Yöl quruvçi

Nikolay Xaytov

Muallif haqida: Nikolay Xaytov — bolgar yozuvçisi, dramaturg, publitsist. 1919 yil 15 sentyabrda Bolga­riyaning Yavrovo şahrida tuğilgan. “Yovvoyi ertaklar” töp­lami, qator hikoya va oçerklari bilan tanilgan. 2002 yilning 30 iyunida, 82 yoşda Bolgariyaning Sofiya şahrida vafot etgan.

Keça uyimga “Yöl nazoratçisi” kelib, “Vlaşo sen bölasanmi?”—deb söradi. Va “Yöl boşqarmasining boşliği “uni huzurimga olib kel”, deb buyruq berdi”, dedi.

— Buyruq bergan bölsa, boraveramiz-da.

U meni, töppa-töğri boşqarma boş­liğining eşigiga röpara qildi-da: “Eşikni taqillat, boş kiymingni yeçib içkari kir!”—dedi.

Men boş kiymimni yeçib, içkari kirdim. Boşliq stolni u tomonida gazeta öqib ötirardi.

— Kuningiz xayrli bölsin, muhtaram boşliq!

— Nima kerak senga?-deb söradi boş­liq, gazetadan boş kötarmay.

— Çaqirtirgan ekansiz, öşa Vlaşo men bölaman.

“Vlaşo” sözini eşitişi bilan darhol gazetani stolga qöydi.

— Ha-a-a, demak, şahar taşqarisida tekinga yöl quradigan sen ekansan-da!

— Menman.

— Qayerda yaşaysan? Şaharlikmisan? Yo…deb— söradi boşliq.

— Ha, şaharlikman.

— Qiziq, avvallari seni heç uçratmagan ekanman.

— Şahar katta, özim ham köp taşqariga çiqmayman. Uyda işlayman. Kosibman. Yamoqçilik qilaman.

—Bu qanaqasi böldi?—ajablandi boş­liq,—ham kosibsan, ham yöl qurasan?

— Nima böpti? Mumkin emasmi?

— E, yöq, kim senga “mumkin emas” dedi?…

— Nazoratçi uyimga kelib “boşliğimiz seni olib kel! — deb buyurdi”, dedi. Balki biron notöğri iş qilgan bölsam kerak deb öyladim.

— Hayvon! — jahli çiqdi boşliqning buyruq berganim yöq, vaqti bölsa bir kelib-ketsin, dedim. Şunçaki bir körib u yoq, bu yoqdan gaplaşmoqçi edim. Rosti, yöl qurganing, töğriroği, işingga haq tölamoqçiman. Bilasanmi, men tuman böyiça yöllar uçun javobgarman. Xöş, bizda qança haqqing bor?

— Men, pul uçun işlamayman. Yölni pulga qurmayman.

Bu gapimni eşitib boşliqning közi olayib qoldi.

— Nega? Yöq, keçirib qöyasan, davlat bunga yöl qöyolmaydi. Işladingmi, marhamat qilib, haqingni ol!

— Unday bölsa, mayli tölaşsin.

— Qança?

— Qança lozim bölsa şunça tölaşaversin.

— Yöl quriş uçun neça kun işlagansan?

— Kunini hisoblaganim yöq. Odatda men, tuşdan keyin işlayman.

— Tuşgaça nima iş qilasan?

— Tuşgaçami, yamoqçilik qilaman.

— Qança pul topasan?

— Baʼzi kunlari bir lev, baʼzisida yarim lev. Gohida ikki lev ham tuşib qoladi. Ammo xotinim ham yordam beradi. U restoranda idiş-tovoq yuvadi. Yaxşiyam öşa yerda tamaddi qilib keladi. Öğlim esa uyli-joyli, rözğori bölak.

Boşliq menga ğalati qaradi. Hatto köz oynagini olib, menga tikilib razm soldi.

— Qiziq, — dedi u, — unçalik qari körinmaysan-ku.

— Oltmişni urib qöyganman.

— Hay mayli. Har kuni yöl qurasanmi?

— Aytdim-ku, tuşdan keyin deb.

— Buning uçun heçam pul olmaganmisan?

— Kimdan olaman? Kim uni menga beradi? Özim yöl qurişni yaxşi köraman. Meni heç kim majburlamaydi. Ammo bir safar nafaqaxörlar istirohat boğiga olib boradigan yöl qurib berişimni, buning uçun menga ikki lev berişni vaʼda qilişgandi. Yölni qurişga qurib berdim, xizmatimga haq tölaş ularning yodidan kötarilib ketdi.

— Agar unday bölsa, — dedi boşliq,—biz uçun ham işlab berarsan?

— Xöp.

— Qança söraysan?

— Qança bersangiz yöq demayman.

— Asboblaring bormi?

— Bölganda qandoq.

— Portlatgiç-çi?

— Uni nima qilaman? Örmon çöçiydi. Quşlar qörqib qoçib ketadi.

— Agar yöl tuşadigan joyning örtasidan xarsang toş çiqib qolsa-çi, unda nima qilasan?

— Kirkani işga solaman. Kirkaning kuçi yetmasa, aylanib ötaman. Men qaysi toşda ildiz böladi, qaysinisida bölmasligini bilaman. Baʼzan şunaqa toş­lar uçrab qoladiki, joyidan qözğatib bölmaydi. Ildizi yöq. Nainki toş, hatto odamning ham ildizi bölmasa heç narsaga yaramaydi. Na kirka va na belkurak bölsin, unga kuçi yetmaydi. Atrofida ming aylanganing bilan foydasiz. Miq etmaydi. Şuning uçun köylagim bir oyga çidamaydi-da. Ter çiritib yuboradi.

— Unaqa bölsa nima qilasan özingni urintirib. Eşitişimça, sen ötib bölmas joylardan, tik jarliklardan yöl solar emişsan?

— Tep-tekis joyda yölning nima keragi bor. Tekis joydan yölsiz ham yursa böladi-ku. Yuriş qiyin, toğli, jarlik joylarda yölning qadri bilinadi.

— Yaxşi. Xöş, öşa ötiş qiyin bölgan joylardan kim yuradi, — söradi.

Qarasam, borgan sari işimga qiziqişi ortib boryapti. Şunda kim qanday yöldan yurişi mumkinligi töğrisida batafsil tuşintira boşladim.

— Birlari, — deb gap boşladim, — sayr qilişni yaxşi köradi. Ammo piyoda yurişni yoqtirib qolgan. Boşqasi, qizilça mevasini tergani çiqadi. Köproq nafaqadagilarni tong otmasdanoq toğ yölida yurişginini köraman. Toza havodan nafas olib yurişadi-da. Yana kimdir kallasini, kimdir asablarini şamollatadi. Asabiylar-çi, birlari miq etmay yursa, boşqasi kuladi. Bir kuni bittasi meni böralab sökdi. “Nima uçun çöqqigaça yöl qurmading”, deydi. Sababi, jarlikdan tepalikka kötarilayotganida şimi yirtilib ketibdi. Men unga:

— Çöqqida nima qilasan, vaqti kelib u yerga ham yöl solarman, — desam, “Kutib turişga sabrim yöq, omonatimni topşiradigan vaqt yaqinlaşib qoldi, hozir çöqqidan turib atrofni tomoşa qilmasam, ölganimdan keyin gördan çiqib tomoşa qilamanmi”, deydi.

— Böpti, ataylab sen uçun yöl qurib beraman, — dedim. Hozir öşa yölni quriş bilan bandman. Xaraçov bölsa, Xaraçovni taniysanmi? Qon bosimi borligi uçun piyoda yurişi kerak. Qorni katta, semiz. Bir kuni u ham menga pöpisa qildi: “Yölni namunça tik qurmasang? Kim uçun harakat qilyapsan? Bunday yöllardan odam yurolmaydi. Yölni tekis joydan solsang bölmaydimi? Şoşmay tur, hali körsatib qöyaman”, deb ödağayladi. Öşa Xaraçov uçun tekis yerdan yöl solib berdim. U yöldan hozir döxtir Şumkov ham yuradigan bölgan. Çunki şu yöl töppa-töğri çaşmaga olib boradi-da. Suv içiş oson bölsin deb, tarnov ham örnatib qöyganman. Rohat qilib suv içasanu ortga qaytasan. Ana kördingmi mijozlarning taʼbi qançalik nozik bölib ketgan.

Sayohatçilarni aytmaysanmi, ammo baʼzilari minnatdorlik bildirişadi ham. Qaysi kuniyam, bittasi bir xalta pomidor bilan siyladi. So­fiyadan taşrif buyurgani esa: “Senga medal olib berişga harakat qilaman”, devdi, ammo “turizmning buyuk jonkuyari” dedimi, “turizm bunyodkori” dedimi, gapiga tuşuna olmadim. Menimça bironta firqa aʼzosi bölsa kerak.

“Sen özimizning odamsan, taşab­buskorlikda hammamizdan özib ketding”, deydi. Judayam hazilkaş, xuşçaqçaq ekan. Ular bir soatdan köp atrofimda girdi-kapalak bölişdi. Faqat bittasi juda badqovoq ekan. Qölimdagi supurgini körib, “uni nima qilasan?” — deb söradi.

— Mayda toşlarni supiraman.

— Ularni nima uçun supurasan?

— Birontasi oyoqyalang yurgisi kelsa, tovoniga botmasin deyman-da!.

— Hozirgi zamonda yalangoyoq yurgan odamni kördingmi? — deb baqirib qolsa böladimi.

— Bolgariyada bironta yalangoyoqni kördingmi? Nima, sen Bolgariyada odamlar yalangoyoq yuradi, demoqçimisan? Qani, şaxsingni tasdiqlovçi hujjating­­ni körsat-çi! Pasportingni bu yoqqa ber!

— Senga pasportim kerakmi, ma, kör,—dedim. Vlaşo bölaman. Xohlasang ham xohlamasang ham Vlaşoning öziman!

— Tirjay, — dedi u. — Tişingni körmoqçiman. Rasmingdagini rangi boşqaça körinyapti.

Men tişlarimni unga körsatdim.

— Nima uçun oğzingdagi tişlaring sunʼiy?

— Demak, özimniki tuşgan.

— Nega pasportingda sunʼiy emas?

— Pasportim ellik uçinçi yilda berilgan. Öşandan beri ozmunça vaqt ötdimi?

Şundan keyin pasportimni qölimga tutqazdi-yu, yölga yopişdi.

— Bu işing uçun kim senga haq tölaydi?

— Heç kim!

— Demak, tekinga işlayapsan?

— Demak, şunday.

— Qani oldimga tuş-çi, “Jamoa kengaşi”ga boramiz. Köraylik-çi, bu saxovatpeşa qayoqdan paydo böldiykin?

Yaxşiyamki atrofimdagilar meni yonimni olib, örtaga tuşişdi. Omon qoldim. Lekin şunday bölsa ham, orqavorotdan meni kuzatib yurdi…

Mening gapga tuşib ketganimni körib boş­liq bir çekkada quloq solib turardi.

— Gapiraver Vlaşo, juda qiziq. Sen gapirib turguning qadar men boş hisobçiga qönğiroq qilaman, senga yöl sozlovçilar ust-boşini beradi.

— Boş hisobçi rozi bölmaydi, — dedim darrov.

— Nega endi? Sen uni taniysanmi?

— Buni tanimayman. Ammo “Örmon xöjaligi”dagi hisobçiga işim tuşgan.

Yozda köpinça işçi qöli yetişmaydi özi. U yalinib-yolvordi, xöjayni: “Pulgami, pulsizmi, iltimos qil, yordam bersin”, debdi. U:

— Yöllarni suv yuvib ketgan, Xudo körsatmasin, yuk maşinasi ağdarilib netib ötirmasin yoki odam toyib ketib, bir kor-hol yuz bermasin deyapti, şunga rozi bölgin, — dedi.

Yöq deyolmadim. Ammo men bor-yöği bir kungina işladim. Ertasiga işga borsam, xöjayini: “Jöna”, deb qoldi.

— Nima gap? — söradim.

— Bu gap ikkalamizning örtamizda qoladimi, — tasdiğini olgaç, gap boşladi u. — Boş hisobçimiz, “yaxşisi esi pastlar bilan ilakişmaganing durust. Yana biron-bir falokat röy bersa, “nega begona odamni qonunsiz işga olding” deb sudra-sudra qilişadi. Unaqalar bizga kerak emas, haydab yubor”, deyapti, nima qilay,— dedi.

Şundan keyin örmon qorovuli meni işdan böşatib yubordi. “Döxtirdan spravka olib kelsang, marhamt işlayver” deganini, mening vaqtim bormi…

— Heç tagiga yetolmayapman. — dedi yöl boşqarmasi boşliği, — nega endi tekinga pul olmay işlaysan? Axir pul olişing mumkin-ku?

Şunda men unga yaqinda bölib ötgan bir voqeani aytib berdim. Xöv, yuqoridagi soylikda yöl quruvçilar bilan uçraşib qoldim. “Sen xom kalla, nega endi bepul işlab, narximizni pastga uryapsan. Biz pulga işlarkanmiz-u, nega endi bu tekinga işlar ekan?! Nima uçun?!”— dedi biri.

