Haqiqat devor ortida emas yoki matbuot kotiblari qaçongaça öz rahbarini tanqiddan himoya qiladi?

Boşqalarga kafil emasman, lekin köpdan beri öylab yurgan şaxsiy mulohazalarim şunday xulosa qilişga izn beryapti: vazirlardan tortib, to katta-kiçik hokimlar (boşqa tizim rahbarlarini sanab ötiriş ortiqça)gaça OAVni özlarining matbuot kotiblari orqali kuzatyapti.

Şu örinda oçiq aytiş kerak, matbuot kotibi… bu maqom özini qay darajada uddalayotgani haqida jöyaliroq xulosa qilmoqqa hozirça şoşilmaylik. Yaxşisi, ularni axborot kotiblari deyilsa, yanada töğriroq böladi. Sababi, bu vazifaga tayinlanayotgan (balki tavsiya qilinayotgandir)larning köpçiligi matbuot sohasidan — asosan, bosma naşrlarni nazarda tutyapman, ança yiroq kadrlar.

Aksinça, ularning 99 foizi har doim “boşoğriq” mavzularni kötarib yuradigan baʼzi xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda mamlakatimizdagi nari borsa, uç-törtta ommalaşgan saytlar va bir qator telegram kanallarni kiprik qoqmay, quloği ding bölib kuzatib ötirişlarini ayt­maganda, boşqa işlari, köpinça axborot yiğiş, hisobot tayyorlaş, kelgan xat, murojaatlarga javob yozişdan iborat.

Nari borsa, rahbariyatga tegişli biror hududdan şikoyat çiqsa, öşa zahoti, rahbari topşiriği bilan albatta, u öşa joyga öqday uçib boradi va masalaga öziça “xolisona” yeçim topib qaytadi…

Xöş, avvalboşda rosa maqtalgan, kreativ, zamonaviy, xullas, turliça yangi ta­lablar yuklangan bu uslub, taomil özini qay darajada oqlayapti?

Yöq, qaysi bir matbuot kotibi yo axborot xizmati mutasaddisini olmaylik, aksar qismi murosa-yu madora yölini tanlab işlayapti, desam, ertagayoq yuztasi yoppasiga yoqamga yopişadi. Nimalar deb ommani çalğityapsiz, deydi. Axir, biz har qanday vaziyatda, ayniqsa, hozirgi pandemiya şaroitida onlayn, videokonferensaloqa, xullaski, turli-tuman masofaviy usullarda ötkazayotgan tadbirlarimizni körmayapsizmi, hali televizorda, hali ijtimoiy tarmoqlardagi saytu kanallarimizda neça ming-minglab materiallarimiz potirlab çiqib yotibdi, biz tunu kun işlayapmiz, de­yişlari aniq.

Raqamlar kerakmi, marhamat, şunça marta… öqiy desang közlar tinib ketadi bu hisobot-raqamlardan, işonsangiz. Lekin qani, sizning nomigagina tasdiqlangan, qança nufuzli idoralarga jönatilgan qup-quruq rejangiz xalqimiz hayotida qanday aks etayapti, deb sörab köraylik-çi, nima deb javob qaytarar ekan ana şu muhtaram matbuot kotiblari!

Zör işlayapsizlar, odamlar sizlardan mingdan-ming rozi, siz mansub bölmiş mahkamangizga kelayotgan hamma murojaat, şikoyatlar öz vaqtida yeçimini topayapti, siz xalq va rahbariyat örtasida köprik bölib, öz vazifangizni munosib uddalayapsiz, yaşang, deydigan bölsam-çi? Unda men yolğon gapirgan bölaman. Negaki, bugungi matbuot kotiblari (asosan davlat byudjeti hisobidan xarajatlari qoplanadigan idora va taşkilotlar nazarda tutilyapti, negaki, nodavlatlarning yöriği boş­­qa albatta)dan köpçiligi özi faoliyat yuritayotgan tizim bilan OAV örtasida yaşirinça “Xitoy devori” qurib olganiga ança böldi. Şuning uçun ham bugun ayrim (afsuski, hammasi emas) bosma naşrlar, telekanallar, sayt­larda berilayotgan tanqidiy çiqiş­lar qumga singgan suvdek izsiz yöqolib ketyapti. Nari borsa, ikki enlikkina (şunday egizak javoblarni hatto, qop­lab yiğib yurgan insonlar oramizda kam emasligi haqiqat) rasmiy xatni jönatib qutilişadi, xolos. Yurtdoşlarimizga öz murojaatlari yuzasidan xalq qabulxonalari, hukumat miqyosidagi mahkamalarga yöllangan javoblar, hamma-hammasining mazmuni deyarli farqlanmaydi, bir xil, nima bölsayam, masʼuliyatdan qutilsa böldi. Vaqt ötişi hisob.

Keyingi paytlarda yana bir qiziq manzaraga guvoh bölyapmiz: öşa matbuot kotibi OAVda çiqqan tanqidiy materialni imkoni topdi degunça xöjayiniga körsatib, u kişining nozikkina asablarini buzişni öziga ep körmaydi? Töğri-da, qaysi temir tanli rahbar ertalab işga keliboq, öz tumani, viloyati yoki vazirligi, boringki, biror qömitasi tanqid qilingan maqola-çiqişini xuş köradi? “Yuqori”dan eşitib qolmasa, aksar hollarda bunday kutilmagan çiqişlarga şoşilinç ravişda, xaspöşlangan yolğon (şablon desam, balki töğriroq bölar) javoblar tayyorlanadi. Şu bilan tamom, öraga siçqon tuşdi, guldur gup.

