Çöqqilarga qönar burgutlar
Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining öttiz yilligiga bağişlanadi
Şarifa SALIMOVA
Muallif haqida: isteʼdodli şoira, ötkir publitsist Şarifa Salimova 1951 yil 30 dekabrda Toşkent viloyatining Parkent şahrida tuğilgan.
Mutaxassisligi: jurnalist, huquqşunos.
1993 yil “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, 2018 yilda “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
Şoiraning 1979 yili ilk şeʼriy kitobi “Hayot zavqi” çop etilgan. Söngra “Mening bahorim”, “Yetti oqquş” (1991), “Xizr buloği” (1996), “Giyohlar bilan tillaşgan inson” (1996), “Ayolga ehtirom” (1999), “Tongga qasam” (2001), “Giyohlar bilan tillaşib toğ oşayotgan odam” publitsistik töplami (2007), “Diydor saodati” jamoa töplam (2010), “Olimlik va odamiylik” (2011), “Vatan suvrati” (2011), “Vafoning iffat yöli” (2016) Kibriyo Qahhorova haqida töplam, “Quvnoq Alifbo” turkumidan “Hayvonot olamiga sayohat” (2016), “Bedor tun tomçilari” (2018), “Quşlar alifbosi”(2021) kabi kitoblari çop etilgan. Asarlar ozarbayjon, tojik, rus, qoraqalpoq, olmon tillariga tarjima qilingan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzosi.

EPILOG
— Ota, nega ğamginsiz?
— Kutayapman quyoşni.
— Ona, nega maʼyussiz?
— Sinayapman bardoşni.
— Aka, toğdek yelkangiz
Nega ğamdan bukilgan?
— Çeksiz paxtazorlarga
Mening umrim ekilgan.
— Opa, huv tutlardagi
— Çayqalayotgan nima?
— Şamol tuqqan bolalar…
Boşqa heç narsa dema.
— Singlim, ranggingda qon yöq…
Keçir, yölingni tösdim.
— Uka, jon ketib borar,
Paxtazorda qon qusdim…
* * *
Yigirmançi asr.. Bosiriq tuşday
Xayol közgusida bölar namoyon.
Tarix ingranadi. Böğriqqan havo
Kişan ovoziga töladi osmon.
Moziy yuzlariga tutilar parda:
Uluğlar ohidan kötarilar dud.
Qaylardadir ruhlar kezar benişon,
Til unut, din unut, allalar unut.
Lipillab yonadi kerosin çiroq,
Qoraköz bolalar nigohida ğam.
Non yöq. Kiyim-boş yöq,
Bir parça göşt yöq.
— Endi közingni yum, uxlayqol bolam!
“Quloq” qilinadi eng sara boşlar,
Uyasi buzilgan quş qilar faryod.
Qora kölankasin ölkaga yoyib,
Millatni quritib borar istibdod.
* * *
— Ota, otimizni olib qöyişdi…
— Qöyaver, qizim.
— Ota, boğimizni, olib qöyişdi.
— Qöyaver, qizim.
— Ota, kitoblarim… Nega yiğlaysiz?
— Erkak yiğlamaydi. Bu közdagi suv.
— Axir bu azoblar qaçon tugaydi,
Insonga berilgan umr bitta-ku…
* * *
Tun… Kökda bezovta xorğin bulutlar,
Oy zörğa suzadi. Rangida yöq qon.
Sibirda – muzyurak saltanatida
Şeʼr yozgan qölini çopadi Usmon.
Tun… Kökda tölğanar horğin bulutlar,
Oy yuzin tösadi. Samo tortar oh.
Alvasti köpriklar qax-qax otadi,
Qodiriyni yutar mudhiş qatlgoh.
* * *
— Ona, ertak ayting, sizdan söz kutib,
Yulduzlar közimga qarab yoturlar.
Men Alp öğlonlarni soğindim, Ona,
Qaçon tuğiladi Kenja botirlar?
Ona, allalarni unutdim Ona,
Jonim örtar fiğon – qanday bözlayman?
Oh, tilim bölmasa, tilim bölmasa,
Bu yoruğ olamga neni sözlayman?
* * *
Yigirmançi asr. Istibdod, zulm.
Oybek tillarida toş qotgan isyon.
Söngsiz azoblardan laxta qon yutgan
Sen sabr daraxti eding, Turkiston…
Turkiston — onajon, Turkiston – otam,
Qalbdagi quyoşim — jonu jahonim.
Otingdan aylanay, jafokaş onam,
Qaqnus quşim — ona Özbekistonim.
Tarix xotiradan öçmagay heç vaqt,
Özini unutmoq – yöqlik sari yöl.