Bitta iprisqisi esa tösatdan, “qani yigitlar bu tentakni daryoda bir çömiltirib qöymaymizmi? Uni kim ham eslab, dod-voy qilardi?” — desa…

Agar daraxt kesuvçilar kelib qolişmaganda, daryoga uloqtirib yuborişlari heç gap emasdi.

— Gazanda, seni joying, jinnixonada! Hali şoşmay tur, esingni kiritib qöyamiz! — deya jönab qolişdi.

Özingiz bilasiz, men yöl qurişni yaxşi köraman, şuning uçun quraveraman. Örmonga kirsang çor atrofingda toş-tönka, şağal çakalakzor. Bunday qarasang, töğringda tep-tekis yöl turibdi. Oldin çakalakzor, tikanzor bölgan joy örnida, sip-silliq, ravon yöl paydo bölib qolgan. Oldinlari çakalakzor bölgan joy örnida bugun, odamlar sayr qilib yurişibdi… Atrofga quloq solişadi… Yoşlar qöltiqlaşib sayr qilişadi…

Hamma narsaga jon bitgandek böladi. Pullik bölsa bu endi boşqaça tuyuladi. Odamlarning yuzidagi tabassum ham boş­qaçaroq böladi. Bir safar yigit bilan qiz boşlaşib yurişgan, daraxt şoxlarini butayotganimni körib “juda ham kalta kesib yubormang, keksalar juda qiziquvçan böladi, bizni ortimizdan möralaşmasin. Biz uçun yaşirinadigan joy qolsin”, deb rosa xursand bölişdi.

Har kimning xohişi har xil bölarkan. Mana daraxt kesuvçilar uçun ham yöl kerak. Öşalar meni yöl quruvçilar qölidan qutqarib qolişdi-da. Haligi pul uçun yöl quradiganlarning qölidan!

Baʼzi-baʼzida peçga ötinga deb taraşa, şox-şabba taşlab ketişadi. Şamollab qolganimda, örmondan giyoh ötlarni olib kelib berişdi, hammomda rosa buğlaşdi, xullas, oyoqqa turmagunimça xabar olib turişdi.

— Hay-hay, sen bizga keraksan, ölişni xayolingga ham keltirma! — deb tayinlaşdi ular. Hurmat qilsang arziydi, xuşçaqçaq odamlar. Agar ular bölmaganida, daryoda çökib, töppa-töğri narigi dunyoga ravona bölişim aniq edi. Boya ayt­ganimday, xotinim uyda kam böladi. Restoranda idiş yuvuvçi bölib işlaydi. Sakson lev oladi. Öşa yerdan qornini töyğazib ham keladi.

Har bir yölning öziga yaraşa yöriği bor. Mana, masalan, bittasi Kele şahrining eng baland çöqqisigaça olib çiqadi. Sizni boşlab ketaveradi., boşlab ketaveradi, qarabsizki, toğning çöqqisida turibsiz. Ana senga tomoşa. Pastlikda butun bir şahar, ötloq, örmon. Boşqa joydan butun şaharni körib bölarmidi-a?

Boşqa yöl esa töppa-töğri çaşma yoki buloq boşiga olib boradi: şu yerda yöl töxtaydi. Mazza qilib, qonib-qonib, töyguningça iç! Nafasingni rostla, hordiq çiqar, bekordan-bekorga şoşilma! Xoh şoşil, xoh şoşilma hammamizning boradigan joyimiz tayin. Ötgan yili bir yölni Ravdinodagi arvuğon daraxtining tagigaça olib bordim. Keksa arğuvon. Daraxt qadimiy bölişiga qaramay, çaman bölib gullagan. Ostida ötirib töyib, töyib nafas olasan. Dunyoda bunaqangi latif hidni heç yerda özing bir öylab kör: yöl bölmasa arvuğon qayoqda edi? Men unga “Arvuğon yöli”, deb nom qöydim. Ajabki, nomi tillarga tuşib qoldi. Bir kuni qarasam, öşa yöldan bir yölovçi tuşib kelyapti. Qayerdan kelyapsan, birodar, deb sörasam, “Arvuğon yonidan. Sayr qilib qaytayotibman”, deydi.

Boşliq menga tikilganiça angrayib qoldi.

— Qiziq, — dedi u, — juda ham qiziq!

Men yana gap boşladim. Bir vaqtlar qiş­loq bölgan joylar endi huvillab qolgan. Ammo yöl joyidan jilmagan. Bu yöl qayoqqa olib borarkin, deb öylagança şoşilmay ketyapsan. Birdan oldingdan keng yalanglik çiqib qoladi. Şudgorni yomğir suvi yuvib ketgan. Ammo yöl, şu yerda şud­gor bölganini tasdiqlab turibdi. At­rofga qaraysan. Xirmonga közing tuşadi. Ana şunaqa söqmoqlar ham böladi. Boşqa bir yöl aylantira-aylantira taşlandiq konga olib çiqadi. Öydim-çuqur, toş devorlarga közing tuşadi. Demak, bu yerdan toş taşişgan. Uçinçisi baland-past, yonboş tomonga burila-burila devorga röpara qiladi. Demak, qadimiy qörğon röparasida turibsan.

— Xöş nima böpdi? — söradi boşliq, — nima sen öşa qörğonni ham taʼmirlay olasanmi?

— Bu endi qörğonni qanaqaligiga boğliq. Baʼzan “ötgan işga salovat”, deb qöl siltab qöyaqolasan. Mana, masalan dalani olib köraylik. Ölik dala kimga kerak? Yoki vayron bölgan qörğon? Agar undan odamlarga biron-bir naf tegadigan bölsa, taʼmirlayman. Agar şu yerni suvi, salqin joyi, olov yoqişga ötin-çöpi bölsa, odamning közi quvonadi, unday bölsa tuzataman…

— Demak sening-ça, — deydi boş­liq,— agar gapingni töğri tuşungan bölsam eng muhimi gözallik ekan-da?

— Ha boşliq, töğri topdingiz, — deyman. — Agar gözallik bölmasa bunaqangi dunyoni kimga kerakgi bor?

— Agar sen uçun hamma gap gözallikda bölsa, til topişib ketamiz. Senga çiroyli korjoma beramiz.

U telefonni olib boş hisobçiga qönğiroq qildi.

— Allo, Didov? Oldimga kir, bir iş çiqib qoldi.

Boş hisobçi keldi.

— Mana bu yölsozga maxsus ust-boş—korjoma beriş kerak. U tumanimizda tekinga yöl qurib beryapti. Mana şu, — dedi u, — Vlaşo böladi. Issiqroq kiyiming bormi? Hozir, kuz fasli namgarçilik, öpkasi şamollagan ekan, uni ehtiyot qilişimiz kerak.

Boş hisobçi eʼtiroz bildirmadi.

— Töğri aytasiz, — dedi u.

— Behuda ovora bölmang, — dedim, — arzimaydigan narsa.

— Arzimaydi deganing nimasi? — baqirdi boşliq. — Sen, özing arzimas narsamisan? Butun şaharda sen haqingda gap tarqab yurgan bölsa-yu, seni yalanğoç qoldirib bölarmidi? Ertaga şamollab netib, omonatingni topşirsang nima böladi?

Hali senga nafaqa undirişga ham harakat qilib köramiz. Agar iş vaqtida biron kor-hol röy berib, mayib-majruh bölsang, qarabsanki, hamyoningga nafaqa puli tuşib turibdi.

— Agar falokat röy bermasa-çi, — savol berdim ularga.

— Unda özing bir ilojini topasan. Nega kulasan? Iloji topilmaydi deb öylaysanmi? — u menga sinovçan tikildi.

— Nega topilmas ekan? Odam borki, har narsa qilişi mumkin!

Boşliq birdan sakrab turdi, menga öşqira ketdi:

— Hali muttahammisan! Qallob ekansan-ku! Nega bunaqa har xil gaplarni gapirayapti desam, ö muğombir! Demak, özing­­ni özing mayib qilib-a, nafaqa ham undirmoqçisan? Kördingmi, Didov! Mana bu avliyoga bir qara. Mana bu halol avliyoni körib qöy! Quruq “rahmat” uçun yöl qurarmiş! Oliyhimmat! “Nega endi har xil, esi pastlar yöl qurib yuribdi-yu, boş­qarmaning parvoyi palak”, deb mendan yana tuşuntiriş xati talab qilişadi-ya. Yöqol közimdan! — baqirdi menga qarab. — Örmonda oyoğing izini ham körmay! Agar körib qolsam prokurorga topşirib yuboraman, —tur yöqol!

Men çiqib ketdim. Nima ham qilardim! Bu hayotda har kimning öz yöli bor deb, aytmabmidim…

Hammadan köp alam qiladigani, şu-şu örmonga kiritmay qöyişdi. Attang! Hali yana qançadan-qança yöl qurişim kerak edi-ya!…

Rus tilidan

Jöra MAHMUD tarjimasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan