VATAN HAQIDA TUGANMAS QÖŞIQ
Şoirni har doim muqaddas Söz çorlab turadi. Şoirning nigohi olislarga – özining, özgalarning köngliga, möysafid toğlarga, kayvoni teraklarga, qadimiy çinorlarga, yangi nihollari böy çözgan boğlarga, yoruğ manzillarga eltuvçi yöllarga qadalgan böladi. Şunda, işoning, uning quloğiga kimdir şivirlab sözlarni aytib turgan böladi. Şoirning yaxşisi şundan maʼlumdir. Eşitgan aytimlarini çalğimasdan ilğay olgan şoir Sözni qalbida avaylay oladi, uni qoğozga tuşira oladi. Söz vafoning, Sözga oşiqlikning oxir-oqibati şulki, u barçamizning tilimizda, dilimizda şeʼr bölib jaranglaydi.
Ğayrat Majid tuğilgan maskan – Kitob tumani toğli, bahavo joylardan. Sayru tomoşa aylasangiz, toğlariga, yaşillik közingizni quvnatsa, boğlariga, suvidan içsangiz, buloğiga, şeʼr eşitsangiz, şoiriga havasu mehringiz ortadi. Şunday ekan, bugungi özbek adabiyotida ana şu voha farzandi Ğayrat Majid degan şoirning öz örni bor ekanligi bejiz emas.
Ham gul, ham dil – böston yurt,
Köksimdagi iymon yurt.
Tinmay aytgim keladi,
Içim töla doston yurt.
Şoirning yaqinda “Şarq” naşriyotida çop etilgan salmoqli hajmdagi “Beş dars” kitobidan örin olgan bu şeʼr özi tuğilib ösgan Xöjailmkoni qişloği haqidadir. Kindik qoni tomgan tuproq muhabbati inson qalbida har doim bus-butun, çeksiz, tugaldir. Ana şu muhabbat şoirning köksidagi iymonning özidir. Şoirning içi töla doston ekanligi ham şundan.
Jami beşta darsni özida jam etgan kitobning “Birinçi dars”ida Vatan, ona tuproq, bu tuproqdan mangu qönim topgan uluğ insonlar haqida. Şeʼrlarni öqib anglaymizki, şoir tuğilib ösgan qişloqda muqaddas ziyoratgoh bor. Bu Hazrati Xojagiy Imkanagiydir. Maʼlumki mavlono Imkanagiy naqşbandiya tariqatining murşidi komillaridan bölgan. Ziyoratli maskan haqidagi uşbu şeʼrda şoirning ruhiy poklaniş ehtiyoji seziladi:
Oppoq tuyğular-la poklab ruhimni,
Topib olgim kelar özimni yöqlab, – deydi şoir.
Bu tabarruk maskan şoirning bolalikdanoq şakllangan qaraşlarini ança ulğaytirganiga, asosiysi taʼsirçan iboralarga, favqulodda fikr aytişiga hissa qöşib turganini ilğaş qiyin emas.
Hazrat Imkanagiy, hazrat bobojon,
Böğzimni tirnaydi nurli bir nido.
Tuproqda yotib ham yuksaksiz kökdan,
Sizga yetkazsaydi meni ham Xudo.
Ötmişdagi avliyo bobolarimizdan bölmiş hazrat Imkanagiy haqidagi yana bir şeʼrda şoir qalbining tub-tubidagi mungli dard ham soğinç şaklida namoyon böladi. “Umrim soğinç degan yöldir, Hazratim” degan satrning özidayoq dilingizda allaqanday soğinçni tuyasiz. Şunday damda ona tuproqning hidiga töyging, maysalarini silab, uning mehrini tuyging keladi. Tuproğu toşlarini silagan kaftingdagi titroq qalbingga köçadi. Qalbingga töplanib borayotgan bir dunyo orzuyu armonlar umringni soğinç degan yölga aylantirganini anglaysan.
Aslida şeʼr insonni insonga anglatadigan möʼjizadir desak mubolağamas. Ha, şunday. Sözdan-sözga, satrdan-satrga, şeʼrdan-şeʼrga köçgan sayin şoirning qalbi, qiyofasi, tarjimai holi ayonlaşaveradi. Biz şeʼrlarni öqirkanmiz, şoir Ğayrat Majidni taniymiz. Qişloqdan poytaxtga kelib, Vatan mehri qalbini birzum tark etmagan şoirning ota-onasi, oilasi borasida sözlovçi şeʼrlar “Ikkinçi dars” da öziga xos tartib berilgan.
Egniga oq xalatini ilib, dori-darmon, şirin sözi bilan odamlar dardiga malham bölgan şifokor otaning öğli bugun ruhiy ehtiyoj – Söz aytişga bel boğlaganining özida ham öxşaş mantiq borday, menimça. Şeʼrlarni öqiy turib, hozirda marhum otaning “çoponini quçib yiğlayotgan” şoirning armoni sizni ham bir qadar maʼyus torttiradi. Bunday armon boşqa şeʼrlarda ham öziga xos taʼsirçanlikni oşirgan. Aytaylik, “Ayvonimda qaldirğoçlarga…” sarlavhali şeʼr haqida şunday deyiş mumkin.
Bulbullakda qolgan ay dunyo,
Umr şunday bevafosanmi,
Ayvonimda qaldirğoçlarga,
Töyib-töyib yiğlab bersammi?
(Vatanga bölgan yuksak muhabbat şoir şeʼrlarida tuğilgan yurtdagi joy nomlarida ham aks etadi. Şoir ayrim şeʼrlarida Bulbullak, Qirqqiztepa kabi sözlarga köp murojaat etgan. Ş.O.)
Inson hayotida ota-ona, aka-uka, opa-singil va farzandlarning örni muhimdir. Ularga bölgan mehrimiz harakatlarimizda, munosabatimizda yaqqol körinadi. Şoir esa bu muhabbatini Sözda körsatib bera oladi. Ammo qay darajada? Kimdir bir-ikki şeʼr bilan, kimdir esa vaqti-vaqti bilan bu mavzuga murojaat qiladi. Oilaning munis va muşfiq aʼzolari – singillar haqida ijodkorlarimiz bir-ikki şeʼr bilan kifoyalanganini köramiz. Men Ğayrat Majid ijodida buning aksini kördim. Şoir yöl qaraguvçi, akaning mehriga intiq singillar haqida köp va xöp yozgan. Şoirning ana şu jihatiga yanada havas qilganimni yaşirmayman.
Qiynalsam, mendan köp çekar ozorlar,
Aziz singillarim – qaldirğoçlarim – deydi şoir.
Yana bir şeʼrida esa:
Singli bor akalar doimo baxtli, – deydi. Yoki:
Men hamon yuribman, tugamaydi yöl, –
degan satrda şoirning Söz yölida zahmat çekayotganini anglaş bilan birga muşfiq singillarning yöl qarayotganini his qilasiz.
“Uçinçi darsi”ni şoirning buyuk ajdodlarimizga, yaʼni Sohibqiron Amir Temur, hazrat Alişer Navoiy, Naqşbandiy, Mirzo Bobur, Maxtumquli, Mullo Nafas, Soğuniy, Qodiriy kabi buyuk zotlarga ehtiromining ramzi deyiş mumkin. Kitobda “Buyuk şajara payvandiman” deb nomlangan şeʼriy turkum Hindiston safariga bağişlangan.
Qalbi qulf kaslarga Xudo bas kelsin,
Qayon ketmoqdasiz, Hazrati Bobur?
Buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning armonini his qilgan şoir Boburga xayolan murojaat qiladi. Bu murojaat xuddi “Töxtang, Hazratim, qaysi yurtlarga boş olib ketmoqdasiz, yurtda qoling” degan iltijo kabi qalbimizda yangramaydimi?
Şoirning Hind safaridan olgan taassurotlarini sözlab berişdan taşqari “muhim gaplarini” aytib oliş niyati ham borligini anglaysiz. Bunday şeʼrlarda şoirning yurtga, ajdodlariga yanada daxldorligini köramiz.
“Hindiston daftari”dagi şeʼrlarda şoirning mamnunligi, dardidan taşqari afsus-nadomati ham mujassam. Şoir Hind yurtining turizm maskanlarida haykal sotib turgan kişilarni köradi. Bu haykalçalar ularning Xudosi emiş. Hindlarning köpçilik qavmi şu haykalçalarga siğinişi va savdo ahlining bu haykalçalarni sotib turişi şoirda ajabtovur taajjub uyğotadi.
Açinaman juda bu noçor odam,
Kun köradi sotib xudolarini, –
deya köngillarni larzaga soladi, öyga çömdiradi.
“Törtinçi dars” sevgi-muhabbat mavzusiga bağişlangan. Muhabbat mavzusida yozmagan şoirni şoir hisoblamasligimiz nimadan ekan-a aslida?! Muhabbat gözal ifoda qilingan şeʼrlar uçun har qança tahsin aytamiz. Har qaçon unda yaxşi his-tuyğuni tuyamiz, şeʼrlardagi muhabbat bizni rango rangligi bilan öziga tortaveradi, tortaveradi. “Dars”dagi barça şeʼrlarni ana şunday hayajon bilan öqiysiz.
Ayniqsa, “Nilufar” turkumida sevgi-muhabbatli holatni juda gözal tasvirlaydi:
Oyu yulduzlarni qoşiga çorlab,
Suvlar bilan suhbat qurayotgan gul.
Nilufargulim-a, nilufargulim,
Közlarim sen tomon boşlayapti yöl.
Oy va yulduzlarni qoşiga çaqirib, suv bilan suhbat qurayotgan gul, yaʼni maʼşuqasining huzuriga intilayotgan oşiqning holi köz oldimizda gavdalanadi. Şundaymasmi?
Şoirning muhabbat mavzuidagi har bir şeʼri tahlil etişga arzigulik aslida. Bu şeʼrlarning har birida alohida-alohida ohang bor. Bu ohanglar sizga hamişa hamroh bölişi şubhasiz.
Har qanday şoirning dunyo, hayot umrga bağişlangan, falsafiy qaraşlari aks etgan şeʼrlari böladi. Bu Ğayrat Majid ijodida ham muhim örin olgan. Darvoqe, ana şunday umuminsoniy mavzularga bağişlangan “Beşinçi dars”ning “Duo” sarlavhali şeʼr bilan boşlanişida özgaça hikmat ayon bölgandek:
Har kun Haq yölinda bir ijod bölsin,
Şul ijod ham qanot, ham najot bölsin,
Tilingda, dilingda munojot bölsin,
Umringga pok hikmat tortiq aylasin,
Ğamu anduhlardan foriğ aylasin.
Uşbu kitobda yana ğazal ohangini beruvçi “Yaxşi” radifli barmoq vaznidagi şeʼr xalqonaligi, yurakka yaqinligi bilan öquvçini öziga ohanraboday tortadi:
Çala yarim poyma-poy,
nolang qöşiq böptimi,
Yurak aytgan bitta söz,
mingta dostondan yaxşi.
Ha, insonning umri bir butunlikdan iborat. Ammo köngilning yarim bölişini, odamzodning köp işlarga ulgurmasligini, armonlarini “Yuzma-yuz” şeʼrida dildan his qilişga, anglaşga muyassar bölasiz:
Dunyo, menmi, şunday nargisday jussa,
Yarimta könglimda öylarim butun.
Ey, sen közlarimni yaşnatgan ğussa,
Men, axir, bir keldim, bir marta keldim.
Va bir marta kelgan odamning “Men ming yil yiğlayman bir söz aytgunça” degan nolasini eşitib yuragingizga tölqin kiradi. Ne baxtki, bir söz aytiş uçun “ming yil nola qilişga” tayyor odamning köngil olami sizda ne-ne taassurotlar qoldirmaydi.
Şoir sözi tuganmasdir. Uning aytmoq bölgan sözlari doim qalamining uçida turadi. Bundan keyin ham katta sözlar aytişga bel boğlagan Ğayrat Majiddek katta ijodkor qalamining uçida biz öqimoqçi bölgan yangi satrlar böy körsatib turganiga şubha yöq. Uşbu kitobdagi yakuniy darsning yakunidan joy olgan şeʼrning “Tugamaydi qöşiğim” deb nomlanişi ham bejiz emas. Çunki, bu Vatan haqidagi tuganmas qöşiqdir:
Men oşiqman, şu bois
Olçi bölar oşiğim.
Dunyo tugab ketsa ham,
Tugamaydi qöşiğim.
Şodi OTAMUROD,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi
