Yoşlar ovozi

Yaqinda Respublika yoş ijodkorlarining navbatdagi anʼanaviy Zomin seminari bölib ötdi. Maʼlumki, mazkur anjuman har safar yoş ijodkorlarni kaşf qiladigan adabiyot tanlovi, ustoz ijodkorlarning yoş qanotlarga ögit va tavsiyalari beriladigan unutilmas çiqiş­larga, taʼbir joiz bölsa, ijod va mahorat darslariga aylanadi. Bu yil ham Zomin – maftunkor maskanda yurtimizning barça göşalaridan kelgan köplab ijodkor yoşlar orasida öz ovozi, umidli söziga ega iqtidorlar böy körsatdi.

Quyida “Hurriyat” muştariylari eʼtiboriga ana şunday topildiqlardan ikki nafari – xorazmlik Umidjon Qöziyev va qaşqadaryolik Sobirjon Abdujalilovlarning ijod namunalaridan eʼlon qilişni lozim topdik.

 

Umidjon QÖZIYEV

1998 yilning 18 iyulida Xorazm viloyatining Şovot tumanida tuğilgan. Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.

YÖL

Özing bir yöl yarat, heç kim yurmagan,

Tuşsin faqat sening qadaming izi.

Mayli, tikan bölsin, mayli,

                                                  çuqurlar,

Ufurib tursa bas gullarning isi.

 

Tomiridan çopib tikanlarini,

Yölingni gulzor et, ravon et,

                                                  döstim.

Yölingda har giyoh mehnating bois,

Gul bölib kökarsin, gul bölib össin.

 

Biroz sabrli böl, biroz çidamli,

Çarçaş yaramaydi yölning söngida.

Yana bir odim ot, keyin har kuni

Şodon uyğonasan baxtning tongida.

 

* * *

Ruhim, meni tingla, angla sözimni,

Gar boş egsang, tilar ajal köksimiz.

Eng totli, eng gözal kuylarni kuyla,

Şodlikka örgansin quloq, közimiz.

 

Ruhim, böyin egma, qiliç böl, qiliç!

Keskir böl!

Anduhning tomirlarin kes!

Har qadam, har damda yurak zarbida,

Baxtni sez, baxtni sez,

                             faqat baxtni sez!

 

* * *

Oppoq dalalarda oqqa burkanib,

Paxtalar termoqda yuragi oq qiz.

Dilimga öt qalab qöygan ğoyibiy,

Bugun qarşimdadir köngli uyğoq qiz.

 

Tabassum porlaydi nigohlarida,

Tunni ham nurafşon qiladi oysiz.

Tovlanib turadi yuzlarida nur,

Kunlari quyoş qiz, keçalar oy qiz.

 

Tasodifmi, taqdir, uçrading bugun,

Yuragim töxtadi çekişdan ozor.

Sening hayotimga uçraşing sabab,

Oppoq dalalardan katta qarzim bor…

 

* * *

Ohista yaqinlar lablarim nayga,

Dudoqlar juftlansa bölar qiyomat.

Jurʼatim yetmas, vox,

                                nayni çalişga.

Ammo…

Taşlab ketolmayman seni omonat

 

Kuy bölib oqadi közimdan tomçi,

Oppoq kuylarimga tuşasan raqs.

Tomçilar tinadi….

Çalinadi nay,

Nayni sen çalasan yuragi oq qiz.

Bu kuyga tuşamiz mangu raqsga…

 

* * *

Tor qafasin yorib çiqquday,

Xöp intiqib urardi yurak.

Sening noming, xayoling ila

Toğdan edi orzular yuksak.

Endi menga ertaksan, ertak…

 

Naʼra tortar sensiz yuragim,

Köksi qonli yarador şerday.

Jaranglaydi endi sözlarim

Işqqa töla hazin bir şeʼrday.

Özim esa yerdayman, yerday…

 

Şuurimda aylangan gir-gir

Orzularim endi armonlar:

Senga yetay deganda, axir,

Sinib ketaverdi narvonlar.

Sendan yaqin ekan osmonlar…

 

Sobirjon ABDUJALILOV

1999 yilning 23 sentyabrida Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida tuğilgan. Hozirda Qarşi davlat universitetining 3-bosqiçida öqiydi. Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.

AMMO…

Tun – homilador ayol,

Seni tuğib berar har tong subhga.

Dardga çayib olar nigohi – mahzun,

Dunyoga siğmagan sevgi – talvasa.

 

Öylaysan özingni baxtga yelkadoş,

Sanasang, soçingning tolasi omad.

Hammasi joyida böladi, ammo,

Keçagi yuraging – özingnikimas!

 

AGAR

Erksiz quşlar qafas içida

Yiğlamiş, hasrati bir olam.

Bunda yurak yeb, baxtdan

Sevinadi ğaflatmand odam!

 

Zanjirlar qismati norizo,

Qullikda tuğilmiş bor istak!

Taqdirga tan berib, umrni,

Qaniydi, muzaffar etolsak!

 

Osmonni olardi işqimiz…

 

* * *

Uyimizda yaşaş zerikarlidir.

Furuğ Farruxzod

Soğiniş gullaydi,

Kurtak yozar dard.

Otam tamakida hasratin çekar:

Yuragi torlikni bilmas onamning

Muhabbati kezib yurar havoda.

 

Çinqiriq keladi har bir xonadan,

Burçak-burçagidan qah-qah otar Işq!

Joynamoz ustida tasbeh aytadir

va piçirlagança Sohibin yodlar.

 

Daraxtlar yiğlaydi öz qismatidan,

Ketib qolmoq bölar qöşnimnikiga.

Itimizning yelkalariga

Tunni oqartirmoq zalvari tuşgan.

 

Yilda sakkiz marta tuğadi muşuk,

Oğiroyoq yurar bekorçiligim.

Nogoh anglab qoldim: uyimda faqat

Özimga joy yöqdir – isbotlaganim.

 

SÖNGSÖZ

Men qotillik qildim

Özimga özim.

Seni topolmadim, umrim mazmuni.

Endi ketib borar, endi unutgan,

Işqimning yarmiga ega emasman.

Isyonim içimda, jimligimda.

Nafratim judayam kiçkina –

Kuçsizman, tan olay:

Siğingan xudoyim – nomardlik!

Alhazar,

Sen meni keçirgin, yo Rabbiy,

Meni qayta yasa özimdan.

Meni unut qilib yubor va lekin,

Seniki bölganman bir umr!

Seniki bölganman bir umr!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan