Akademik taʼtil majburiy bölsin…

Quloğimizga köp çalingan iddaolardan biri – oliy taʼlimni bitirib ham, işni uddalay olmayotgan yoşlar haqida. Buning sabablarini turliça talqin qilib ham kördik. “Taʼlim korrupsiyalaşib ketgan, yoşlar dangasa, internetga mukkasidan ketgan, kitob öqişni xohlamaydi, kontrakt pulini işlaşi kerak bölgani uçun öqiş 2-öringa ötib qolayapti”, deya ularni oqlaş yöllarini ham qidirib kördik. Biroq yana ortga nazar solişga majbur bölamiz. Jahon tanigan, tan olgan olimu fuzalolar, ulamolar ham bizning yurtimizdan yetişib çiqqani bilan jar solganda, özimizga “taskin” qilib topib olgan bu masalalarimiz yoddan çiqqandek böladi.

Tarixdan bilganimizdek, xonlik, amirlik davrlari, uruş vaqtlari, qişi bilan ham paxta terib, kösak çuvib, bugungidek tökin-soçinlik bölmagan payt­larda yetişib çiqqan bunday insonlar oldida bugungi iddaolarimiz kulguli emasmi?! Töğri, hozir ham ziyoli qatlam ançagina, lekin u davrga soliştiradigan bölsak, şart-şaroit, imkoniyatlarni çamalaydigan bölsak 1 foiz desak, xato bölmaydi, albatta. Oliy taʼlimda ançagina islohotlar böldi, talabalarning yaşaş şaroitlari yaxşilaniş bilan birga paxta dalalarida “talabalik davrini surib kelişlari”ga çek qöyildi. Taʼlim olişlari uçun imkoniyatlar yetarliça bor. Biroq bilimlari, işga munosabatlari juda yengil. Keçagina tadbir uçun yozdirilgan diktantlarni tekşira turib, bir varoqni özida qip-qizarib, böyalib ketgan xatolarni körib, ensangiz qotadi. Yana bular universitetning “eng oldi talabalari…” Internet tarbiyalayotgan yoşlar…

Oliy taʼlimni davom ettirişda yana bir qaltis desam, qançalik töğri bilmadim, xatolik bordek, bu mening fikrim.

Qizlar oliygohlarga   öqişga kirişgaç, sovçilari köpayib ketişi, tabiiy. Özbek xonadonlarida darrovgina, turmuşga berib qöyiladi. Tabiiyki, öqişdan köra, kelinlik masʼuliyati, birinçi öringa çiqadi. Homiladorlik davri, bir yil ötar-ötmas farzandlik bölgan talaba qiz uçun endi taʼlim haqiqatan oxirgi öringa ötadi. Biroq ota-­onalar vaqtdan yutiş maqsadida — akademik taʼtil olişga könişmaydi. Sababi – özbekçilik, gödagi borligini aytib, dars orasida ham taşqariga çiqib kelayotgan talabaga rahmi kelgan muallimlar, köp imtiyozlarni bervorişadi. Va bu imtiyozlar qonun tomonidan ham belgilab qöyilgan.

Biroq yaratib berilgan bu imtiyozlar talaba qizning öqib-örganişi uçun yordam beraoladimi? Fik­rimça, farzandli bölgan talabaga akademik taʼtil berişni qatʼiylaştirib qöyiş kerak. Farzandiga qaraş, ovqatlantiriş uçun ajratilgan vaqt mobaynida, öqituvçi saboqni töxtatib turolmaydi-ku?! Qolgan talabalar bilan davom ettiraveradi. Natijada darsga qaytib kirganda ham, gödagining xarxaşalaridan böşab, kirgan onaning quloğiga maʼruza kirişini siz tasavvur qila olasizmi?! Tuni bilan heç qursa, gödak ikki marta uyğonadi, tongdan boş­lab, uy yumuşlariga kirişib, söngra çala-çulpa nonuşta qilib, yoki qilolmay yoniga bolasini kötarib turiş uçun kömakçi olib, öqişga kelgan yoş ona darsda nima gapirilayotganini anglay olarmikin?!

Talaba qiz farzandli bölgaç, öqişdan akademik taʼtil olişi majburiy qilib qöyilsa, ham ona uçun, ham bola uçun foydadan xoli bölmasa kerak. Farzandiga qarab turiş uçun berilayotgan imtiyozlar, uni bilim olişdan qolib ketişiga, söngra bu böşliq örnini öqituvçiga pul berib, “semestrni yopişiga” yetarliça asos böladi-ku. Farzandni parvariş qiliş örniga sarson qilayotgani bir bölsa, özini qança maşğulotlarni özlaştirolmay qoldirib ketayotgani, jamiyatga katta zarar emasmi?! Agar biz eʼtiborni, faqatgina diplom olişga (bilim bormi, yöğmi farqi yöq bölsa) qaratsak, işga kirişi uçun bilim, saviya emas, şu “bir parçagina qoğoz”ning roli va ahamiyati katta bölaverar ekan, bu hol davom etaveradi. Çarçagan talaba ona, taşqarida biğillab yiğlayotgan bola hamda oliy taʼlim… Şu sabab ham farzandli bölgan talaba onaga akademik taʼtil olişni qonunan majburiy qilib belgilasak, yutqazmaymiz, faqatgina yutamiz, xolos. Bir yil jarayonida gödak oyoqqa turib olişi barobarida ona ham özini tiklab, oliy taʼlimni davom ettiriş uçun yetarli energiyani yiğib oladi.

Axir, oliy taʼlim qanday qilib bölsa ham vaqt ötkazib, quruqqina diplom uçun boradigan, amallab bitirib olsa böladigan, taʼlim maskani bölib qolmasligi kerak-ku, şunday emasmi?!

Saida Ismoilova,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan