Oyday ayon haqiqatga munkir qamar
yoki öynab gapirsang ham, öylab gapir!
Mulohazalarimiz yana ona tilimiz haqida. Uning buguni va ertasi, unga munosabat, taassufki turli ğayrli munosabatlar haqida ham.
Ona tilimiz Özbekiston deb atalgan vatanning özida ham osonlikça davlat tili bölib qolmayapti. Uning ravnaq topib, yayrab-yaşnaşiga, boşqalarni qöyaturing, hatto xalq noiblarining bir qismi ham, azbaroyi “partiya”, “fraksiya” degan narsalarni rökaç qilib, qarşi çiqişayotgan ekan, boşqalardan öpkalaş çikora?
Bu til davlat tili maqomini yanada mustahkamlasa, nima bölar ekan, ammo halitdan baʼzilarni bu hamon jazillayotganini eşitib turibmiz. Ular xalq irodasiga qarşi çiqib, bugun boşqa tilga “rasmiy til” maqomini berişni talab qilişsa, ertaga qonunning hali u, hali bu moddasini “yumşatiş” talabida bölişadi. Holbuki, yuzlab mamlakatlarning til haqida keskin qonunlari bor, hammasi binoyiday işlab turibdi va heç kimning ular bilan işi yöq, ammo özbek tilining tölaqonli davlat tili bölib qolişiga tiş-tirnoği bilan qarşilarni sanab tugatib bölmaydi.
Kim özi ular? Özbek tilini u millat mamlakatining özida çetga surişday maşʼum harakatdan asl maqsadlari faqat til masalasi, xolosmi?
Bizningça, Özbekiston juda katta strategik manfaatlarning qoq markazida turgani uçun ham şunday bölayotgan körinadi. Çunonçi, Rossiya Taşqi işlar vazirligining masʼul xodimi Mariya Zaxarova ötgan yil yoz boşida hamma işini bir çetga qöyib, bizdagi til siyosatini tahlil etgan, yakunida esa “Özbekistonda iş yuritişda rus tilini qöllaş respublika fuqarolarining manfaatlariga mos keladi”, degan mantiqdan yiroq bir “kaşfiyot”ni maydonga taşlagan edi. Undan rosa bir yil avval esa köpçilik bilgan bir neçta “özbek” tuz içib tuzluqqa tupurgan odamning işini qilgan edi. Ajab, har javzo boşlanganida bularning jazavasi tutadimi, deyman?
Endi, tasavvur qiling, masalan men, biron ijtimoiy tarmoq orqali “Rossiyada iş yuritişda ingliz tilini qöllaş bu yurt fuqarolarining manfaatlariga mos keladi”, deb daʼvo qilib qolsam bormi? Qilmayman, çunki bunaqa işdan, töğriroği, işbuzuqilikdan kimga naf? Holbuki, Özbekistonda iş yuritişda rus tilini qöllaşga qaraganda Rossiyada bu sohada inglizçadan foydalaniş Zaxarovaning aytganidan köra mantiqliroq. Çunki, globallaşuv davri. Zamon şunaqa ekan deb inglizça sözlaş har kimsaning tilida moda böldi.
Avvalo, Özbekistonda rus tilida iş yuritiş qanaqasiga “özbeklarning manfaati”ga mos keladi, buni dalillaş kerak. Ammo undan ham avval, bu dunyoi dunda manfaatdan kattaroq narsalar ham borki, öşa tufayli Rossiyada rus tili davlat tili qilib olingan, Özbekistonda esa özbek tili. Milliy oriyatdan, milliy hamiyatdan heç kim voz keçib ketgan emas.
Çetdagilarku, nima deyişsa ham “tuya hammomni orzu qilibdi-da”, deb qöyarsan, ammo öz içingdan çiqqan olov yomonroq bölar ekan. Yaqinda Samarqand davlat universitetida 58 yil işlab, endi Amriqoga ketvorgan Asliddin Qamarzoda otli bir fan nomzodining Özbekistonda tojik tiliga ham davlat tili maqomi berilsin, degan daʼvosini ijtimoiy tarmoqlarda öqib qoldim va tilimiz ğanimlarining iş uslublari xilma-xillaşib borayotganiga yana bir bor guvoh böldim.
Munday olib qaraganda, “Ona tiliga hurmatdir — asosi millat, boşqa tillarni bilişdir — fazilat”, deya donişmandona söz boşlagan muallif Özbekistonda özbeklardan keyingi eng katta etnos bölgan tojiklar tili davlat tili sifatida qöllanadigan arealni yanada kengaytiriş tilagida, bilibmi-bilmaymi, birmunça pastu baland gaplarni yozganday. Biroq bu “allomai zamon” propisur oddiygina mantiqqa rioya qilmas ekan – ikki betlik maqola-murojaatining bir joyida tojiklar Özbekiston elining “deyarli yarmidan iborat” desa (17 million?), keyingi satrda “insof” qilib, 11 million nafar haqida gapirib ketadi. Aftidan, 17 million bilan 11 million orasidagi olti million odam domullo uçun “heç”, yoki yoşim saksondan oşdi, endi aljirasam bölaveradi, deydilar, şekilli.
Rasmiy maʼlumotlarga köra, Özbekiston aholisining 4,8 foizi tojiklardan iborat. Demak, Qamarzoda 4,8 foiz aholining tili, mamlakat elining 82 foizini taşkil etgan özbeklar tili bilan bab-baravar “davlat tili” bölişi lozim, deyapti.
Beş foizga yaqin tojik elining tili Özbekistonda davlat tiliga aylanişi mantiqiy bölsa, buning muqobilida Tojikistonda özbek tili ham davlat tili bölsin, deb aytmabdi-da domullo, deb öylaysan kişi. Negaki, Tojikistonda özbeklar 4,8 emas, 14 foizdan ortiq-ku, statistika böyiça?
Ammo bu fikr – xato bölur edi. Tojikistonda faqat tojik tili, Özbekistonda esa faqat özbek tili davlat tili bölişi kerak, biz şuning tarafdorimiz. Boyagidaqa iddaolar esa aslida, har bir mamlakatda davlat tili töğrisidagi qonunni kuçaytirişga emas, millatlar orasiga nizo uruğini soçişga xizmat qiladi. Qaçonki, yuzlab davlatda bitta til ustuvor bölgani holda, ikki-uçtasida şunaqa ekanini doston qilib, ularni bayroq sifatida körsatiş ilmiy tilda demagogiya deb ataladi. Çunki bugun ona tilimiz yonida istalgan bir tilga (rus yoki tojik tili) şunday maqom berilişi özbek tiliga, özbek millatiga va Özbekiston davlatiga hurmatsizlikdan boşqa narsa bölmaydi! Oyday ravşan bu haqiqatni mullo Qamarzoda çindan ham körmayaptimi, yoki körişni istamayotirmi?
Masalaning aslidan bexabar Asliddin oğa Markaziy Osiyoda azaldan yaşab kelayotgan qozoqlar, qirğizlar va turkmanlarni juda oz nisbatda köradi va ular uçun ruslar, koreys, polyaklar… qatori madaniy markazlar tuzilişini yoqlagani holda, tojik madaniy markazi kerak emas, zero bu yer ularning öz vatani, degan “daʼvo”ni oldinga suradi. Bu esa muallifning muddaosi aslida til masalasi emasligini ayon körsatadi.
Soniyan, bu “alloma” şuni yaxşi uqib olişi kerakki, nafaqat tojiklar, balki qozoqlar, qirğizlar va turkmanlar ham şu maskanning azaliy ellari, ular butun Markaziy Osiyoda asrlar davomida birga, aralaş yaşaşadi, binobarin boyagiday “begonalatiş” faqat noinsoflik bölur edi.
Domlajon, deyman, yoşingiz saksondan oşibdi, Amriqolarga borib olibsiz, piri badavlat ham bölsangiz kerak. Boybuva bölib yura bering. Boy bölişning esa birgina şarti bor, bilsangiz kerak. Ammo lekin bu gaplarni aslida sizni rağbatlantirgan homiylaringiz kutganidan ham “aʼlo” qilib aytgandeksiz. Çunki biz noahil bölib, özaro mojarolaşib yursak, böşab qolgan askaru aslahalarini qayerga joylaştirişga boşi qotib yurgan valineʼmatlaringizga zap bahona bölar edi-da. Birgina çatoği, şunça gapni 58 yil davomida içingizda saqlab, miq etmay yurganingiz holda, olisga borib, oğasini körganida botirlanib, xezlanib ketuvçilarga öxşab qopsiz.
Endi sizga bir “maslahat”: balki bu “nazariyangiz”ni hozir özingiz yaşab turgan Amerikada amalga oşirarsiz? Ingliz tili bilan birga, masalan, hindularning tili ham davlat tili qilib belgilansin, deb köring. Axir, inglizlarning Ğarbiy yarim şarga XVI asrdan söng borişgani maʼlum-ku?
Odatda, odam biron yoqqa safar qilganida hayotni, ötgan umrini muşohada qiladi, ajib xulosalarga keladi. Samarqandday joyda – ikki el döstligining sarzamini bölgan bu şahri azimda yaşagan sizday möysafid odam birodarlik aloqalariga yangi turtki beradigan taşabbuslarni olğa sursa qani edi, deymiz. Ammo dalaga çiqqan kişilar turliça bölar ekan-da: kimlardir gul-çeçaklardan zavq olsa, yana kimdir yerdagi alafni tepib, sassiğini çiqarib, dimoğini çoğlarkan…
Zuhriddin ISOMIDDINOV,
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