Kun keldi. Köksingda balqidi quyoş,
Zulumot çekindi yöqlikka butkul.
Istiqlol… Ona yurt… Ilk aytilgan söz.
Hurlik sari ilk bor qöyilgan qadam.
Kimdir şod. Kim karaxt. Kim hamon mudrar,
Hamon uxlab yotar qaysi bir odam.
Xorij matbuoti tinmaydi bir zum:
— Özbeklar endi kun körmoği mahol.
Qiyiq bilan tanğib peşonasini
Dalasiga nihol ekayotir çol.
Umid niholi bu. Zavol bilmagan
Dovulu böronga köksini tutgan.
Öttiz yil… Hurriyat qon tomirlari
Millat ruhi bilan çirmaşib ketgan.
Oh, ötgan qismatlar. Bir yuz öttiz yil.
Uluğ bir xalq umri bölganda uvol.
Tarix qabatida quyoşdek balqib,
Nihoyat sen kelding, Istiqlol!
Istiqlol… Olisda qiladi şovqin,
Qarğalar galasi – quşlar galasi.
Toğlarning boşidan tarqamiş tuman
Nurdek porlab kelar özbek bolasi.
Endi ğanim uçun bu dunyo qafas,
Haşamatli qasr endi tangu tor.
Endi özbegimning öz osmonida
Porlagan oy, quyoş, yulduzlari bor.
* * *
— Bu öşa “Manas”mi? Yöğ-yey?! Aldamang.
U xaroba qişloq qayerda qoldi?
Olislardan kelgan mehmon işonmay
Atrofga köz taşlab, xayolga toldi.
— Oltmiş yil paxta deb, yer tirnabmiz-a,
Kosamiz oqarmay, umrimiz ötdi…
Qirq beş kun tarixning sahifasiga
Yangi Manas degan sözini bitdi.
Köz öngimda turar avvalgi qişloq:
Uvadasi çiqqan uylar, devorlar.
“Puf” desa yiqilgan juldur kulbalar,
Bu yerni tanimay ötgan bahorlar.
Endi ilk bor butun qişloqni tutgan,
Çuçmoma-yu, nafis binafşa isi.
Kumuşkent köksida jaranglab ketar
Ozod bolalikning kumuş tovuşi.
Kelinçaklar tandir-tandir non yopar,
Qaldirğoç in qöyar ayvonlariga.
Duoga eş bölib qaynar sumalak
Yangi Kökbuloqning qozonlarida.
Ötmişga aylandi, rutubat, zulmat,
Toğlarning ortiga çekilarkan tun.
Peşonadan terin artgança xuşnud
Jilmayib qöyadi kamtar QIRQ BEŞ KUN.
* * *
Burgutlar çöqqiga nega intilar,
Nega çöqqilarni aylar oşiyon.
Quyoşning köziga tik boqa olur,
Uni qörqitolmas na öq, na kamon.
Burgutlar çöqqiga nega intilar,
U tuygan Erk isin tuya olur kim?
Sen asrlar oşa samoni quçding
Mening uluğvorim, jafokaş xalqim!
* * *
— Bu qandayin maktab? Ijod maktabi.
Bu maskan bunçalar ziyoga töla.
Asoga suyanib, közda yoş bilan
Yozuvni öqiydi Ishoqxon töra.
Nahotki bu maskan uning nomida,
Samoga yetibdi şoir nolasi.
Salkam yuz yil keyin çarx urib quvnar
Umrlik orzusi – hurlik bolasi.
Dunyoni kezdi u maʼrifat uçun
Xalqimning köksiga tegsin, deb oftob.
Biroq, qora quzğun – erk duşmanlari,
Şoirni yançdilar, yançdilar şitob.
Tarixçi, tilşunos va islomşunos,
Dunyoni lol qilgan u mohir xattot.
Volida duosin behisob olgan,
Şogirdlar poyini közga surtgan zot.
Umri keçdi bir zum orom bilmayin,
U noşir — qalblarga taratdi ziyo.
…Yetmiş beş yoşida temir panjara
Ortida xalqiga dedi: Alvido…
Ijod maktablari: Hamid Olimjon,
Zulfiyaxonim şeʼr aytgan mahali.
Şivirlab kuylaşar nihollar xuşhol;
— Bu boğlar bir boğlar böladi hali.
Ufqqa köz tikar Abdulla Orif,
Abadiyat sari oqqan daryo ul.
Ijod maktablari Erkin Vohidning
Qalbida “xalqim” deb qalqqan daryo ul.
Ustoz Ogahiyning ötli nafasi,
Abdulla Qodiriy sönggi sözi ul.
Halimaxon – şu el kuyçisi bölib
Ona Tömarisdek boqqan közi ul.
Muhammad Yusufning dilbar aşʼori,
Minglab yuraklarga solgan hayajon.
Söz sehrin betakror jilvalarida
Tobora özligin anglaydi inson.
…Sohilga boş urib çayqalar dengiz,
Tubi töla inju, duru, javohir.
Ösib kelayotir şiddatli avlod,
Ular yurt tayançi – har işga qodir.
…Ruhlar boqiy olam elçilaridir,
Gullar çayqalişi, yaproqlar sasi.
Nazdimda havoni töldirib turar
Ötmiş ajdodlarning uluğ nafasi.
* * *
Til asli millatning ruhi, jonidir,
Gödak ingasidan boşlanur hayot.
Dunyo turfa tovuş, rangga töladir,
Öz tilida söylar sizga koinot.
Yuk ortgan çumoli sözin aytadi
Ortidan keluvçi öz safdoşiga.
Bemor sönggi vido sözin aytadi
Döstiga va yoki yostiqdoşiga.
Bola tilin bola anglaydi, zotan,
Quşlar öz tilida qiladi suhbat.
Ona tilim, bori sehr özingda,
Qalbim allalovçi buyuk faroğat.
Uzoq yillar unut bir kimsa kabi,
Yoki unutilgan bir sohil misol.
Köksingda guvlagan tölqinlaring-la
Zulmat soyasida bölding köp abgor.
Aççiq azoblaring yöqlikka singdi,
Lablaring qonatdi alamli fiğon.
….Biroq sen söz aytgan kuning jahonga
Hayratlarga tuşdi zaminu osmon.
Ilk bor jarangladi özbek kalomi,
Jahoniy tillarning uçqur otida.
Öktam, mardonavor sözlar yangradi,
Birlaşgan Millatlar Taşkilotida.
Men bölsam… jimgina köz yoşim artib,
Jonimni titratib turfa hayajon.
Dedim: yuksal dunyo uzra tuğ kabi,
Zavoling körmaylik endi, Onajon!
Bu kunni biz uzoq kutdik, köp uzoq,
Ungaça yuraklar böldi ming tilim.
Hazrat Navoiy qöl oçar duoga:
— Izlaringdan mangu gul unsin, elim!
* * *
Yangi Özbekiston – buyuk Uyğoniş,
Uçinçi Renessans tarixga kirdi.
Tört yil – tört asrga tatigulik yil
Özbekiston dunyo tomon yuz burdi.
Sarhadlar oçildi. Oçildi yöllar,
Yanada yorqinroq porladi oftob.
Ona allalari hayotga qaytdi,
Sahro qumlariga singidi sarob.
Muzaffar öğlonlar, arslon öğlonlar
Zarbin tatib kördi bu dunyoi dun.
Bugun samodan nur möl-köl yoğilar,
Özbekiston uçun, özbeklar uçun.
Ikki kibor davlat tuğlari aro
Özbek bayroği böy çözmiş uluğvor.
Köklarga kötarib Özbekistonni,
Muzaffar yigitlar turar baxtiyor.
Qoşi qaro qunduzim,
Közi qaro yulduzim.
Yuksak-yuksak çinorlarga
Tutaş bölgan ildizim.
Tomiringda boş egmagan
Ajdodlaring qoni bor.
Qölingda Alpomişning
Öq-yoyi, kamoni bor.
Alpdek böyi bastingga
Bekning töni biçilgan.
Jaloliddin kaftida
Senga suvlar içirgan.
Kuragi davralarda
Yer iskamas polvonim.
Bahodirlarim mening,
Boşimga soyabonim.
Bugun hayratga solib,
Jami jumla jahonni.
Köklarga kötardingiz
Ona Özbekistonni.
* * *
Burgutlar çöqqiga nega intilar,
Nega çöqqilarni aylar oşiyon.
Quyoşning köziga tik boqa olur,
Uni qörqitolmas na öq, na kamon.
Burgutlar çöqqiga nega intilar,
U tuygan Erk isin tuya olur kim?
Senga bugun dunyo gullar tutmoqda,
Mening uluğvorim, jafokaş xalqim.
* * *
Uzoq davom etgan mustabid tuzum
Millatni iymondan ayirolmadi.
Quyoşning yuzini tösolmaganday
Daryolar özanin qayirolmadi.
Uluğ muhaddislar – Imom Buxoriy,
Imom Termiziylar qoldirgan meros.
Millat qalbiga nur soçajak abad,
Dinimiz ilmiga qöşgança rivoj.
Bir paytlar masjidlar otxona bölgan,
Oyoqosti bölgan muqaddas dargoh.
Öğil padarining janozasiga
Kelolmaganiga dunyolar guvoh.
Bugun diniy, ilmiy, maʼnaviy meros
Yoş avlod köksida yuz oçgan bahor.
Yangi Özbekiston kengliklarida
Dunyoga yuz tutgan millat qalbi bor.
* * *
Unda bola edim olti yoşlarda…
Bobom qaytdi uyga hasratda yonib.
Ğuj hosilga kirgan uzumzorlarin
Odamlar taşlagan emiş qöporib.
Yolvoribdi bobom, ingrabdi bobom,
“Xudodan qörqinglar”, — debdi darğazab.
— Toklar yöq bölsin, deb Xruşçev aytgan,
Huşyor bölib gapir, oğzingga qarab.
Şunday zamon edi. Eslasam agar
Alamdan qiynalib, titraydi tanam.
Bir haftada xuddi çökirtak misol,
Ozib, kasal bölib qolgandi bobom.
Bugun yuz gektarlik boğlar bunyoddir,
“Yangi Özbekiston” atalmiş boği.
Mustaqillik boği bilan vobasta,
Gözal tabiatning yaşil bayroği.
Bu boğlar dunyoning közin olajak,
Bu boğlar heç qaçon bölmaydi xazon.
Unda özbek xalqin yaşil umidi,
Tört fasl ham ketmas bahori pinhon.
* * *
Yana bolalikka ketadi xayol…
Bobom qöllarimdan uşlab olardi.
Bozorga borardik yakşanba kuni,
Keyin bir devona aytgan qöşiqni
Eşitib, lol bölib, jimib qolardik.
— Dunyo bozorga öxşaydi,
Yetimlar zor qaqşaydi.
Yetimning holini sörsang,
Otosi yöqqa öxşaydi.
Otosi ölmagan kim bor,
Onosi ölmagan kim bor.
Ğariblik şahriga kelib,
Musofir bölmagan kim bor?
Bu qöşiq bir umr men bilan yurar.
Yangi Özbekiston bolalarining
Boşida ona yurt – Vatani turar.
Mehribonlik uyiga bordi yurtboşim.
Ularga eng zarur sözini aytdi.
Ular ulğayadi, kemtik könglini
Mehr degan ganj-la töldirmoq payti.
Endi uyi bölar, behadik yaşar,
Noxuş izğirinlar essa tolmaydi.
Ular yolğiz emas, ona yurti bor,
Köçada qolmaydi.
Ular ulğayadi. Quvvatga tölar,
Vatanga munosib farzandlar bölar.
* * *
Poytaxt köçalarin piyoda kezdim…
Xuddi kelinçakka öxşaydi şahar.
Gözal imoratlar – yangi qurilgan.
Hayot boşlanadi ayni tong sahar.
Bulbullar çah-çahlar gulning şoxida,
Asli bu jim kuygan oşiq ilhomi.
Navoiy bobomiz ğazallar bitar,
Sevgiga limmo-lim muhabbat jomi.
Adiblar boğida uluğlar sokin
Suhbat quradilar. Osoyişta, soz.
Boğlarni qurşaydi gul nafasidek
Şeʼr zavqiga töla ilohiy ovoz.
Yangi Özbekiston ovozidur bul.
Uçinçi Renessans taşlaydi odim.
Tonglarni uyğotib, xalqni uyğotib,
Vaqt ketib boradi, şoşqin, betinim.
* * *
Burgutlar çöqqiga nega intilar,
Nega çöqqilarni aylar oşiyon.
Quyoşning köziga tik boqa olur,
Uni qörqitolmas na öq, na kamon.
Burgutlar çöqqiga nega intilar,
U tuygan Erk isin tuya olur kim?
Senga bugun dunyo gullar tutmoqda,
Mening uluğvorim, jafokaş xalqim.
Bugun Jomolungma çöqqisi uzra
Hilpirar vatandoş döst tikkan bayroq.
Özbekiston, onam, özing ayt, bizga
Bormi sendan köra Vatan yaqinroq.
Yangi Özbekiston – burgut şiddatli,
Mudom çöqqilarni ayla oşiyon.
Sen quyoş köziga tik qaraydursan,
Seni qörqitolmas na öq, na kamon.
Biz sening bolangmiz – xizmatingga şay,
Qadoq qöllaringni közga surtamiz.
Sendan duo sörab, aziz poyingga
Oqargan boşimiz qöyamiz…
Çöqqilarga qönar mudom burgutlar…
