Oğziga kelganni demoq…

Kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahar Yunus­obod tumani maktabgaça taʼlim bölimi mudiralarining  majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Unda keltirilişiça, mudiralar Yunusobod tumanining 19-dahasidagi uylar atrofi va köçalarni tozalaşga çaqirilgan. Bu mazmundagi gaplarni dastlab “Xabar.uz” ijtimoiy tarmoğida öqidim. Söngra, “Qalampir.uz”da mazkur xabarga Yunusobod tumani hokimligi va Maktabgaça taʼlim vazirligi axborot xizmati munosabat bildirgani haqidagi maʼlumotlarga közim tuşdi. Unda Yunusobod tumani hokimi tumanda 64 ta mahalla bor va şu mahallalardagi xotin-qizlar va obodonlaştirişga masʼul xodimlar töp­langanligi, ular orasida boğça mudiralari va tar­biyaçilari bölmaganligi haqidagi maʼlumotni bergan.

Men gazetalarda muxbir vazifasida faoliyat olib borgan kezlarim şu kabi jarayonlarni yoritişda muammoning içiga çuqur kirib, har tomonlama töliq örganib, işonç hosil qilganimdan sönggina maqola çop etilar edi. Nafaqat men, balki gazeta va jurnallarda işlagan har qaysi jonkuyar hamkasblarimiz xuddi şunday yöl tutişgan. Mana, gazeta bilan ijtimoiy tarmoqlarning bir-biridan farqi. Agar bugun gazeta va jurnallar öquvçilari soni keçagiday bölganida edi, yuzaki bir tomonlama xabarlar omma eʼtiborini bunçalik torta olmasdi. Istaymizmi yöqmi, gazeta va jurnal öquvçilari soni kamayib, ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuvli xabarlar köpayib ketdi. Bugun özidan “bloger” yasab olib şov-şuv kötarayotganlarning aslo ommaviy axborot vositalariga aloqasi yöq bölib, jurnalist şaʼniga doğ tuşirayotgan kimsalardir. Bunday deyişimga sabab “Tentak Minds” deb nomlangan ijtimoiy tarmoqda yuqoridagi xabar börttirib ommaning eʼtiborini tortgan holda “Eng zör mardikor boğça opa” sarlavhali xabar videosi bilan eʼlon qilindi. Unda “bugun beş kun işlaydigan korxonalar dam olişadi uy va bolalarning şirin taşvişlari haqida öylaşadi. Lekin Yunusobod 19 kvartalda bugun ertalab Yunusobod hokimi taşabbusi bilan ommaviy haşar uyuştirildi. Ommaviy emas özi faqat şu supirişga tozalaşga usta bölgan boğça mudiralari va xodimlari iştirokida “biz kim eng yaxşi mardikor boğça opa” aksiyasiga start berildi, deyiladi. Xöş, bu qadar pala-partişlik bilan bitilgan yuqoridagi sözlar qanday asos­larga binoan yozildi? Axir, keltirilgan videoda ayollar töplangan holatida   heç qanday obodonlaştiriş jarayoni aks etmagan-ku. Jurnalistik suriştiruv natijasida, 19 dahadagi obodonlaştiriş jarayonlarida öşa köp qavatli uylarda istiqomat qiluvçi aholi vakillari hamda obodonlaştiriş bölimi xodimlari ekanligini aniqladik. Şoşma-şoşar bloger bölmiş mukammal örganmasdan turib qanday qilib oğziga kelganini sayraydi! Eng açinarlisi, boğça mudirasi va tar­biyaçisini asoslanmagan holda yollanma işçi, mardikorga qiyoslaş odobga töğri keladimi? Bloger bölmiş isboti bölmasdan turib nima uçun mudira va tarbiyaçini mardikorga qiyoslayapti? U qayerdan bilyapti, videodagi xotin-qizlar maktabgaça taʼlim taşkiloti mudiralari yoki tarbiyaçilari ekanligini. Qani isbot, qani aniq fakt? Yana nima haqqi borki, farzandingiz yoki nabirangizni barkamol avlod bölib kamol topişiga hissa qöşayotgan tarbiyaçilarni “qöyga” qiyos­laşga? Bu haqorat uçun javob berişi şart!

Qolaversa, maktabmi, boğçami, şifoxona bölsin, yo boşqa bir idorada haşar uyuştiriş qaçondan buyon “jinoyat”, yomon iş bölib qoldi? Mehnatning nimasi yomon ekan? Har bir jamoa, har bir oila deylik, özi işlaydigan taşkilot yo muassasada, özi istiqomat qiladigan köçada, mahallada obodonçilikka hissa qöşsa, haşarga çiqsa, buning nimasi “majburiy mehnat” bölar ekan?

Umuman, keyingi paytlarda “qildan qiyiq axtaradigan” kimsalarga kerakli gapni aytiş, ijtimoiy tarmoqlarda aqllilik qilayotgan ayrim nodon kimsalarga kiroyi javob berişning vaqti kelmadimikan?

Oddiy haşarni ham deyarli “jinoyat” deb talqin qilib, “majburiy mehnat” deb ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv kötarişni qaçon bas qilasiz, ey siz…

Şu bois, ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan xabarlarga hamişa ham işonib bölmaydi. Aksariyati yolğon, biryoqlama, haqiqatga mos kelmaydi. Tahlil va professional jurnalis­tikadan asar ham yöq. U yerda hamma qozi, hamma jabrdiyda, öziça hamma haq, hamma haqiqatgöy. Afsuski, buni bugun katta-kiçik rahbarlar töliq tuşunib yetyapti deb ham aytolmaymiz.

Uluğ mutafakkir bobomiz Alişer Navoiy “Oğziga kelganni demoq — nodonning işi”, deydi.

Bu hikmatning asl maʼnisini çaqiş har bir insonga nasib etsin-da.

Lobar TÖLQIN qizi,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan