Narx-navo böyiça davlat va jamoatçilikning qatʼiy nazorati zarur
Kuçli fuqarolik jamiyatining öziga xos xususiyatlaridan biri bu barça sohalarda jamoatçilik nazoratining örnatilganidir. Jamoatçilik nazoratining faolligi mamlakatda demokratik anʼanalarning rivojlanişiga xizmat qiladi. Negaki, odamlar jamoatçilikka birlaşib olib borilayotgan islohotlarga öz taʼsirini körsatar ekan, demokratiya ham şu asnoda mustahkamlana boradi.
Jamoatçilik nazoratining ahamiyati rivojlanayotgan mamlakatlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Şu kabi davlatimizda ham yildan-yilga jamoatçilik nazorati şakllanib, özining yangi bosqiçlariga kötarilyapti. Bunga köplab misollarni keltirişimiz mumkin. Masalan, biron davlat idorasi yo xizmatçisining öz işini masʼuliyat bilan bajarmagani ustidan fuqarolar jamoatçilik normalari asosida nazorat örnatib ijobiy natijalarga erişilayotganiga köp guvoh bölyapmiz.
Şular qatorida narxlarning sunʼiy oşirilişi yuzasidan ham jamoatçilik nazorati şakllangan. Lekin köpçilik odamlar bu kabi holatlarga beparvo munosabatda böladi. Faol bölib jamoatçilik nazoratini örnatganlarga esa baʼzi hollarda masʼullar tomonidan tazyiqlar ötkazilişi holatlari ham uçraydi. Bunday holatlar yuzaga kelmasligi uçun davlatning özi narxlarni şakllantiriş ustidan dastlabki nazoratni örnatişi lozim. Undan keyin jamoatçilik nazorati töğrisidagi qonun hujjatlari asosida jamoatçilik ham öz nazoratini örnatib boradi.
Yuqorida qayd etib ötganimiz bunday holatlarga beparvo odamlarni ham jamoatçilik nazorati doirasiga tortib, ularning ham bu boradagi fikrlarini inobatga oliş tizimini yölga qöyiş zarur. Endi savol tuğiladi, bu kabi holatlarga loqayd odamlarni qanday qilib jamoatçilik nazoratiga qiziqtirsa, birlaştirsa böladi?! Albatta, bunda ommaviy axborot vositalari orqali qilinadigan tarğibot-taşviqot işlarining örni katta. Şuningdek, mahallalar tizimida ham jamoatçilik nazoratini şakllantiriş yuzasidan tarğibot-tuşuntiriş işlarini olib borişni yölga qöyiş şart.
Narxlarning şakllantirilişi ustidan davlat va jamoatçilikning nazoratini örnatiş orqali nimalarga erişiş mumkin?
Bunda birinçidan, odamlarning sunʼiy oşirilgan narxlarda tovar va xizmatlarni xarid qilişining oldi olinadi. Bu orqali fuqarolarning iqtisodiy holatiga salbiy taʼsir yetmaydi. Ikkinçidan, narxlarning tez-tez sunʼiy oşib borişi mamlakatning iqtisodiy siyosatiga ham jiddiy xavf tuğdiradi. Bu esa inflyatsiyaning kuçayişiga, mamlakat iqtisodiyotining turğunlaşuviga sabab böladi. Agar narxlar şakllanişi ustidan davlat va jamoatçilik qatʼiy nazorat örnatsa, bu davlat uçun ham, fuqarolar uçun ham iqtisodiy naf keltiradi.
Şuni ham alohida qayd etiş lozimki, ötgan yili pandemiya avjiga çiqqan paytda bir qança jamoat taşkilotlari içki bozorlarda sotilayotgan mahsulot va körsatilayotgan xizmatlar narxlarining asossiz ravişda oşib ketişining oldini oliş uçun joylarda “Jamoatçilik nazorati” işçi guruhlarini taşkil etişdi. Unga köplab tajribali mutaxassislar jalb qilinib, bozor va savdo şoxobçalaridagi narx-navoga oid kunlik maʼlumotlar umumlaştirilgan holda vakolatli masʼul davlat organlariga taqdim etib turildi va bu faoliyat davom etmoqda.
Eʼtiborli jihati, ayni şu jamoatçilik nazorati sabab tibbiy niqob, antiseptik vositalari, viloyatlararo qatnovçi taksilarning asossiz oşirilgan narxlari tartibga solinişga erişildi. Şuningdek, jamoatçilik nazorati tahlillariga asosan, hukumatga fuqarolarning ötkir ehtiyoji mavjud bölgan mahsulot va xizmatlar yuzasidan axborot kiritib borilmoqda.
Erişilgan va erişilayotgan natijalar oz emas, şu sababli narxlarning şakllantirilişi ustidan qatʼiy jamoatçilik nazoratini örnatiş juda katta ahamiyat kasb etadi.
Aholini bepul tibbiy körikdan ötkaziş yurtdoşlarimiz salomatligini muhofaza qiladi
Davlat statistika qömitasi maʼlumotiga köra, 2021 yilning 1 iyul holatiga 79,7 mingta ölim qayd etilgan. Bu nimadan dalolat beradi. Ayni holatga, avvalo, mamlakatdagi soğliqni saqlaş tizimining qoniqarli darajada faoliyat yuritmayotgani asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Xalqimiz orasida bot-bot eşitib qolinadigan gap bor: özbek oyoqdan qolmagunga qadar şifokorga bormaydi. Bunga birinçi omil odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yaxşi emasligi bölsa, keyingi omil odamlarning tibbiy madaniyatini şakllantirişga xizmat qiladigan tarğibot işlarining yaxşi yölga qöyilmaganidir.
Tibbiy madaniyatni şakllantiriş, yuksaltirişga ham soğliqni saqlaş tizimidagi taşkilot va muassasalar masʼul hisoblanadi.
Rivojlangan davlatlarda inson salomatligiga birinçi darajali masala sifatida eʼtibor beriladi. Negaki, har qanday mamlakatning eng katta boyligi bu uning xalqidir. Qayerdaki, odamlar soğlom bölsa, ular turli sohalar rivojiga hissa qöşadi va bu mamlakat uçun ulkan foyda sifatida baholanadi. Şu sababli, davlatimizda odamlarning soğliq-salomatligini avaylaş maqsadida aholini har yili bepul tibbiy körikdan ötkazişni taşkil etiş lozim.
Bu orqali öz vaqtida aniqlanmay, vaqti ötgaç heç bir ilojsiz vafot etayotgan insonlar hayotini saqlab qoliş mumkin. Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda onkologik kasalliklar yoki jigar xastaliklarining vaqti ötib ketgani sababli katta pul kerak bölayotgani uçun yordam aksiyalarining taşkillanayotganiga köp guvoh bölyapmiz. Vaholanki, mutaxassislar fikriga köra, öz vaqtida aniqlangan har qanday kasallikni davolaş mumkin. Agar öşa kasalliklar vaqtida aniqlansa, bemor uçun ham maʼnaviy, ham moddiy jihatdan foydali böladi. Xöp, odamlarda tibbiy madaniyat yetişmas ekan, ularning özi borib şifokorga körinişni istamas ekan, har yili ötkaziladigan bepul tibbiy körikni taşkillaştirişni keçiktirmasdan boşlaş zarur.
Bu işni asosan oilaviy poliklinikalar faoliyatidan foydalangan holda, şuningdek, uzoq hududlardagi aholi maskanlariga köçma tibbiy körik guruhlarini yuboriş orqali amalga oşiriş mumkin. Şu örinda aytib ötiş kerakki, oilaviy poliklinikalarning birlamçi vazifasi kasallik profiliktikasi hamda aniqlangan kasallikni davolaş, kasallik asoratining oldini oliş hisoblanadi.
Yana şuni taʼkidlaş joizki, odamlarimizda öz soğliğiga javobgarlik hissini kuçaytiriş uçun tibbiy madaniyatni tarğib qilişning samarali usullarini işlab çiqib, amaliyotga tatbiq etiş lozim. Bu ham yuqorida qayd etganimizdek, soğliqni saqlaş tizimining vazifalari sirasiga kiradi.Bunda tarğibotda, avvalo, ommaviy axborot vositalarini, inçinun, aholining köplab qismi foydalanadigan televidiniye va radioni jalb etiş yaxşi natija beradi.
Fikr bildirayotganimiz mavzuga oid yana şuni ham qöşimça sifatida aytib ötişimiz kerakki, ayni kunlarda koronavirusga qarşi vaksinatsiya olib borilmoqda. Bu ham tibbiy profiliktikaning bir turidir. Mutaxassislar fikriça, emlangan inson umuman kasallikka çalinmaydi yoki yuqtirgan taqdirda ham yengil şaklda ötkazadi. Bu albatta, aholi salomatligini saqlaşda muhim omil hisoblanadi.
Şunday ekan, aholini har yili bepul tibbiy körikdan ötkazişni taşkil etiş bevosita mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilib, yurtdoşlarimizning salomatligini muhofaza qilişda katta omil vazifasini ötaydi.
ÖzXDP markaziy kengaşi matbuot xizmati.
