Men nima uchun “Hurriyat”ni o'qiyman?

Zamonaviy kommunikatsiya o'z taraqqiyotining qaysi bosqichida bo'lmasin, uning o'zagi va qon tomiri baribir bosma so'z bo'lib qolaveradi. Chunki insoniyat sivilizatsiyasining har qanday kesimida qog'ozga muhrlangan so'zning kuch-qudratini hali hech kim inkor eta olgani yo'q, eta olmaydi ham.

Yaqinda Dehli shahridagi Hindiston ommaviy kommunikatsiyalar ins­titutiga ish yuzasidan borganimizda, talabalar yotoqxonasida ular bilan birga 10 kun yashadik. E'tiborimizni tortgani shu bo'ldiki, mahalliy talabalar har tongda bir qo'lida o'zi yaxshi ko'rgan sutli choyini ichsa, ikkinchisida gadjet emas, telefon emas, balki turli gazetalarni varaqlar ekan. Nahotki hindlar bizga qaraganda “rivojlanishdan orqada qolib ketibdi”, deb o'yladim. Chunki Dehlida biz tahsil olgan 1993-94 yillarda ham gazetalar hozirgidek qo'lma-qo'l o'qilar edi-da.

Kunchiqar mamlakat poytaxti — Tokioda yana xuddi shunday “qoloqlik”ka guvoh bo'lish mumkin. Kimga qaramang, qo'lida nimanidir mutolaa qiladi. Qiziq-da. Metroda yonidagi odam bilan yoki qo'l telefonida tanishi bilan bemalol, kerak bo'lsa baland ovozda gap­lashib ketaversa bo'lmaydimi? Internet jahonda eng rivoj topgan Yaponiyada odamlar o'qishmoqda.

Ha, bugun dunyoning eng taraqqiyotga erishgan yurtlarida ham hamma gazeta o'qiydi. Hatto olis Texasning San Antoniosida ham shu ahvol: gazeta mutolaa qiladiganlar serob.

O'sha yerdagi jurnalistika bo'yicha mahalliy olimaning bir gapi hech qulog'imdan ketmayapti: “odamlar hozir tekin axborotni qidirib saytlarga kirib ketishdi. Vaholanki, agar axborot tekin bo'lsa – u iste'molchi uchun tovar emas, balki iste'molchining o'zi – axborot manbasining tovariga, yemishiga aylanib qoladi”.

Bas shunday ekan, men ham axborot olishning eng sinalgan variantini yuqori qo'yaman va o'zini ziyoli deb hisoblaydigan kishi albatta, birinchilardan bo'lib gazeta-jurnallarga obuna bo'lishi kerak deb hisob­layman.

Axir biz bunyodkor xalqmiz, eski narsalarni, xususan, 150 yil tarixga ega milliy gazetachilikning qadriga yetishimiz undan zavqu shavq tuyishimiz kerak!

Kaminaning eng sevimli nashri bo'lgan “Hurriyat”ni esa keyingi yil emas, undan keyingi yillarda ham o'qishdan juda umidvorman. Shu bois, unga albatta obuna bo'laman.

Beruniy ALIMOV,

Yangi media ta'lim markazi direktori,

filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent

 

Qadrli yurtdoshlar!

2022 yil uchun obuna davom etmoqda. “O'zbekiston pochtasi” AJ va “Matbuot tarqatuvchi” AK filiallari, sohaga taalluqli boshqa tashkilotlar hamda tahririyatning o'zi orqali obunani rasmiylashtirishingiz mumkin.

Nashr indeksi — 233

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 × 1 =