çatlariga obuna böling” degan SMSlarni yoşlarga, ayniqsa, maktab öquvçilariga yuborişmasin.
Yana bir holat, farzandlarining keljagini öylagan ota-onalar bolalariga köproq turli xil badiiy va ertak kitoblar olib bersalar, maqsadga muvofiq böladi. Bundan taşqari, ösmirlarni sport majmualaridagi tögaraklarga olib borişsin. Şunda yurtimiz yoşlari ham maʼnan, ham jismonan baquvvat bölib ösadi.
Eng asosiy masalalardan biri, oilada töğri maʼnaviy muhit şakllangan bölişi kerak. Har kuni ota-onalar farzandlarini “erkin nazorat” qilişlari lozim. Yaʼni, uni qilma, buni qilma deb qatʼiy tergab emas, balki “Buni qilsang yomon böladi” deb misollar bilan tuşuntirişlari zarur. Şunda yoşlarga har qanday yovuz kuçlar, “Tanişaylik” qabilidagi SMSlar salbiy taʼsir körsatmaydi. Zero, yurtimiz kelajagi yoşlar qölida. Şunday ekan, ularni asrab, barça imkoniyatlar eşigini keng oçib berişimiz kerak.
Muhammadsodiq TÖRAYEV
