«Bosmaçi» bobom xotirasi

Enamning birinçi nevarasi bölganim sabab, u kişi menga boşlaridan ötgan kunlarni, körgan – boqqanlarini keçayu kunduz hikoya qilib çarçamas edilar.

— Otamiz “bosmaçi” ötgan ekanlar. Akam tört yoşligida, men bir yoşligimda Zominning “Boyterak” qişloğida u kişi qizillar tomonidan otib öldirilib, onamiz 30 yoşlar atrofida beva qolgan, — közda yoş bilan hikoyalarini boşlar edilar Marziya enam. — Onam ham, akam ham bosmaçining ayoli, bosmaçining öğli deya hukumat tomonidan köp sitamlar körgan ekan. Onaginam yaqinlarining azalarida, esga tuşganda otamizni   yodlab şunday yiğlardilar:

 

Qança el oğalari

           Örislarga sotildi.

           Kakuldorni sörasang,

           Boyterakda otildi.                

           Mening baxtim baxt edi,

           Xonlar qurgan taxt edi.

           Pahlavonim bek edi,

           Tilagani erk edi.

           Otam qurgan Oqsaroy

           Oqsaroyda na qilay,

           Otam menga na qilsin

           Mening özim betolay.

  

           Oqsaroyga bitganday

           Yuragimda naqşim bor.

           Gazanda bosqinçida

           To ölgunça qasdim bor.

 

            Oqsaroyda çinorlar

            Şivirlaydi barglari.

            Ado qilar yoronlar,

             Şahidimning dardlari.

 

Bu marsiyani men ikki marta eşitganda yodlab olgan edim. Enamni savollarga kömib taşlardim: Ena otangiz nega “bosmaçi” bölgan?   “Qizil”lardan bölganda qahramon bölardi!

— Otam yurtimizga begonalarni kirgizmaymiz, özgalarga qaram bölmaymiz, — deb kuraşgan! Otlari Tojiqul bölgan. Bosmaçilarga alohida otlar   qöyilgan şekilli, otamni “Kakuldor” deb ataşgan. Zominga borib, eskilardan suriştirsang, otamning qörqmas, botirliklarini hali-hali aytib berişadi!

— Oqsaroy qayerda? Onangiz   marsiyasida uni takror-takror tilga olgan.

— Samarqanddan nariroqda, —   Amir Temur qurgan baland minora ekan. Öz davrida dunyodagi eng baland minora bölgan. Yo otam, u yoqlarga onamizni olib borgan, yo taʼrifini aytib bergan. Onamiz öz yiğisida doim Oqsaroyni qöşib aytgan. Essizginaya, “Oqsaroyni körganmisiz” — deb söramagan ekanman.

Oradan salkam bir asr ötib, Oqsaroyga boriş, uning betakror gözalliklarini köriş menga — “bosmaçi” bobomning evarasiga nasib etdi!

Yorab! Mening ğamdiyda   Yanglişoy enaginam — Oqsaroyni körgan ekan! Bölmasa uning mahobatini bunday tarzda kuylay olmas edi! Oqsaroyga öyilgan naqşlar, betak­rorligini, sira öçmasligini yuragidagi dardlariga öxşata olmas edi! Oqsaroydagi neça ming yillik teraklar barglari tovuşini eşitmaganda edi, dardlarini uning şivirlariga uyqaş bilmas edi!

Har gal Zomin toğlariga dam olişga borsak, purviqor toğlar orasidan bir guruh otliqlari bilan “bosmaçi” otamiz çiqib kelayotganday tuyuladi. “Boyterak” qişloğidan Yangliş enamizning dardli marsiyasi elas-elas eşitilib, könglimni buzadi.

Erk deya şahid ketgan “Kakuldor” otamiz, uning jasurligini madh qilib ötgan enaginamizning mardona qiyofalari köz öngimdan sira ketmaydi.

Aslida bosmaçilar kim bölgan? Öz tup­roğini himoya qilib öz yurti, xalqi uçun kuraşganlarmi yo özga yurtlardan qurol öqtalib öz siyosatini ötkazmoq niyatida yurtimizni bosib olgan yovlarmi, bularning qay biri aslida “bosmaçi” deb atalmoği kerak edi? Buni qarangki, makkor yoğiylar yurt himoyasi uçun kuraşgan ota-bobolarimizni özimizga “bosmaçi” deb singdirişgan edi. Bugun bu haqiqatni oçiq aytmasak insofdan bölmas.

Dilorom ISMADIYOROVA,

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi

Sirdaryo viloyat bölimi mutaxassisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan