Olimpiadaga sayohat uçun borilmaydi
Dunyo miqyosida davlatning sport sohasidagi salohiyati vakillarining olimpiadada qölga kiritgan medallari soni va salmoğiga qarab belgilanadi. Şu bois davlat sportni rivojlantiriş va olimpiyaçilarni tayyorlaş uçun mablağini ayamaydi. Olimpiada öyinlarida qatnaşgan har bir sportçi esa yurtini uluğlaydigan olimpiada medalini qölga kiritiş uçun bor kuç-irodasini safarbar qiladi. Olimpiadalardagi murosasiz kuraşlarda el-yurtimiz işonçini oqlagan sportçilarimiz esa Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda: “Bunday azmu şijoatli, vatanparvar yoşlarimiz eng katta boyligimiz, millatimizning “oltin fondi”.
Parijga yöl sarhisobdan boşlandi
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Tokio olimpiadasida iştirok etgan sport delegatsiyasi vakillari bilan uçraşuvda sözlagan nutqlarida dolzarb masalaga töxtaldilar: “Mamlakatimiz sport delegatsiyasining Tokio olimpiadasidagi iştirokini har tomonlama çuqur tahlil etib, yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni sarhisob qilişimiz kerak”. Agar xato va kamçiliklarni özimiz hozirdan bartaraf etmasak, çekkadan birov kelib bartaraf qilmaydi, kelgusi Parij olimpiadasiga hozirdan ilmiy asoslangan rejalar tuzmasak birov uni taqdim etmaydi.
Sport sohasi vakillarimiz özlarining masʼuliyatli vazifasini tölaqonli his qilişyaptimi, sportçilarimiz olimpiada medallariga sazovor böliş uçun bor kuç-irodalarini safarbar etişyaptimi? Bu savollarga javob topiş uçun yaqinda nihoyasiga yetgan Tokio olimpiadasi natijalarini sarhisob qiliş lozim. Vakillarimiz bu olimpiadada 3 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor bölişdi(medallarimizni sanaş uçun bitta qöldagi barmoqlar kifoya), Özbekistonimiz umumjamoa hisobida dunyo miqyosida 32-örinni egalladi. Bu avvalgi 2016 yilda ötkazilgan Rio olimpiadasidagi natijamizdan ham ança past. Olimpiyaçilarimiz Rioda 4 ta oltin, 2 ta kumuş, 7 ta bronza medallarini qölga kiritib, Özbekistonimizni umumjamoa hisobida 21-öringa kötarişgandi.
Mulohaza yuritişingiz uçun Tokio olimpiadasi sovrindorlari haqida muxtasar maʼlumot keltirmoqçiman. Tokioda amerikalik suzuvçi Kaleb Dressel 5 ta oltin medalni qölga kiritdi. Avstraliyalik suzuvçi Emma Makkeon 4 ta oltin, 3 ta bronza, jami 7 medalga sazovor böldi. Olimpiadada yangi zelandiyalik baydarkaçi Liza Kerrington, yamaykalik yengil atletikaçi (yugurişda) Eleyne Tompson-Xera, janubiy koreyalik mergan An San 3 ta oltin medal bilan taqdirlandi… Bu maʼlumotlarga nazar taşlaganingizdan keyin olimpiadadagi natijalarimiz haqida jiddiy mulohaza yuritmaslikning özi mumkin emas.
Endi olimpiadadagi ayrim köngilsiz natijalarimizni ham eslasam. Velopoygada qatnaşgan Murod Xolmuhammedov 64-örinni, sport gimnastikasi turida musobaqalaşgan Rasuljon Abdurahimov 49-örinni, öq otiş sporti turida imkoniyatini sinagan Muxtasar Tohirova 33-örinni… band etdi. Bular qatnaşçilar sonining ekvatoridan pastki örinlar. Badiiy gimnastika turida bahslaşgan Yekaterina Fetisova 26 nafar qatnaşçi orasida 24-örinni egalladi. Yakkakuraş turlarida ayrim sportçilarimiz birinçi bosqiçdayoq olimpiada bilan xayrlaşdi. Kim bu sportçilar olimpiadaga medal olib, yurtimizni uluğlaş uçun borgandi deb ayta oladi?
Boraveramiz va quruq kelaveramiz
Maʼlumki, 1996 yilgi olimpiadadan boşlab yengil atletikaçilarimiz katta tarkib bilan qatnaşib kelayapti. Ular ilgaridagilarida bölgani kabi Tokio olimpiadasidan ham medalsiz qaytişdi. Töğri-da, ulardan heç kim “Olimpiadaga tayyorgarlik körişingiz uçun davlatimiz sizga tört yil davomida qança mablağ sarfladi, yaxşi şuğullansin deb davlat stipendiyalari berdi, şuğullantirgan murabbiylarga maoş töladi, yurtimiz va xorijdagi öquv-maşğulot yiğinlariga, xalqaro musobaqalarda qatnaşişingiz uçun mablağ ajratdi. Davlatning şunça mablaği havoga sovurildi, endi havoga sovurilgan mablağ uçun kim javob beradi?” deb söramagandan keyin olimpiadaga boraveradi va quruq kelaveradi-da.
Bosqon uloqtiruvçi Suxrob Xöjayev Tokioga uçinçi bor olimpiadada qatnaşiş uçun bordi. Oldingi olimpiadalarda “tajribasini oşirgan” ekan, u Tokio olimpiadasida bosqonni 71,26 metrga uloqtirdi. Rio olimpiadasida bosqonni 70,11 metr uzoqlikka uloqtirganini hisobga olsak, natijasini 1,15 metrga yaxşiladi. Bu olimpiadada final bosqiçida qatnaşiş meʼyori 77,50 metr qilib belgilangandi. Agar Suxrob natijalarini şu tarzda yaxşilab borsa yana oltita olimpiadada qatnaşsa yuqoridagi meʼyorni bajarar ekan. Balandlikka sakraş musobaqasida qatnaşgan Svetlana Radzivil törtinçi olimpiadada ham medal ololmadi.
Uzunlikka sakraş musobaqasida qatnaşgan Darya Rezniçenko 6,19 metr natijani qayd etdi. Bu sport turi tarixiga nazar taşladik. Uzunlikka sakraş böyiça jahon rekordi 1939 yilda 6,12 metr ekan. Bu – sportçimiz 82 yil ilgarigi natijani sal yaxşilaganini va yengil atletikamiz zamondan qança orqada qolganini körsatadi. Hozirgi kundagi uzunlikka sakraş böyiça jahon rekordi 7,52 metr, olimpiada rekordi esa 7,40 metr. Sportçilarimiz bu rekordlarni yangilaşi uçun neça yil kerak bölişini yengil atletika federatsiyasi mutaxassislaridan söraş kerak.
Yurtimizda isteʼdodlar köp
Viloyatlarimizda paxta terayotgan qizlar oldiga borib, kim 6,19 metr uzunlikka sakrasa 100 million söm yoki 10 ming dollar beriladi deb aytib köring. Qança qiz bu işni bajarişga çoğlanişini sanayverasiz. Kimdir juda oşirib yubordingiz, deyapti. Biroq bundan 65 yil ilgari Şörçi tumanida ğöza çopiq qilayotgan, paxta terayotgan qizlar orasida Ravilya Salimova ham bor edi. Sport jonkuyarlari uni basketbolga jalb etişdi. Natijada, Ravilya Salimova basketbol böyiça 2 marta jahon çempioni, 4 bor xalqaro universiada ğolibi, 6 bor Yevropa çempioni böldi. Şu bois siz dalada mehnat qilayotgan yoşlarga mensimay qaramang, aksinça vaʼda qilgan pulingizni bera olmay uyalib qolişingiz mumkin!
Maşhur filmdagi hikmatli sözlar esga tuşadi: “Yurtimizda isteʼdodlar köp. Ularni topiş va kötariş kerak”. Bu sözlar haqligini biliş uçun Tokio olimpiadasi sovrindorlari tuğilgan yurtlariga nazar taşlaş kifoya. Bahodir Jalolov Sariosiyo tumanidan, Akbar Jörayev Böstonliq tumanidan, Davlat Bobonov Nurota tumanidan… Ha, yurtimizda isteʼdodlar köp. Ularni topiş va qiziqqan turiga jalb etiş uçun birinçi navbatda sport federatsiyalari mutaxassislari jonbozlik körsatişlari lozim. Prezidentimiz nutqlarida bu masala muhimligini yana bir bor taʼkidladilar: “Hududlarda iqtidorli sportçi yoşlarni aniqlaş, tanlaş va saralaş (seleksiya) hamda Özbekiston çempionatlarini taşkil etiş işlarini töliq raqamlaştiriş zarur”.
Özim çorak asr ilgari Foriş tumanida maktab öquvçilari örtasida ikki bor ötkazilgan xalq öyinlari olimpiadasini yoritiş uçun borganman (taassuflar bölsinki, şunday yaxşi musobaqa hozirgi kunda ötkazilmayapti). Barça viloyatlarimizdan kelgan maktab öquvçilarining, ayniqsa, qizlarning musobaqalar paytidagi çaqqonligi, kiyikday yugurişi va sakraşi meni hayron qoldirgan. Qizğin kuraşlar ostida ötgan musobaqalarda forişlik öquvçi qiz xalq öyinlari olimpiadasining 9 karra çempioni bölgandi. Biz esa yetti yozgi olimpiadadan buyon ayol sportçimiz olimpiada medali olişini ilhaqlik bilan kutayapmiz. Agar öşanda sport federatsiyalarimiz mutaxassislari öz davrining Ravilya Salimovasi bölgan forişlik qizga eʼtiborlarini qaratişganda, şuğullantirişganida u bizga allaqaçon olimpiada medalini taqdim etardi. Şukrki, Tokio olimpiadasi sportimizda Zaynab Dayibekova, Kumuşxon Fayzullayeva kabi mahoratli yoş qizlarimiz voyaga yetayotganini körsatdi. Işonçimiz komil, şu qizlarimiz ayol sportçilarimizdan kutayotgan olimpiada medalini Parijda taqdim etişib, orzumizni uşaltirişadi.
Olimpiada medalingiz bormi, işlayapsiz…
Bejiz davlatning dunyo miqyosidagi sport sohasidagi salohiyati olimpiadada qölga kiritilgan medallar soni va salmoğiga qarab belgilanadi, deb yozmadik. Şunday ekan, sport federatsiyalari faoliyati vakillarining olimpiadada qölga kiritgan medallariga qarab baholanadi. Qaysi sport federatsiyasida olimpiada medali bölsa, bu federatsiya işlayapti. Qaysi federatsiyada olimpiada medali yöq bölsa, bu federatsiya işlamayapti, xizmatçilari maoş olişyapti, xolos. Afsuski, medalni gapirmay turaylik, olimpiadaga öz vakillarini yubora olmayotgan, bu haqda öylamayotgan sport federatsiyalarimiz ham bor.
Prezidentimiz yuqorida eslangan nutqlarida bu oğriqli muammoga ham eʼtiborimizni qaratdilar: “Şu örinda Olimpiya öyinlarida jamoaviy sport turlari böyiça sezilarli natijaga erişa olmaganimizni oçiq tan olişimiz kerak. Bu hol mutasaddi rahbarlarni jiddiy öylantirişi zarur. Agar kimdir, bundan keyin ham oldingi Olimpiya öyinlarida bölgani kabi faqat yakkakuraş sport turlari hisobidan yutuqlarga erişamiz deb öylasa, adaşadi. Bilib qöyinglar, bu – mutlaqo notöğri yondaşuv”.
Holbuki, jamoaviy sport turlari böyiça ham olimpiadalarda muvaffaqiyatlarimiz bölgan. Futbolçimiz Vladimir Fyodorov olimpiada bronza medali sovrindori, voleybolçilarimizdan Vera Duyunova 2 bor, Lyudmila Pavlova bir marta Olimpiya çempioni, suv polosi böyiça Erkin Şagayev olimpiada ğolibi bölgan… Demak, bu sport turlari bizga begona emas. Faqat bu sport turlari federatsiyalarida faoliyat körsatayotganlar orasida şu sport turlariga “begona” odamlar bor bölsa kerak degan xayol keladi.
Futbol — eng ommaviy sport turi. Yaqinda futbol milliy terma jamoamiz jahon çempionati saralaş musobaqasining ikkinçi bosqiçidayoq yurişini töxtatdi. Endi öşa tarkibdagi futbol assotsiatsiyasi xodimlari olimpiada saralaş musobaqasiga olimpiya terma jamoamizni tayyorlaşadi. Natija xalqimiz, futbol muxlislari kutganday ijobiy böladimi? Bu savolga sport mutasaddilarimiz hozirdan javob izlaşlari va ijobiy natija bölişi uçun çora-tadbirlar körişlari zarur emasmi?
Voleybol federatsiyasidagilar nega olimpiadaga bora olmayotganiga dalillar keltirişini bilganim uçun ularga oddiy savol bermoqçiman: “Öttiz yil ilgari Eron voleyboli bizdan orqada edi. Nega hozirgi kunda Eron voleyboli bizdan juda oldinga ötib ketdi?” Javob ham oddiy: “Eron voleybol federatsiyasi işlayapti”.
Erkin Şagayev suv polosi böyiça Olimpiya çempioni bölganda respublikamizda barmoq bilan sanarli basseynlar bor edi. Mustaqillik yillarida yurtimizda basseynlar barpo etişga jiddiy eʼtibor berilyapti, hatto ayrim umumtaʼlim maktablarimizda ham ajoyib basseynlar qurilgan. Aytmoqçimizki, bu sport turida işlayman degan mutaxassislarga şaroitlar yetarli darajada yaratilgan.
Marra belgilandi
Prezidentimiz nutqlarida 2024 yilda ötkaziladigan olimpiadada erişilişi lozim bölgan marrani belgilab berdilar: “Parijda bölib ötadigan navbatdagi yozgi olimpiadaga 100 dan ortiq litsenziyani qölga kiritiş va medallar böyiça yetakçi 15 ta mamlakat qatoridan joy oliş uçun hamma imkoniyatlarimiz bor”. Agar Tokio olimpiadasida 15-örinni egallagan Vengriya terma jamoasi 6 ta oltin, 7 ta kumuş, 7 ta bronza medaliga sazovor bölganini hisobga olsak, Parijga boradigan vakillarimiz 20 tadan köproq medalni qölga kiritişlari, ulardan kamida 7 tasi oltin medal bölişi kerak. Bu Tokio olimpiadasida qölga kiritgan medallarimizdan tört baravar köproq deganidir.
Turgan gapki, bu vazifani eşitgan sport sohasi vakillari Prezidentimiz sport sohasiga sarflanayotgan davlat mablağlarini oqlaşimiz uçun imkoniyat berdilar deya xursand bölişayapti. Ha, sport sohasiga sarflanayotgan mablağlarni oqlaş – olimpiada medallari bilan qaytariş vaqti keldi. Hozir mumkin emasday köringan bu vazifani Parij olimpiadasida bajariş uçun Prezidentimiz nutqlaridagi quyidagi sözlariga amal qilişimiz şart: “Sport yönalişidagi vazifalarni amalga oşiriş uçun birinçi navbatda davlat boşqaruvini yanada takomillaştiriş talab etiladi”. Yaʼni, davlatning sportni rivojlantiriş uçun yönaltirgan mablağini tiyin-tiyinigaça hisobini yuritiş, har bir berilgan pul uçun sport federatsiyalaridan natija – medal talab qiliş kundalik vazifaga aylanişi kerak. Yuqorida qayd etganimizday, sport federatsiyalari faoliyati qölga kiritgan olimpiada medallariga qarab baholanadi.
Sportçidan yaxşi rahbar çiqadimi?
Albatta, sohaning rivoji rahbarning bilimi, tajribasi va şu sohani iç-içidan bilişiga boğliq. Şu sababli maktabda anatomiya fanini öqigani uçun hali heç kim soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlanmagan. Lekin maktabda jismoniy tarbiya darsida qatnaşganlarni çorak asrdan beri sport sohasiga rahbar etib tayinlaş odat tusiga kirdi. Tarmoq mutasaddisi yonimda şunday rahbarga savol bergandi: “Bir neça oy işlading, sportda unça-munça narsani tuşunib qolgandirsan?” Bu suhbatdan keyin rahbar uyalganidan işdan böşab ketgandir deb öylayotgandirsiz. Yöq, u qaysar çiqib qoldi, sportni tuşunmasa ham işdan böşatgunlariça, sport sohasiga “rahbarlik” qildi.
Allaqaçon sport sohasi rahbarlarini tayyorlaş tizimini yaratiş vaqti kelib bölgan. Bu işni bilimli sportçilar tayyorlaşdan boşlaş kerak. Hozirgi kunda sportga ixtisoslaşgan öquv dargohlarida öquvçining sport natijalariga köproq eʼtibor qaratiladi. Yoki siz sport natijalari yaxşi bölgan, lekin fanlarni özlaştirmagani uçun sport maktabidan çetlatilgan öquvçilarni bilasizmi? Aksinça, sport natijalari yaxşi bölsa, bunday öquvçilarga umumtaʼlim maktabida ham, sport maktabida ham fanlardagi baholari qöyib beriladi. Şunday öquvçi-sportçilardan biri jahon çempioni ham bölgandi. Sportdan ketgaç, rahbarlar jahon çempioni bölgani uçun u joydan, keyin boşqa joydan iş berişdi. U heç joyda yolçitib işlamadi, qönim topmadi. Negaki, unda kundalik hayotda kerak böladigan bilim yöq edi, odamlar bilan muomala qiliş madaniyati yöq edi.
Sportga ixtisoslaşgan öquv dargohlarida ham öquvçilarning fanlarni özlaştirişini qattiq nazorat qiliş zarur. Taniqli futbolçi va murabbiyimiz Mirjalol Qosimovga bolaligida otasi Qöşoq aka şart qöygan: “Maktabda yaxşi öqimasang, futbol maşğulotlariga bormaysan. Yaxşi öqimagan boladan yaxşi futbolçi çiqmaydi”. Mirjalol maktabda yaxşi öqidi, futbol maşğulotlarida astoydil şuğullanib yaxşi futbolçi böldi. Bilimi puxta ekan ikkita oliy taʼlim muassasasida tahsil oldi. Hozirgi kunda yaxşi murabbiylarimizdan biri. Biz sport maktablarida öquvçilarga yaxşi öqimagan boladan yaxşi sportçi çiqmasligini uqtirib turişimiz lozim. Yaxşi öqimasa, biz yuqorida yozgan jahon çempioniday sportdan ketgaç, hayotda qiynalib qoladi.
Özbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga qabul qilişda sport natijalari bilan bir qatorda fanlardan yuqori ball töplaşi meʼyor qilib olinişi zarur. Universitetda öqiş davrida Olimpiya çempioni bölib kelsa ham fanlarni özlaştirişini qattiq talab qilişimiz lozim. Axir, u öqişni bitirgaç, biz bilan birga işlaydi, şu zaminda birga yaşaydi. Agar bilimi puxta, mehnatsevar va intiluvçan bölsa sport sohasini boşqaradi. Buning heç ajablanadigan joyi yöq. Dunyoga qarang, sobiq sportçi davlat prezidenti, şahar gubernatori, sport vaziri, Xalqaro Olimpiya qömitasi(XOQ) prezidenti… Biz ham sportçi va sport rahbari tayyorlaş tizimini zamonaviy darajaga şunday kötaraylikki, sobiq sportçilarimizdan taniqli davlat arboblari yetişib çiqsin.
Yollanma sportçilar va doping
Prezidentimiz nutqlarida bir narsani – yollanma sportçilar olib kelişni keskin tanqid qildilar: “Katta xarajatlar evaziga xorijdan sportçilarni (legioner) olib keliş tajribasi unçalik ham özini oqlamayotganini oçiq aytişimiz kerak. Bunday amaliyotdan voz keçib, mahalliy sportçilarimizni tarbiyalaşga jiddiy eʼtibor qaratadigan payt keldi”. Biz Prezidentimiz tanqid qilgan amaliyotning jabrini ham tortdik, jahon sport ahli oldida uyatga ham qoldik. Gap yuzi qaro bölgan ikki xorijlik sportçi haqida ketmoqda. Ular ikkita olimpiadada yurtimiz nomidan qatnaşib 2 ta oltin,bitta kumuş, bitta bronza medali olişdi. XOQ olimpiyaçilardan olingan namunalarni 5-6 yil içida qayta tahlildan ötkazadi. Bu ikki sportçi topşirgan namunalarda taqiqlangan modda – doping borligi aniqlandi va XOQ ular olgan medallarni bekor qildi. Yollanma sportçilar keldi, natija körsatişga yordam beradigan dopingni qabul qildi, olimpiada medallarini qölga kiritdi, davlatimiz tomonidan medallar uçun belgilangan katta mukofot pullarini, maşina va sovğa-salomlarni oldi va yurtimizdan çiqib ketdi.
Afsuski, doping sportimizga kirib böldi. London olimpiadasida oğir atletikaçimiz Ruslan Nuriddinov 4-örinni olgandi. XOQ tahlilida sovrindor oğir atletikaçi namunasida doping borligi aniqlangan. Ular bronza medali berişdan oldin Nuriddinov namunasini ham tahlildan ötkazdi, uning namunasida ham doping topildi. Natijada Nuriddinov tayyor bronza medalidan quruq qoldi va ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi. Doping tufayli boksçi Bektemir Meliqöziyev, samboçi Dilşod Çoriyev tört yilga diskvalifikatsiya qilinganini yoziş bilan çeklanmoqçiman. Bu röyxatni davom ettiriş mumkin. Şuning uçun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada kengaytiriş va huquqlarini oşiriş kerakka öxşaydi. Yurtimiz sportidan dopingni ildiz-pildizi bilan yöqotmas ekanmiz, bu illat sohada amalga oşirgan yaxşi işlarimizni birzumda çippakka çiqarişi mumkin.
Buyuk ajdodlarga munosib avlod
Oldinda Parij olimpiadasi. Bu olimpiadada sportçilarimiz 20 tadan köproq medalni qölga kiritişlari, ulardan kamida 7 tasi oltin medal bölişi kerak. Bu uluğvor vazifani bajarişga Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev işonç bildirganlariday: “Tomirlarida Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Pahlavon Mahmud, Zahiriddin Bobur kabi buyuk ajdodlarimizning kuç-ğayrati jöş urib turgan, ularga har tomonlama munosib bölgan avlodgina bunday ulkan işlarga qodir böladi”.
Asror MÖMIN,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist
