Men nega Şavkat Mirziyoyevga ovoz beraman?
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Şavkat Mirziyoyevni Özbekiston Prezidenti lavozimiga nomzod sifatida tasdiqladi. Saylovda nomzod sifatida iştirok etuvçilar töliq maʼlum böldi. Va bugun ANA şu nomzodlar orasidan birini tanlaş imkonimizdan kelib çiqib, aytamanki, ularni taqqoslaganda Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev qator körsatkiç va fazilatlari, tajribasi va maqsad sari qatʼiyati bilan afzallikka egadir.
Saylovda iştirok etayotgan tomonlarning real salohiyatidan kelib çiqib, kimgadir ovoz beradigan insonning öz sabablari va argumentlari böladi. Menda ham bu tanlov uçun siyosiy, ijtimoiy va hatto şaxsiy sabablar bor.
TARIXIY ADOLAT TANTANASI
Men Urgutning toğli Ğös qişloğida tuğilib, asta-sekin esimni taniy boşlaganimdan, köça-köyda otamni “Hakim bosmaçi” deyişlariga hayron qaraganman. 1990 yilda Oliy kengaş deputatligiga nomzodim qöyilganda ğayir odamlar “Bu bosmaçining nevarasi, sovet parlamentiga qandoq saylaş mumkin?!”, deb oçiqçasiga taşlangandi. Keyinçalik otamning bobosi Ibodulla qörboşi bölgani va otilganini, bobomning otasi ham qizil askarlar tomonidan Ispanza yölida öldirilganini bilganman. Menda otamning onasi – Zulfiya momom aytib bergan xotiralar, ularning bittagina surati saqlangan. Zulfiya momom, otamning onasi, Ibodulla qörboşining qizi edi.
SSSR davrida Qodiriy, Çölponlar çala oqlandi. Keyinçalik Gorbaçyov payti jadidlarni oqlaşga yana bir uriniş böldi. Mustaqillik davrida şiddat bilan boşlangan jadidlarni oqlaş va Şahidlar xotirasi muzeyi tiklangani holda, ularni oqlab bölmaydi, bu oqim “murakkab va çigal”, degan bahonada yana arxivlar yopildi.
Şavkat Mirziyoyevning 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qatağon qurbonlarining merosini yanada çuqur örganiş va ular xotirasini abadiylaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoyişiga asosan muayyan sabablarga köra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan insonlarning nomlarini oqlaş va ularning xotirasini abadiylaştiriş masalalari böyiça işlarni amalga oşiriş maqsadida işçi guruhi tuzildi. Oliy sudga 2021 yil 24 fevralda 115 nafar şaxsga nisbatan 6 ta jinoyat işi kelib tuşgan bölib, ular işçi guruhi tomonidan örganib çiqildi.
Mazkur jinoyat işlarida sud majlisi bayonnomasi yoki sud hujjatlari (hukm yoki boşqaça qaror) mavjud emasligi, işlarda faqatgina Birlaşgan davlat siyosiy boşqarmasining uçlik majlisi bayonnomasidan köçirma borligi aniqlangan.
2021 yil 25 avgust kuni jinoyat işlari Oliy sud raisi örinbosari Ikrom Muslimov raisligida ötkazilgan oçiq sud majlislarida körib çiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirildi. JPKning 83-moddasiga asosan jami 6 jinoyat işi böyiça 115 nafar şaxs oqlandi. Sud jarayonida işlar böyiça himoyaçi sifatida iştirok etayotgan Maʼruf Aliyev işlari körib çiqilayotgan şaxslar “bosmaçi” tamğasi bilan qamalgani, otilgani ayançli iş bölganini qayd etdi. “Ular öz Vatanida yaşab qanday bosmaçi bölsin, axir bosmaçi çetdan kirib kelgan bölişi kerak emasmi”, deya taʼkidladi u.
Mustaqillikkaça va keyingi 25 yilda “bosmaçilar”ni oqlaşga jurʼat qilinmadi. Faqatgina Şavkat Mirziyoyevgina bu işga mardona qöl urdi. Men şuning uçun ham unga ovoz beraman va islohotlarini poydor qilişini istayman.
