“Oltin” tuxum

Muallif haqida:

 Muhammadjon Xöjayev — 1993 yili tuğilgan. Özbekiston davlat Jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

 “Hurriyat”, “XXI asr” va boşqa markaziy matbuot naşrlarida qator tanqidiy-tahliliy, badiiy-publitsistik maqolalari çop etilgan. Hozirda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentida harbiy jurnalist.

 

Öşanda adaşmasam 3- yoki 4-sinfda öqirdim. Qişloq. Yozning ajoyib kunlaridan biri — ayamning tavallud ayyomi. Ertalabdan akam bilan özimizça nima sovğa qilişni öylardik. Nima bölişidan qatʼi nazar, u narsa onamizni hayratga solib, xursand qilişi kerak. Boş qotgan. Nima bölişi mumkin? Topildi!

Qişloq hayoti öquvçiga begona bölmasa, bundan keyingi yozğirimizni qiynalmasdan tuşunadi. Xullas qizğançiq, yovvoyilaşgan, tutqiç bermas tovuğimiz bölardi. Kamiga tuxum qöygan joyini puxtalik bilan yaşirardi, xasis. Oilaviy qidirib ham topolmaganmiz. Pişiqligini qarang buni: tuxum qöygan joyidan ança nari ketib qaqqillardi. Yugurib borsang, na tuxum va na özi bor. “Şpionka”!

Öziyam sal yengilroq edi, şu tovuq. Qöşnining xörozi bilan inoqligini körib, uydagi xörozim arazlab, bir hafta don yemagandi. Bölmasa, yana 15 ta dömboqqina tovuğimiz bor. Yöq, bizni xörozboy faqat öşanisini derdi. Öl-a, “kampot”!

…Xullas öşa kuni akam ikkimiz şunaqangi puxta rejalar tuzdikki, bularning oldida detektiv Erkyul Puaro nima böpti! He, bizga yetadigani yöq. Bugun tuxumlar topiladigan kun. Topamiz!

Bir neça oydan beri qidirilayotgan tuxumlar topilganidan ayamning xursand bölişini juda yaxşi bilardik. Şu boisdanmi borliqni unutib, butun vujudimiz va fikru xayolimiz qidiruv işlarida böldi. Tom usti, old va orqa hovli, molxona, tomorqa, bedazor, makkazor, olmazor, sevişganlar uçraşadigan xufya burçak ham qolmadi. Daraxtlarga ham bir-bir çiqib kördik. Şoxda tuxum nima qiladi, deydigan odam yöq. Nima farqi bor, istak kuçli edi-da.

Topilmayapti! Qasd kuçayib, asabçamiz ozgina qiçigandi. Heçqisi yöq, tuxumlarni topgaç, daryoga borib suvga bitta kalla taşlaymiz, çarçoq ham çiqib ketadi. Izla, hozir çiqadi, izla. Yo bugun tovuq aqlli çiqadi yo — biz.

Odatda yöqotgan narsamizni çuqur öylab yuborgan holda uzoqlardan qidirib, topolmay yuramiz. Qidirganimiz esa şundoqqina yonginamizda turgan böladi. Misol uçun, uy kalitini eşik oldida turadigan botinka içiga yaşirganimiz kabi.

Tört soat davom etgan behuda urinişdan keyin hammasini yana boşidan boş­ladik. Bu safar miyaçadagi tomirçalarni zöriqtirib, aql bilan yondaşamiz. Taslim böliş yöq. Hid­lab bölsayam topiş şart.

…Nihoyat! Mana, mana-ku, tuxumlar şundoqqina gulxonadan tomorqaga tuşaverişda, anjir daraxti tagida, törtta sarğaygan öt orasida turibdi quyoşda oltindek tovlanib! Akam yugurib keladi. Haqiqatan, “Jek va loviya poyasi”dagi Gaganing naq 32 ta oltin tuxumi. Ahmoq tovuq, şu yergayam yaşirasanmi!?

Akam bilan talaşib tuxumlarni içimizga tiqa boşladik. Kimni maykasi katta bölsa öşa köproq oladi.

…Endigi masala sovğani sovğadek qilib öraş. Topganimizni töpladik: tört burçakli korobka, uni öraş uçun paket va opamni maktab formasidan qirqib olingan lenta. Sovğani baholiqudrat tayyorlab, kalla taşlagani ketdik.

…Keç kirib, dasturxon atrofida hamma jamuljam bölgaç, tirjaygança ikkita bola qölida bezatilgan korobka bilan kirib keldik-ku. Sovğadan ham köra, qizğançiq tovuğining tuxumlari topilganidan onamning boşi osmonda. Tuxumlarning 12 tasi palağda çiqqanini aytmasa (ularniyam qişloqqa muzqaymoq sotib keladigan amakiga “ötkazganman”), bu voqea unutilmas bölib oilamiz tarixiga muhrlangandi.

Tovuqqa nima böldi, deysizmi? Buyoğini dadamdan söraş kerak. Ammo… öşa kungi oşga qöşilgan göşt biram mazali ediki, asti qöyaverasiz…

Muhammadjon XÖJAYEV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan