Yurt içidagi yurt
Mahalla asli arabça söz bölib, “örin”, “joy” degan maʼnolarni anglatar ekan. Bu sözning luğaviy maʼnosi, xolos. Özbek uçun mahallaning ahamiyati juda katta. Mahalla bu yurt içidagi yurt, demakdir. Mamlakatimizda mahallaga nisbatan maʼmuriy-hududiy birlik, öz-özini boşqarişning xalqimiz anʼana va qadriyatlariga xos şakli sifatida qaraladi.
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda mahallalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezident qarori bilan 2020 yilning fevral oyida Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining taşkil etilişi davlatimiz boşqaruvida mahallaning örni qay darajada muhim ekanini yaqqol körsatib turibdi. Bundan taşqari, ötgan bir neça yil vaqt davomida mahalla tizimi bilan boğliq davlat miqyosidagi köplab işlar amalga oşirildi.
Joriy yil fevral oyida davlat rahbarining Namangan viloyatiga taşrifidan xabaringiz bor, albatta. Taşrif çoğida köplab kamçiliklar, mahallalardagi real holat namoyon bölgan edi. Şundan söng ötgan qisqa vaqt mobaynida Namanganda ham köplab işlar amalga oşirildi. 1-2 iyul Namangan viloyatining mahallalaridagi özgarişlarni, mahalla raislarining faoliyatini köriş hamda ommaviy axborot vositalarida yoritiş maqsadida Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi tomonidan “Mahalla raisi — islohotçi” tamoyili amalda” mavzuida press-tur taşkillaştirildi.
Vazirlik xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari çiqqan ulovlar 1 iyul erta tongdan poytaxtdan yölga çiqdi. Bir neça soatdan söng yaşil daraxtzor, boğ, ekin maydonlari, katta-kiçik qir-adirlar, musaffo havosi, ajoyib tabiati bilan çiroy oçib turgan Namangan viloyatiga yetib bordik.
Ilk manzilimiz Çust tumanining 5 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiluvçi “Pansada” mahallasi böldi. Mahalla binosiga kirar ekanmiz, qarşimizda hunarmandçilik mehnati mahsuli bölmiş Çustning maşhur piçoq va döppilari, xöjalik uçun işlatiladigan buyumlar, kiyim-keçaklar, yumşoq öyinçoqlardan iborat kiçik mahalla yarmarkasi taşkillaştirilgan edi. Mahalla raisi aholining katta qismi hunarmandçilik bilan şuğullanişini, şuning orqasidan uy solib, maşina olib, töylar qilayotganini faxr bilan sözlab berdi.
Raisning aytişiça, pansadalik xotin-qizlarning 60 foizi döppiçilik bilan şuğullanadi. Mahalla ayollari tayyorlagan döppilarning bozorini kengaytiriş maqsadida, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlariga sotişni yölga qöymoqçi ekanliklari tahsinga sazovor.
“Pansada”da eʼtiborimizni tortgan eng muhim jihat şu böldiki, mahalla raisi taʼlimga sarmoya kiritişga bel boğlagan. Mahalla binosi qoşida boquvçisini yöqotgan, moliyaviy ahvoli oğir oilalar farzandlariga ingliz va rus tillarini öqitiş yölga qöyilibdi. Xarajatlar mahalla tomonidan taşkil etilgan fond hisobidan qoplanadi. Homiylar ham yöq emas ekan, albatta. Hozirgi vaqtda öquv markazida 10 nafardan ziyod bola öqitilmoqda. Oddiy bir mahalla raisining taʼlimga qaratgan eʼtiborini körib qoyil qoldik.
Şuningdek, mahallada “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”da turuvçi aholini iş bilan taʼminlaş çoralari ham körilmoqda ekan.
Keyingi manzilimiz — 2 ming nafardan ortiq aholi yaşaydigan “Baymoq” mahallasi. Bu yer Çust tumani hokimiga qaraşli 1-sektorga oid mahalla bölib, sezilarli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Safarimizning birinçi kunidagi yana bir manzilimiz Namangan şahrining “Bunyodkor” mahallasi böldi. Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari Namanganga taşrifi çoğida kutilmaganda, uşbu mahallaga borgan edi. Öşanda mahalladagi ahvol havas qilarli darajada bölmagan, hattoki açinarli holatda edi.
Mahalla juda uzoq yillar davomida eʼtiborsiz qolib ketgan, yöllar, içimlik suvi borasida nihoyatda katta muammolari bölgan. Prezident taşrifidan söng qisqa vaqt içida uşbu mahallada yöl qurilişi, suv quvurlari ötkaziş va boşqa köplab obodonlaştiriş işlari boşlab yuborildi. “Bunyodkor” haqiqiy bunyodkorlik maydoniga aylangan, desak, mubolağa bölmaydi.
Ötgan davr davomida Yangiqörğon tumani hududidan olib kelingan suv quvurlari mahalla böylab töliq tortib bölingan. Bu işni amalga oşiriş uçun 149 milliard söm sarflanibdi. Suv quvurlari sentyabr oyidan töliq işga tuşiriladi. Aytiş kerakki, şu paytgaça 30 yildan ortiq vaqt mobaynida mahalla aholisi içimlik suvini sotib olib isteʼmol qilişga majbur bölgan.
Şuningdek, mahalla böylab 94 milliard sömlik yöl quriliş işlari ham amalga oşirilmoqda. Bu mablağlar evaziga mahallada 13 kilometr uzunlikdagi 4 qatorli avtomobil yöli, velosiped va piyodalar yöllari qurib, işga tuşiriladi. “Bunyodkor” mahallasining 9 ta içki köçalariga töliq asfalt yotqizib çiqilişi rejalaştirilgan. Bundan taşqari, 4 oy içida elektr tarmoqlari töliq taʼmirlanişi közda tutilgan.
Mahalla markazida davlat xizmatlari markazi ham işga tuşirilganligi eʼtiborga molik.
“Bunyodkor” mahallasining yangi, zamonaviy binosida xotin-qizlar uçun qöşimça davlat granti asosida öqişga tavsiya qilingan qizlar bilan suhbatlaşdik. Ularning quvonçi içiga siğmaydi.
Biz ham “Bunyodkor”dagi islohotlar izçillik bilan davom etayotganidan mamnun holda yana safarimizda davom etdik. Keyingi manzilimiz Namangan şahrining Davlatobod tumani “Porloq” mahallasi böldi.
Joriy yil 19 mart kuni mahalla markazida 4 qavatli muhtaşam bino bölmiş “Yangi Özbekiston — yoşlar ziyo maskani” axborot-kutubxonasi oçilgan ekan. Uşbu ziyo maskani hozirda 30 mingdan ziyod turli badiiy va ilmiy adabiyotlar, öquv qöllanmalari bilan taʼminlanibdi.
Kutubxona juda zamonaviy va barça şaroitlar yaratilgan. Bino bir vaqtning özida 1200 kişiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega.
Yana şuning ham guvohi böldikki, uşbu binoda viloyatning faol mahalla raislari iştirokida “Mahalla raisi — islohotçi” tamoyili, “Mahallabay” işlaş tizimi, fuqarolar yiğinlari faoliyatiga oid seminar-maşğulotlari ham ötkazib turilar ekan.
Safarimizning ikkinçi kuni Çortoq tumani “Baliqliköl” mahallasidagi “Sulton Uvays Qaroniy” ziyoratgohiga taşrif buyurdik. Mahalla raisining aytişiça, bu yerlar köp yillar mobaynida qarovsiz ahvolda bölgan. 2018 yildan ziyoratgohga eʼtibor qaratila boşlangan. Hozirgi vaqtda bu yerda 1400 öringa möljallangan masjid va tahoratxona, maqbara yonida ayvon, zamonaviy mehmonxona, milliy muzey va kutubxona, dam oliş ayvonlari va xizmat körsatiş şaxobçalari qurilibdi.
“Sulton Uvays Qaroniy” ziyoratgohining janubiy tomonida uşbu avliyo şaxsning onasi Bibi Naima ona ziyoratgohi joylaşgan. Bu maskanda ham çiroyli quriliş va bunyodkorlik işlari amalga oşirilgan.
“Baliqliköl” mahallasida joylaşgan uşbu ziyoratgohlar içki va taşqi turizmni yanada rivojlantirişga şay holatda turibdi.
Ziyoratgohlardan çiqib Namangan şahridagi eng namunali mahalla hisoblanmiş “Daştboğ” sari yöl oldik. Bir kun oldin davlat rahbaridan “Kelajak bunyodkori” medalini olgan “Daştboğ” mahallasining raisi Muzaffarjon aka bizni xursandçilik bilan qarşi oldi.
Aholi soni 5 mingga yaqin bölgan uşbu mahalla çindan ham maqtasa arzigulik ekan. Raisning aytişiça, birorta ham asfalt qilinmagan köça yöq, mahalla markazida köplab tadbirkorlik loyihalarini öz içida jamlagan monomarkaz qad rostlagan. Yoş raisning şijoatidan biz ham ruhlandik.
Şundan söng, viloyat kasaba uyuşmalari birlaşmasi binosida matbuot anjumani taşkil etildi. Unda mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş tizimi xodimlari, faol mahalla raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
Anjumanda, mahalla raislarining islohotçi sifatida olib borayotgan işlari eʼtirof etildi. Şuningdek, amalga oşirilgan işlarning salmoği katta islohotlarning oldida hali heç narsa emasligi, bundan-da köp yutuqlarga erişiş, xalqning farovon turmuşi uçun tinmasdan fidokorona mehnat qiliş lozimligi taʼkidlandi.
Şu bilan Namangan safari öz nihoyasiga yetdi.
Tönning issiğini egasi biladi, deganlaridek, har bir mahallalarimizdagi ahvolni mahalla raislaridan yaxşiroq biladigan kişi bölmaydi. Şunday ekan, yelkasida mahallalardagi islohotlarga boşçilik qilişdek ulkan masʼuliyat turgan mahalla raislari bellarini mahkam boğlab, mamlakatimiz rivojiga özlarining hissalarini qöşişiga tilakdoşmiz.
Şahzod Şodmonov