ADABIYOTGA EHTIROM
Esimda bir zamonlar Yozuvçilar uyuşmasining Puşkin köçasidagi tarixiy binosi tortib olinib, keyinçalik qaysidir bank ixtiyoriga berib yuborildi. Şunday nufuzli ijodkorlar taşkiloti qaylardadir köçib yurdi va hozirgi “Humo arena”si röparasidagi Şarof Raşidov yozuvçilar uçun tiklay boşlagan bino ham alaloqibat Milliy bankka berildi.
Faqat Şavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgandan keyingina yozuvçi-ijodkorlar uçun yangi bino qurib berildi, boşpanasiz ijodkorlarga imtiyozli kredit asosida uylar ajratildi, muhtaşam Adiblar xiyoboni barpo etildi, yonida kutubxona qurildi, ayniqsa, Dörmon ijod uyidagi şaroitlar yaxşilandi, Zominda va Parkentda ijod uylari qurilib, foydalanişga topşirildi. Oçiği, uyuşma aʼzolari uçun yaratilgan imkoniyatlardan behad xursandman.
Yaqindagina “Abdulla Qodiriyning uy-muzeyi bormi?”, “Qodiriy hovlisi joylaşgan “Samarqand darvoza” mahallasi buziliş arafasida…”, deya matbuot, ijtimoiy tarmoqlarda bong urgandik. Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan mahalla ham öz joyida qoldi, Qodiriy bobomizning muzeyi ham boğda oçildi, uluğ adibimizga haykallar qöyildi, Qodiriy ijod maktabi yaratildi. Bu işlar ham ming yildan buyon borday, yodimizdan çiqdi…
Şavkat Mirziyoyevni qöllab-quvvatlar ekanman, adabiyotimiz, maʼnaviyatimiz uçun qilgan ana şunday beqiyos xizmatlari uçun ovoz beraman!
SÖZ ERKINLIGI HAQIDA SÖZ
Şu kunlarda YEXHTning OAV erkinligi masalalari böyiça vakili Tereza Ribeyru yurtimizda bölib, uçraşuvlar va anjumanlar ötkazmoqda. Bu söz erkinligi taqdiri uçun katta hodisadir.
Bilamizki, BMTning qiynoqlar böyiça maʼruzaçisi, qoçqinlar masalasi böyiça komissari, din masalalari böyiça maʼruzaçisi kabi xalqaro institutlar ham mavjud. Özbekiston BMT aʼzosi va uning xalqaro majburiyatlari bor. BMT, YEXHT vakillari va maʼruzaçilari ana şu huquq hamda erkinliklarga rioya qilişni söroqlaş uçun keladi. Xalqaro huquqning ustuvorligini Konstitutsiyamiz eʼtirof etadi. Lekin neça ön yillar mobaynida birorta maʼruzaçi, şu jumladan, söz erkinligi böyiça maʼruzaçi Özbekistonga kiritilganini şaxsan men eslolmayman. Faqat Şavkat Mirziyoyev Prezident etib saylangandan sönggina uşbu nufuzli taşkilotlarning vakillari va maʼruzaçilari Özbekistonga taşrif buyura boşladi. Xatolarimizni va kamçiliklarimizni tan olyapmiz, birgalikda tuzatiş yöllarini izlayapmiz. Söz erkinligida sobitlik yangi siyosatning asosiy tarkibiy qismi va asosiy yutuqlaridan biridir.
Ayonki, islohotlar oğir va maşaqqatli keçmoqda. Konservativ kuçlar ham osonlikça yon bermaydi, korrupsiyani yöqotiş qiyin bölmoqda, maʼmuriy, siyosiy va iqtisodiy özgarişlarning zalvorli qismi oldinda turibdi. Muammolar haqida men ham tinimsiz yozib kelyapman. “Darakçi”da bir yilda ellikta tanqidiy maqolam çiqdi. Yana yozamiz, yo nasib.
Men oxirgi yillarda önlab romanlar va boşqa asarlarni özbek tiliga ögirdim. Ular orasida, turk oşiq şeʼriyati, jahon şeʼriyati antologiyasi, Seneka, Platon, Volter, Monten, Paskal, Vovenarg, Laroşfuko, Labryuyerning falsafiy asarlari, jahon xalqlari hikmatlari, Genri Fordning “Mening hayotim”, Jorj Oruelning “1984” va “Molxona” romanlari hamda Malkolm Gladuelning “Daholar va uddaburonlar” asarlari bor. Men özimga söz uçun yöl oçilgani bilan birga, tarjima qilgan asarlarim ham uzoq vaqt taqiqda bölganini bilaman. Axir, deylik, Oruelning “1984” romani sovet davrida uç nusxada Siyosiy byuro uçun tayyorlangan, xalqdan sir saqlangan. U Yangi Özbekistonda çop etildi va uç yil içida beş marta qayta naşr qilindi. Şuningdek, Mussolini davriga taalluqliligi uçun avval çop etilmagan italyan modernistlari Dino Butssati, Jovanni Papini, Korrado Alvaro, Marçello Venturi hikoyalarini tarjima qildim. Oxirgi yillar içida “OAV qonunçiligi töğrisidagi 156 savolga 156 javob”, “Jurnalistika huquqi” singari darslik va qöllanmalarim naşr etildi.
Bugun mediayurist, mediaekspert, şoir va tarjimon sifatida bemalol işlayapman. Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Jamoatçilik kengaşi raisiman, Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida media huquqi va axloqi, korrupsiya va matbuot singari fanlardan dars beraman. Bularning bari yangi davrning şarofati va buni inkor eta olmaymiz.
Şavkat Mirziyoyev söz erkinligi imkoniyatini kengaytirgani barobarida qator siyosiy mahbuslarni, yigirma yillab qamoqda ötirgan rahmatli Mamadali Mahmudov singari adiblarimizni oqladi, ularga uy-joy berdi, Alloh rahmat qilsin, Gulçehra Nurullayevani Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligiga tikladi. Albatta, bu insonlar tiklanişga haqli, nohaq jabrlangan edi.
Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrida bölib ötgan O`zLiDeP sʼyezdida yana bir bor aytib ötdi: “Men haqiqat va adolatni öz eʼtiqodi deb biladigan barça jurnalistlarni islohotlarning faol iştirokçilari deb bilaman va ular hamişa Prezident himoyasida böladi”…
Men, garçand çidaş oson bölmasa-da, tanqidlarga toqat qilinayotgani, ayrim mansabdorlarning noroziligiga qaramay, Şavkat Mirziyoyev söz erkinligi masalasida sobitligi uçun ham unga ovoz beraman!
ISLOHOTLAR MAŞAQQATI VA QARORDA SOBITLIK
Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Prezidentlikka nomzodi körsatilgan Şavkat Mirziyoyevga oson emas. Mamlakatdagi barça ijobiy işlarni uning nomi bilan haqli boğlaymiz. Lekin tabiiyki, islohotlarning olğa siljişiga xalaqit qilayotgan omillarni, boşqa közga taşlanadigan kamçiliklarning masʼuliyatini ham uning siyosatiga boğlaşlar bor. Biroq u xalqni ezgu maqsadda hamkorlikka çorlayapti va “kelajak uçun masʼuliyat barçaning zimmasida ekanini” bejiz alohida taʼkidlamayapti.
Şavkat Mirziyoyev buni saylov bilan boğladi: “Heç qaçon unutmang, saylaş va tanlaş huquqi – sizning qölingizda”, dedi. Yaʼnikim, nomzodni tanlar ekanmiz, uning dasturini ham tanlagan bölamiz va bu islohotlarni ötkazişda barçaning nafaqat xayrixohligi, balkim şaxsiy iştiroki va amali zarur böladi.
Men paxta terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatni monitoring qiladigan köplab xalqaro loyihalarda iştirok etganman. Şavkat Mirziyoyev: “Yaqin-yaqingaça 6-7 million aholimiz, ayniqsa, bolalar paxta terimiga “ixtiyoriy-majburiy” safarbar etilardi”, deya eʼtirof etdi. Bolalarning paxta terişiga barham berildi. Bu katta yutuqdir. Qarşimizda agrar islohotlar turibdi, yer öz egasiga berilişi, uning sohibi foydali ekin ekişi va öz mahsulotiga özi egalik qilişi kerak. Möljal aniq va adolatli, asosiysi, şu yölda sobitlik mavjuddir.
Özbekistonda tarixan qisqa fursatda butunlay yangiça siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-maʼrifiy va madaniy muhit yaratildi. Mamlakatning obrö-eʼtibori va nufuzini oşirişga qaratilgan “Yangi Özbekiston strategiyasi” işlab çiqildi.
Niyatlar yanada kölamli: “Özbekistonda 2030 yilga borib aholi jon boşiga töğri keladigan daromad 4 ming dollardan oşirilişi rejalaştirilmoqda”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şahardagi önta boyning boyligini şu şahardagi butun aholi soniga taqsimlasa, osongina 4 ming dollardan örtaça raqam çiqariş mumkin. Lekin niyatimiz bu daromad har bir insonga tegişli bölgan jamiyatdir.
Bu niyatlarga erişiş oson bölmaydi, çunki eskiça fikrlovçilar, qalloblar, poraxörlar, firibgarlar ham osonlikça jon bermaydi. Muammolar ham böladi. Muhimi, ularga köz yumilmaydi, muammolarni aytgan oğizlar berkilmaydi, davlat rahbari öz sözida sobit turadi.
Şunday işonç va umidda sobitligimiz uçun Şavkat Mirziyoyevga ovoz beraman!
ODAMGARÇILIK
Onamning ismi Qumri edi. Bu bir musiça monand bir quşning ismi ekanini voyaga yetganimdan keyin bilganman. Onam rostdan ham musiçaday beozor, xokisor inson bölgan.
Albatta, kişiga öz onasi hammadan yaxşi körinsa kerak. Ammo bugun esimni tanigan kunlarimdan buyon ötgan tariximizni yodlar ekanman, onamning biror marta baqirganini yoki qöni-qöşni bilan janjallaşganini, ovozini baland kötarganini eslay olmayman.
Umrimning törtdan uçi boşqa şaharlarda ötdi, ötyapti. Bu ona uçun juda oğir… Buni bugun tuşunaman. Ayniqsa, öşa paytlar hamma qişloqda edi, öqigan kam edi. (Bugun hamma şaharda yo xorijda). Qöşni xotinlar: “Nima şu yerda non yöqmi, şaharda öqib professor bölarmidi?!” deb onamga köp kesatgan. Öqişni tugatib ham yana şaharda uylanib, qolib ketdim. Onamning umri yöl qarab ötdi. Onamni doim yöl qarab turgan holda tasavvur qilaman.
Xolalarim: “Onang yölingga qaray-qaray olamdan ötib ketdi”, degan daşnomlarini iç-içdan tuşunaman. Aybdorman. Endi, mana, özim bolalarimning yöliga qarayman. Şu taxlit kun ötadi. Bir kun anglaymizki, ötgan fursat kun emas, umr ekan. Umr ötib ketibdi…
Bemorlikda yozgan şeʼrimda ham: “Ölgim kelmayapti, onajon!” deb yozganman. “Ölgim kelmayapti, Allohim”, desam töğri bölardi. Oğir kunda ona esga tuşarkan. Endi esa Allohdan onamizga jannat boğlarini söraymiz.
Bugun bularni yana eslaganimning sababi – onam vafot etganida, Urgutga, toğ qişloğiga fotihaga öşa paytdagi Prezidentning davlat maslahatçisi Mavlon Umurzoqov, Oliy taʼlim vaziri Oqil Salimov, Adliya vaziri Alişer Mardiyev bilan birga Şavkat Mirziyoyev ham Ilhom ismli ofitser yigit bilan borgan. Otamning könglini söragan. Şavkat Mirziyoyevda odamgarçilik juda kuçli va barça davrda unga sobit bölgan.
Boş vazirlik paytlari buyuk şoiramizning navqiron farzandlari vafot etganida kelib hol söragan va qöyarda-qöymay marosim xarajatlariga pul taşlab ketganini körganman. Erkin Vohidov vafot etganda tong-sahardan keldi, yarim soatlarça içkarida ötirib, közlari nam holda çiqdi. Birozdan keyin butun mahalla ikki soat içida yangidan asfalt qilindi. Çiqariş oldidan yana kelib ötirdi.
Bugun ham vafot etgan taniqli insonlarning, Anvar qori Tursunov, muftiy hazratlari Usmonxon eşon bobo singari ulamolarning, tojdor virus tufayli vafot etgan hokimlarning xonadoniga şaxsan borib, fotiha qilayotganini köryapmiz. Qaçon, qaysi yurt rahbarida bunday odamgarçilik bölgan?!
Men mana şu odamgarçiligi uçun ham Şavkat Mirziyoyevga ovoz beraman va uning bu şarafli yölda sobitligiga işonaman!
Karim BAHRIYEV,
yozuvçi.