Bunday misollar tiqilib yotibdi. Afsuslanarli jihati, tanqidga murosasiz rahbarlar hozir pandemiyaga iç-içidan rahmat aytayotgan bölsa ne ajab! Sababki, hammayoqda karantin, şikoyatga örin yöq, yaxşisi, uyingizda qoling! Xuddi şunday holat bizning tahririyat misolida köp marta röy bergani uçun aytayapman.

Yana bir oğriqli masalaga yeçim topiş fursati yetdi deb öylayman. U ham bölsa keyingi paytda mahalliy hokimliklar (tuman, şahar, viloyat miqyosida) hukumat qarori ijrosini rasmiyatçilik uçungina bajariş uçun tajribasiz, jurnalistikadan butunlay bexabar, kompyuter yo internetni çala-çulpa biladigan dumbul yoş-yoş yigit-qizlarni matbuot xizmatlariga yoppasiga işga olib yotibdi. Na malaka bor, na xat-savod bundaylarda. Oqibatda tört qator sözni eplab yozolmaydiganlar har qadamda “qovun tuşirib” qöyişyapti.

Taklifim, hozir mömaygina oylik maoş olib, rasman faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblarining professional jurnalistika, ijodiy salohiyatga aloqadorlik masalasi atrofliça körib çiqilişi zarur. Ular orasida şu sohaning qattiq nonini tatiganlari, el orasida obrö-eʼtibor qozonganlari barmoq bilan sanarli. Ammo şu bahonada öz vazifasini sidqidildan, halol yondaşgan holda uddalayotgan hamkasblarimiz mehnatini ham eʼtirof etmoq joiz deb hisoblayman. Masalan, Hayotxon Şamsutdinov (Boş prokuratura), Sevara Örinboyeva (Adliya vazirligi), Fozil Farhod (Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi), Muhammadjon Obidov (Farğona viloyat hokimligi), Behzod Qobulov (Toşkent viloyat hokimligi), Lola Rahmonboyeva (Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi), Behzod Bozorov (Özsanoatqurilişbank), Yunus Böronov (ATB “Xalq banki”), Sarvar Oçilov (ATB “Mikrokredit bank”) singari matbuot xizmati rahbarlari va yana boşqa bir qator idoralar matbuot kotiblari yoritilayotgan har bir mavzuga xolisona munosabat bildirişga urinayotganini qutlaş kerak.

Yana bir unçalik murakkab bölmagan, deyarli katta kuç yoki mablağ talab qilmaydigan beminnat   tajribani ommalaştiriş vaqti soati   yetib keldi şekilli. Bu bevosita joylardagi mahalliy hokimliklar qoşidagi axborot xizmatlari faoliyati bilan boğliq. Şu örinda ibratli bir misolni keltirmoq joiz: Kitob tumani hokimligi şafeligida oçilgan telegram guruhining ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, “facebook”dagi muloqotlari aholi örtasida katta qiziqiş uyğotayotganiga köp bora guvoh böldik.

— Tabiiyki, murojaatlarning mazmuni turliça, oçiği, aksariyat qismi tanqidiy ruhda. Hokim qayerda bölişidan qatʼi nazar, özi ijtimoiy tarmoqda va aholi bilan keçadigan uçraşuvlarda ham oşkora eʼlon qilgan telefonidagi telegram raqami, işonasizmi, 24 soat oçiq turadi. Savol-javoblar ham ançayin erkin. Albatta baʼzan örinli, örinsiz, maza-bemaza aççiqqina tanqidiy fikrlar ham çiqib qoladi. Imkoni boriça har bir murojaatning mazmun-mohiyatiga qarab, tegişli tartibda nazoratga olinib, keçiktirmasdan çora körişga harakat qilinayotgani odamlarga maʼqul bölyapti, — deydi Maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş va davlat tili qonun hujjatlariga rioya etilişi böyiça Kitob tumani hokimi maslahatçisi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Lola Öroqova.

Afsuski, Oddiy haqiqat şuki, davlat rahbari istayotgan va kutayotgan xolislik va haqqoniylik bizning haqiqiy hayot mezonimizga aylansagina, odamlarning işonçini qozona olamiz. Aksi bölsa, yana öşa eski tos va eski hammomligiça qolaveradi. Özgarişni özimizdan boş­lamasak, malomat toşlari otilaveradi: jurnalistlar undoq, blogerlar bundoq, matbuot kotiblari qotib qolgan, töğri tanqidni kötarolmaydi, rahbarining qoş-qovoğiga qaraydi, bayramlar bahonasida siylangan bölsa, urdi Xudo, qabilidagi nordon gaplarni eşitib, terimiz qalinlaşib, quloğimiz qotib qolmasligi kerak. Aksinça, huşyor bölmasak, keçirilmaymiz. Şundoğam maqtangulik holimiz qolmayapti. Hali unisi, hali bunisi jamiyat oğriqlariga davo-malham topilmayotgan nuqtalarda, garçi norasman bölsa-da, “törtinçi hokimiyat” vakillari sanalgan jurnalistlarni ham jamiyatda keçayotgan evrilişlar silsilasida tomoşabinlik, murosasozlik qilayotgani bois ayrim uzoqni körolmayotgan, xudbin, takabbur korçalon, amaldorlarga qöşib ayblaşayotgani ham rostligini inkor qilolmaymiz.

Endi katta toşoynada bizning aksimiz ham körinib qolyapti. Ana şu soyalar ortida Haqiqat otliğ hakam böylab turibdi. Devor ortida esa…

Norqobil Jalilov,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan