Gazeta muharriri hokimlikdan norozi

Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tomonidan   uşbu viloyat hokimligi, uyuşmaning mazkur va Surxondaryo viloyatlari bölimlari hamkorligida “Jamiyat va ommaviy axborot vositalari” mavzusida mintaqaviy seminar ötkazildi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari — gazeta va jurnallar, teleradiokanallar hamda internet naşrlari jurnalistlari, mahalliy hokimliklar, korxona va taşkilotlarning axborot xizmatlari masʼullari hamda ayrim blogerlar iştirok etgan seminarda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi örinbosari X.Salimov keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan matbuot va söz erkinligini taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan faoliyat öz samarasini berayotgani, joriy yilning 24 oktyabr kuni ötkaziladigan Prezident saylovi bilan boğliq tadbirlarni yoritişda jurnalistlarning masʼuliyati, Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida olib borilayotgan islohotlar jarayonida söz erkinligi taʼminlanişida sobitlik – mamlakatimizda yuritilayotgan davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida davom ettirilayotgani, şuning­dek, uyuşmaga aʼzolarni qabul qiliş va bu borada viloyat bölimlari oldida turgan vazifalarga töxtalib ötdi.

— Keyingi paytlarda uyuşmaga aʼzolik bilan boğliq masalalar böyiça murojaatlar taşkilotimiz yoki uning hududiy bölimlariga emas, boşqa idoralarga bölayotgan holatlar ham uçrayotgani tuşunarsiz. Murojaatlar boşqa davlat organlari orqali uyuşmaga kelib tuşmoqda. Vaholanki, har bir viloyatda uyuşmamiz bölimlari faoliyat yuritmoqda, — deya taʼkidladi X.Salimov.

Uyuşmaning Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlari bölimlari raislari G. Yuldaşev, M. Abdurahmonov, “Xalq yöli”, “Yurt tarovati” gazetalari muharrirlari Ç. Jumaqulov, N. Ibragimova va boşqalar soha rivojiga tösqinlik qilayotgan omillar, jumladan, jurnalistlarni qiynab kelayotgan masalalar, ularning ijtimoiy himoyasi, bosma naşrlarning iqtisodiy ahvolini yaxşilaş kabi sohada yuzaga kelgan muammo va kamçiliklar, ularni bartaraf etiş yöllari xususida söz yuritdi.

Çiroqçi tumani hokimligining “Çiroqçi” gazetasi muharriri Hazrat Egamberdiyev esa ayni kunda uşbu naşr yopiliş arafasida ekani, jamoaning tört nafar xodimi bir neça oylardan beri maoşsiz işlayotgani, tahririyat moddiy-texnik bazasi noçor ahvoldaligi va boşqa muammolar haqida söz yuritib, tuman hokimligidan noroziligini bildirdi.

Seminarda ayni paytda tuman hokimliklari ixtiyorida tegişli tartibda mab­lağ qolayotgani, ular öz naşrlarini (agar xohiş bölsa) har jihatdan qöllab-quvvatlaşi mumkinligini aytib ötişdi.

Qizğin bahs-munozara tarzida ötgan tadbirda voha jurnalistlari Uyuşma har ikki viloyat bölimlari faoliyatini jonlantiriş, endi eskiça uslubida işlab bölmasligi, jurnalistlar nafaqat zamon bilan hamnafas bölişi, balki bir qadam oldinda yurişi, zamonaviy axborot texnologiyalarini yaxşi özlaştirişi zarurligi, bu borada tajriba almaşiş, özaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirişga oid taklif-tavsiyalarini bildirdilar.

Seminar iştirokçilari Ğuzor tumanida, jumladan, “Mirijanda ota” ziyoratgohida amalga oşirilgan obodonçilik va bunyodkorlik işlari bilan yaqindan tanişdi.

— Bugungi seminar har jihatdan foydali böldi, — dedi Termiz tumani hokimligining “Janub quyoşi” gazetasi muharriri Döstmurod Normurodov. — Tajriba almaşiş, sohamizga, gezetaçilikka oid muammolar yeçimi böyiça muloqotdan taşqari, bir-birimiz bilan diydorlaşdik, yaqindan tanişdik. Hamkasblar yiğilişi, özaro suhbatlaşişi, birlaşişi – koni foyda. Ğuzor şahriga kelmaganimga ança bölgandi. Tadbir bahona şaharda olib borilayotgan quriliş-taʼmirlaş işlari, bu yerda yaşovçi aholi uçun yaratilgan qulayligu şart-şaroitlarni öz közim bilan köriş imkoniyatiga ega bölganimdan xursandman. Taşkilotçilarga rahmat.

Tuman hokimi Bekzod Suyunovning aytişiça, ayni kunda tumanda Özbekiston Res­publikasi Vazirlar Mahkamasining tegiş­li qarori ijrosi doirasida aholini toza içimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiya bilan taʼminlanişini yanada yaxşilaş, içki yöllarni asfaltlaş böyiça keng kölamli, jumladan, yuzdan ortiq obʼyektda quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilmoqda. Tumandagi “Obod”, “Navröz”, “Mustaqillik” va boşqa mahallalardagi köp qavatli uylar, aholi xonadonlariga gaz tarmoği tortiş şular jumlasidan.

Tadbir yakunida bir guruh jurnalistlarga aʼzolik guvohnomalari va kökrak nişonlari, seminar qatnaşçilariga Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi va Ğuzor tumani hokimligining sovğalari topşirildi.

Zafar Nazarov,

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi mutaxassisi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan