Soxta obrö kimga kerak?
Sönggi vaqtlarda jurnalistikaga qiziquvçan yoşlar soni sezilarli darajada köpaydi. Ayniqsa, blogerlik faoliyati ommalaşgani bois bu sohada özini körsatişga intilayotganlarning ham kun sayin ortib borayotganini köryapmiz. Bu albatta yaxşi.
Çunki internet tarmoğida öz sahifasini oçib, tezkor xabar va yangiliklar bilan ommani boxabar qilayotganlar kun davomidagi voqeliklarga öz fikrini bildiriş barobarida, jurnalistik salohiyatini ham maʼlum miqdorda oşirib boryapti. Sahifasiga köproq odamni yiğiş maqsadida esa asosan şov-şuvga sabab böluvçi materiallarni joylaşga harakat qilişyapti. Bu ham qaysidir maʼnoda yaxşilikkadir. Ammo… jurnalistikada mavzu tanlaşga ham alohida eʼtibor beriş kerakligi köp aytiladi. Şuning uçun ham nimadir yozişdan avval uning öquvçiga qanday taʼsir qilişi haqida obdan öylaş talab etiladi. Blogerlarimiz esa mana şu jihatni yodlaridan çiqargandeklar göyo. Biz özbeklarda yaxşi xabardan köra, yomon xabarlar tez va keng tarqaladi deyişadi. Çindan ham şundaydir.
Aynan mana şunday, boşida kişini öziga jalb qiladigan mudhiş xabarlardan blogerlar mohirona foydalanişyapti desak xato bölmaydi. Kunda-kunora yurtimizning turli hududlarida sodir etilayotgan har xil jinoyatlar, piçoqbozlik, ommaviy töda-töda bölib olib muştlaşişlar, jinsiy zöravonliklar va boşqa axloqsizliklar haqida öqib tanişayotganlarimizni heç ikkilanmay şular qatoriga kiritiş mumkin. Balki bu orqali odamlarni ogohlikka çorlaş maqsad qilinayotgandir, biroq bu kabilarni tarqatiş orqali özimiz bilmagan, öylamagan holda tarğib qilib qöymayapmizmikan?
Ammo oxirgi paytlarda internetdagi ayrim kanallarda bularning oçiq-oşkora, qanday tasvirga olingan bölsa şundayligiça berilayotganini ham köryapmiz. Bular asosan boşqalardan köra oldinroq bu kabi holatlarni öz sahifasiga joylaşga harakat qiladigan qiziqqon blogerlar faoliyatida közga taşlanadi. Natijada köpçilikka bu kabi jinoyatlar ham odamlar orasida “heç nima bölmay qolibdida” degan xulosani berib, diydasi qotişiga olib kelayotgandek. Zörlik işlatiş hamda jinsiy tajovuzkorlik haqidagi voqealar haqida ham doim aytilavermagan. Sababi oriyati kuçli xalqimizda bunaqa mavzularni tilga oliş, muhokama qiliş ham uyatli hisoblanadi.
Bordiyu öylab-öylamay qaysidir davrada bunday holatlar haqida gap boşlansa, kattalar tomonidan darrov töxtatilar, behayo va buzuq mavzularni oçganlarga qattiq dakki berilardi. Boisi köpçilik gapirgani, öziça muhokama qilgani bilan ularning oldi olinişiga işoniş qiyin. Yaxşisi ularni ovoza qilmay tegişli odamlar tomonidan çora körilgani foydali deb bilingan. Balki unday odamlardan köpçilik özini tortişi, töy-haşamlarda avvalgidek muomala qilmasliklari badxulq odamlarni töğri yölga soladi deb öylarsiz. Ammo katta-kiçik birdek fikr yuritmaydi-da. Oramizda internetdan bu kabilarni öqib olib, ikki gapning birida hazil-huzul qilib özaro bemaza kulişadiganlar ham bor. Biz bölğusi jurnalistlar biror narsa qoralaşda, avvalo, mana şunday nosoğlom şaxslar uçun mavzu yaratib bermayapmizmi degan savolni özimizga berib körişimiz menimça juda örinli bölardi. Faqatgina obunaçilar soni ortişini emas, balki bizning kamtarona ijodimizni ota-onamiz, opa-singillarimiz ham kuzatayotganlarini aslo yodimizdan çiqarmaylik. Töğri, jurnalist qiziquvçan böladi. Ammo qiziqqon va şoşqaloq emas. Maqsadimiz tezkorlik bilan huda-behuda narsalarni yoyib, özimizça soxta obrö orttiriş emas, xalqimiz uçun kerakli sözni ayta oliş bölsin.
Kamoliddin RÖZIMATOV.
